Yangi yil
Abdulla Oripov,
Özbekiston Qahramoni,
Xalq şoiri
Mehru muhabbatga taşna köngilni
Hatto daqiqalar aylar ekan zor.
Bir özim bilurman, har yangi yilni
Qançalik kutganman bölib intizor.
Undan omonlikni kutdim, avvalo,
Söngra osoyişta onlarni kutdim.
Bir qultum suv bilan bir yutum havo,
Tandirdan uzilgan nonlarni kutdim.
Kutdim, nabiralar bölişsin, deb jam,
Har birin labida tabassum qalqsin.
Yoğsin oppoq qor ham gupillab şu dam,
Qişning quyoşi ham yaltirab balqsin.
Qöni qöşnilaru döstu birodar
Bir-birin qutlasin quvonçga tölib.
Keksa-yoş bağrini oçib barobar
Yilni qarşi olsin jamuljam bölib.
Gina- kuduratlar orqada qolsin,
Yangi yaralganday bu vujud – bu tan.
Sevib va avaylab bağriga olsin
Har bitta farzandin şu ona Vatan.
Samoviy nur bilan çulğansin yurak,
Şoirlar baytida umidbaxş naql.
Axir, ortiqçalik qilmasa kerak,
Kibrga çegara, nodonga aql.
Bölsa peşonada davrini sursin,
Bandasi umrini etmasin isrof.
Qöziçoq uç-tört kun öynoqlab yursin,
Çöpon va çöliqdan ketmasin insof.
Jomga şarob quysang
limmo-lim tölgay,
Tagiga tökilgay undan ortiği.
Vijdon har lahzada qöriqçi bölgay,
Nasibang – taqdirning tuhfa, tortiği.
Uçar osmonlarda baxt degan bir quş,
U yurtlar ustida qanotin qoqsin.
Ğam-taşviş göyoki bosiriq bir tuş,
Besamar xayollar suvlarga oqsin.
Kiçkintoy nabiram talpinar menga,
Şu soat u bilan erurman tengqur.
Qulluq qilajakman, tiriklik, senga,
Bergan kuni uçun Tangriga şukur.
2015 yil 27 dekabr
