Sanʼatimiz afsonasi
Özbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, birinçi özbek balerinasi
Bernora QORIYEVA
“Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori, Özbekiston xalq artisti, madaniyatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qöşayotgan maşhur balerina, raqs sanʼati malikasi Bernora Qoriyeva yaratgan har bir obraz badiiy barkamolligi, betakrorligi bilan tomoşabinni hayratga soladi. Ularda Şarq ayolining nozik va taʼsirçan qalbi, özbek raqs sanʼatining teran falsafasi, yorqin böyoqlari, milliy koloriti, nafosati jilvalanadi. Bernora Qoriyeva — özbek balet sanʼatini ulkan ijod maktabiga aylantirdi. Zero, özbek balet sanʼati xorij baletlaridan inson ruhiyatining, içki keçinmalarining, zamon va makon bilan boğliq orzularining latif qirralari keng kölamda tasvirlanişi, anʼana va zamonaviylikning gözal uyğunlaşuvi bilan ajralib turadi.
Buyuk qalb egalarining hayot yöllari, ularning ilm-fan sarçaşmalaridan, ular yaratgan sanʼat asarlaridan bahramand böliş, ularning insoniylik fazilatlaridan ibrat oliş köngilga bir olam zavq, ruhiyatga quvvat baxş etadi, ezgulik va yaxşiliklarga çorlaydi. Özbekiston va Qirğiziston xalq artisti Bernora Qoriyevaning işonç va sadoqatga töla 90 yillik umr yöli, ösib kelayotgan yoş avlod uçun iqbol böstoni, hayot maktabidir.
U 1936 yil 28 yanvar kuni Toşkent şahrida Özbekiston va Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan sanʼat arbobi Rahim Qoriyev oilasida tuğilgan. Bölajak balerina 16 yoşida Toşkent Oliy xoreografiya bilim yurtini, 19 yoşida esa Moskva xoreografiya bilim yurtini muvaffaqiyat bilan tamomlaydi. Şundan söng Alişer Navoiy nomidagi Özbek opera va balet katta akademik teatrida faoliyatini boşlaydi.
1957 yil Moskva şahrida ötkazilgan balet tanlovida Bernora Qoriyeva oltin medalga sazovor böladi. Ana şu muvaffaqiyatdan keyin u Fransiya, Italiya, Angliya, Yamayka, Suriya, Hindiston, Braziliya, Argentina kabi mamlakatlarda maşhur balet ustalari bilan bir sahnada çiqiş qiladi. “Oqquş köli”, “Boğçasaroy favvorasi”, “Anna Karenina” kabi dunyoga maşhur baletlarda boş qahramonlarni yuksak mahorat bilan ijro etadi.
Uning eng yodda qolarli rollaridan biri — Mehri qiyofasidir. Alişer Navoiyning “Sabʼai sayyor” dostoni asosida Lola Oqilova sahnalaştirgan “Suhayl va Mehri” baleti özbek sanʼati tarixida öçmas iz qoldirgan asarlardan biri bölsa, bu yutuqda Bernora Qoriyevaning hissasi beqiyos.
U Mehri obrazida haqiqiy oşiq qiyofasini yaratdi. Bu rol milliy ruhi, özbek xoreografiyasi elementlarining nozik va tabiiy qöllanilişi bilan ajralib turadi. Mehri qiyofasi gözallik, latofat va harakatdagi nafosat bilan tomoşabin qalbiga yöl topgan.
Bernora Qoriyeva sahna bilan çeklanib qolmadi. U bir neça yillar rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi. 1979 yilda “Özbekiston yoşlar baleti” birlaşmasini taʼsis etib, 1983 yilgaça unga rahbarlik qildi. 1985 yildan Özbekiston teatr arboblari uyuşmasi raisi, 1994–2002 yillarda esa Alişer Navoiy nomidagi teatr direktori va badiiy rahbari sifatida işladi. 2004 yil Toşkentda birinçi xususiy raqs maktabini oçdi.
Ötgan asrning elliginçi yillarida balet sanʼatini rivojlantiriş va ommalaştiriş oson bölmagan. Ammo u harakat qildi va uddaladi. Şu sabab Bernora Qoriyeva nomi nafaqat özbek baleti, balki milliy madaniyatimiz tarixida ham abadiy qoladi.
Aslida, madaniyatimizning qadimiy va jonli tarixi noyob hamda tuganmas bir doston bölsa, raqs sanʼati uning şoh baytlaridir. Bernora Qoriyevaning qahramonlari öta yorqin, közni qamaştiradigan darajada nazokatli, pinhona nigohlaridan malohat ufurib turadigan, favqulodda gözal va betakror edi. Şuning uçun ham uning raqslari möʼjizaviy kuçga ega bölar, hammani rom qilardi. Buyuk sanʼatkorning bir-biridan betakror obrazlari jahonga maşhur asarlar — “Boğçasaroy favvorasi”dagi Mariya, “Jizel”dagi Jizel, “Oqquş köli”dagi Odetta-Odilliya, “Anna Karenina”dagi Anna Karenina, “Suxayl va Mehr”dagi Mehr, “Tanovar”dagi Nurxon, “Afsonalar vodiysida”gi Nargis, “Zaharli hayot”dagi Maryamxon rollari sanʼat olamida öziga xos voqelik böldi.
Maʼlumki, balet — sintetik janr. Unda sanʼatning bir neça turlari: ssenariy, musiqa, xoreografiya va ifoda vositalari uyğunlaşadi. Unda uzviylik saqlanişi şart. Raqslar musiqa, dramaturgiya va ruhiy holatga mos kelişi kerak. Har qanday balet obrazlilikni va milliy öziga xoslikni saqlab qolişi şart. Suhbatlardan birida Özbekiston xalq artisti, buyuk sanʼatkor Tamaraxonim şunday degan edi: “Özbekiston xalq artisti Bernora Qoriyevaning repertuarida “Segoh” konsert nomeri bor. Nihoyatda jozibador, betakror. Şu raqsning kaşfiyotçisi baletmeyster Mukarrama xonim klassik raqsning aniq ştrixlarini mohirona topa bilgan, har bir harakat bu kiçik xoreografik möʼjizada musiqa ohangi bilan, özbek klassik raqsi elementlari esa Yevropa klassik raqsi harakatlari bilan uyğunlaşib ketgan, biri ikkinçisini töldirgan va boyitgan”.
Sanʼat tarixining nurli sahifalari bölgan buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik va ijodkorlik salohiyati bilan faxrlanamiz. Bernora Qoriyevaning nihoyatda mohir pedagogligi, benazir ustozligi şogirdlari bilan muloqotlarda yanada yorqinroq ayon böladi. Bernora Qoriyeva özining bilimi va boy tajribasini bağrikenglik bilan yoşlarga ulaşadi: talabalar uning “Mahorat darslari”ni intiqlik bilan kutişadi. U özbek balet sanʼatini murakkab va jozibador kombinatsiyalar bilan boyitdi. Bernora Qoriyeva yaratgan obrazlar özbekona nafisligi, jöşqin ifoda texnikasining mukammalligi bilan ajralib turadi. U balet ijroçilik amaliyotini takomillaştirdi, yoş balerinalar mahoratini oşiriş metodikasini yaratdi. Bugun şu metodikadan Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalariga saboq bermoqda.
Bernora Qoriyeva Özbekiston Teatr arboblari uyuşmasi raisi, Alişer Navoiy nomidagi opera va balet teatrida direktor va badiiy rahbar lavozimlarida faoliyat körsatdi. U balet sanʼatida anʼanaviy va zamonaviy usullarni uyğunlaştirdi, köplab uslublarni yangiladi, klassik va milliy usullarni bir-biriga yaqinlaştirib, ularning texnikasi va mahorat darajasini tinimsiz oşirdi. Insoniyat yaratilibdiki, har qanday yangilik turli qarama-qarşiliklarga, ziddiyatlarga duç keladi. U özining nozik jussasi bilan zamonlar şiddatiga, sinovlariga bardoş berdi. Hayotining har bir lahzasini sanʼatga bağişladi. Har bir roli ustida tinimsiz izlandi. Izlanişu maşaqqatli mehnat besamar ketmadi — jahonning eng nufuzli sahnalarida ham uning nafis, ötli, jöşqin raqslarini katta iştiyoq va zavq bilan tomoşa qilişdi.
Bernora Qoriyeva kabi yuksak tafakkurli sanʼatkorlar umr böyi izlanadi, yangilikka intiladi. Uning rollarida klassik raqs töqimasiga singib ketgan xalq raqsi harakatlari mujassamlaşadi: öziga xos zamonaviy va milliy koloritni vujudga keltiradi. Zero, asosiy qahramonlar klassik raqs tilida gapirganlarida ham klassik raqsning ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirib, ularga milliy raqs uslublarini joriy qiliş mumkin. Şunda asarlar yanada taʼsirçan kuçga ega böladi.
Kompozitor A.Kozlovskiyning “Tanovar” baletida Bernora Qoriyeva tarixiy şaxs — Nurxon obrazini yaratadi. Uning raqsiy parvozlarida Farğona raqs maktabiga oid nafislik, mayinlik, teran mazmundorlikni ilğaş mumkin. Ayniqsa, boş, qomat, qöl va barmoqlarning egilişi bilan boğliq jozibador holatlarda xalq raqslarining ruhi alohida ahamiyat kasb etadi. Özbek xalqining asriy anʼanalarga ega madaniy merosiga, milliy-maʼrifiy taraqqiyotiga nazar taşlasak, eng avvalo uning tafakkur boyligi juda mustahkam ildizga ega ekanligini körişimiz mumkin. Hozirgi davrda dunyo yangilanmoqda. Milliy taraqqiyotning yangi zamon, yangi fikr va yangiça dunyoqaraşlari davrida istiqlol nafaqat xalqimiz hayotida, balki tafakkurida ham juda katta özgarişlar yasamoqda.
Xoreografiya sanʼati aynan hissiyotdan, köngilning rang-barang manzaralaridan, tuğyonlar kuraşidan tarkib topadi. Muhabbat va xiyonat, döstlik va razolat, sadoqat va raşk — bularning barini raqs sanʼati öz izmiga sola oladi, uning taʼsirçan “tili” yordamida barça tuyğular, ruhiy iztiroblar, orzu va armonlar xususida gözal hikoya qiliş mumkin. Albatta, sahnada inson his-tuyğularining turli körinişlarini aks ettiriş jarayonida bularning barçasida xalq qöşiq-raqslaridan, sanʼatimizga kirib kelgan asriy anʼanalaridan ijodiy foydalaniş kerak. Lekin bunda zargarona isteʼdod, yuksak mahorat zarur. Sanʼat soxtalikni kötarmaydi, uning ravnaqi uçun haqiqiy fidoyilar zarur. Hamişa izlanişda bölganmiz, yangi ifoda vositalarini biz Farğona xalq raqslari boy dunyosidan, Yevropa klassik raqsi xazinasidan izladik. “Dilxiroj”, “Ufori saxta”, “Sadr” va “Tanovar” kabi maşhur xalq raqslari usullarini asos qilib olgan holda ular ruhiga uyğun bölgan yangi elementlarni singdirdik. Köproq tarixiy mavzuda asarlar yaratiş kerak. Men hamon Uluğbek Musayevning “Tömaris”, “Afsonalar vodiysida” baletlaridagi qahramonlarimni soğinaman. Ular bilan qadimiyat vodiylarida sirlaşayotganday his qilaman özimni. Bu asarlarda ildizlari tarix bilan tutaşgan yangiça timsol, özgaça taxayyul, inson ruhiyati, qalb ozodligi bor edi. Zero, ibtidoning boşlanişi-yu, jamiki gözallikning avvali xalqimizning öziday oddiy, özidek buyuk milliy sanʼatimizdir, — dedi Bernora Qoriyeva.
Balet sanʼatida libretto, musiqa, raqs va tasviriy vositalarning bir butunligiga erişiş katta mahorat talab qiladi. Mazkur komponentlarning birlaşuvi uning taʼsir kuçini boyitadi va eng yuqori çöqqilarga olib çiqadi. Özbekiston xalq artisti, benazir sanʼatkor Mukarrama Turğunboyevaning “Moviy maqom” deb nom olgan oxirgi raqs asari Bernora Qoriyeva uçun yaratilgan edi. Bu osuda va maftunkor asarni hozir ham köpçilik hayajon bilan eslaydi. Qöllarning nafis talpinişi, barmoqlarning nazokat ila çarx urişi, oyoq uçiga kötarilib, ohista aylanişlar tomoşabinni öziga rom etiş barobarida milliy maqom sanʼatining naqadar betakror ekanligini yanada yorqin aks ettiradi. Maqom sanʼatining balet raqsida şu körinişda tabiiy va jozibador namoyon bölişi sanʼat taraqqiyoti uçun alohida hodisa hisoblanadi.
Jamiyat yangilanayotgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tiklanayotgan bir davrda olam va odam örtasidagi munosabatlarni yangiça tamoyillar vositasida örganiş va tadqiq qiliş kun tartibidagi eng muhim masalaga aylandi. Millatlarning öziga xosligi, milliy özligini anglaş jarayoni sahnada aks etayotgan qadimiy marosimlar, rasm-rusumlar, urf-odatlar, qadriyatlarni, anʼanalarni örganiş orqali takomillaşib boradi. “Moviy maqom”da anʼana va zamonaviylik, özbek xalq raqslari va klassik balet elementlari mujassamlaşadi. Aslida, sahnada ayol qalbini, his-tuyğularini turli holatlar va körinişlarda aks ettiriş oson emas. Bernora opa ustozi Mukarrama Turğunboyevadan milliy musiqani yurak bilan tinglaşni, yurak bilan his qilişni örgandi.
U özbek balet sanʼatida noyob kaşfiyotlar, ixtirolar, yangi raqsiy şakllarni yaratdi. Ustozlardan örganganlarini bir umr öz ijodida saqlab qoldi va rivojlantirdi. U balet sanʼatida butunlay yangi yönaliş — Şarq ayolining betakror latif va mayin qiyofasini yaratdi. Bernora Qoriyeva jamiyatdagi barça quvonçli voqealarni, tarixiy hodisalarni raqs asarlari bilan tarixga muhrlaşga harakat qildi. U haqiqiy maʼnodagi dramatik raqqosa, dramatik aktrisa sifatida özbek raqs sanʼatida yangi sahifa oçdi. Tomoşabin tafakkurini boyitgan, ruhiyatiga taʼsir qilgan, qalbiga hayotsevarlik, mehr-muhabbat tuyğularini baxş etgan betakror obrazlar yaratdi.
Özbekiston Respublikasi Davlat mukofoti sovrindori Bernora Qoriyeva ijodiga bağişlab monografiyalar, hujjatli filmlar yaratilgan. “Bernora Qoriyeva raqsga tuşadi”, “Men balerinaman” kabi asarlarda serqirra ijod inson qalbi va ruhiyatining közgusiga aylangan. U Yevropa, Osiyo, Şimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlarida bir neça marta ijodiy safarlarda böldi, özbek raqs sanʼatining dovruğini butun dunyoga yoydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy raqs sanʼatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida töğri taʼkidlanganidek, “uşbu sanʼatni bugungi kunda jamiyatimiz hayotining barça sohalarida röy berayotgan tub özgarişlarga mos holda rivojlantiriş, milliy raqsning turli yönaliş va namunalarini, mamlakatimizning turli mintaqalarida şakllangan mumtoz raqs maktablarini qayta tiklaş va kelajak avlodlarga bezavol yetkaziş hamda bu boradagi taʼlim-tarbiya, tarğibot işlarini kuçaytirişni taqozo etmoqda”. Darhaqiqat, jamiyatda odamlar örtasida özaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini şakllantirişda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş hamda takomillaştirişda jozibador, maftunkor raqs sanʼatining örni va nufuzi beqiyos.
Yoşlarimizning suyukli ustozi Bernora Qoriyevaning betakror raqslari özbek milliy sanʼatining umumbaşariy madaniyat xazinasiga qöşilgan noyob durdonalari hisoblanadi. Ular etnografik-estetik, lirik-dramatik xarakterga, mukammal syujet va kompozitsiyaga ega yaxlit asar sifatida alohida tadqiqot manbai bölişga munosibdir. Bernora Qoriyevaning qahramonlari nihoyatda yorqin, ular jöşqin insonni, uning zamon va makonning yaxlit qiyofasiga aylangan qalbini namoyon etadi. Uç ming yillik şonli tarixga, turli yönalişlarga, rang-barang ifoda usullariga ega bölgan özbek raqs sanʼati özining boy anʼana va qadriyatlarini saqlab, davr bilan hamnafas, bosqiçma-bosqiç rivojlanib bormoqda. Professor Bernora Qoriyeva uluğ ajdodlardan meros bebaho sanʼatimizni asrab-avaylaş, uning unutilayotgan usullarini qayta tiklaş, kelajak avlodlarga bezavol yetkaziş kabi masʼuliyatli vazifani öz zimmasiga olgan fidoyi ustozlardan biri.
Albatta, har bir xalq umumbaşariy olamga özining tarixiy-maʼrifiy qiyofasi, milliy qadriyatlari, madaniy anʼanalari bilan kirib keladi. Özbek raqs sanʼatining tarkibiy qismi bölgan balet sanʼati taraqqiyoti ijodiy rivojlaniş va ilmiy izlanişlar kölamining kengayib borişi bilan xarakterlanadi.
Balet maktablarida hamişa tartib-intizom qatʼiy bölgan. Bernora opa bolalikdan şu qoidalarga amal qilişga örgangan. Sahnaning ham öz qonun-qoidalari mavjud. U öz maşğulotlarida raqs sanʼatining oçilmagan qirralarini kaşf qilişga, nazariy-amaliy jihatdan uni yanada takomillaştirişga intiladi. Ustozning saboqlari özbek raqs sanʼatşunosligi va raqs taʼlimi uçun nihoyatda zarur. Raqs — özbek zaminida şakllangan eng qadimgi madaniyatlardan biridir. Vatan ötmişi, xalq urf-odatlari, inson omili, uning maʼnaviy-maʼrifiy tamoyillari insonning kelajak orzu-maqsadlari bilan uyğunlaşsa, uning taʼsirçanligi va samaradorligi yanada oşadi. Boy tarixga ega xalq raqs sanʼatining balet sahnasiga kirib kelişi milliy madaniyatimizning nurli istiqbolidan darak beradi.
Tarixiy obrazlarni yaratar ekan, Bernora opa voqeliklar zamiridagi mohiyatni va inson ruhiyatini, içki keçinmalarini falsafiy muşohada etişga, olam va odam, inson va tabiat örtasidagi munosabatlarni çuqurroq oçişga intiladi. Bugungi kunda talabalarga madaniy meros va raqs sanʼati ijodiyoti, uning ilmiy-nazariy muammolari, anʼanaviy va zamonaviy ijod şakllari, ijro uslublari tahlili böyiça maʼruzalar öqiydi, maşğulotlarda ortda qolgan yillarni mehr bilan eslaydi, sahna maşaqqatlari haqida ibrat bölarli voqealarni sözlab beradi.
Özbek sanʼatining asl durdonalarini yoş avlodga örgatiş va xalqaro miqyosda yanada kengroq tarğib qiliş uçun Bernora Qoriyeva kabi yuksak salohiyatli ustozlarning tajribasiga tayangan holda, madaniy diplomatiyaning optimal yöllarini, zamonaviy va innovatsion usullarini joriy qiliş davr talabiga aylandi. Bu sohani egallaşda qalb sofligi, uning ezgulikka moyilligi, köngil oçiqligi muhim ahamiyat kasb etadi. Hazrat Navoiy aytganlaridek, “köngli poku ham közi pok, tili poku, sözi poku, özi pok”likka intiliş komillikka erişişning birinçi şartidir. Raqs sanʼatini seviş va anglaş orqali jamiyatning soğlom maʼnaviy qiyofasi yaratiladi, yoşlarning qalbi poklanadi, ularga insonni qadrlaş, hurmat qiliş, eʼzozlaş tuyğulari singdiriladi. Zero, Şarqda doimo moddiy olamdan ruh olamiga kötariliş, qalbni tozalaş insonning komillik sari taşlagan qadami sifatida baholangan.
Sanʼat — insonlarni birlaştiruvçilik, uyuştiruvçilik va aniq maqsadga yönaltirişdagi funksiyalari orqali vatan taraqqiyotiga ijobiy taʼsir ötkazib boradi. Uçinçi Renessans poydevorini yaratayotgan Özbekiston zamini azaldan başariyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qöşgan, jahon ilm-fani va madaniyati yönalişini belgilab bergan uluğ allomalari, buyuk mutafakkirlari bilan şuhrat qozongan.
Taraqqiyot millatning uyğonişidan, Vatan va xalq istiqboli uçun jon kuydirayotgan, fidokorona mehnat qilayotgan ulkan şaxslarning uluğlanişidan boşlanadi. Kuni keça bahor faslining eng gözal, eng şukuhli ayyomi — 8 mart bayrami arafasida muhtaram Prezidentimizning Farmoniga binoan “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlangan buyuk sanʼatkorimiz Bernora Qoriyevaning umr va ijod yöli — ösib kelayotgan yoş avlod uçun fidoyilik, muhabbat va mehr maktabidir.
Şuhrat TOXTASIMOV,
Özbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi rektori, professor.
Hulkar HAMROYEVA,
Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
professori, filologiya fanlari doktori.
