Tafakkur nuri qalbni yoritganda…
(Siyosiy fanlar doktori, professor Tölqin Alimardonov haqida muxtasar söz)
Inson umri bir tekis keçmaydi. Ayniqsa, ilm yöli yanada zahmatli, maşaqqatli yöldir. Olimlik yöliga kirganlarning köpçiligi bunday maşaqqatni bosib ötişlariga töğri kelgan. Tölqinjon ham ana şunday ziyoli inson, bilimli olim.
U bilan tasodifiy tanişuvimiz bir umrlik riştalar boğlanişiga sabab bölgan. Bekatda avtobus kutib turganimda, oldimga bir avtomaşina töxtab, undan yoşgina yigit tuşdi. Töğri oldimga kelib, “domla, yuring”, deb maşinasiga taklif qildi.
Kafedramizdagi yoş öqituvçilar va aspirantlardan u haqida eşitgandim: talabçan va yaxşi öqituvçi, zalvorli ilmiy maqolalar eʼlon qilgan, deya taʼriflaşgandi. Yöl-yölakay suhbatlaşib, hozirgina aspirantlikdan böşaş uçun ariza yozganini bildim. Sababi, u politologiya böyiça izlanişni davom ettirişni istasa, ilmiy rahbari tarix böyiça ilmiy iş yoziş şartini qöyibdi. Oxirida bilganim, ayni payt işsiz, böş ekan.
Şu bois unga bizning institutda işlaşni taklif qildim. Bu paytda men işlayotgan fakultet Toşkent politexnika institutidan ajralib çiqib, kimyo-texnologiya institutiga aylangan edi. Töğri rektor qabuliga kirdik. Rahbarimiz Nodirbek Yusufbekov ança öylanib, rozi böldi. Tölqinjon bilan tanişuvimiz şu tarzda boşlangan edi.
U yangi jamoaga tezda kirişib ketdi. Maʼruzalar va tadbirlarda öz ğoyalarini ilgari suradigan öqituvçiga aylandi. Hamkasblari orasida özini körsatgani uçun biroz muddat ötib, maʼnaviyat işlari böyiça prorektor lavozimiga tayinlandi. Asta-sekin yöllari oydin bölib, yanada yuqori lavozimlarda iş olib bordi. Bu orada ilmiy işini ham institutimizda davom ettirdi. Vaqti kelib, munosib himoya qildi.
Uning çinakam ilmiy faoliyati şundan keyin boşlandi. Ijodi yangi poğonaga kötarilib, “teşa tegmagan” mavzularda konseptual ilmiy maqolalar, öquv qöllanmalar va darsliklar yozdi. Bugungi kungaça 150 ga yaqin ilmiy va publitsistik maqolalar, 10 dan ortiq uslubiy qöllanmalar, 7 ta monografiya tayyorlab, bosmadan çiqardi. 10 dan ortiq şogirdlar yetiştirdi. “Rahbarning axloqiy qiyofasi”, “Siyosat va axloq muvozanati”, “Erkinlik ruhi”, “Öçmas şaraf”, “Pedagogikada tizimli tahlil asoslari”, “Amir Temur imperiyasi”, “Şarof Raşidov”, “Siyosat falsafasi” kabi fundamental asarlarida masalaga zamonaviy yondaşuvni köriş mumkin.
Muallifligida eʼlon qilingan asarlar, ilmiy maqola va uslubiy qöllanmalar soha mutaxassislari, talabalar va öquvçilarga metodologik asos sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Uning fundamental ilmiy tadqiqotlaridan biri “Amir Temur imperiyasi” asaridir. Adolat yuzasidan aytiş lozimki, Amir Temur şaxsi, uning markazlaşgan boşqaruvi va hokimiyat tizimining barqaror işlaşi töğrisida köpgina tarixçilar, yetuk olimlar ham qalam tebratişi juda murakkab masala. Buning uçun u haqida dunyoda eʼlon qilingan ilmiy tadqiqotlarni qunt bilan öqiş, örganiş, tahlil qiliş va özining mustaqil fikrini bildiriş hamda kitobxonga borini yetkaziş zarur. Tölqinjon mana şu vazifani ortiği bilan bajara oldi.
Uning yana bir ajoyib ilmiy işi — “Şarof Raşidov” monografiyasidir. Bundan oldin “Öçmas şaraf” nomli birinçi kitobini ham eʼlon qilgan edi.
Şarof Raşidov haqida kitob yoziş juda murakkab. Çunki bu insonning şaxsiyati ham murakkab va ziddiyatli. Tölqinjon kitobni tahlil va zamonaviy yondaşuv asosida yozdi. Davlat arbobi, xalqimizning sevimli farzandi siymosini mahorat bilan gavdalantirdi. Ayni paytda asarda öşa davr kamçiliklarini ham röyirost körsatib berdi.
Har bir xalq öziga xos rahbarlarni yetiştiradi, degan ğoya kitobning barça qismlarida oçib berilgan. Tölqinjonning fikriça, Şarof Raşidovdek respublika yetakçilarining falsafiy ğoyalarini köp örganiş maqsadga muvofiq. Bu kitob maʼlum maʼnoda ana şu zaruriyatni töldirdi.
Aytiş mumkinki, u tomonidan respublikaning nufuzli jurnallarida eʼlon qilingan maqolalar öqirmanlarda katta qiziqiş uyğotgan. Xususan, “Haqiqatni yöqotgan inson”, “Millat ruhi yoxud javobgarlik masʼuliyati”, “Adolat tuyğusi nadur?”, “Şaxs taqdiri — millat taqdiri”, “Ziyolilik masʼuliyati”, “Olomon jamiyati yoxud maʼnaviy xastalik alomati nimada?”, “Taniş-bilişçilik illatmi?”, “Taʼlimning milliy falsafasi”, “Strategiya taʼlimoti”, “Tarix falsafasida tarixiy şaxs talqini”, “Ijtimoiy fanlar integratsiyasi”, “Olimning olami”, “Jinoyatçi kim?”, “Faylasufning tabiati”, “Vatanga muhabbat tuyğusi”, “Qalb isyoni” kabi bir qator maqolalari eʼlon qilingan. Bu mavzularni kötarib çiqiş uçun, eng avvalo, hayotni, jamiyatni, mamlakatimiz rivojlanişidagi yutuqlar bilan birga, mavjud muammolarni biliş, ular bilan nafas oliş, qolaversa, çuqur tarixiy falsafiy tafakkur nihoyatda kuçli bölişi zarur, deb hisoblayman. Tölqin Alimardonovda ana şu fazilatlarning barçasi mujassam.
“Tafakkur” jurnalida eʼlon qilingan “Jinoyat jazosiz qolmaydi” nomli maqolasi 2025 yilda “eng yaxşi maqola” deb eʼtirof etilgani uning mahorati va ilmiy salohiyatiga berilgan navbatdagi munosib bahodir.
Kuni keça Tölqinjonning yana bir kitobi “Yangi asr avlodi” naşriyotida bosilib çiqdi. Kitobning “Haqiqatni yöqotgan inson” deb nomlanişi muallifning qalbida ziyolilik dardi va içki iztirob yotganidan dalolat beradi. Eʼtiborimni aynan şu maqola köproq tortdi. Çunki maqola nihoyatda mazmunli. Aytiş mumkinki, muallif uning ustida ança boş qotirgan va juda köp izlangan. Şunga asosan, mantiqli va öziga xos ğoyalarni ilgari surgan. Şu bois kitobxonning tafakkurini uyğotişga yordam beradi. Özi, umuman, qahramonimizning har bir maqolasini öqiş yangi ğoyalar, qaraşlar va tafakkurni uyğotişga undaydi. Albatta, yuqoridagi fikrlarni rivojlantiriş, zikr etilgan fundamental asarlar va maqolalar haqidagi barça fikrlarni mazkur möʼjaz maqolaga siğdiriş imkonsiz. Yozaman desak, katta asarga tatigulik.
Bugun Tölqinjon 60 yoşga kirib, özining iqtidori, odamiyligi va olimlik darajasiga yetib keldi. Men tanigan, bilgan insoniylik, zabardast olimlik maqomiga köz tegmasin!
Saʼdulla OTAMURATOV,
Toşkent kimyo-texnologiya instituti
professori, falsafa fanlari doktori,
oliy taʼlim aʼloçisi.
