Orzular röyobi

Talabalik — umr kundaligimizning yorqin sahifalarini bezaydigan betakror davr. Eng beğubor orzularimiz röyobi mana şu davr bilan boğliq.

Bugun mamlakatimizda yoşlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar zamirida Davlatimiz rahbarining yoş avlod taqdiriga befarq emasligi, ularga har doim motivatsiya bağişlab, qöllab-quvvatlaşi kabi yuksak eʼtibor mujassam.

Oliy öquv yurtida tahsil olayotgan minglab talaba-yoşlar bizning ertangi kunimizni hamda istiqbolimizni belgilab beruvçi muhim qatlam hisoblanadi. Talabalarning erişayotgan yutuqlari, ulkan marralarni zabt etişga bölgan iştiyoqini körib, juda xursand bölaman. Gohida ulardagi jöşqinlik va yoşlikka xos bölgan kuçli şijoatidan özimga motivatsiya olaman. Jamiyatimizda öz örniga ega bölgan talaba-yoşlar har doim diqqat markazida bölib kelmoqda.

Har bir inson hayotida talabalik yillari unutilmas va qimmatli davr hisoblanadi. Bu yillarda talabalar bilim oladi, öz sohasining çuqur sir-asrorlariga kirib boradi, şu bilan birga hayot maktabidan ham dars oladi.

Bugun yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida yuzlab, minglab yoşlar diplom olib, mustaqil hayotga qadam qöymoqdalar. Ular mamlakat taraqqiyoti va millat ravnaqi yölida muhim örin tutadigan yangi avlod vakillaridir.

Bitiruvçi talabalarning har biri yuksak orzu-umidlar bilan katta hayot sari yöl olmoqda. Ular uçun talabalik — izlaniş va mehnat, şu bilan birga döstlik va unutilmas xotiralar davri bölib qoldi. Endilikda esa ular oldida masʼuliyatli vazifa — öz bilim va salohiyatlarini amalda namoyon etiş, Vatan ravnaqi yölida xizmat qiliş turadi.

Yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va davlatning yoşlarga bölgan eʼtibori ular uçun katta tayançdir. Zamonaviy bilim, innovatsiya va taşabbuskorlik bilan qurollangan bitiruvçilar ertangi kun taraqqiyotining asosiy quvvati bölib xizmat qiladi.

Şubhasiz, bitiruvçi talabalarning yurtimiz taraqqiyotidagi iştiroki yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Maʼnaviyat va maʼrifatga asoslangan taraqqiyot yölida yoş avlodning bilimi, salohiyati va taşabbuskorligi eng muhim omildir. Ular — yangi Özbekistonning kelajak poydevori, yurt şaʼni va millat şarafini yuksaltiruvçi, ertangi kunni, millat şarafini yuksaltiruvçi kuçli avloddir.

Yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol dalil, isboti sifatida 2025 yil 23 avgust kuni Toşkent menejment va iqtisodiyot institutida bitiruv keçasi tantanali ravişda bölib ötdi. Mazkur tadbir institut tarixidagi eng unutilmas voqealardan biri sifatida yodda qoldi.

Tadbirda professor-öqituvçilar, bitiruvçi talabalar, ularning ota-onalari hamda mehmonlar iştirok etdilar. Marosimda institut rahbariyati sözga çiqib, talabalarni samimiy tabrikladi, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi. Mamlakatimizda yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi islohotlar va innovatsion jarayonlarda bitiruvçilarning iştiroki haqida söz yuritildi.

Tantana davomida bitiruvçilarga diplom va sertifikatlar berildi.

Institutda taʼlim oliş davomida erişilgan yutuqlar, ilmiy işlar va turli sohalarda qölga kiritilgan muvaffaqiyatlar yodga olindi.

Talabalar va mehmonlar uçun musiqiy çiqişlar, şeʼriy parçalar hamda teatrlaştirilgan sahnalar namoyiş etildi. Har bir çiqiş bitiruvçilarning samimiy quvonçi va şodligini ifoda etdi.

Institutni bitirgan yoş mutaxassislar bugun yangi hayot bosqiçiga qadam qöymoqdalar. Ulardan mamlakat taraqqiyoti va iqtisodiy islohotlar jarayonida munosib hissa qöşişlari kutilmoqda.

Şubhasiz, 2025 yilning mazkur bitiruv keçasi talabalar uçun nafaqat unutilmas xotira, balki kelajak yölida yangi maqsad va intilişlar uçun katta rağbat bölib xizmat qiladi.

Sodirjon YAKUBOV,

Toşkent menejment va

iqtisodiyot instituti

professori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan