Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy oçiliş marosimidagi nutqi
Assalomu alaykum, aziz vatandoşlar!
Muhtaram mehmonlar!
Avvalo, sizlarni, joylardagi studiyalar orqali bugungi iftorlik marosimida iştirok etayotgan hurmatli nuroniylar, olimu ulamolar, keng jamoatçilik vakillarini, butun xalqimizni muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklayman.
Şu uluğ ayyom kunlariga barçamizni tinç-omon, soğ-salomat yetkazgani uçun Alloh taologa behad şukurlar bölsin!
Mehr-oqibat va ezgulik ramzi bölmiş Ramazon oyida hammamiz birgalikda köplab savobli işlarni amalga oşirmoqdamiz.
Davlat va nodavlat taşkilotlar, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mahallalar uyuşmasi, Musulmonlar idorasining “Vaqf” jamğarmasi, hududlardagi “Inson” markazlari, saxovatli tadbirkorlarimiz tomonidan keksa va nogironlar, kam taʼminlangan oilalarga, kömakka muhtoj insonlarga moddiy va maʼnaviy yordam körsatilmoqda.
Tibbiyot bölinmalari olis va çekka hududlarimizga borib, ayollar, bolalar va nuroniylarimizni körikdan ötkazmoqda, oğir bemorlar operatsiya yöli bilan davolanmoqda.
Mana şunday fayzu barakali kunlarda mamlakatimiz miqyosida iftorlik tadbirlarini ötkaziş ham yaxşi anʼanamizga aylandi.
Albatta, bularning barçasi jamiyatimizda inson qadrini uluğlaş, tinçlik va umummilliy birlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Bugungi iftorlik marosimida yurtimizdagi turli millat va diniy konfessiyalar namoyandalari iştirok etayotgani ham şundan dalolat beradi.
Hozirgi ğoyat tahlikali zamonda tinçlik naqadar uluğ va bebaho neʼmat ekanini, 38 milliondan ziyod aholimizning yagona xalq, ahil bir oila bölib yaşayotgani eng katta boyligimiz ekanini yanada çuqur his etmoqdamiz.
Davramizda Özbekistondagi diplomatik korpus vakillari ham qatnaşayotganini biz dinimizning gumanistik va bağrikenglik qadriyatlariga, davlatimizning oçiqlik siyosatiga hurmat-eʼtibor ifodasi sifatida qabul qilamiz va ularga samimiy tilaklarimizni bildiramiz.
Qadrli vatandoşlar!
Bugungi Rözai Ramazon kunida barçamiz yana bir tom maʼnoda tarixiy voqeada iştirok etmoqdamiz. Xalqimizning aql-zakovati, fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan uluğvor va noyob majmua – Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy oçiliş marosimini ötkazmoqdamiz.
Ne-ne ajdodlarimizning orzu-niyatlari, armonlari röyobga çiqqan mana şunday unutilmas kun bilan, çinakam ilm-maʼrifat bayrami bilan hammangizni çin qalbimdan tabriklayman.
Mamlakatimizning uç ming yillik şonli tarixi va boy madaniyatining, Yangi Özbekiston imkoniyatlarining yorqin közgusi bölgan uşbu betakror va buyuk majmua barçamizga, butun xalqimizga muborak bölsin!
Muhtaram döstlar!
Biz yurtimizda rivojlangan davlat, erkin jamiyat poydevorini bunyod etiş uçun, eng avvalo, ilm va ilm, taʼlim va yana bir bor taʼlim, degan oliy maqsadni hayotimizga joriy etmoqdamiz. Zero, muqaddas dinimiz ham bizni doimo ilmu maʼrifatga daʼvat etadi. Şu bois, Islom sivilizatsiyasi markazining Uluğbek darvozasi peştoqiga Qurʼoni karimning “Iqra!” – yaʼni, “Öqi!” degan muborak oyatini muhrlab qöydik. Bu ilohiy sözlar zamirida islom dinining asl maʼno-mazmuni mujassam, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.
Xabaringiz bor, bundan töqqiz yil oldin mazkur majmuani barpo etiş haqida maxsus qaror qabul qilib, amaliy işlarni boşladik. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72-sessiyasida eʼlon qilingan bu ezgu taşabbusimiz jahon jamoatçiligi, ayniqsa, islom hamjamiyati tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Biz bu har jihatdan ulkan loyihani amalga oşiriş uçun şoşilmadik, yetti emas, yetmiş marta öylab, uzoqni közlab, tinimsiz izlandik. Nihoyat, qadimdan Toşkenti azimning maʼnaviy markazi bölib kelgan Hazrati Imom majmuasi yonida, körib turganingizdek, betakror arxitekturaga, çinakam milliy ruh va milliy qiyofaga ega bölgan şarqona şaharça barpo etildi.
Uşbu Markazda Özbekistonning qadimiy tarixi va sivilizatsiyasi durdonalarini bir paytning özida yagona maʼrifiy makonda köriş, şu asosda özbek xalqining intellektual va madaniy salohiyatini yaqqol anglaş mumkin.
Bu maskan bilan tanişgan har bir odam, xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz islom dinining gumanistik mohiyatini anglab yetadi, özining qanday uluğ meros egasi ekanini his etib, qalbi ğurur va iftixorga töladi.
Hurmatli anjuman iştirokçilari!
Azaldan turli sivilizatsiya va madaniyatlar tutaşgan mintaqada joylaşgan yurtimiz zamini Buyuk ipak yöli rivojida muhim örin egallagan. Köhna diyorimiz islomgaça bölgan davrda ham ilm-fan, maʼrifat markazi sifatida şuhrat qozongan. Qadimiy Turkiston ölkasiga islom dini kirib kelgaç, bu yerda hadis va kalom ilmi, musulmon huquqi, tasavvuf böyiça yirik maktablar şakllandi, önlab buyuk allomalar yetişib çiqdi.
Aniq va tabiiy fanlar sohasida öz kaşfiyotlari bilan jahonni hayratga solgan uluğ olimlarimiz asarlari ham islomiy muhit bağrida vujudga kelgan. Dunyoga maşhur bu kitoblar “Bismillohir rahmonir rahim”, degan ilohiy sözlar bilan boşlangani ularning muqaddas dinimizdan ilhom va kuç olib yaratilganini bildiradi. Nafaqat bizning yurtimiz, balki bepoyon mintaqamizning maʼnaviy mulki bölgan ana şunday bebaho boylikni çuqur örganiş va jahon miqyosida tarğib etiş maqsadida uni Islom sivilizatsiyasi, degan nom ostida birlaştirişga qaror qildik.
Albatta, hozirgi murakkab va oğir şaroitda bunday yirik majmuani eng yuksak zamonaviy talablar darajasida yaratiş oson bölmadi.
Biz Markaz qurilişini ilmiy tadqiqot va izlaniş işlari bilan barobar ravişda olib bordik. Ötgan davrda köhna merosimizga oid, bizga umuman nomaʼlum bölgan qança-qança noyob maʼlumotlarni kaşf etdik.
Xalqaro ekspertlar eʼtirof etganidek, bugun Özbekistonda islom sivilizatsiyasi merosini örganiş va tarğib etiş böyiça öziga xos katta ilmiy maktab yaratişga erişdik. Naqadar katta imkoniyatlarimiz, intellektual salohiyatimiz borligini dunyoga namoyon eta oldik.
Bu bilan har qança faxrlansak, ğururlansak, arziydi.
Uşbu noyob majmua salkam 10 gektar hududda joylaşgan bölib, binoning umumiy foydalaniş maydoni 50 ming kvadrat metrni taşkil etadi.
Bu yerda “Özbekiston zaminida islomgaça bölgan davr”, “Birinçi va Ikkinçi Renessans”, “Yangi Özbekiston – Uçinçi Renessans poydevori” kabi ekspozitsiya zallari mavjud.
Albatta, ularning har biri haqida uzoq gapiriş mumkin.
Muzey ekspozitsiyasini şakllantiriş va boyitiş böyiça ham katta işlar qilindi. Ötgan yilning özida 1,5 mingdan ortiq eksponat, jumladan, 800 ga yaqin qadimiy qölyozma, arxeologik topilma va tarixiy xaritalar ekspozitsiyaga joylaştirilgani ham şundan dalolat beradi.
Ayni vaqtda xorijiy auksion uylari, yirik kolleksioner va art dilerlar bilan hamkorlik örnatilib, 743 ta eksponatning original, yaʼni, asl nusxalari yurtimizga keltirildi.
Bunday işlar ilgari tariximizda bölmagan edi.
Bu eksponatlarning har biri – buyuk ötmiş va madaniyatimiz, milliy özligimiz timsoli ekanini taʼkidlaş lozim. Ularning barçasi zamonlar sinovidan mardona ötib kelayotgan xalqimiz, millatimizning ongu tafakkuri, bunyodkorona mehnati, noyob mahorati haqida sözlaydi.
Tarix tilga kirgan, tarixdan saboq olingan joyda, albatta, bilim va maʼrifat, taraqqiyot va adolat böladi. Heç qaçon töğri yöldan adaşilmaydi!
Markazning asosiy zali, taʼbir joiz bölsa, qalbi – bu, heç şubhasiz, muqaddas Qurʼon zalidir. Bu yerda dunyodagi eng qadimiy 6 ta Qurʼoni karimning biri bölgan möʼtabar Usmon Mushafi bugun özining yuksak maqomiga munosib şarafli örin topdi.
Şuningdek, uşbu zalda turli davrlarga oid nodir Qurʼon qölyozmalari ham jamlangan. Şu muborak kunda barçamiz, Xudoning inoyati bilan, mana şunday noyob va muqaddas Usmon Qurʼonining ilohiy şarofati bilan yurtimiz doimo tinç-osoyişta bölsin, hayotimiz qut-barakaga tölsin, deb duo qilamiz.
Qadrli döstlar!
Islom sivilizatsiyasi markaziga 2025 yilning özida minglab xorijiy mehmonlar taşrif buyurgani uning hozirdanoq jahon miqyosida katta qiziqiş va eʼtibor uyğotayotganini tasdiqlaydi. Mehmonlar orasida bir qator davlatlar prezidentlari, parlament va hukumat rahbarlari, deputatlar, senator va lordlar, vazirlar va elçilar, ilm-fan va jamoat arboblari, diniy taşkilotlar rahnamolari borligini taʼkidlaş lozim.
Markazni loyihalaş, quriş va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlaşda Fransiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQŞ, Birlaşgan Arab Amirliklari, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Malayziya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Markaziy Osiyo davlatlari va boşqa qator mamlakatlardan yuksak malakali mutaxassislar ham faol iştirok etişdi.
Uşbu majmuani bunyod etişga munosib hissa qöşgan loyihaçi va quruvçilarga, mohir muhandislar, olimu ulamolarga, xorijiy hamkor va ekspertlarga, jumladan, Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş böyiça butunjahon jamiyati aʼzolariga, barça fidoyi insonlarga çin dildan minnatdorlik bildiraman.
Bunday yirik va murakkab madaniy inşootni qurişda homiylik yordamini körsatgan mahalliy va çet ellik tadbirkorlar, madaniyat va sport namoyandalariga alohida rahmat aytaman. Xususan, birinçilar qatorida taşabbus körsatib, zarur mablağ, ğoya va noyob tarixiy eksponatlar taqdim etgani uçun hurmatli vatandoşimiz, maşhur metsenat va biznesmen Alişer Burhonoviç Usmonovga samimiy taşakkur izhor etaman.
Xalqimiz bunday olijanoblik, saxovat va eʼtiborni yuksak qadrlaydi.
Bu uluğ işga qöşgan hissangizni heç qaçon unutmaymiz.
Katta rahmat Sizga!
Aziz yurtdoşlar!
Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etişga kirişar ekanmiz, men, dunyoning qayerida bölmasin, tariximizga tegişli bir varaq qölyozma bölsa ham, bitta eksponat bölsa ham topib, yurtimizga olib kelişni orzu qilgan va şu vazifani örtaga qöygan edim. Ming şukurki, bugun ana şu maqsadimizga asta-sekin erişyapmiz. Bu işlarni, albatta, davom ettiramiz.
Jahonning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob qölyozmalarni aniqlaş va örganiş uçun yana xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar taşkil etamiz. Buning uçun zarur mablağ va imkoniyatlarni topamiz. Bu işlarga mahalliy va xorijiy olimlar, yetakçi xalqaro ilmiy markazlarni jalb etamiz.
Markaz faoliyatini keng miqyosda yölga qöyiş maqsadida bu yerda AYSESKO, IRSIKA, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Fransiyadagi Temuriylar jamiyati, TURKSOY kabi xalqaro taşkilotlar bilan birgalikda ular uçun ofis xonalari taşkil etdik. Endi ular bilan hamkorlikni kuçaytiriş uçun barça zarur şaroitlarni yaratib beramiz.
Markazda muqaddas dinimizning ezgu qadriyatlarini asrab, diniy-maʼrifiy soha rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan Özbekiston musulmonlari idorasi ham özining yangi qarorgohiga ega böldi.
Bu dargohda islom merosini çuqur örganiş, diniy xodimlar, imom-xatiblarning malakasini oşiriş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş işlarini taşkil etiş, öylaymanki, maqsadga muvofiqdir.
Biz yaqin kelgusida BMT qarorgohida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining taqdimotlarini ham ötkazamiz.
Muxtasar aytganda, uşbu Markaz maʼnaviy-maʼrifiy yönalişdagi faoliyatimiz uçun fundamental baza böladi. Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi talabalari yuqori kurslarni şu yerda öqiydi, öqituvçi-domlalar esa öz bilim va malakasini oşiradi.
Markaz yoşlarimiz orasidan yangi xorazmiylar, beruniy va uluğbeklar, farğoniy va ibn sinolar, buxoriy va termiziylar yetişib çiqişi uçun mustahkam maʼnaviy maydon bölişi kerak.
Bu – barçamizning ezgu niyatimizdir.
Markaz özining mana şunday tarixiy missiyasini yuksak saviyada ado etişi uçun men ilm-fan va maʼnaviyat fidoyilariga – hurmatli olim va tadqiqotçilarga, şoir va adiblar, diniy ulamolar, rejissyor va rassomlar, jurnalistlarga, ijodkor yoşlarimizga murojaat qilmoqçiman:
Islom sivilizatsiyasi markazida töplangan har bir eksponat qanday bebaho boylik ekanini sizlar hammadan köra yaxşi tuşunasiz. Ularni tarğib etiş, xalqimizga, dunyoga tanitişda ham, avvalo, sizlarga tayanamiz.
Bu tengsiz boylikdan ilhomlanib, sizlar yaratadigan ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitob, kino va teatr asarlari, kartina va körsatuvlar: uç ming yillik tarix va madaniyatning sönmas ovozi bölib dunyoga taralsin!
Yangi Özbekistonni tinçlik, ezgulik, bilim va maʼrifat diyori sifatida olamga tarannum etsin!
Xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz uçun tarbiya va milliy ğurur maktabiga aylansin!
Hurmatli anjuman qatnaşçilari!
Öz davrida Mir Alişer Navoiy bobomiz Mirzo Uluğbekning ölmas merosi dunyo turgunça tursin, deb tilak bildirgan edi. Bizning ham orzu-maqsadimiz şunday: Islom sivilizatsiyasi markazi el-yurtimizga, jahon ahliga hamişa beminnat xizmat qilsin!
Mana şunday uluğ işlarning bunyodkori bölgan mard va olijanob xalqimiz doimo omon bölsin!
Muqaddas Ramazon oyida tutayotgan rözalarimiz, qilayotgan ibodatlarimiz dargohida qabul bölsin!
Yaratgan Parvardigor xalqimizni, Vatanimizni öz panohida asrasin!
Barçangizga katta rahmat, doimo soğ-omon bölinglar!
