Vatan qadri
Biz çinakam baxtli insonlarmiz. Atrofga bir nazar taşlang: qayerda bor bunday jannat yurt? Allohga behad şukurlar bölsinki, yurtimiz tinç, qayerga qaramang, bunyodkorlik. Vatandoşlarimiz jahon sarhadlarini zabt etib, Özbekiston degan nomni yuksaklarga kötarib, madhiyamizni butun dunyoga tanitmoqda. Bu hol bizda ğurur va iftixor tuyğusini, Vatanga muhabbat hissini yanada oşiradi.
Bir vatandoşimiz tijorat yöli bilan Birlaşgan Arab Amirligiga boribdi. Öşa yerlik kişilardan biri undan sörabdi:
— Sen qayerliksan? Oilang, bola-çaqang, hovli-joying bormi?
Yurtdoşimiz Özbekistonni, özi tuğilib ösgan gözal vodiyni, sölim qişloğini, söng hovli-joyini taʼriflay ketibdi:
— Sakkiz sotixli hovlim, ikki öğlim, guldek bir qizim bor. Hovlimizning çekkasidan ötgan ariqda qişin-yozin zilol suv oqadi. Imoratimizning atrofini uzumzorlarimiz bezab turadi. Boğimizga gilos, olma, örik, anor ekib qöyganman. Hovlimiz adoğidagi oğilxonada bir sigirim, ikki buzoğim va törtta qöyimiz ham bor.
— Sözlaringiz rostmi? Yolğon gapirmayapsizmi? — debdi uni tinglayotganlardan biri. — Axir bu narsalar jannatdagina böladi-ku!
Yurtdoşimiz bu gaplardan gözal Vatanning qadrini öşandagina yanada tiyranroq his qilibdi.
Xonbibi HIMMAT qizi,
jurnalist.
