Imkoniyatlar beqiyos natijalarga eltadi

Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning şu yil 24 fevral kuni yoşlar bilan ötkazgan oçiq va samimiy uçraşuvi mamlakatimizning kelajagi, yoş avlodni qöllab-quvvatlaş va ularning imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan mutlaqo yangi bosqiçni boşlab bergan tarixiy voqea böldi, desak, xato bölmaydi. Uşbu uçraşuvda kötarilgan masalalar yoşlarimizning taʼlim, ijodiy va sportdagi yutuqlaridan tortib, ularni tadbirkorlikka jalb qilişgaça bölgan keng kölamli taşabbuslarni öz içiga oldi.

Bugungi kunda yurtimizda 22 milliondan ortiq yoşlar bor. Bu — ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuç. Zeroki, yoşlarga qaratilayotgan har bir taşabbus — bu mamlakat kelajagiga qilingan strategik investitsiyadir. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, yoşlarimizning heç biri davlat ­eʼtiboridan çetda qolmasligi kerak. Şuning uçun yoşlarni kasb-hunarga örgatiş, tadbirkorlikka jalb etiş, sportga qiziqtiriş, ijodkorlik va ijtimoiy faoliyatlarini qöllab-quvvatlaş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Yurtimiz yoşlarining turli sohalarda erişayotgan yutuqlari bunga yaqqol misoldir. Xususan, sönggi yillarda xalqaro sport musobaqalarida mamlakatimiz böyiça 700 dan ortiq oltin, 600 dan ortiq kumuş, 800 dan ziyod bronza medallarining qölga kiritilgani Özbekistonning jahon maydonidagi obrösini yanada oşirmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi orasida ommaviy sport bilan şuğullanuvçilar soni 15 million nafardan oşgani esa bu yönalişdagi işlar samaradorligining juda balandligini körsatadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan eʼtirof etilgan uşbu yutuqlarga erişgan sportçilar qatorida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarining ham borligi, birgina 2025 yilda bölib ötgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada öyinlarida talabalarimizdan Taxmina Ikromova, Najmiddin Qosimhojiyev, Şarifa Davronova, Şohjahon Karimboyev, Marat Mavlonov, Şamsiddin Qurbonov delegatsiyamiz hisobiga 4 ta oltin, 3 ta kumuş va 2 ta bronza medallarini qöşib qöygani yoki tariximizda ilk bor jahon çempionatiga yöllanma olgan futbol terma jamoamiz safida munosib iştirok etib kelayotgan, dunyo tan olgan Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev, Farrux Sayfiyev kabi mahoratli futbolçilarni yetiştirib kelayotgani faxr tuyğusini uyğotişi bilan birga, kelgusidagi xalqaro musobaqalar va jahon birinçiliklarida iştirok etadigan yuqori malakali sportçilarni tayyorlaş, ularni saralaş, natijadorlikni oşiriş hamda ilmiy-uslubiy va psixologik jihatdan qöllab-quvvatlaş borasida universitetimiz oldiga qator dolzarb vazifalarni ham qöyadi.

Zero, zamonaviy sport faqat jismoniy tayyorgarlik bilangina emas, balki ilmiy yondaşuv, innovatsion texnologiyalar, sport psixologiyasi va tahliliy metodlar asosida tizimli faoliyat yuritişni talab etadi. Şu bois universitetimiz zimmasiga yuklatilgan masʼuliyat yanada ortib, milliy sport taraqqiyotining muhim ilmiy-amaliy tayançiga aylaniş vazifasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Şuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kelajak tadbirkori”, “Yangi avlod tadbirkorlari”, “Yoşlar biznes inkubatori”, “UPŞIFT” kabi dasturlar yoşlarimizning iqtisodiy va ijodiy faolligini oşirişga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, “Kelajak tadbirkori” dasturi orqali 7 yil muddatga yillik 15 foizlik ustama asosida imtiyozli kreditlar berilişi yoşlar uçun katta imkoniyat, ularga öz biznes ğoyalarini röyobga çiqariş uçun mustahkam poydevor yaratmoqda.

Taʼlim muassasalari, jumladan, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ham uşbu taşabbuslarning ijrosini taʼminlaşni özining eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab olgan. Biz yoşlarni yanada sifatli taʼlim bilan qamrab oliş, ularni xalqaro mezonlarga mos kadr sifatida tayyorlaş, innovatsion ğoyalarni qöllab-quvvatlaş ustida tinimsiz işlaymiz.

Yoşlarni ijtimoiy faoliyatga jalb etiş, volontyorlikni rivojlantiriş, ularning fikr va taşabbuslarini qadrlaş — bugungi kun talabi. Çunki yoşlarimizning kelajagi — bu, avvalo, bizning kelajagimizdir.

Darhaqiqat, Prezidentimizning uşbu uçraşuvi yana bir bor davlat tomonidan yoşlarga bölgan yuksak eʼtibor va işonçning amaliy tasdiği böldi. Biz, universitet jamoasi, yoşlarning ovozini eşitişga, ularni qöllab-quvvatlaşga va ularning har bir taşabbusini röyobga çiqariş uçun barça imkoniyatlarni safarbar etişga doimo tayyormiz.

Ayni paytda kelajagimiz davomçilariga yaratilayotgan imkoniyatlar ulkan bölişi bilan birga, ulardan ongli va masʼuliyatli foydalanişni ham talab etadi. Har bir talaba öz kelajagi uçun javobgar ekanini çuqur his etib, bilimga, kasbga, til örganişga, tadbirkorlik va ijtimoiy faollikka intilişi zarur. Zero, imkoniyat — bu tayyor natija emas, balki mehnat va intiliş orqali muvaffaqiyatga erişiş yölidir.

Raşid MATKARIMOV,

Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va

sport universiteti rektori,

professor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan