Arra tuşgan öşa şoxda…

Keça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasida mamlakatimizning barça sohalari böyiça erişilgan yutuqlar bilan bir qatorda, kelajakdagi ustuvor vazifalar haqida atrofliça maʼruza qildi. Uşbu maʼruzada Davlatimiz rahbari ekologiya va atrof-muhitni avaylab-asraş, muhofaza qiliş borasida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar haqida ham alohida töxtalib ötdi. Yurtboşimizning ekologiyani himoya qiliş, suv tanqisligining oldini oliş, tejaş, bu borada dunyoviy tajribalarni qöllaş, poytaxt Toşkentda eko-muvozanatni keskin yaxşilaş borasidagi fikrlari har bir yurtdoşimizni, katta-yu-kiçikni uyğoqlikka çorlaşi kerak.

Darhaqiqat, keyingi yillarda ekologik muammolar, ekologik muvozanat masalasi kun tartibidagi eng oğriqli mavzuga aylandi. Ahvol şu darajaga borib yetmoqdaki, hatto toza havo ham tanqis bölib bormoqda. Har gal şu mavzu haqida gap ketganida mening xayolimga özim guvoh bölgan ayrim manzaralar kelaveradi.

Birinçi manzara. Bizning qişloğimizda odamlar ğalladan böşagan maydonlarni fermerdan bir mavsum uçun maʼlum mablağ evaziga sotib olib, asosan, qizil loviya ekişadi. Loviyani pöçoğidan ajratib oliş ança maşaqqat. Qişloq odamlari buning ham yölini topişgan. Eski temir-tersaklardan qölbola kombayn yasaşdi. U traktor yordamida harakatga keladi va birpasda bir tonna mahsulotni tozalab beradi. Ammo u işlayotganda yoniga oğiz-burunni örab yaqinlaşasiz. Negaki, kombayndan kötarilayotgan çang-ğubor şu darajada quyuqki, nafasingiz tiqilib, ölib qoliş ham heç gap emas. Har kuni işdan qaytar ekanman, qişloqning hali u yer, hali bu yerida şu çang-tözon osmonga kötariladi. Kombayn işlayotgan hovli atrofida joylaşgan uylar oppoq çangga belanadi. Natijada bu yerdagi odamlar oğziga niqob taqib yurişga majbur bölyapti.

Ikkinçi manzara. Har yili qişloq joylarda ğalladan böşagan maydonlarda somonlarni, keç kuzda esa xazon barglarni yoqiş odat tusiga kiryapti.

Işonmasangiz, şu paytda xohlagan qişloq yoki dalaga boring, aynan şu manzaraning ustidan çiqasiz. Ekologiya xodimlari qança ogohlantirişiga qaramasdan, bu hol har yili yana takrorlanyapti. Dalada yonayotgan somondan kötarilgan qora tutun esa atrof-muhitni bemalol zaharlamoqda.

Uçinçi manzara. Qişning qorli-qirovli kunlari qişloq çekkasidagi tutzordan tut daraxtlarini ötin uçun qirqib olayotganlarni körasiz. Sababini sörasangiz, uyda ötin yöqligidan nolişadi. Mahalladan beriladigan kömirning esa 70 foizi tuproq. Xöş, odamlar nima qilsin? Natijada katta-katta tut maydonlaridagi daraxtlar kesilib ketyapti. Ular pilla qurtiga ozuqa böliş bilan birga, havoni tozalaydigan yaşil döstlarimiz edi.

Törtinçi manzara. Bundan qariyb 20-25 yillar ilgari uyimiz orqasidan ötadigan ariqqa non oqizib yerdik. Suvi judayam tiniq edi. Yoz kunlari çanqaganimizda esa undan hovuçlab suv içardik. Hozir bu ariqdan suv içiş u yoqda tursin, hatto uning suviga qöl yuvib bölmaydi. Uning suvi juda iflos va qölansa. Negaki, ariq yoqasida yaşaydiganlarning aksariyati unga çiqindi taşlaydilar, har xil iflos buyumlarni yuvadilar. Bunisiyam mayli. Qaysidir noinsof yaqinda harom ölgan buzoğini şu ariqqa taşlabdi…

Unga odamlar yutayotgan zahar emas, olayotgan foydasi qiziq

Qişloqda loviyani pöçoğidan tozalaydigan qölbola kombayn yasaganlardan biri — Nizom traktorçi. U har 100 kilogramm tozalagan loviyasi uçun qariyb 20 kilogramm toza loviya oladi. Niqob örniga oğzi-burnini oddiy mato bilan yopib olgan bu traktorçiga u qilayotgan işning zarari, havoni bulğayotgani haqida kamina bir emas, bir neça martalab eʼtiroz bildirganman. Ammo baribir u öz bilganidan qolmaydi. Çunki unga odamlar yutayotgan zahar emas, olayotgan foydasi köproq qiziq.

Nizom traktorçi bilan sal jiddiyroq gaplaşganimdan söng, u endi bu iş bilan şuğullanmaslikka vaʼda berdi. Ammo keyinroq hamma uxlagandan keyin, yarim tunda işlaydigan odat çiqardi.

Bir kuni keçasi uyğonib, taşqariga çiqsam, hovlini oppoq çang qoplab olgan. Sekin qarasam, Nizomboy qöşnimiz Alişerning loviyasini yançayotgan ekan. Mana sizga saviya! “Bu işni men qilmasam, baribir kimdir qiladi-da axir” deydi u kuyunib. Öylab qoldim. Balki Nizom aybdor emasdir. Çunki u ham öziça haq. Bola-çaqasini boqişi, tirikçilik qilişi kerak.

Qişloq faollaridan biri somon poyalariga olov qöyilib, atrofni bulğayotgani, xazon barglar yoqilayotgani, ariqqa kimdir harom ölgan buzoqni taşlagani xususida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasiga xabar bergan ekan. U yerdagi issiqqina kursida ötirgan masʼullar şu holatni suratga olib, kerakli maʼlumotlar bilan birga ularning telegramiga taşlaşini aytişibdi. Şundan sönggina aybdorlarga çora körilar emiş… Şu örinda haqli savol paydo böladi. Qiziq, kimdir voqeani suratga olsa, maʼlumot yozsa, xöş, unda masʼullar nima bilan şuğullanadi?

Bitta maşina yiliga örtaça 10 kilogramm zaharli gaz çiqaradi…

Havo bulğanişiga sabab bölayotgan yana bir omil — transport vositalari çiqarayotgan zaharli gazlardir. Maʼlumotlarga qaraganda, birgina Samarqand viloyatida hozirgi kunda 500 mingdan ortiqroq transport vositalari mavjud. Bir keça-kunduzda tranzit tarzda viloyat hududidan qariyb 300 mingga yaqin avtotransport ötadi. Benzin yoqadigan avtomobillar 78 foiz şunday gazlarni havoga çiqarsa, propan va metan gaz yoqadigan maşinalarda bu körsatkiç ikki baravar kam.

Ammo şu keça-kunduzda metan gaz şoxobçalaridagi bir neça çaqirimgaça çöziladigan uzun navbatlar natijasida yana avtomaşina egalari benzin yoqilğisini afzal körişyapti. Bu esa öz-özidan ekologik vaziyat yomonlaşuviga olib kelyapti.

— Bu yerda yana bir muammo mavjud, — deydi “Zarafşon” gazetasiga bergan intervyusida xalqaro ekologik ekspert Töraxon Hoşimov. — Asfalt va rezina ballonlarning işqalanişi oqibatida har bir maşina bir yilda atmosferaga örtaça 10 kilogramm miqdorda rezina çangi va turli noorganik moddalarni çiqaradi.

Bu raqamning oşib borişiga sabab bölayotgan narsa içki yöllarda özboşimçalik bilan örnatilayotgan tösiqlardir. Tösiqni körgaç, haydovçi tormozni bosadi, natijada havoga rezina çangi kötariladi…

Yana bir gap. Mutaxassislarning aytişiça, atmosferaga tarqalayotgan zaharli gazlarning köpçiligi eski avtomaşinalardan çiqayotgan ekan. Bu borada yöl-patrul xizmati bilan hamkorlikda avtomobillar uçun maxsus yaşil, sariq va qizil stikerlar joriy qilinadigan böldi.

“Bu qanaqa taşkilot özi?”

Hozir qaysi tuman yoki şaharga bormang, joylarda ulkan quriliş jarayonlari borayotganiga guvoh bölasiz. Turar-joy binolari, ijtimoiy soha obʼyektlari qurilayotganligi yaxşi, albatta. Ammo tanganing ikkinçi tomoni ham bor. Xöş, quriliş taşkilotlari obʼyekt bunyod etişdan oldin ekologiyaning xulosasini olyaptimi? Afsuski, hamişa ham şunday bölayotgani yöq.

Vaholanki, amaldagi qonunçilikka köra, bu işga kirişişdan ilgari yer tanlaşdan tortib atrofni kökalamzorlaştirişgaça bölgan jarayonni qamrab oluvçi şunday xulosalar olinişi kerak.

— Bundan taşqari, quriliş maydonining 30 foizi kökalamzorlaşgan bölişi, quriliş borayotgan joylarda havoni 91 foizgaça turli çanglardan tozalab beradigan çang-gaz tozalaş uskunalari örnatilişi ham belgilab qöyilgan, — deya davom etadi T.Hoşimov. — Agarda bunday uskunalar örnatilmasa va ekologik xulosa bölmasa, qurilişga ruxsat berilmasligi lozim.

Amaldagi qonunçilik va meʼyoriy hujjatlarga köra, nazariy jihatdan şunday. Ammo amalda nima bölyapti?

Viloyat hududida quriliş işlari olib borayotgan aksariyat firmalarda ahvol boşqaça. Bu yerdagilar ekologiyaning qanaqa taşkilot ekanini hattoki bilişmaydi ham.

Misol uçun, viloyatning olis tumanlaridan birida quriliş obʼyektida bölganimizda ikkinçi qavatda işlayotgan quruvçilar rezina ballon yoqayotganini kördik. Atrofga qölansa hid va qop-qora tutun taralardi. Buning sababini söraganimizda, ular şu yöl bilan mum (qoramoy)ni eritayotgani, bu işni ularga iş boşqaruvçi buyurganini aytişdi. Qariyb 3 soat urinib, iş boşqaruvçini ham, quriliş taşkiloti rahbarini ham topa olmadik. Uyali telefonlari öçirilgan edi. Işçilarga qarab: “Ekologiya degan taşkilotni bilasizlarmi?” deb söradik. Ular esa yelka qisib: “Bu qanaqa taşkilot özi?” deyişdi…

“Yaşil belboğ”lar qani?

Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, har yili Samarqandda 17,5 million tup daraxt ekilar ekan. Şu paytgaça şu daraxtlarning heç bölmasa yarmi kökarib ketganida bormi, viloyat hududi yaşil örmonzorga aylanib ketmasmidi?

Ammo, afsuski, bu raqamlar köpinça hisobot uçun qilinadi, ekilganlarining ham 50 foizi suvsizlikdan qurib qoladi. Bu esa öz navbatida hududda ekologik vaziyatning yomonlaşuviga olib kelyapti.

Viloyatning sanoat salohiyati ham beqiyos. Bu yerda mamlakatga donği ketgan yuzlab yirik sanoat korxonalari mavjud. Qoidaga köra, bunday korxonalar atrofida albatta “yaşil belboğ” bölişi lozim. Yaʼni ular atrofi daraxtlar bilan öralgan bölişi talab qilinadi. Şundagina bu “belboğ”lar korxonadan çiqayotgan zararli çiqindilarni tutib qolib, havoni tozalab turadi.

Lekin mavjud işlab çiqariş obʼyektlarining köpçiligida bunday “belboğ”lar mavjud emas. Borlari ham öz holiga taşlab qöyilgan. “Samarqand — Toşkent” yönalişidagi katta trassaning Samarqand va Nurobod tumanlari hududidan ötuvçi qismida faoliyat körsatayotgan sanoat korxonalari yoki avtomobillarga gaz va benzin quyiş şoxobçalarini oling. Birontasining yonida daraxtzor yoki yaşil maydonçani körmaysiz. Bu yerda oziq-ovqat dökoni, oşxona va hojatxona bor, xolos. Maşinalarga yonilği quyadigan xizmatkor yigitlarning birontasida esa hattoki oddiy niqob ham yöq.

Buzilgan tandirlar…

Aytiş joizki, ekologik vaziyatni yaxşilaş borasida hukumat miqyosida jiddiy çoralar körilyapti. Sohaning boş mutasaddisi Aziz Abduhakimov tomonidan “Toza havo” milliy loyihasining taqdim etilişi, ekopolitsiya taşkil qilinişi, şina, mazut yoqqanlarga jarimalar oşirilişi, ekologik nazoratning kuçaytirilişi şular jumlasidandir.

Darvoqe, ijtimoiy tarmoqlarda aytilişiça, qaysidir viloyatda esa ekologik vaziyatni yaxşilaş maqsadida köçalardagi somsa yopadigan tandirlar buzib taşlanibdi. Havoga tonnalab zararli moddalar çiqarayotgan katta-katta obʼyektlar qolib, tandirlarga “hujum” qilinişi Alining alamini Validan olgandek biroz ğalati emasmi? Katta korxonalar orqasida “baland devorlar” turgandek, tandir bilan bola-çaqasini boqayotgan oddiy somsapazning esa qölidagi kosovidan boşqa tirgagi yöqdek tuyuldi menga…

Ammo yana bir haqiqatni unutmaslik kerak. Ulkan daryolar kiçik irmoqlardan taşkil topgani singari, katta muammolar ham, odatda, mayda muammolardan taşkil topadi. Natija esa özingizga maʼlum.

Inson tabiati ğalati. Şu darajada öz qobiğimizga öralib qoldikki, atrofdagilarni zaharlab tirikçilik qilişni, ölgan buzoqni imi-jimida ariqqa taşlaşni, somonga olov qöyib, muşkulimizni oson qilişni öylaymiz, burnimizning tagidan narini körmaymiz.

Havoning ifloslanişida, ekologiya buzilişida yana tabiatni, undagi özgarişlarni ayblaymiz. Ammo aybning, xatoning kattasini özimiz qilayotganimizni, afsuski, anglab yetmaymiz.

Şu örinda millatning atoqli va ardoqli şoiri Erkin Vohidovning quyidagi misralari beixtiyor xayoldan ötdi.

 

Bizlar arra tortayapmiz,

Arramizning tişi yöq.

“Nega arrang tişi yöq?” deb,

Söraydigan kişi yöq.

 

Ammo bizlar anoyimas,

Pişib ketgan közimiz.

Arra tuşgan öşa şoxda

Ötiribmiz özimiz…

Yormamat RUSTAMOV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan