Pingvinning oq va qora tomoni
Tödasidan ajrab, odatga xilof ravişda dengizga emas, toğ tomon yöl olgan pingvin haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda keng ommalaşdi. Hatto reklama vositasiga ham aylanib ulgurdi. Ayrim foydalanuvçilar quşning xatti-harakati va oqibati haqida qayğurdi, video ortidagi ğoyani anglaşga harakat qildi.
Qoida
Pingvinlarning 16 ta turi mavjud. Ular töda bölib yaşaydi. Çunki bu “qanoti qayrilgan”lar uçun xavfsizlik va issiqlik manbaidir. Töda içida muloqot yaxşi rivojlangan. Pingvinlar, asosan, Janubiy yarim şarda — Antarktidaning sovuq muzliklaridan tortib, Yangi Zelandiya va Janubiy Amerikaning nisbatan iliq qirğoqlarigaça tarqalgan.
Qoidaning buzilişi
Maşhur video nemis rejissyori Verner Gersogning “Dunyo çekkasidagi uçraşuvlar” nomli hujjatli filmidan olingan. Suratga oliş jarayonida Gersog Antarktidadagi Makmerdo stansiyasida taxminan yetti hafta yaşagan.
Rejissyorning maqsadi muz ostidagi hayotni körsatiş va sivilizatsiyadan qoçib, Antarktidaga kelgan odamlar bilan suhbatlaşiş edi. Biroq filmning eng kuçli taʼsir qoldirgan qismi insonlar haqida emas, balki pingvin iştirokidagi sönggi sahna böldi.
Kamerada bir pingvin tödasini taşlab, okean tomon emas, balki ulkan toğlar sari, taxminan 70 kilometr uzoqlikka yolğiz yöl olgani aks etgan edi. Zoologning aytişiça, bunday holat kam uçraydi. Ayrim pingvinlar yönalişni yöqotib, okeandan uzoqlaşadi, tödasini tark etadi va omon qololmaydigan joylarga yöl oladi. Hatto ularni orqaga qaytarişsa ham, yana öşa tomon yurişda davom etişadi. Bunday pingvinlar çarçoqdan halok bölgunça maqsadsiz kezib yuradi.
Mutaxassislar fikriça, bunday pingvinlar köpinça juftidan ayrilgan yoki oğir kasal bölgani uçun tödani tark etarkan. Juftini yöqotgan pingvin yolğiz qolib oçlikdan öladi, kasallari esa ölimni töda içida emas, kimsasiz joyda qarşi olişga intiladi.
Oq
Bu pingvin umumiylikdan, odatiylikdan, ommadan boşqaça fikrlaş timsoli bölişi mumkin. Tarix bunga guvohlik beradi.
Mirzo Uluğbek “yulduzlar harakatsiz jism” degan fikrga qarşi bormaganida, “Zij”ni tuza olarmidi? Abu Rayhon Beruniy “Yer yassi, hökiz şoxida barqaror” degan omma qaraşidan qoçmaganida, globus yasab, Yerning narigi tomonida quruqlik bölişini taxmin qila olarmidi? Imom Buxoriy agar “faqat xotiraga işoniş kerak” degan qoidaga tayansa, “Sahih”ni töplay olarmidi? Alişer Navoiy “turk tili nazm tili emas” degan dogmani yorib çiqmaganda, “Xamsa” yozarmidi? Jadidlar mustamlakaçilarning qörquvini yenga olmaganida, harakat boşlarmidi?
Aslida, ana şu sal “ğalatiroq” insonlar har doim tarixni olğa siljitgan. Ular oqimga qarşi suzgani uçun emas, balki oqim qayerga olib ketayotganini oldindan köra olgani uçun qarşi çiqqanlar. Şunday emasmi?
Qora
Bir tomoni xalqdan uzilib qoliş, jamiyatning umumeʼtirof etilgan qoidalarini nazar qilmaslik halokatga boşlaydi. Insoniy qadriyatlarni yançib, ming-ming yillik oltin qoidalarni nazar-pisand qilmaslik ham töğri emas, bu halokatga olib borişi mumkin.
Xulosa
… esa sizdan.
Malohat YÖLÇIYEVA.
