Uçinçi Renessans – Yangi Özbekiston taraqqiyotining tamal toşi
“Men nega aynan şu mavzuni tanladim? Nima uçun öz öquvçilarimga Yangi Özbekiston fenomeni haqida sözlab bermoqçiman?”
Yaqinda poytaxtimizda taqdimoti bölib ötgan “Özbekiston: Uçinçi Renessans — taraqqiyot konsepti” nomli kitob muallifi, pokistonlik yozuvçi va jurnalist Muhammad Abbos Xon uşbu asarining dastlabki sahifalarida şunday savollar bilan öziga murojaat qilar ekan, kitobning boşidan-oxirigaça ayni şu boş mavzu, yaʼni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan Uçinçi Renessans ğoyasining mazmun-mohiyatini badiiy-publitsistik ruhda teran oçib berişga intilgan va bu ezgu maqsadiga erişgan ham.
Konsept nima?
Urdu tilida yozilgan va endilikda özbek tilida ham naşr etilgan muhtaşam asarning nomi haqida söz yuritar ekan, muallif şunday yozadi: “Kim biladi, ehtimol, kitobni “Özbekiston: Uçinçi Renessans — taraqqiyot konsepti” deb nomlaganim ayrim kişilarga balandparvoz, hatto eriş ham tuyular. Ammo aynan şu “konsept” atamasi men yetkazmoqçi bölgan ğoyani aniq va tölaroq anglatadi, deb öylayman. Faqat anʼanalarga hurmatgina emas, balki taraqqiyotga, ilmiy va madaniy rivojlanişga iştiyoqni ham özida mujassam etgan ğoyalarga tayanib, taraqqiyot çöqqilari sari intilayotgan bugungi Özbekiston çindan ham buyuk Renessans bösağasida turibdi. Buni kitobning “şunçaki nomi” deb hisoblay olmayman. Çunki Uçinçi Renessans ğoyasi bu mamlakatning salohiyatini anglab yetgan insonlar qalbida aks sado beradigan noyob ğoya ekaniga işonçim komil” .
Haqiqatan ham, “konsept” sözining tuşunça qamrovi nihoyatda kölamdor. Avvalo, uşbu atama negizidagi lotinça “conceptus” sözi “tuşunça” degan luğaviy maʼnoni anglatişini qayd etiş lozim.
Konsept — muayyan voqelikka xos belgilar bilan boğliq obraz, yaʼni timsol, amaliy tajriba, orzu-istak, öy-xayol, tuşunça va tasavvurlarning ongu tafakkurimizdagi aksini ifoda etadigan fikr, ğoya, niyat deganidir.
Konsept — tuyğular va tuşunçalar örtasidagi öziga xos fikriy zina. U ong-tafakkurning dalillar, tuyğular, madaniy hayot tajribasi va til orqali ifoda etiş unsurlarini özaro çambarças boğlab turadi.
Konsept — şunçaki ğoya emas, balki innovatsion ğoya bölib, özida taşabbuskorlik, bunyodkorlik va yaratuvçanlik mohiyatini mujassam etadi.
Konsept — şunçaki söz yo atama emas, aksinça, tafakkur tarzimiz şakllantirgan dunyoning butun boşli kognitiv modelidir.
Binobarin, bu model inson yoki tizim bizga muayyan vaziyatning özi emas, balki uni qanday talqin etişimiz taʼsir körsatişini töğri tuşunişni, şu nuqtai nazarga tayangan holda, tegişli axborotga işlov beriş, fikrlarni şakllantiriş, his-tuyğularni tarbiyalaş va qarorlar qabul qilişni taqozo etadi.
Şu maʼnoda, kitobda Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Yangi Özbekistonda bunyodkor xalqimiz şiddat bilan poydevorini tiklayotgan “Uçinçi Renessans” ğoyasiga aynan “taraqqiyot konsepti” deya taʼrif berilgani har tomonlama asosli deb hisoblaymiz. Çunki muallif sözlari bilan aytganda, “Uçinçi Renessans nafaqat ijtimoiy institutlar şakllarini yangilaş, balki inson hayotining asl mohiyatini çuqur qayta anglaşni bildiradi. Ayni paytda u ötmişning maʼnaviy merosiga tayangan holda zamonaviy global muammolarga yeçim topiş orqali, tafakkur, madaniyat va bilimga asoslangan yangi dunyoni bunyod etişga qaratilgandir”.
Insoniyat taraqqiyotining oltin pillapoyalari
Uluğ alloma ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning: “Vaqt pillapoyasi çeksizdir, bir-birining örnini egallab boradigan avlodlar zinadan-zinagaça kötariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod özidan keyin kelayotgan, özidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga yetkazib beradi”, degan purhikmat fikrlari bor. Bu bebaho fikrlarni izçil rivojlantiriş asnosida Birinçi Şarq Uyğoniş davri va Ikkinçi Şarq Uyğoniş davri — ana şu ikki Renessans tom maʼnoda insoniyat taraqqiyotining oltin pillapoyalari sifatida tarix sahifalariga muhrlanganini alohida taʼkidlaş farzu qarzdir.
IX-XII asrlarda mintaqamizda yuz bergan va “Musulmon Renessansi” deb nomlangan Birinçi Şarq Uyğoniş davrida ham, butun dunyoda “Temuriylar davri Renessansi” deya eʼtirof etilgan XIV-XVI asrlardagi Ikkinçi Şarq Uyğoniş davrida ham jamiyatda eʼtiqod mustahkam, maʼnaviyat kuçli, insonlar dunyoqaraşida maʼnaviyat ustuvor, davlatçilik tuzumida maʼnaviyat va maʼrifat yetakçi bölgan.
“Renessans” (“renaitre”) — fransuzça söz bölib, qayta yuzaga kelmoq, yangidan tuğilmoq, degan luğaviy maʼnolarni anglatadi. Özbek tilidagi “Uyğoniş davri” tuşunçasi uşbu atamaning sinonimi, yaʼni maʼnodoşi hisoblanadi.
Renessansning asosiy alomatlari tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib ötib, insonni uluğlaş, uning isteʼdodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga çiqariş, adabiyot va sanʼatda dunyoviy gözallik, hayot taronalarini qizğin kuylaş, inson erki, hurfikrlilik uçun kuraşiş misolida yorqin namoyon böladi. Natijada ijodiy qudrat va tafakkur kuçini namoyiş etadigan uluğvor badiiy asarlar yaratiladi, muhtaşam meʼmoriy inşootlar bunyod etiladi, ilm-fan rivojlanadi.
Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, bugungi Özbekiston hududi tarixda ilm-fan, madaniyat va sanʼatning qadimiy beşigi sifatida mavjud bölib kelgan. Bu haqda islomga qadar mavjud manbalarda ham maʼlumotlar keltirilgan. Jumladan, “Avesto”da ham maʼnaviy muhit, ilm-fan va taʼlim-tarbiya xususida öz davri uçun ilğor ğoyalar ilgari surilgan.
Özbekiston hududlari tarixan Buyuk ipak yölining markazi va uning turli tarmoqlari kesişgan nuqtada joylaşgan. Şuning uçun Şarq va jahonning turli mamlakatlaridan diniy va dunyoviy bilim oliş istagidagi insonlar hamişa Samarqand, Buxoro, Xorazm, Nasaf (Qarşi), Keş (Şahrisabz), Toşkent, Farğona kabi köhna madaniyat markazlariga intilganlar. Bu hududlarda qadimgi zamonlardan faoliyat yuritgan bilim maskanlari — madrasalar öz davrining oliy taʼlim muassasasi, yaʼni universitetlari maqomida bölgan, deyiş mumkin.
Birinçi Şarq Uyğoniş davrida uluğ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, maşhur mutafakkirlar yetişib çiqdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farğoniy jahonşumul kaşfiyotlar qildilar. Imom Buxoriy, Burhoniddin Marğinoniy, Mahmud Zamaxşariyning falsafiy asarlari başariyat tafakkur xazinasini boyitdi.
Tarixiy manbalarda qayd etilişiça, X asrning oxiriga kelib Samarqandda 17 ta madrasa faoliyat yuritgan. Bu madrasalarda islom taʼlimoti bilan birga, dunyoviy fanlar ham öqitilgan. Öz davrida hatto nafaqat şoir, balki faylasuf va falakiyotşunos sifatida ham dunyo miqyosida tanilgan Umar Xayyom ham Samarqandda tahsil olgan.
Ikkinçi Şarq Uyğoniş davrida Amir Temur bunyod etgan uluğ saltanatning örni va ahamiyati beqiyosdir. Çunki buyuk Sohibqiron dunyoning turli mintaqalaridan olimu adiblar va meʼmoru hunarmandlarni öz saltanati poytaxti Samarqand şahrida jamlagan. Ilmu maʼrifat va kasb-hunar sohiblarini rağbatlantirgan, boy kutubxona, rasadxona va madrasalar bunyod ettirgan.
Jumladan, Mirzo Uluğbek madrasasida matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot, tarix, falsafa, adabiyot kabi ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlarning öqitilişi ikkinçi Şarq Renessansining vujudga kelişiga turtki bölgan. Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Ali Quşçi singari köplab mutafakkirlarimizning boqiy nomi va boy merosi nafaqat mintaqamizning maʼnaviy rivojida, ayni vaqtda jahon sivilizatsiyasi tarixida muhim örin tutadi.
“Nur — Şarqdan taraladi”, degan edi mumtoz nemis faylasufi Georg Gegel. Binobarin, Şarq Uyğoniş davri yutuqlari Ğarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri, xususan, XIV-XVI asrlardagi Italiya Renessansiga bevosita taʼsir körsatgan. Ayniqsa, tutaş çegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim orolida bu jarayon kuçli bölgan. Yevropaliklar Şarq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida öqib-örganganlar.
Şarqning butun insoniyat tarixidagi nodir ijtimoiy hodisa bölgan har ikki Renessansi buyuk ajdodlarimizning ilm-maʼrifat va kuçli eʼtiqod, diniy bağrikenglik va insonparvarlik borasidagi ezgu ğoyalari bilan yöğrilgan edi. Bu ğoyalar Özbekiston mustaqilligi yillarida alohida, yanada teran maʼno-mazmun kasb etib bormoqda.
Mamlakatimizda Uçinçi Renessansni XX asrda maʼrifatparvar jadidlar amalga oşirişlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrini milliy uyğoniş ğoyasiga bağişlab, ölkani jaholat va qoloqlikdan olib çiqiş, millatimizni ğaflat botqoğidan qutqariş uçun bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etganlar.
Şukrki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida Özbekistonda yangi Uyğoniş davri, yaʼni Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş asosiy maqsad etib belgilandi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Biz Uçinçi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qöyib, uni milliy ğoya darajasiga kötarmoqdamiz”.
Pokistonlik adib Muhammad Abbos Xon ana şu asl haqiqatlarning mağzini çaqibgina qolmay, xolis eʼtirofu ehtiromlarini özining kitobida izhor etgani tahsinga loyiq. Muallifning fikriça ham, Özbekiston — qadim zamonlardan buyon umumbaşariy tamaddunning vujudga kelişiga ulkan hissa qöşgan, dunyoga ilm-urfonda donği ketgan yuzlab fozil ustodi oliylarni tarbiyalab bergan ilm-fan, sanʼat va madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat öçoqlaridan biridir.
Kitobda qayd etilganidek, “Xalqaro ilmiy hamjamiyat hozirgi Özbekiston hududida yaşab ijod qilgan olimu mutafakkirlarning “Şarq Uyğoniş davri” yoki “Musulmon Renessansi”ning yirik vakillari sifatida yuksak eʼtirof etadi. Zero, ularning yutuq va kaşfiyotlari insoniyat taraqqiyoti, madaniyati va islom olamining maʼnaviy qadriyatlari rivojida munosib örin tutadi” .
Uçinçi Renessans:
bu uluğvor ğoya qaçon va qayerda ilgari surilgandi?
Gap şundaki, davlatimiz rahbari Özbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma töqqiz yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida, Oliy Majlisga Murojaatnomasida hamda 2020 yil sentyabr oyida Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan bölib ötgan yiğilişdagi maʼruzasida mamlakatimizda Uçinçi Renessansga poydevor qöyiş taşabbusini ilgari surdi. Maʼruzalarda donişmand xalqimiz tarixda ikki Renessansni boşidan ötkazgani alohida tahlil qilinib, millatimizning jahondagi eng ilğor, taraqqiy etgan xalqlar qatorida bölgani barçamizga ulkan ğurur va iftixor bağişlaşi eʼtirof etildi.
Bugungi kunda biz uçinçi Uyğoniş davri ostonasida turibmiz. Agar Özbekiston Prezidentining keyingi töqqiz yilda maʼrifat, taʼlim va ilm-fanni rivojlantiriş yölida imzolagan qonun, farmon va qarorlari, tasdiqlagan Milliy strategiya va Davlat dasturlari, ilgari surgan yangidan-yangi taşabbuslarining mağzini töla çaqib körsak, navbatdagi Maʼrifat Renessansining markazi Özbekiston ekaniga heç kimda şubha qolmaydi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Xalqimizning uluğvor qudrati jöş urgan hozirgi zamonda Özbekistonda yangi bir uyğoniş — Uçinçi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat böladi. Çunki bugungi Özbekiston — keçagi Özbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham keçagi xalq emas”.
Bu fikrlarning tasdiği sifatida “Özbekiston: Uçinçi Renessans — taraqqiyot konsepti” kitobi muallifi öz asarida “Uçinçi Renessans” tuşunçasiga bergan ayrim taʼriflarni keltiramiz:
“Janob Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan Uçinçi Renessans ğoyasi ham nihoyatda muhimdir. Uşbu ezgu ğoya ilm-fan va maʼrifatga asoslanadi, insonparvarlikka çorlaydi. Yangi Renessansning boş maqsadi — mamlakatni ravnaq toptiriş, yurt farovonligiga erişiş” ;
“Işonçim komilki, Uçinçi Renessans — bu barça soha va yönalişlarda milliy taraqqiyot yölining navbatdagi bosqiçidir. Bu konsepsiya öziga xos “texnologik sakraş”ni, yuqori darajada rivojlangan “smart” iqtisodiyotni nazarda tutadi. Şuningdek, u ilm-fan, texnologiyalar, axborot, madaniyat va ijtimoiy sohalarda jahon hamjamiyati bilan yanada faolroq, yanada kengroq integratsiyani taqozo qiladi” ;
“Özbekistondagi Uçinçi Renessans — faqat Özbekiston xalqi uçungina emas, balki mintaqadagi boşqa davlatlar, ehtimol, yanada kengroq global jarayonlar uçun ham muhim ahamiyatga ega” ;
“Mening nazdimda, Şavkat Mirziyoyevning Özbekistondagi Uçinçi Renessans ğoyasi şunçaki siyosiy reja emas, balki insoniy qadriyatlarni, siyosiy barqarorlikni va taraqqiyotga intilişni ustuvor maqomga qöyadigan Özbekiston kelajagining konsepsiyasi hamdir” ;
“Takror bölsa ham qaytaraman: Özbekistondagi Uçinçi Renessans — bu şunçaki maʼnaviy-siyosiy islohotlar yoki iqtisodiy jonlanişgina emas. Bu — undan ham ahamiyatliroq tarixiy hodisadir. Bu — asrlar davomida uşbu mintaqaning javhari bölgan uluğvor madaniyatga qaytiş, ideallarni qayta tiklaş jarayonidir” ;
“Uçinçi Renessans ğoyasi — milliy ruhga, xalqning azaliy orzu-umidlariga hamohangdir. Zero, xalq “bir paytlar tölib-toşib oqqan daryo yana tölib oqişini” çin dildan istaydi. Özbekiston madaniy yutuqlarining uluğvorligi — bevosita eʼtiqod masalasi va falsafa bilan uzviy boğliqdir” .
Pokistonlik siyosatçi va ilmiy ekspertlarning fikriça, uşbu asar va unda kötarilgan ayni fikr hamda talqinlar nafaqat Pokistonda, balki Yevropa va boşqa mamlakatlarda ham yuqori baholanmoqda. Kitobga Pokiston Boş vaziri Muhammad Şahboz Şarif ham sözboşi yozib, unda asarning başariyat tamadduni istiqbolini anglaşdagi ilmiy-muşohadaviy ahamiyatini alohida taʼkidlagan va bu bejiz emas.
Prezidentimizning Uçinçi Renessans ğoyasi negizida Özbekiston liderining, jumladan: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bölsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir. Biz yangi Özbekistonni barpo etişga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinçisi — bozor tamoyillariga asoslangan kuçli iqtisodiyot. Ikkinçisi — ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuçli maʼnaviyat”, degan asosli fikrlari öz mujassamini topgan.
Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans:
taraqqiyot ğoyasi röyobga çiqmoqda
Yangi Özbekistonda Renessansning uçinçi tölqini böy körsatmoqda. Bu haqiqatni tiyrak nigoh bilan körib-anglab yetgan muallif öz kitobida, avvalo, xalqaro amaliyotda jahon siyosiy terminologiyasini yangi tuşunçalar bilan boyitişga qodir davlat va jamoat arboblari kam uçraşiga eʼtiborni qaratadi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev “Yangi Özbekiston” tuşunçasini dunyo siyosati luğatiga kiritgani beqiyos ilmiy ahamiyatga ega. Yangi Özbekiston — bu ibora Millat Sardori ilgari surgan va bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan çuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan ezgu ğoyadir. Bu ğoya zamirida:
bir tomondan, bugungi va ertangi avlodlarimizning “Uçinçi Renessans” poydevorini qöyişdek ezgu maqsad-muddaolari;
ikkinçi tomondan, milliy tariximizda Birinçi va Ikkinçi Uyğoniş davrlariga asos solgan uluğ ajdodlarimiz, alloma bobolarimizning orzu-intilişlari va armonlari;
uçinçi tomondan, bunyodkorlik, yaratuvçanlik, har doim öqiş va izlanişga daʼvat öz mujassamini topgan.
Yangi Özbekiston meʼmori va taşabbuskori hisoblanuvçi Prezidentimiz qayd etganidek, “Yangi Özbekistonni barpo etiş — bu şunçaki xohiş-istak, subʼyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bölgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning özi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilişlariga mos, uning milliy manfaatlariga töla javob beradigan obʼyektiv zaruratdir”.
Öz navbatida, pokistonlik adibning fikriça, “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan jahon siyosati luğatiga “Yangi Özbekiston” tuşunçasining kiritilişi öziga xos ilmiy ahamiyatga egadir. Bu ğoyaning asosida, bir tomondan, hozirgi va yaqin kelajak avlodlarning Uçinçi Renessansga poydevor qöyişdek ezgu maqsad va intilişlari, ikkinçi tomondan, özbek xalqining qadim tarixida Birinçi va Ikkinçi Renessansni boşlab bergan buyuk mutafakkirlarning orzu-armonlari ham mujassam. Kuzatişlarimga köra, Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş ğoyasi mamlakat fuqarolari ongida mustahkam örin egallab, umummilliy harakatga aylanib bormoqda” .
Çindan ham şunday. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi Özbekistonni bunyod etişga qaratilgan barça ezgu saʼy-harakatlar samarasi sifatida yuzaga çiqadigan Maʼnaviy-maʼrifiy Uyğoniş xalqimiz, jamiyatimiz, davlatimiz bunyod etişga kirişgan Uçinçi Renessans uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi. Yanada aniq qilib aytganda, har qanday Renessansning muhim asosini Maʼnaviy-maʼrifiy Uyğoniş taşkil etadi.
Akmal SAIDOV,
akademik.
