Vatan işqi qilar elni muştarak

Tölqin EŞBEK

Muallif haqida:

Tölqin EŞBEK — 1963 yili Iştixon tumanida tuğilgan. 1985 yilda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ayni paytda u ana şu dargohda faoliyat körsatmoqda.

Muallifning “Jigarbandlar”, “Şabada esgan kun”, “Qişloqlik bola qissasi”, “Jaydari hangomalar”, “Adaşgan qiz qismati”, “Hayot karvonlari”, “Samarqand farzandi”, “Olimning beqiyos olami”, “Özbekning yomoni bölmaydi”, “Ikki asr odami”, “Korrupsiyasiz hayot zavqi”, “Generalning mangu yulduzi”, “Boburning gavharlari”, “Buxoroi şarif ziyosi”, “Ayol va Oy”, “Jadidlar javhari” deb nomlangan nasriy hamda şeʼriy töplamlari naşr etilgan.

Tölqin Eşbek Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi, respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzosi. Adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati (1993), jurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori (2008) bölgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan 2019 yili “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Qasida

 

Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun,

Bobolar ham kuraşganlar azaldan.

 

Ona diyor, elu botirlar madhi

Joy olgandir ölan, şeʼru ğazaldan.

 

Öğlonlar mard bölsa yurtim tuproği,

Ezilmagay yov etigi, nağaldan.

 

Vatanning bir parçasidir uyimiz,

Iboratmas faqat bisot-bağaldan.

 

Oqtovdayin osmon yaylov adirlar,

Qizğaldoqlar undiradi şağaldan.

 

Ipakdayin mehr çiqar tovlanib,

Ketmon tutgan qadoq qöli dağaldan.

 

Kökka böylamoqda Özbekistonim

Mustaqillik degan metin tamaldan.

 

Bahorning bir kuni yilni boqar deb,

Mehnat ahli qimirlaydi Hamaldan.

 

Öz lafziga sodiqlar – yurt boyligi,

Farqi yöqdir sözlarining amaldan.

 

Qalbimiz boy onajonlar allasi,

Momolardan meros maqol, mataldan.

 

Vatan işqi qilar elni muştarak,

Kötarilar el birgina yötaldan.

 

Yurtim madhin bitgan Abdulla Orif,

Musiqaning zöri çiqqan Mutaldan.

 

Jörovoz xalqimning qudratli sasi,

Atrofga taralar azal-azaldan!

 

Surxon qovunidan bahramand dunyo,

Hayratda Çortoqda bitgan asaldan.

 

Erkin Vohid bitgan “Ruhlar isyoni”

Aslo qolişmaydi “Zarbulmasal”dan.

Taʼrifi dunyoça yurtga qasidam,

Daftar osmon bölsa, bitsam zarhaldan!

 

MAFTUNKOR ÖZBEKISTON

 

Nyu-York şahrining maşhur “Tayms-skver” maydonida Özbekiston haqida videorolik namoyişi yölga qöyildi. Mazkur loyiha Özbekistonning Nyu-York şahridagi Boş konsulxonasi taşabbusi bilan mamlakatimizning turizm salohiyatini xalqaro maydonda tarğib qiliş maqsadida taşkil etildi.

Dunyoning eng köp taşrif buyuradigan joylaridan biri – “Tayms-skver”dagi ikkita yirik ekranda Özbekistondagi qadimiy obidalar, tarixiy şaharlarimiz, mamlakatimiz tabiatining gözalligi va madaniy rang-barangligini özida aks ettirgan videolavhalar namoyiş etilmoqda.

Internet xabarlaridan.

 

“Tayms-skver” bor – “Vaqt xiyoboni”,

Nyu-York atalgan dunyo tomida.

Kunda million odam kezib yurguvçi

Ajoyib çorraha “Zamon” nomida.

Özbegim zamoni kelgani şudir –

Bayroğimiz çorlar jami olamni!

Dunyo deganikim doim biri kam:

Yarmi baxtni bilmas, yarmisi – ğamni.

Men garçi sahroyi el farzandiman,

Körib yuragimda qöpti dovullar:

Özbekiston degan gözal yurtimda:

Vodiy va vohalar, kentlar, ovullar.

Tarixning bobosi azim Samarqand,

Böylaşar Buxoro, Xivalar bilan.

Böynida qönğiroq soçayotir zang –

Ötib borar karvon tevalar bilan.

Temur şavkatini tiklagan ölka,

Ufq ortin körolgan Beruniy bobom.

Tarixi moziyga uzaygan kölka,

Jadidlar uyğotgan sabuhiy sabom.

Temur maqbarasin niliy gumbazi:

Samodan uzilgan közyoş tomçisi.

Sir ila Amuni loylatib keçgan,

Uloqçi qölida irğay qamçisi.

Tasvirlar barini qilmoqda köz-köz,

Bizga döstlar kerak yiroq-yaqindan.

Xudoyim ham axir hazar qilarmiş

Hazar qilmaslardan özga haqindan.

Özbegim köngliday qöli oçiq xalq,

Yaxşi-yomon kunda kift tutgan qöşni.

Boşda döppisidan taniydi dunyo,

Oftobda qoraygan mard yalangtöşni.

Taʼrifi Rustami doston bölğusi

Tanlasam ham ming bor xasisdek sözni.

Bu dunyo jannatga monand bölardi,

Seni tanigança tanisa özni!..

 

TUĞ ILA TUĞRO

Mustaqillik nasib etdi, yetişdik tuğ-u tuğroga,

Yaraşdik bir-birimizga, ki öxşab Tohir-Zuhroga.

Vatan qurboni bölgandan, Vatan dehqoni bölgan soz:

Mehr-la parvariş qilsak, örin qolmasdi sahroga.

Gerb-u bayroqqa munosib çiroyli bizda farmonlar,

Nazoratni qilib dastak, yetişsak qatʼiy ijroga.

El içiga kirib borsin amaldor qavmi har joyda,

Ulusga yuzma-yuz kelsin, biqinmay xona-hujroga.

Ilmsizlik jaholatdir, Vatan obod ilm birla.

Ilmga oşino böldik, yetişgaç “Öqi” – “Iqro!”ga.

Özbekiston misoli boği jannat daryosi Tölqin,

Kim öxşar Obi Kavsarga, hovuç tuproği – nuqroga!

 

YURTGA MUHABBAT

 

“Qil meni jondin judo, qilgunça jonondin judo”.

Alişer NAVOIY

 

“Men bölay jondin judo, bölgunça jonondin judo…”

Erkin VOHIDOV

 

Bölur baʼzan şuningdek hol: qolursan xuddiki jonsiz,

Tirik bölib tirikmas jon, magarkim qoldi jononsiz…

Ki, sahrolar edi tilsiz, to paydo bölmayin karvon,

Ötur karvon, yana sahro qolur besas bu karvonsiz.

Bu loşning parvarişi köp olur vaqtingni, ruhning ham

Samoga yöl olişi ayrumas zinayu narvonsiz.

 

 

 

Yaratganga erur birdek aziz behiştu uqbosi,

Bu dunyo ham bölur bir kam, magarkim, boğu zindonsiz.

Tegirmon döliga tuşmay qaçon nonga dönar buğdoy?

Jafo çekmay sira Haq vasliga yetsam degan sonsiz.

Bir ummon bağrida jöşqin erur ming bittalar Tölqin,

Yaşar yurtim meningsiz, men yaşolmam Özbekistonsiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan