Kombinat yoşlari Möynoqda

Insonga yuksak, oliy va qimmatli unsur — aql va salohiyat inʼom etilgan. Bular orqali u hammasiga erişişi mumkin. Yangilanayotgan Möynoq inson salohiyati, sabri va matonati har nedan ustun turişi, u har qanday şaroitda ham öziga yöl topib ketişini isbotlayapti.

Qoraqalpoğistonda inson qöli bilan keng qamrovli bunyodkorlik işlari, ulkan özgarişlar amalga oşirilmoqda. Möynoq tumanida aholi turmuş şaroiti yaxşilanib, ekologik muhit barqarorlaştirilmoqda. Hudud zamonaviy şaharsozlik qiyofasiga kirib boryapti. Tuman markazida qad rostlagan körkam bino va inşootlar har qanday insonni öziga rom etadi. Tuman madaniyat saroyi, Yoşlar markazi, zamonaviy aeroport hamda şunga öxşaş davlat va jamoat taşkilotlari binolari qariyb beş kilometrlik markaziy yöl böyida marvariddek tizilgan. Keç tuşişi bilan keng va ravon yöl atrofidagi rang-barang çiroqlar yirik megapolisni yodga soladi.

Orolga hayot qaytmoqda

Ötgan yillar mobaynida Orol dengizining qurigan qismida yaşil hudud yaratiş, ikki million gektar maydonda saksovul va boşqa çöl ösimliklaridan “yaşil qoplama” barpo etiş özining samarasini berdi. Sakkiz yil oldin boşlangan işlardan odamlar benihoya mamnun bölganligini yaxşi bilamiz. Dengiz qirğoqlari uzoqlaşgan bölsa-da, bu yerlarga kelgan inson ötgan davrda tabiatdagi ijobiy özgarişlarning guvohi böladi.

Kişini öziga maftun etgan, aholi unda bahra olgan Orol dengizi endilikda tarixga aylandi. Orol doimo butun mintaqa uçun muhim ahamiyatga ega bölib kelgan. Dengiz öz qirğoqlaridan ortga çekingan bölsa-da, odamlar unga qarab bormoqda.

Bundan ikki yil avval Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yoşlari bilan Orol dengizining qurib, çölga aylangan qismida saksovul köçatlarini ötqaziş işlarini amalga oşirgan edik. Bu yilgi safar ham mart oyiga töğri keldi. Yoşlarimiz tomonidan ötqazilgan çöl köçatlari tomir yoyib, ançagina böy körsatib qolganidan barça behad xursand böldi.

Kombinatning 100 nafar yoşlari 4-8 mart kunlari Orol dengizining qurigan qismidagi maydonda 50 ming tup saksovul köçatlari ötqazişdi. Kombinat yirik sanoat işlab çiqariş korxonasi emasmi, Navoiy, Zarafşon, Uçquduq, Nurobod, Zarmitan, Marjonbuloq kabi şahar va qörğonlardan kelgan yigitlarning ezgu maqsadlari ularni bir joyda jamladi. Bu safar yoş konçiyu metallurglar, muhandis-energetiklar, sohaning yoş olimlari bilan birga Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetining talabalari ham şunday xayrli işda faol iştirok etdilar.

— Men bu ekologik aksiyada törtinçi bor qatnaşişim. Har gal kelganda, safdoşlarim bilan birga yangi taassurotlarga ega bölamiz. Bu galgi safarimiz quvonç bilan boşlandi. Bugun Orol mintaqasida köçat ekiş işlarida iştirok etdik. Xayrli işga hissasi qöşilganidan yoşlarimiz xursand, — dedi 1-gidrometallurgiya zavodi çilangar-taʼmirlovçisi Şahboz Inoyatov.

Joriy yilda 250 ming gektardan ortiq maydonda saksovul köçatlarini ekiş va uruğini qadaş işlari amalga oşirilar ekan. Bu işlarga yuzlab maxsus texnika va ikkita samolyot jalb qilingan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi taqdim etgan maʼlumotlarga köra, saksovul uruğini qor, yomğir suvi ostida sepiş yoki köçat ötqaziş yaxşi samara berarkan. Taqdirning tuhfasini qarangki, kombinat yoşlari borgan kunlarda orolga bir qariç qor yoqqan edi. Eʼtiborli jihati, Orolning qurigan maydonidagi saksovullar orasiga yovvoyi hayvonlar va çorva uçun ozuqabop ekinlar ham ekilmoqda. Dengizning qurigan maydonlarida qazilgan artezian quduqlardan çuçuk suv çiqyapti. Bu kelajakda çorvaçilikni rivojlantiriş imkonini berişi şubhasiz. Şuningdek, saksovullar orasiga dorivor giyohlar ekiş işlari ham boşlangani quvonarli holdir. Ayni paytda Orolda olib borilayotgan keng kölamli işlarda viloyatlardan kelgan haşarçilar faol iştirok etmoqdalar.

Maʼnaviyat va madaniy merosga yuksak ehtirom ifodasi

“Orol taqdiri — kelajak avlod taqdiri” şiori ostida ötkazilayotgan ekologik aksiya iştirokçilarining bu yilgi taassurotlari boşqaça. Qariyb bir haftalik safarimiz Nukus va Möynoq şaharlaridagi muzeylar, teatr va madaniyat saroylarida yanada fayzli ötdi. Kombinat yoşlari möynoqlik yoşlar bilan birgalikda uyuştirgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda oğa-inidek bölib ketişdi. Çunki ular birinçi bor kelayotgani yöq, göyo şu yerda ular bilan birga istiqomat qilayotgan yaqinlardek bölib qolişgan. Kitob — bu maʼrifat, maʼnaviyat buloği. Kombinat yoşlari umumtaʼlim muassasalarida bölib, kitob jamlanmalarini sovğa qildilar.

Qoraqalpoq elida adabiyotga bölgan muhabbat, ijodkorlar asarlaridagi samimiy tuyğular göyo Orol dengizining katta tölqinlarini eslatadi. Özbekiston va Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmalarining Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorligida yozuvçi-şoirlar, möynoqlik yoşlarning ijod namunalaridan iborat “Orolning asov tölqini” töplami çop etildi. Töplamning Möynoq şahridagi Madaniyat saroyida bölib ötgan taqdimot marosimida taʼlim sohasi murabbiylari, ustoz ijodkorlar, nuroniylar, öquvçilar, kombinat yoşlari va konçilik universiteti talabalari iştirok etişdi. Tadbirda Möynoq tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Murod Jumaboyev, Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Kunsuluv Nosirova, kombinat Jamoatçilik bilan aloqalar böyiça direktori Xolmamat Raupov va boşqalar sözga çiqişdi.

— Men adabiyotga qiziqqanligim bois şeʼr yozib turaman. Ilk şeʼrlarim mazkur töplamga kirganidan behad baxtiyorman. Men kabi maktab öquvçilarining ijodi uşbu kitobdan joy olgani kelgusida köproq öqişga, eng muhimi, ijod qilişga rağbat uyğotadi, — dedi 11-umumtaʼlim maktabi öquvçisi Biybaris Amanbayev.

Tadbirda uşbu kitob asrlar davomida şakllangan özbek va qoraqalpoq xalqlari orasidagi mustahkam döstlik aloqalari, qardoşlik riştalari, özaro mehr-oqibat davom etişida muhim örin egallaşi alohida taʼkidlandi. Uşbu töplam Qoraqalpoğiston Respublikasi, şu jumladan, Möynoq tumani umumtaʼlim maktablariga tarqatildi.

Şuningdek, kombinat yoşlari Oçiq osmon ostidagi kemalar muzeyi majmuasi hamda Möynoq ekologiya muzeyida bölib, Orol dengizining ötmişi va bugungi kundagi körinişi, mintaqa flora va faunasi haqida batafsil maʼlumotlar oldilar. Ular yaqin yillarga qadar Möynoq tumanida baliqçilikning rivojlanişi, konserva kombinati iş jarayoniga tegişli fotosuratlar, qoraqalpoq xalqining milliy kiyimlari, mehnat qurollari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar.

— Muzeydagi har bir eksponat menda katta taassurot qoldirdi. Bir vaqtlar katta dengiz bölgan Orol bugungi kunda özining qirğoqlaridan ança çekinganligini köriş mumkin. Bu esa uning flora va faunasiga salbiy taʼsir etganligini muzeydagi eksponatlar misolida bilib oldik. Bir vaqtlar Möynoqda baliqçilik keng rivojlanganligi muzeydagi fotosuratlarda aks etgan ekan. Bu eksponatlar har birimizga ona tabiatni asraş burçimiz ekanligini yana bir bor anglatadi, — dedi kombinat markaziy loyihalaştiriş byurosi muhandisi Rustam Aliqulov.

Yoşlar Nukusdagi I.V.Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyida bölişib, u yerda qoraqalpoq xalq amaliy sanʼati, qadimiy va örta asrlar Xorazm sanʼati, ötgan asrda avangard rassomlar yaratgan tasviriy sanʼat asarlari, qoraqalpoq zamonaviy rangtasviri va haykaltaroşligi, ilmiy-maʼrifiy bölimlar, kutubxonasi bilan tanişdilar.

— Mazkur muzey haqida köp eşitganmiz. U özining boy tarixi, eksponatlari bilan maʼlum va maşhurdir. Tarixdan hikoya qiluvçi nodir aşyolar, hujjatlar, har xil eksponatlar barçamizda katta taassurot qoldirdi. Bunday sayohatlar yoşlarimiz qalbida ajdodlarga, tariximizga bölgan hurmat his-tuyğularini uyğotişi tabiiy, — dedi Navoiy maşinasozlik zavodi quymaçilik sexi elektromontyori Şahzod Norboyev.

Kombinatimiz yoşlari hamda Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti talabalari Nukus şahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatriga taşrif buyurişdi. Navoiylik yoşlar mazkur teatrda Ajiniyoz Ismoilovning “Tebranmas yuraklar” spektaklini tomoşa qilib, inson tarbiyasida teatrning muhim ahamiyat kasb etişini yana bir bor angladilar.

— Teatrga birinçi marta tuşişim. Ilk tomoşa zavqi, taassurotlar, mahoratli aktyorlar bilan yuzma-yuz uçraşişdan barçamiz behad xursandmiz. Spektakldan madaniy hordiq va juda katta maʼnaviy ozuqa oldik. Bunday sahna asarlari har qanday insonni yaxşilikka yetaklaşi, ongu tafakkuriga kuçli taʼsir etişini oddiy tomoşabin sifatida çuqur his qildim. Teatrni ibratxona, darsxona deganlari rost ekan, — dedi Şimoliy kon boşqarmasi markaziy fizika-kimyoviy laboratoriyasi muhandisi Farid Nazarov.

* * *

Bir söz bilan aytganda, tabiatdagi uyğoniş jarayoni butun borliqning jonlanişiga monand. Bahor nafasi yer yuziga taralişi bilan insonlar ham faol harakatga keladi, atrof-muhitga bölgan eʼtibor yanada ortadi, hayot qozoni göyo yanada jöşqin qaynay boşlaydi.

Bugungi kunda ekotizimni muhofaza qiliş, atrof-muhit barqarorligini taʼminlaş va tabiiy muvozanatni saqlaş masalasi jahon miqyosidagi dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Bu yölda ilmiy tadqiqotlar, innovatsion yondaşuvlar va ilğor tajribalarni amaliyotga tatbiq etiş muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatni asraşga qaratilgan har bir taşabbus, har bir amaliy qadam kelajak avlodlar uçun soğlom muhit yaratişga xizmat qiladi.

Ana şunday ezgu maqsadlar yölida kombinatimiz yoşlarining Möynoq tumaniga amalga oşirgan safari kutilganidan ham foydali va mazmunli keçdi. Uşbu taşrif nafaqat tajriba almaşiş, balki ekologik taşabbuslarni amalga oşiriş borasida muhim qadam böldi.

Eng muhimi, qayerga borilmasin, kombinat yoşlarining taşabbuskorligi, faolligi va jamoaviy ruhi alohida eʼtirof etildi. Amalga oşirilayotgan işlarimiz, tabiatni asraş va atrof-muhitni yaxşilaşga qaratilgan saʼy-harakatlar yuksak baholandi. Bu esa yoşlarimizning kelajakka işonç bilan qarab, yurtimiz taraqqiyoti va tabiat muhofazasi yölida yanada faol bölişlariga ilhom bağişladi.

Möynoq safari şunçaki bir taşrif emas, balki yoşlarimizning fidoyiligi, taşabbuskorligi va tabiatga bölgan masʼuliyatli munosabatining yorqin ifodasi böldi. Şubhasiz, bunday safarlar yurtimizda ekologik madaniyatni yuksaltiriş, tabiatni asraş ğoyasini keng tarğib qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Azamat ZARIPOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan