Bahor tinçlik qöşiğini kuylaydi
Bahor. U quçoğida yaşil gilamlarini keltirdi. Ona zaminda yana köm-kök maysalar boş kötarib çiqmoqda. Hademay Navröz bayramini nişonlaymiz. Köngillar şodlanar bahor nafasidan, köklam havosidan!
Ha, muborak kunlar tarovatida bahor kirib keldi! Köklamoyning qöllarida yaşil bayroqlar. Yaşillik — tinçlik ramzi, baxt ramzi, orzular bardavomligi timsoli! Toğlarning bağridan tuşayotgan zilol suvlar yanada tiniqroq, jarangliroq şarqiramoqda. Yellar göyo çapak çalmoqda, daraxtlarning şoxlarini mayin-mayin silab uyğotmoqda. “Tur-ey, men keldim! Men keldim. Uyğon! Uyğon! Barg çiqar, şoşilgin! Olamni yaşillikka burka!” deyayotgandek.
Bahor, xuş kelding!
Ona tabiat Özi xohlagan yerga öz sepini yoyişga şoşilmoqda. Hatto eng qarovsiz, eng çekka joylar ustida ham gullarni undirişga harakat qilmoqda. Çunki bu yaşariş degani, hayotga intiliş, yangi kunga monand orzularni östiriş, uluğlaş deganidir… Çunki Uning maqsadi — ona yer kulga emas, gulga burkansin. Butun borliq tiriklik, yaşariş va yangilaniş saltanatining davom etişini xohlayapti…
Doşqozonlarda sumalaklar qaynayotir. Sumalak — yetti malakning taomi. Rivoyat qilişlariça, onaizor oç qolgan bolalariga taom pişiraman deb qozonga suv va bir hovuç buğdoy bilan toş solib qaynatavergan, qaynatavergan… Uyqu ustunlik qilib uxlab qolgan. Va tong mahali qozonni oçib qarasaki, dunyoning eng ajib va eng şirin neʼmati — sumalak tayyor bölibdi. Sumalakni yettita malak pişirib, mazali taom holiga keltirgan emiş. Şundanmi, sumalak nafaqat bahoriy, balki ilohiy taom sifatida ardoqlanadi.
Römoli çehrasiga yaraşgan momolarimiz, soqoli köksiga tuşgan bobolarimiz sumalakni tanovul qilişdan oldin “Yetkazganiga şukur!” deb şukronalar aytişadi. Demak, şukronalik bor ekan, albatta, yaxşiliklar mujassam. Yaratgan ona zaminga, odamzodga ehsonlar yuboradi, tuhfalar yuboradi. Şukronaliklar ortida ana şunday baxtiyorliklar yaşiringan böladi.
Yana bobodehqon dalasiga oşiqadi, el-yurtga rizq-nasiba ulaşmoq maqsadida qutluğ niyatlar ila tuproqqa uruğ taşlaydi. Şu uruğlar unib çiqib, xalqimizning nasibasi yetiladi.
Bahor musiqasi ana şunday jilolanadi. U yuraklarga ilohiy naşida yetaklab kelgandek qalblarimiz entikib ketadi.
Yaşariş va yangilaniş deganlari aslida şu bölsa kerak!
Ammo bugun dunyoga boqib yuraklar uvuşadi. Nima bölyapti özi? Nima yetişmaydi odamzodga? Netongki, ne-ne gözal va tarixiy şaharlar ustiga bombalar taşlanmoqda? Ular osmonida qaldirğoçlar emas, qiruvçi raketalar, samolyotlar uçmoqda. Minglab, ön minglab begunoh odamlar, bolalar, ayollar, qariyalar nobud bölmoqda…
“Noming öçsin, uruş!” deya nola çekkan ota-bobolarimiz, momolarimiz. Nahot, yana dunyo uruş olovi içida qoladigan bölsa?!
Tinçlik bölsin, ilohim! Uruşdan bu dunyo yaralibdiki, heç kim yutgan emas. Dunyo ana şu oddiy haqiqatni qaçon anglab yetarkan?!
Heç qaçon, iloho, bizning yurtdagi tinçlik, obodlik va xotirjamlikka köz tegmasin! Osmonimiz hamişa musaffo bölsin!
Qayerdaki tinçlik bor, baraka bor, xotirjamlik bor. Bolalarning ertasi bor, şöx kulgusi bor. Ana şunday buyuk baxt ona Vatanimizni heç qaçon tark etmasin!
…Bahor tinçlik qöşiğini kuylayotir. Ilohim, duolarimiz ijobatini bersin! Norasida gödaklarning közlari ayriliqdan yoşlanmasin… Yana butun yer yuzi baxtiyorlikdan, çeksiz baxtdan şodlansin!
Ölkamizda yana bahor. Yana bodomlar, öriklar gulladi. Yugurib toğlarga çiqişni istaysiz, tölib-jöşib qöşiq aytişni istaydi köngil şu kezlarda…
Yurtdoşim, 2026 yilning bahori muborak bölsin!
Fazilatli bahor fasli yurtimizga qut-baraka, yanada farovonlik, mehr-muhabbat, işlarimizga barakot, osoyiştalik olib kelsin! Bu bahorga, ayni oylarning sultoni bölgan muborak Ramazonga yetganlar bor, yetmaganlar bor!
Bahor — fasllar kelinçagi, gözallik va orastalik, beğuborlik va şodu xurramlik ayyomi barçamizga eş bölsin, qutluğ bölsin!
Feruza TANGRIBERGANOVA.
