Insoniyat qaçondan beri qarzga yaşayapti?

Earth overshoot day concept: light bulb, a battery and an oil barrel on a wooden table

Agar yer bank bölganida, biz allaqaçon bankrot bölardik. Çunki insoniyat tabiat bergan bir yillik “limit”ni muddatidan ança oldin tugatadi. Şundan keyin esa biz yaşamaymiz — qarzga kun köramiz. Örmonlar, suv, toza havo… bularning barçasi kelajakdan olingan qarzdir. Bu çegara bosib ötilgan kun — Ekologik qarzdorlik kuni (“Earth overshoot day”) deyiladi.

Tasavvur qiling, siz bir yillik maoşingizni avgust oyidayoq tugatib qöydingiz. Oldinda esa hali tört oy bor. Endi nima qilasiz? Qarzdor bölib yaşaysiz. Insoniyat ham xuddi şunday yaşamoqda. Har yili şunday bir sana keladiki, yer bir yil içida qayta tiklay oladigan barça resurslarini tugatib bölamiz. Şu kundan boşlab tabiatdan “qarz”ga yaşaymiz. Bu sana Ekologik qarzdorlik kuni hisoblanadi. Maʼlumotlarga qaraganda, 29 iyul insoniyat sayyoramizning 1 yilga möljallangan barça resurslaridan foydalanib böladigan sana hisoblanar ekan. Şu sababli, biz barça ehtiyojlarimizni qondiriş uçun 1,6 sayyora resurslari kerak böladi. 1970 yildayoq aholi sayyoramiz bera oladigan hamma resurslarni töliq sarflaşni boşlagan.

Hozirgi kunimizni taʼminlaş uçun biz ertangi kun neʼmatlarimizni tortib olmayapmizmi? Ha, aynan şunday qilyapmiz. Har yili insoniyatning yaşaş tarzi tabiiy çegaralarni çetlab ötadi va bu jiddiy tanqidga loyiqdir. Bizning qulayliklarimiz, ortiqça isteʼmolimiz va işlab çiqarişimiz tabiatni vayron qilişda davom etyapti deb bemalol ayta olamiz. Örmonlar kesilyapti, suv resurslari kamayyapti, dengizlar va havzalar ifloslanyapti, havo esa zaharli moddalar bilan tölib ketganini inkor eta olmaymiz ham. Şu bilan birga, bizning iqtisodiy va siyosiy tizimlarimiz ham bu holatni davom ettirişga moslaşgan — foyda va rivojlaniş birinçi örinda-yu, ekologiya esa ikkinçi planda qolib ketyapti. Lekin boşqa tizimlarni kundan-kunga rivojlantirib, ular uçun imkoniyatlar yaratib, ekologiyaga eʼtibor bermaslikka qançalik haqqimiz bor? Ekologiyani yaxşilaş uçun taşkilotlar tomonidan majlislar ötkaziladi, ammo bu majlisda muhokama qilinayotgan masalalar faqatgina qoğozlarda qolmayaptimi? Axir soni bor-u, salmoği yöq masalalar borgan sari köpayib ketyapti.

Biroq biz Ekologik qarzdorlik kunini yiliga 10 kun oldinga surişga erişsak, 2030 yilga kelib, ekologiyamiz ança yaxşilanişiga yordam bergan bölarkanmiz.

Mutaxassislar fikriça, bu sanani quyidagilarga amal qilib oldinga surişimiz mumkin:

1) çiqindilarni taşlaş yarim baravar kamaytirilsa, sana 13 kunga suriladi;

2) quvvat samaradorligini oşiruvçi yeçimlar — 21 kun;

3) uglerod izini 2 baravar kamaytiriş — 93 kun;

4) oziq-ovqat çiqindilarini kamaytiriş — 17 kun;

5) göşt isteʼmolini 2 baravarga kamaytiriş — 17 kun.

Ha, ona sayyoramizni, yaʼni tabiatni ortiqça çiqindilardan, köngilni xira qiladigan vaziyatlardan xalos qilmoqçi bölsak, belimizni mahkam boğlab, bu ezgu işni bugundan boşlaşimiz kerak. Aks holda, kelajak avlod faqat bizning qarzimizni tölaşga emas, balki biz yaratgan ekologik inqiroz bilan ham kuraşişga majbur böladi.

Durdona SAYFITDINOVA,

Özbekiston Milliy universiteti talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan