Gazeta kerakmi? Albatta!

Yil boşi – yanvar oyi oxirlarida şahar onkologiya şifoxonasida nur terapiyasi olayotgan vaqtlarim edi. Uydan qönğiroq qilib: “Poçtadan sizga gazeta olib kelişdi, olib borib beraylikmi?” – deb qolişdi. “Rostdanmi, qanaqa gazeta?” – söradim hayron bölib, çunki heç bir gazetaga obuna bölmagandim.

— “Hurriyat”.

Tuşundim. Betob bölganim uçun meni maʼnan qöllab-quvvatlaş maqsadida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va “Hurriyat” tahririyati gazetaga obuna qilgan. Juda xursand böldim, könglim kötarildi. Töğri, özim uyuşmada işlab yurgan paytlarimda ham har yili bir qança faxriylarni “Hurriyat”ga obuna qilib qöyardik, lekin u vaqtlarda men bu işimiz ular uçun qançalik quvonç baxş etişini bilmagan va his qilmagan ekanman…

Şu tarzda “Hurriyat” xonadonimizning aziz mehmoniga aylandi, yil davomida meni milliy va jahon media muhiti, undagi özgarişlar, jurnalistika sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etiş yölida olib borilayotgan saʼy-harakatlar, Jurnalistlar uyuşmasi faoliyati bilan boğlab turuvçi asosiy vosita bölib qoldi. Har safar gazetani öqirkanman, nimadir yangilik olaman, ularni kimlar bilandir özimça muhokama qilaman, munozaraga berilaman. Gazeta keladigan kunlari nigohim darvozaga qadaladigan, töp etib hovliga tuşgan zamoni qölimga olib, bosmaxona hidi elas-elas anqib turgan sahifalarni avval bir-bir varaqlab, keyin esa yoruqqina ayvonga yaxşi joylaşib olib, batafsil, sinçiklab öqiydigan böldim.

…Bir zamonlar kuz keldimi, obuna mavsumi boşlanardi. Qiziği şundaki, heç kim bizni majbur qilmasdi, ayrim gazetalar xaridorgir bölib, kam miqdorda ajratilgani uçun özimiz tezroq obuna bölişga şoşilardik. Buning uçun işxonada şaroit ham yaratilib, obuna işlari yölga qöyilar, jamoatçilik işi sifatida bir xodimga topşirilardi. Yodimda, bizning Toşkent xalqaro radiosida bu iş bilan, asosan, xatlar bölimi muharriri va ayni paytda yana jamoatçilik asosidagi kassir Nadya opa degan ayol şuğullanardi.

Har yili öndan ortiq gazeta-jurnallarga – “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Sovet Özbekistoni” (hozirgi “Özbekiston ovozi”), “Yoş leninçi” (hozirgi “Yoşlar ovozi”), “Şarq yulduzi”, “Fan va turmuş”, “Saodat” deysizmi, bariga obuna bölardim… Abonementlarni qölga olgandan keyin esa yangi yilni orziqib kutardim, 1 yanvar kuniyoq bir talay gazeta olib kelişardi. Bayram soni bölgani uçun alohida bezalgan, materiallari ham odatdagidan qiziqarli bölardi…

Aytişingiz mumkin, u paytlarda gazeta-jurnallar arzimagan pul, tiyinlar turardi-da, deb. Töğri, arzon edi, lekin oylik maoşlarimiz ham köp emasdi, şunçaki özimiz qanoatli, hoyu havasga köp ham berilmagan bölsak kerak-da, qaraşlarimiz boşqaça edi. Öqişga özimizda ehtiyoj sezardik. Masalan, oddiy avtobus haydovçisi ham yönalişdan kelib dam olayotgan vaqtida gazeta öqib ötirardi, taksiçining ham yonida ertalabdan sotib olgan bir dasta gazeta bölardi.

Matbuot dökonçalarini-ku, asti qöyaverasiz. Haqiqiy ziyo maskani edi. Köproq yoşi uluğlar işlar, qaysi gazetada qanday qiziq material çiqqanigaça aytib, sizni yanada qiziqtirişardi. Lekin ayrimlarining özlariga yaraşa kibru havolari ham bor edi. Xaridorgir gazetalar peştaxta ostidan tanişlarga sotilardi. Masalan, “Futbol-xokkey”, keyinroq özimizning “Hurriyat”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetalari ham ana şunday naşrlardan bölib qolgandi.

Endi u zamonlar ötib, u daraxtlar kesilib ketdi. Hammamiz bot-bot takrorlaydigan internet asri hukmron. Men ötmişni qömsab yaşamayman, lekin yaxşi anʼanalarni bugun ham tatbiq qilsa böladi-ku. Internet ming hukmron bölsin, lekin u gazeta örnini bosolmaydi. Gazetaning öz örni bor, unda haqiqiy fidoyilar işlaydi. Taʼbir joiz bölsa, gazetaçi mehnatini zargar işiga qiyos etaman. Har ikkisi ham katta eʼtibor, bilim, sabr-matonat talab etadigan maşaqqatli iş. Bejiz gazetada toblangan jurnalist boşqa har qanday OAVda bemalol işlab ketadi, deb aytişmaydi.

Men hozir gazeta-jurnallar, tahririyatlardagi muammolar haqida töxtalmoqçi emasman, ularni hamma biladi va tuşunib turibdi. Gazetalar tarğiboti, ularni yanada ommalaştiriş, muştariylarni qaytariş uçun ham tizimli çora-tadbirlar işlab çiqilsa va amalga oşirilsa, xayrli iş bölardi. Bu faqat jamiyat taraqqiyotiga, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltiriş, huquqiy savodxonligini oşirişga xizmat qilardi, deb öylayman. Töğri, qars ikki qöldan çiqadi, gazetalar va ularning muassislari ham bu borada qöldan kelgança harakat qilişlari lozim. Lekin bu borada televideniyeda “Gazetalar şarhi”ni beriş bilangina kifoyalanib qolmaslik kerak.

Kelajak XXII, XXIII asrlar haqida bir nima deya olmayman, biroq hozirgi asrimizda gazetaning öz örni bor, unga ehtiyoj bor. Buni biliş va tuşuniş uçun vaqti-vaqti bilan gazeta sahifalariga nigoh taşlab turişning özi kifoya.

Mavjuda YULDAŞEVA.

Muallifning “facebook”dagi sahifasidan olindi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan