Said Yusuf: Özbekiston TURKSOY faoliyatiga yangi hayot bağişladi

Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY Boş kotibi örinbosari Said Yusuf “Dunyo” AA muxbiriga Özbekistonning turkiy merosni asrab-avaylaşdagi roli, mamlakatimizning taşkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirişdagi faol pozitsiyasi haqida fikr bildirdi:

— Turkiy dunyo — bu umumiy tarix, til va buyuk maʼnaviy merosga tayanadigan ulkan sivilizatsiya makonidir. U Şarq va Ğarbni boğlab turuvçi muhim hudud sifatida jahon taraqqiyotida katta örin egallaydi. Turkiy xalqlar yaratgan davlatçilik anʼanalari, ilmiy-maʼrifiy meros va madaniy boyliklar insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga salmoqli hissa bölib qöşilgan. Turkiy dunyoning har bir manzilida ölmas madaniy meros mavjud bölib, bu borada, ayniqsa, Özbekistonning ahamiyati beqiyosdir.

Zero, Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz, Termiz kabi gözal va betakror şaharlar qadimdan madaniyat va ilm-fan beşigi bölgan. Turkiy dunyoning bu tabarruk zaminidan Muhammad al-Xorazmiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxşariy, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy kabi buyuk allomalar yetişib çiqqan. Ularning ilmiy merosi — matematika, astronomiya, tibbiyot, falsafa va hadis ilmi kabi yönalişlar nafaqat öşa davrda, balki bugungi kun ilm-fani va maʼnaviy taraqqiyotida ham mustahkam asos bölib xizmat qilmoqda.

Masalan, VIII-IX asrlarda yaşab ijod etgan uluğ alloma Muhammad al-Xorazmiy “nol” raqamini va önlik sanoq tizimini hamda qutblar koordinatalarini birinçilardan bölib asoslab bergan va amaliyotga tatbiq etgan. U yaratgan algebra va algoritmlaşga oid ilmiy nazariyalar zamonaviy matematika, informatika va raqamli texnologiyalar rivojining poydevori sanaladi. Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hadis ilmidagi merosi esa islom maʼnaviyati, axloq va ijtimoiy munosabatlar şakllanişida muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Rayhon Beruniy matematika, astronomiya, tarix, geografiya singari turli fan sohalari bilan şuğullangan. Yerning quyoş atrofida aylanişi haqidagi fikrini ilgari surgan, Yerning dumaloq şaklda ekanligini asoslab bergan va dunyoning geografik xaritasini tuzgan.

Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot va falsafa sohasidagi asarlari hozirgi zamon tibbiy taʼlimi va ilmiy yondaşuvlar uçun asos bölmoqda. Mirzo Uluğbekning astronomik kuzatuvlari va ilmiy hisob-kitoblari esa zamonaviy astronomiya fani rivojiga katta taʼsir körsatgan.

Bunday misollarni yana uzoq davom ettiriş mumkin. Eng muhimi, bugungi kunda Özbekiston ana şu buyuk merosni, madaniyatni, qadriyatlarni asrab-avaylaş, örganiş va tarğib etiş bilan bir qatorda, ajdodlarga munosib avlodlarni yetiştirişga ham juda katta eʼtibor qaratmoqda.

Ayniqsa, Prezident Şavkat ­Mirziyoyev Yangi Özbekistonni va uçinçi Renessans poydevorini yaratiş yölida tarixiy islohotlarni amalga oşirayotgani, oçiq, amaliy va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga katta ahamiyat berayotgani diqqatga sazovordir. Özbekistonning, jumladan, turkiy xalqlar bilan aloqalari yangi bosqiçga kötarilgani nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun turkiy dunyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit şakllanişiga katta turtki berdi. Binobarin, bizning tarixiy ötmişimiz bir bölgani kabi porloq kelajagimiz ham faqat birlik va hamjihatlik, yangi ijodiy yutuqlar bilan muştarak sivilizatsiyamizni rivojlantiriş orqali bunyod etiladi. Bugungi kunda butun insoniyat, balki har qaçongidan ham köproq aynan mana şunday birlikka muhtojdir.

Xalqlarimiz örtasidagi döstlik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlaşda Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOYning örni va ahamiyati katta. Özbekiston mazkur nufuzli taşkilotning taʼsisçilaridan biri hisoblanadi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan mamlakat 2022 yildan eʼtiboran TURKSOYni yuksak darajada qöllab-quvvatlaş orqali uning faoliyatida faol iştirok etmoqda. Şu tariqa Özbekiston TURKSOY faoliyatiga yangiça ruh bağişladi. Bugun taşkilot doirasida amalga oşirilayotgan har bir loyihada özbek xalqining boy madaniyati, sanʼati, anʼanalari va mehmondöstlik fazilatlari yaqqol namoyon bölmoqda.

Özbekistonda turkiy mamlakatlar madaniyati va sanʼati kunlari, yoşlar va teatr festivallari, ijodiy forumlar uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda. Taşkilot doirasidagi ilmiy-maʼrifiy anjumanlar, turkiy tillar va adabiyotlari rivojiga bağişlangan xalqaro konferensiyalar, madaniy tadbirlar va loyihalarda Özbekiston vakillari faol qatnaşmoqda.

Özbekistonning brendi darajasiga kötarilgan Xalqaro baxşiçilik sanʼati festivali, Xalqaro maqom sanʼati anjumani, “Şarq taronalari” festivali, “Lazgi” xalqaro festivalida TURKSOY faol iştirok etmoqda. Taşkilotimiz tomonidan özbek xalqining buyuk şoir va mutafakkirlari, tarixiy şaxslari tavallud sanalari keng nişonlanmoqda.

Özbekistonda TURKSOYning 30 yilligi juda katta tantana sifatida nişonlandi.

Turkiy dunyoning siyosat, ilm-fan, tibbiyot, adabiyot va sanʼat sohalarida ulkan yutuqlarga erişgan namoyandalarini rağbatlantiriş maqsadida buyuk şoir va mutafakkir Mir Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etilgani madaniy hayotimizda muhim voqea böldi.

Madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlikda har yili turkiy davlatlardagi şaharlardan birining “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilinişi eng gözal anʼanalarimizdan biri hisoblanadi. Bu, ana şu şahar timsolida har bir mamlakatning öziga xosligi, madaniyati, sanʼati, qadriyatlarini xalqaro miqyosda yanada keng namoyiş etişga katta turtki beradi. 2021 yilda Özbekistonning Xiva şahri “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilingan edi. Joriy yilda Andijon şahri şunday yuksak maqomga ega böldi. Şu maʼnoda, 2026 yilda TURKSOY faoliyatining muhim qismi Özbekiston bilan boğliq böladi.

Ötgan yili Qöqon şahri “Turkiy dunyoning hunarmandlari şahri” degan eʼtirofga sazovor böldi.

TURKSOY Boş kotibiyatida har bir aʼzo davlatning vakili faoliyat körsatadi. Bizni quvontirgan yana bir jihati, nihoyat ötgan yili Boş kotibiyatimizda ilk bor Özbekiston vakili rasman faoliyatini boşladi. Bu hamkorligimizni yanada rivojlantirişga xizmat qilişiga işonamiz.

Özbekiston Yetakçisining TURKSOY faoliyatiga doimo eʼtibor bilan qaraşi bizga katta mamnuniyat bağişlaydi. Jumladan, TURKSOY taşkilotining 30 yilligi munosabati bilan Özbekistonda ötkazilgan madaniyat kunlari iştirokçilariga yöllagan tabrigida Şavkat Mirziyoyev: “Biz azaldan tarixi, tili va dini, urf-odat va anʼanalari, bugungi orzu-intilişlari muştarak bölgan xalqlarimiz örtasida döstlik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlaşda TURKSOYning ulkan örni hamda ahamiyati borligini minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz”, deya taʼkidlagan edi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev TURKSOY faoliyatini rivojlantiriş borasida ham takliflarini ilgari surib kelmoqda. Xususan, 2025 yil 21 may kuni Budapeşt şahrida bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitida Özbekiston rahbari davlatlarimiz örtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirişda Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY alohida öringa ega ekanligini eʼtirof etib, bu yönalişdagi saʼy-harakatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş va TURKSOYning nufuzini yanada oşiriş uçun uning faoliyati va tuzilmasini zamon talablariga mos ravişda takomillaştiriş zarurligini bildirdi. Şu asosda ötgan yili 7 oktyabrda Ozarbayjonning Gabala şahrida bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining 12-yiğilişida Davlat rahbarlari tomonidan “Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti TURKSOYni rivojlantiriş va mustahkamlaş töğrisida”gi qaror qabul qilindi. Hozirgi vaqtda TURKSOY Boş kotibiyati uşbu qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida aʼzo davlatlar bilan birgalikda faol iş olib bormoqda.

2025 yil yakunlanişi arafasida yana bir quvonçli voqea guvohi böldik. Noyabr oyida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari iştirokida “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlaş marosimi ötkazildi. Biz uçun ahamiyatli jihati, uşbu nufuzli mukofotning ilk sohiblari qatorida TURKSOY Boş kotibi, Qirğiziston xalq yozuvçisi Sulton Rayev “Adabiyot” nominatsiyasida taqdirlandi.

Şubhasiz, Özbekistonning turkiy dunyoda tutgan örni nafaqat boy tarixiy meros, balki porloq kelajakka qaratilgan strategik ezgu intilişlar bilan belgilanadi. Hurmatli Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan uçinçi Renessans ğoyasi va TURKSOY doirasidagi yangilanişlar qardoş xalqlarimizning maʼnaviy birligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Ajdodlar şarafi va avlodlar saodati yölidagi bunday hamjihatlik turkiy sivilizatsiyaning jahon maydonidagi nufuzini yanada yuksaltirişi şubhasiz. Özbekiston esa özining ilmiy-madaniy salohiyati bilan turkiy olamning maʼnaviy yuragi bölib qolaveradi.

“Dunyo” AA,

Anqara şahri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan