Xuş kelding, gözal Bahor!

White delicate cherry blossoms in spring (Nature and Landscapes) cherry,spring flowers,spring in japan

O, Bahor, gözal malak! Oh, seni bağoyat soğindik! Lahza-yu soniyalarni sanab, intiq-intizor kutdim sening taşrifingni, köklamoyim. Suluvginam, qalbim çeçagi, sen şu qadar maftunkorsanki, barça latofatli, malohatli qizlarning ismi sening noming bilan ataladi: Gulbahor, Navbahor, Navrözoy, Bahoroy…

Keçagina muz körpalari ostida sovuqdan titrayotgan ona zamin sening iliq taftingdan yuzlari loladek qizarib, tiriklik qöşiğini boşlaydi. Uning ajib qöşiğidan maysalar tebranib, raqsga tuşadi. Şabboda nozlanib-nozlanib yuzlaringdan öpadi. Kurtakka lab urgan novdalar qora ğödir libosini yeçib, puşti gulli yaşil köylak kiyib olganidan şodlanib, tabassum-la ğunçasini quyoşda toblaydi. Bahorni ertaroq qarşilagan bodom şoxlarini egib, yonidagi şaftolini turtkilaydi. Şaftolioy uxlab qolganidan ozorlanib, butoqlarini gulnor gullar bilan çunon bezaydiki, hali ham jigarrang tönini yeçmagan behioy xijolatdan kökiş-kumuşrang barglarini yozib yuboradi… Gullayolmayotgan anjir esa alam-la biryöla oltin marjondek mevalarini tugişga tuşadi.

Toğlaru qirlardan oqib kelayotgan şarqiroq soylar havoda uçib yurgan örig-u giloslarning nimpuşti gullarini yuzlariga xoldek qöndirib, mavj uradi. Adirliklar alvon, oltinrang lolazorlar oğuşida xayolga çömgan qizil-sariq durraçali malakdek gözal. Samoyingda suzib yurgan oq-moviy, zangor-feruzarang bulutlar uyqaşib, zaminga yopilgan ulkan rangdor guldor gumbazni eslatadi.

Quyoşni soğingan boyçeçak gulbarglarini uning nurida toblaydi. Har zamon, har zamonda esa kökka boqib, “ketma, quyoşjon” deb yolborayotganday nafis tebranadi. Öynoqi epkin dimoğingizga dam binafşa, dam zaʼfaron, dam rayhon, dam yalpiz iforini uradi. Bobo quyoşning yolğonçi tabassumiga işonib, gullab yuborgan daraxtlarning noparmon gullari tunda tovlanib, minglab rangdor yulduzlarga aylanadi. Bijildoq quşlar tinmay çuğurlaydi: “Hoy yaxşilar, bahor keldi, bahor keldi…” deya jar solayotgandek…

Ayvonning eşigini lang oçib qöygan buvijonlar qanotlarida xurramlik olib kelgan qaldirğoçlarni xuşnud qarşilaydi. “Keldingmi, qaldirğoçim, tezroq uyingni qur, senga mahtalman”, deya qöllarini duoga oçadi. Jajji bolakay qaldirğoçga kömak bermoq maqsadida ayvon oldiga xas-çöplarni yiğib qöyadi.

Bahor! Sen har yili borliqni latofatu malohatga burkab, qaytaverasan. Köklamoyim, sen zamin ziynati-yu fasllar gulçeçagisan! Inson umrining ortga qaytmas oltin lahzalarisan! Sen oşiqlaru şoirlar qöliga qalam tutqazasan. Ne baxtki, ular hamon sening sehrli vasfingni kuylamoqdalar va senga taşbeh izlamoqdalar. Aslida esa sening qiyosing yöq, bahorim!

Dalasidagi oppoq qorini qaynoq kaftiga olib, qalb harorati-la eritayotgan bobodehqonim! Qişning har lahzasini şoşqin kuzatib, Bahoroyni intiq kutayotgan zahmatkaşim! Qorli körpalar ostida yotgan zamin zalvorli ketmoning zarbidan mayinlaşib evriladi. “Axir bahor keldi!” deysan hayqirib! Mudrab yotgan momo yer ovozingdan seskanib, yam-yaşil köylagini kiyib, huzuringga oşiqadi. Bobodehqonim keldi, deydi şodumon silkinib.

— Assalom, ona zamin! — deydi dehqon ketmonining har zarbidan öt çaqnatib. — Qani, Bahoroyim, suluv kelinçakdek zebolan, ona tabiatni yasat, bağringni gulu çeçaklarga burka, daraxtlarga yaşil libos kiydir, sergul, sermeva ayla, uruğlarni undir, odamlarga zavq-şavq ulaş, körgan közlarni kuldir, — deydi yana guldurakdek ötkir ovozda. Söng biroz mayinlaşib, “Köklamoyim, kökingdan, mehringdan bir çimdimgina ber, seni behad soğindim”, deydi yolborib. Söng esa bahor sasi ufurayotgan zaminga xuddi sajdaga boş qöyayotgandek lab bosadi. Oh, ona tuproq taʼmi! Dehqonbobo mamnun jilmayadi. Xuddiki hozirgina tandirdan uzilgan nonning harorati bor-a! U bir siqimgina tuproqni qöllariga oldi. Şuginaga zor bölib ötgan şoh Boburning alamli faryodi quloqlariga çalingandek bölib, közlarida yoş qalqdi. “Sendan ayro yaşab bölmaydi, OTA YER!” degan qatʼiy öy ötdi yuragining qaʼridan. Tuproqni avaylab, boşi uzra samoga soçdi. Yomğirdek yoyilgan tuproq dehqonning yuz-közlariga qöndi…

“Bahorda Baxmalda tuğilgan qözing, Arab ohusidan azizroq manga…” dedi u içki titroq-la özi behad suyadigan sodda şoir Muhammad Yusufning har takrorlaganda vujudini larzaga soladigan quyma satrlarini kuyga solib. Bahorni soğingan dehqon dalalarni uzoq aylandi. Quyoşning zarrin nurlarida isinib, qanotlarini toblayotgan turfa quşlar çuğuri, gulğunçalardan bösa olayotgan kapalaklar, çayqalib çirmanda çalayotgan çuçmomalar, samoga sepini yoygan kamalaklar, osmonda suzib yurgan feruzarang bulutlar ummoni, tölib-tölib oqayotgan anhorlar şiviri uning qalbiga tuganmas va ifodalab bölmas zavq baxş etardi. Ona diyorimizni çor tarafdan bağriga bosib quçib yotgan asriy purviqor toğlar hamon bobodehqonning ovoziga aks-sado beradi: “Köklamoyim, kökingdan ber bir çimdim, bir çimdim…” Bahor bobodehqonni, bobodehqon esa bahorni ğoyat soğingan edi. Bu öşa ular intiq-intizor kutgan erka faslning ibtidosi, jöşqin va jozibali kun edi.

Köklamoyim, köklamonam, iliq, oşufta bağringni soğindim! Seni kim ham soğinmaydi, aslida, seni kim ham soğinmas, bahor? Dehqonbobo samoni töldirib uçayotgan bijildoq quşlar çuğuriga tikildi. Quyoşni soğingan momo-yu bobolar dalalarga, qalbi olov yoş-yalanglar lolazor qöyniga oşiqayotirlar. Çakkalariga boyçeçak taqqan qizçalar alvon köylaklarini hilpiratib toğ yonbağirlarida yelib yuguradilar. Bolajonlar varraklarini oppoq, feruzarang bulutlar suzib yurgan samo ostonasigaça uçiradilar. Möʼjizaviy boğlarimizda puşti, nimpuşti, qizil va sariq ranglarda oçilgan gilos, örik, bodom, şaftoli gullari bahoriy epkinda tebranib, ajib gullar raqsini yaratayotir. Bir tup örik gözal gullarini tökkisi kelmay, ğunçaoylarini şabbodadan qizğonib boşlarini egadi. Biroq şöx şabbodaoy ham böş kelmay, gullarning soçlaridan tortqilaydi. Qişda sovuqdan qoraygan badanlarini rangdor köylaklari bilan yaşirib olgan daraxtlar bayramga otlangan kelinçakdek yasanib olişgan. Butun borliq ğoyat maftunkor, behad gözal manzara kaşf etgan, bahoriy sevinç uyğongan oşufta qalblar muhabbat oşyoniga aylangan.

O, ona zaminga hayot, tiriklik baxş etuvçi qudratli va gözal malagim, bahoroyim, taşrifing muborak!

Masturaxon SAIDMURODOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan