Bilimli va taşabbuskor yoşlar yoruğ kelajagimiz egalaridir
DCIM100MEDIADJI_0006.JPG
Yaqinda Köksaroy qarorgohida Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan oçiq va samimiy muloqoti mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasida inson kapitalini rivojlantiriş ustuvor yönaliş ekanini yana bir bor tasdiqladi. Uşbu uçraşuv yoşlar siyosatini yangi bosqiçga olib çiqadigan aniq maqsad va vazifalarni belgilab berdi. Yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, startap va innovatsion loyihalarni moliyalaştiriş, taʼlim hamda bandlik tizimini takomillaştiriş borasida ilgari surilgan taşabbuslar oliy taʼlim muassasalari oldiga ham katta vazifalarni qöymoqda. Har haftaning payşanba kuni “Yoşlar kuni” etib belgilanişi esa, yoşlar bilan işlaşni tizimli, oçiq va masʼuliyatli jarayonga aylantiradi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan har bir oliy taʼlim muassasasida taʼlim sifatini taʼminlaş, ğoya, startap, loyihalar kölamini oşiriş, yoşlarni sportga, soğlom turmuş tarziga keng tarğib qiliş böyiça yangi innovatsion yondaşuvlar işlab çiqilişi hamda joriy qilinişi yuzasidan aniq körsatma va topşiriqlar berildi.
Prezidentimizning oxirgi yillardagi taʼlimga, xususan, oliy taʼlimga, ilm ahliga yuksak eʼtiborlari natijasida respublikamiz oliygohlari salohiyati ortdi, olimlarimizning nufuzi, jamiyatdagi örni hamda olib borilayotgan islohotlarga, ijobiy özgarişlarga daxldorligi oşdi. Bugungi kunga kelib oliy taʼlim muassasalari mamlakat, hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojida nafaqat kadrlar tayyorlaş orqali iştirok etmoqda, balki istiqbolli loyihalar, keng kölamli islohotlarda amaliy işlar bilan bevosita öz hissasini qöşişga intilmoqda.
Mazkur ustuvor yönalişlar Farğona davlat texnika universiteti faoliyatida amaliy öz aksini topmoqda. Bugungi kunda universitetimizda 19 202 nafar talaba tahsil olmoqda. Taʼlim jarayonini işlab çiqariş bilan uzviy boğlaş maqsadida 67 ta yirik korxona bilan hamkorlikda dual taʼlim yölga qöyilgan bölib, 3 832 nafar talaba uşbu tizim asosida bilim va amaliy könikma egallamoqda. Universitet qoşida 50 ta kafedra filiallari taşkil etilgan, 165 nafar yuqori malakali amaliyotçi-mutaxassislar öquv jarayoniga jalb qilingan.
Bitiruvçilar bandligini taʼminlaş masalasi ham doimiy eʼtiborimiz markazida. 2024-2025 öquv yilida universitetni 3 337 nafar bitiruvçi tamomladi. Ularning 3 283 nafari iş bilan taʼminlandi, 42 nafar bitiruvçi iş beruvçi korxona va taşkilotlar talablari asosida taşkil etilgan qisqa muddatli kurslarda qöşimça bilim va amaliy könikmalarga öqitilmoqda. Bu körsatkiçlar taʼlim mazmunini amaliyot bilan uyğunlaştiriş borasidagi işlarimiz samaradorligini qisman ifodalaydi.
Joriy öquv yilidan AT sohasi taʼlim yönalişlarida bosqiçma-bosqiç loyihaga yönaltirilgan taʼlim (“Project based learning”) tizimi joriy etila boşlandi. Joriy qilinayotgan tizimda barça yuqori kurs talabalarining mutaxassislik fanlaridan nazoratlari, kurs işlari, malakaviy amaliyot hisobotlari loyiha körinişida amalga oşiriladi va baholanadi. Taʼlim jarayonlariga joriy qilinayotgan uşbu yangi tizim viloyatimizdagi taşkilotlarning raqamlaştiriş yoki raqamli tizimlarini takomillaştirişga qaratilgan real ehtiyojlari va ular asosida şakllantirilgan muammolari banki asosida amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Bu esa, bir tomondan, viloyatimizdagi korxona va taşkilotlarni raqamlaştiriş darajasi va sifatining ortişiga, ikkinçi tomondan, bitiruvçilarning maqsadli bandligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, universitetimizda sunʼiy intellekt laboratoriyasi, IT-park va akseleratorlik markazlarini taşkil etiş böyiça amaliy işlar boşlangan. Uşbu loyihalarning amalga oşirilişi nafaqat IT-xizmatlar eksporti kölamining ortişiga, balki bitiruvçilarni işçi xodim emas, yangi iş örni yaratadigan iş beruvçi sifatida şakllantirişga kömak böladi deb hisoblaymiz.
Farğona davlat texnika universiteti xalqaro va mahalliy taʼlim xizmatlari bozorida mavqeini mustahkamlaş, xalqaro mehnat bozoriga raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş maqsadida universitet va mavjud taʼlim yönalişlarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş jarayonlarini olib bormoqda. Jumladan, muhandislik taʼlimi akkreditatsiyasi böyiça dunyodagi eng nufuzli taşkilotlardan biri hisoblangan Germaniyaning “ASIIN” taşkiloti bilan “Arxitektura va quriliş” fakultetini barça taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça jarayonlar öz nihoyasiga yetdi.
Yana bir muhim yangilik, dunyoning birinçi raqamli akkreditatsiya taşkiloti hisoblangan Buyuk Britaniyaning “QAA” taşkiloti tomonidan respublikamiz taʼlim taşkilotlari orasida ilk bor, örganişlar natijasiga köra, Farğona davlat texnika universiteti tomonidan yuborilgan sörov qabul qilindi va universitetni institutsional akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça özaro şartnoma imzolandi. Şartnomaga köra, Buyuk Britaniyaning “QAA” taşkiloti tomonidan universitetni institutsional akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça barça xarajatlar Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan töliq grant sifatida taqdim etilmoqda.
Hozirda universitetda arxitektura va quriliş sohasida 5 ta ixtisoslaşgan markaz — Geolaboratoriya markazi, Geotopografiya markazi, Bino va inşootlarni loyihalaş markazi, Bino va inşootlar konstruksiyalarining seysmik mustahkamligini baholaş laboratoriyasi hamda Akkreditatsiyalangan quriliş sinov laboratoriyasi samarali faoliyat yuritmoqda. Uşbu markazlar hududda amalga oşirilayotgan sohaga oid loyihalarda munosib iştirok etmoqda.
Yoşlar siyosati doirasida sport faoliyatini rivojlantiriş ham muhim yönaliş hisoblanadi. Universitetimizda talabalarning jismoniy faolligini oşiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida sport tögaraklari, musobaqalar va turnirlar muntazam taşkil etilmoqda. Talabalarimiz hududiy va respublika miqyosidagi musobaqalarda faol iştirok etib, munosib natijalarga erişmoqda. Sport orqali yoşlarimizda intizom, iroda, jamoaviylik va yetakçilik fazilatlari şakllanmoqda.
Universitetimiz qoşida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qişloq xöjaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga ixtisoslaşgan Texnopark taşkil etilmoqda. Uşbu Texnoparkda zamonaviy texnologiyalar asosida qişloq xöjaligida qöllanişga möljallangan texnikalar işlab çiqariş böyiça töliq sikl yölga qöyilişi rejalaştirilgan.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar — yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularni bilimli, taşabbuskor, raqobatbardoş va jismonan barkamol etib tarbiyalaş — Farğona davlat texnika universiteti faoliyatining boş mezonidir. Vatanimiz kelajagi va taraqqiyoti uçun bilimli va salohiyatli yoşlarni tayyorlaş pirovard maqsadimiz hamda faoliyatimizning mazmunidir.
Ilmdorjon JAHONGIROV,
Farğona davlat texnika universiteti öquv işlari böyiça prorektori,
rektor v.v.b.
