Munavvar köngil

Akademik

Qalandar ABDURAHMONOVga

Ilmu intizom yöli tarjimai holimda,

Hayotim mohiyati javobu savolimda,

Oçilmagan eşiklar kaliti bor olimda,

Manzilim ilmu hikmat, qalandarman, qalandar.

 

Angladim, Xudoyimning odil hukmi bor doim,

Goh toşday botar kunlar, goh ötar bir muloyim,

Maʼrifat suvlarida qorilgan ekan loyim,

Pok ilm zoye bölmas, muzaffarman, muzaffar.

 

Men gulga köngul qöydim, lek gulni yulganim yöq,

Gulday yaşnab yaşadim, guldayin sölganim yöq,

Işq yölida köp kuydim, ammo kul bölganim yöq,

Tangridan inʼom-taqdir, samandarman, samandar.

 

Men iqtisod fanida bu kun ustodman, ustod,

Mehr berdim, mehrni qilmadim heç iqtisod,

Şu xalq farovon bölsin, şu Vatan bölsin obod,

Toki tanda jonim bor, elparvarman, elparvar.

 

Ilm — payğambarlar yöli maşaqqatdir, mehnatdir,

Ignada quduq qazib suv çiqarmoq rohatdir,

Har bir inson hayoti bilganga nasihatdir,

Ilm tufayli köngli munavvarman, munavvar.

Ğayrat MAJID

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan