Buyuk Temur – Yevropa xaloskori
Jahon tarixini özgartirib yuborgan, olamşumul işlar qilgan insonlar sanoqli. Buyuk Temur, şak-şubhasiz, ana şunday şaxslardan biri. Xorijda Temur haqida yozilgan asarlarning mutlaq köpçiligida Turon hukmdoriga nisbatan “buyuk” sifati qöşib işlatiladi. Lekin Buyuk Temur öz yurtida hamon “Amir Temur”, “Sohibqiron Amir Temur”, “Amir Temur Köragon” va “Temurbek” deb atab kelinmoqda. Buyukligini dunyo eʼtirof etgan Temur bobomizning nomiga uning avlodlari nima uçun “buyuk” sözini qöşib işlatmaymiz? Buning sababi nimada? Ana şu savollarning javobi meni rosa öylantirib yurar edi.
Davlatimiz rahbarining 2026 yil 5 fevralda imzolangan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori ana şu kemtiklikni bartaraf etiş yölida taşlangan katta qadam böldi!
Köpçilik biladiki, jahon tarixi, fani va madaniyatiga ulkan hissa qöşgan şaxslar nomiga “buyuk” sifati qöşib işlatiladi. Şu bois jahonda Temurni köpçilik “Buyuk Temur” deb ataydi. Xorijda Temurga bağişlab yozilgan asarlarning aksariyati şunday nomlanadi. Bizda esa uning nomiga boşqa sifatlar qöşib işlatiladi, yaʼni “Amir”, “Sohibqiron”, “Köragon” va “Temurbek”. Temurni “Amir Temur” deb ataş esa, menimça, hatto ruhimizga ham singib ketdi.
- “Amir”. Temur tuğilişi böyiça amir edi. Yaʼni u hayotida heç qanday yutuqqa erişa olmasa ham, jiddiyroq amalga çiqa olmasa ham, tuğilgan viloyati Keşdan taşqariga çiqolmasa ham baribir Amir Temur bölib qolaverardi. Sözimning isboti sifatida temurşunos olimlar Böriboy Ahmedov va Abdulahad Muhammadjonovlarning “Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)” maqolasidan iqtibos keltiraman: “Amir Temur, Temur, Temurbek (töliq ismi Amir Temur ibn Amir Tarağoy ibn Amir Barqul)… Otasi amir Tarağoy esa barlos uruğining oqsoqollaridan hamda Çiğatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Keş viloyatida hokimlik qilişgan”.
Mazkur iqtibosdan körinib turibdiki, Temurga “Amir” sifati qöşilişida uning heç qanday xizmati yöq. Bu otasidan meros nasab hisoblangan. Şu bois tuğilişi bilan uning ismi “Amir Temur” deb atalgan.
“Amir” unvonining boşqa maʼnosi ham bor. Özbek tilining izohli luğatida qayd etilişiça, “AMIR — (hokim, hukmdor; boşliq) Buxoroda va baʼzi musulmon mamlakatlarida: xonlik, podşolik unvoni hamda şu unvon egasi”.
Demak, “amir” unvoni “xon” yoki “podşo” maʼnolarini ham bildirar ekan. Bu örinda, balki, Temur “xon” yoki “podşo” unvonlaridan “amir” unvonini baland qöyib, şu nom bilan tarixda qolişni öylagandir, degan faraz tuğilişi ham tabiiy…
Yuqorida nomi keltirilgan maqoladan quyida keltirilgan iqtibos esa Temur “amir” nasabini harbiy unvon sifatida ham tuşunganligidan dalolat beradi: “El-yurtni boşqarişda harbiy kuçning ahamiyatini yaxşi tuşungan Amir Temur qöşinning tuzilişiga katta eʼtibor qaratdi. U “amir” va “amir ul-umaro” kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi”. “Temur tuzuklari”da yoziladiki, qahramonlik körsatgan jangçilarni Temurning özi “amir” unvoni bilan taqdirlagan: “Eng yaqin navkarlarimdan uç yuz ön uç kişiga amirlik mansabi berişni buyurdim, çunki ular asli toza, aql-farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldi-ketini öylab iş tutadigan kişilardir”.
- “Sohibqiron”. Bu sözning maʼnosi “Özbek tilining izohli luğati”da quyidagiça talqin etiladi: “SOHIBQIRON — (qiron egasi) 1. Astrologiya va afsonalarda: Zuhra va Muştariy yoki Zuhra va Quyoşning ekliptika davrining maʼlum bir darajasida töqnaş keliş vaqti (qiron)da tuğilgan bola (bunday bolaning baxtli, ğolib, muzaffar va uluğ martabali bölişi başorat qilingan). 2. Şarq mamlakatlarida: qudratli hukmdor, jahongir unvoni. 3. Amir Temurning şarafli unvoni”.
Demak, Zuhra (Venera) va Muştariy (Yupiter) yoki Zuhra va Quyoşning ekliptika davrining muayyan bir darajasida töqnaş keliş vaqti astrologiya va afsonalarda “qiron” deb atalarkan va şu paytda tuğilgan bolaning kelajagi buyuk bölişi oldindan maʼlum bölar ekan. Soddaroq qilib aytsak, “Sohibqiron” atamasining mazmuni ilmiy asosga ega bölmasdan, balki astrologiya va afsonalardan kelib çiqqan ekan!..
- “Köragon”. Nazarimda, buyuk Temurni “Köragon” unvoni bilan ataş, aslida uning şaxsiga biroz soya soladi deb hisoblayman. Böriboy Ahmedov, Abdulahad Muhammadjonovlarning mazkur maqolasida bu masala mana bu tarzda bayon etiladi: “1370 yilning 10 aprelida Balx şahri Amir Temurga taslim böldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu ğalabadan söng Amir Temur Movarounnahrning çingiziylardan bölgan hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulkxonimni öz nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur “köragon”, yaʼni “xonning kuyovi” unvonini oldi”.
Avvalo, millatimiz va dinimizda xotinning nasabi bilan faxrlaniş uyat hisoblanadi. Bu gap hatto eng oddiy yigitlarga ham tegişli. Xalqimiz asrlar davomida şu aqida bilan yaşab kelgan. Şunday ekan, nahotki Turonday katta bir davlatga hukmdorlik darajasiga yetgan buyuk Temur xon avlodidan bölgan beva ayolga uylanişni öziga şaraf deb bilgan bölsa! Bunga işoniş qiyin! Bunday bölişi Temurning ğururiga mutlaqo töğri kelmas edi! Qolaversa, mabodo Temurga “xonga kuyovlik” unvoni kerak bölsa, u xonlar avlodidan bölgan hali turmuş qurmagan har qanday qizga uylanişi mumkin edi.
- Buyuk bobomizni “Temurbek” deb ataş holatlari ham bor. Lekin bu unçalik köp tarqalmagan variant bölganligi va mazmuni qöşimça izohsiz ham tuşunarli ekanligi tufayli unga töxtalib ötiriş ortiqça bölsa kerak.
Ayrim temurşunoslarda Temur Çingizxon avlodidan bölmaganligi uçun u xonlik taxtiga ötirişga haqqi yöq edi, çunki Temurning sakkizinçi ajdodi Qoçuvli (baʼzi manbalarda Qaçuli) bahodir va Çingizxonning uçinçi ajdodi Qabulxonlar örtasida “Xonlik Qabulxon avlodining qölida, sipohsolorlik esa Qoçuvli bahodir bolalarida bölsin”, degan ahdnoma bölgan, deyişadi.
Bu fikr ham munozarali. Mabodo şunday ahdnoma bölganida ham, 1360 yili çingiziy Tuğluq Temurxon bilan Temurning Movarounnahr hukmdori bölişi töğrisida yangi ahdnoma tuzilgan. Yangi tuzilgan ahdnoma haqida buyuk Temur “Tuzuklar”da bunday deydi: “Tuğluq Temurxon Movarounnahrni esa menga qoldirdi va bu xususda yorliğu ahdnoma yozib berdi… Men butun Movarounnahr viloyatiga, to Jayxun daryosining sohillarigaça çözilgan yerlarga hukmron böldim”.
Demak, keyingi ahdnoma oldingisini bekor qilyapti. Lekin negadir köpçilik bunga eʼtibor qaratmaydi.
Qolaversa, hokimiyat tepasiga kelgandan bir neça yil ötib, Yevroosiyo materigining avvallar çingiziylar hukmronlik qilgan katta hududida Temur asosiy figuraga aylandi. U hatto Oltin Örda taxtiga özi xohlagan Töxtamişni xon qilib kötariş darajasiga yetdi. Bu ulkan hududda unga teng keladigan harbiy kuç qolmadi. Ana şunday vaziyatda agar Temur xohlaganda, u özini “Temurxon” deb eʼlon qilişi mumkin edi va heç qanaqa kuç bunga monelik qila olmasdi. U bunga özi taxtga ötqizgan Töxtamişxondan ruxsat olişi kerakmidi?
Men Temur özini “xon” deb eʼlon qilmaganligining sabablari juda çuqur bölgan va u ham Temurning buyuk şaxsligidan bir misol, degan fikrdaman. Çunki özini “xon” deb eʼlon qilganda Temur faqatgina Çingizxon işining davomçisi sifatida tarixda qolar edi, mustaqil sulolaning asosçisi böla olmasdi.
Mening farazim böyiça, Temur 1370 yildayoq özining kelgusida buyuk işlar qilişi va ulkan saltanat barpo eta olişiga işongan! Şu sababga köra, Temur ongli ravişda öziga “xon” nasabini olmagan. Çingiziy hukmdorlar dunyoga maşhur qilgan “xon”lik martabasini Temur öziga munosib körmagan!
Lekin Temur yigit yoşidan boşlab, yurtini möğullar istibdodidan ozod qiliş va öz davlatini taşkil etiş niyatida bölgan. Uning aynan şunday fikrda bölganligi “Temur tuzuklari”da “men butun Movarounnahr viloyatiga, to Jayxun daryosining sohillarigaça çözilgan yerlarga hukmron böldim” (bu voqea 1360 yilda, yaʼni Temurning 24 yoşida yuz bergan — taʼkid muallifniki), deb yozişi (20-bet) va aynan Temur Movarounnahrga vaqtinça hukmronlikka erişgan 1360 yildan boşlab yuz bergan voqealarni “Temur tuzuklari”da “Davlat quriş oldidan qilgan ikkinçi kengaşim” (20-24-betlar), “Öz saltanatimni tuziş yölida qilgan uçinçi kengaşim” (24-26-betlar), “Saltanatimning dastlabki davrlarida qilgan törtinçi kengaşim” (26-28-betlar) deb ataşidan körinib turibdi.
Temur baʼzan nomiga “sulton” sözini qöşib işlatgan. 1391 yilda Töxtamişxon bilan jangga borayotib, Daşti Qipçoqda ulkan toşga xotira satrlarini öydirib yozdirganda, özini “Turon sultoni” deb atadi.
Yuqorida bayon etilgan mulohazalardan körinib turibdiki, “Amir”, “Sohibqiron”, “Köragon” va “Bek” nasablari Temurning jahon tarixi oldidagi buyuk xizmatlarini tölaligiça ifodalamaydi. Lekin unga nisbatan “buyuk” unvonini qöşib, “Buyuk Temur” deb atasak, bobomizning insoniyat oldida qilgan xizmatlarini jahonda köpçilik tomonidan qabul qilingan taomilga mos holda uning nomida eʼtirof etgan bölardik.
Köpçilik olimlar Temurning tarix oldida qilgan eng buyuk xizmatlarini quyidagiça ifodalaşadi:
- Özbek va yana qator xalqlarni möğullarning 150 yillik (1219 — 1370 yillar) istibdodidan ozod qildi. Xorazm davlatining 1220 yilgi xaritasi Temurning bugungi Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afğoniston, Eron, Hindiston, Pokiston, Qaşqar, Ozarbayjon kabi öndan ortiq davlatlarni töla yoki ular hududlarining katta qismlarini möğullarga qaramlikdan ozod qilganligidan guvohlik beryapti. Şak-şubhasiz, bu şu xalqlar oldidagi öta katta xizmat hisoblanadi!
- Temur öz davrining eng qudratli va buyuk saltanatlaridan birini barpo etdi. Mazkur saltanatga Osiyo, Yevropa va Afrika qitʼalaridan 27 ta davlat kirgan. Bu maydoni, aholisining soni, iqtisodiyoti va harbiy qudratining kattaligi böyiça jahon tarixidagi eng katta imperiyalardan biri edi! Uning maydoni 4 million kvadrat kilometrni taşkil etgan!
- Temur insoniyat tarixidagi eng buyuk sarkardalardan biri hisoblanadi. U hokimiyat egasi bölgan 1370 yildan to umrining oxirigaça, yaʼni 35 yil davomida Turon davlati qatnaşgan barça uruşlarni yutdi. Nainki barça uruşlarni, balki şu uruşlar içida yuz bergan barça janglarda ğolib çiqdi.
Bunday holat tarixda kamdan-kam hukmdorga nasib qilgan. Masalan, Çingizxon, Napoleon kabi maşhur sarkardalar ham öz harbiy faoliyatlari mobaynida ançagina janglarni yutqazişgan. Çingizxon Jaloliddinga bir neça jangda mağlub bölgan. Napoleonda ham ulkan mağlubiyatlar bölganligi köpçilikka maʼlum.
- Temurning jahonning köp hukmdorlaridan ajralib turadigan yana bir uluğ sifati bölgan, yaʼni uning saltanati faqatgina maydoni va aholisining soni kattaligi bilangina dunyoning birinçi davlatiga aylangani yöq, balki bu hududda madaniyat, sanʼat, ilm-fan, meʼmorçilik beqiyos darajada rivojlantirildi. Yaʼni Temur davlatida ilm-fan, madaniyat, sanʼat, quriliş rivojiga ulkan turtki berdi. Saltanat poytaxti Samarqand esa öşa davrning eng gözal va mahobatli şahriga aylantirildi.
Temurning tarix oldidagi eng buyuk xizmatlaridan biri şundaki, uning taşabbusi va rahbarligida insoniyat madaniyati tarixidagi eng nodir hodisalardan biri bölmiş “Ikkinçi Renessans davri” boşlandi. Yaʼni Temur Şarqda yangi Renessans davrining asosçisi bölgan.
Temuriylar asos solgan Buyuk uyğoniş davrining taʼsiri insoniyat maʼnaviy olamida beş yuz yildan köproq davr davom etdi, ular qoldirgan buyuk meros esa jami insoniyatning bebaho mulkiga aylandi.
- Oltin Ördani tor-mor etib, Rossiya va boşqa Şarqiy Yevropa davlatlarining möğullar istibdodidan ozod bölişiga şaroit yaratdi. Rus tarixçilarining fikrlariga köra, Temurning Töxtamiş ustidan qozongan ğalabasi faqat Markaziy Osiyo uçun emas, balki butun Şarqiy Yevropa, şuningdek, tarqoq Rus knyazliklarining birlaşişi uçun ham buyuk ahamiyat kasb etgan. Yaʼni Temurning Oltin Örda davlatini qattiq mağlub etişi uning qayta öziga kela olmasligiga sabab böldi. Soddaroq aytganda, bu hodisa Şarqiy Yevropa davlatlarining mustaqillikka erişişiga asosiy sabab böldi.
- Temur — Yevropa xaloskori! Özi buni xohlamagan holda, Boyazidning qayta-qayta daʼvatlaridan keyin majburiy ravişda Temur u bilan jangga kirişga majbur böldi. Bobomizning bu uruşda turk sultoni Boyazidni yengişi Yevropani Usmonli turklardan xalos etdi. 1402 yili Anqara şahriga yaqin joyda öşa kungi dunyoning ikkita eng qudratli armiyalari örtasida jang böldi. Bu jangda Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan töla ğalaba qozondi. Temur bu ğalabasi bilan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylandi.
Negaki, sal oldinroq Boyazid Yevropa davlatlarining birlaşgan qöşinini tor-mor etgan va bu qitʼada unga qarşi tura oladigan harbiy kuç qolmagan edi. Şu bois Temurni “Yevropa xaloskori” deb atay boşlaşdi. Boyazid ustidan qozonilgan bu ğalaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380 — 1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 — 1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar.
- Buyuk Temur davlatni taşkil etiş va boşqarişning mutlaqo yangi siyosatini yaratdi. Yaʼni Sohibqiron “Temur tuzuklari” asarida öz davrining adolatli va progressiv davlat siyosati nazariyasini işlab çiqdi va uni amaliyotga joriy etdi.
Şu örinda alohida taʼkidlaş joizki, ötgan yili Özbekiston xalq yozuvçisi Xayriddin Sulton ssenariysi asosida işlangan “Uluğ Amir va Donna Mariya” badiiy filmida aynan buyuk bobomizning Yevropa xaloskori sifatidagi örni tarixiy haqiqat sifatida aks ettirilganini qutlamoq kerak.
Muxtasar aytganda, Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori bizga bu borada juda katta kömak beradi. Zero, unda Buyuk Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qöşgan hissasini keng tarğib qiliş maqsadida “Buyuk temuriylar” atamasining xalqaro ilmiy istiloh sifatida joriy qilinişini taʼminlaş uçun xorijiy davlatlarda “Buyuk temuriylar tarixi va madaniy merosi” mavzusida taqdimotlar, media tadbir va anjumanlar ötkaziş” vazifasi qöyilgan.
Temur — şubhasiz, jahon tarixidagi eng buyuk va yuksak maʼrifatli, tarixga ulkan hissa qöşgan, uni özgartira olgan, Ikkinçi Renessansning asosçisi bölgan davlat rahbari va sarkarda! “Amir”, “Sohibqiron”, “Köragon” va “Bek” nisbalari uning insoniyat oldidagi şaxsiy xizmatlarini tölaligiça eʼtirof eta olmaydi. Tarix oldidagi u qilgan xizmatlarning kiçik bir bölagini bajara olgan qator davlat rahbarlari, avvalo, öz xalqlari tomonidan “Buyuk Petr”, “Buyuk Yekaterina”, “Buyuk Karl”, “Buyuk Fridrix” deb uluğlanişgan. Keyinçalik, bu eʼtirofni butun dunyo qabul qilgan va ular tarixda buyuk şaxslar sifatida qolişdi.
Eʼtibor bering, ötmiş oldida uluğ işlar qilgan şaxslarning uluğligini, avvalo, öz xalqlari eʼtirof etişgan va boşqalarni şunga örgatişgan. Biz ham ulardan ibrat olib, barçamiz hamjihatlik bilan harakat qilib, hamma joyda va hamma vaqt uluğ bobomizni “Buyuk Temur” deb atamoğimiz kerak!
Bobomiz haqidagi yurtimizda avval yozilgan asarlarning keyingi naşrlarida nomiga “buyuk” sözini qöşaylik, kelgusida tuğilajak asarlar nomlarini “Buyuk Temur” deb ataylik! Suratga olişga tayyorgarlik körilayotgan yangi filmni ham “Buyuk Temur” deb nomlaylik.
Zero, ana şundagina hayotini adolat, haqiqat va ezgulik tamoyillariga asoslanib yaşagan Buyuk Temur bobomizning insoniyat oldidagi xizmatlarini adolatli baholagan bölamiz!
Odil OLIMJONOV,
iqtisodiyot fanlari doktori,
professor.
