Gazeta “taqdiri” kimga boğliq?

Yaxşi eslayman, gazetaçilik faoliyatimni boşlagan 1976 yili ham vaqtli naşrlar obunasi neçoğliq bölişi respublika, viloyat, tuman rahbarlariga boğliq edi va ular tasdiqlagan miqdordagi gazeta-jurnallarning obuna rejasi uddalanar edi. Tahririyatlar bu işga deyarli aralaşmasdi. Obuna mavsumining borişi şahar, tuman rahbarlarining ijtimoiy sohalar böyiça örinbosarlari hamda obuna bilan şuğullanuvçi taşkilot rahbarlari iştirokida har hafta muhokama etib borilardi.

Tuman gazetamiz öşa yillari 10 ming nusxa atrofida çop etilgan. Ming afsuski, yaqin yillarda hokimlik vazifasida işlagan maʼnaviyat va maʼrifat jonkuyarlaridan bir-ikkitasini hisobga olmaganda, tumanimizga ommaviy axborot vositalari haqida qayğuruvçi rahbarlar kelmadi hisob. Oqibat şuki, gazeta adadi yildan-yilga kamayib bormoqda.

2025 yil yakunlanişi arafasida viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov faollar yiğilişida “Yuz yillik tarixga ega “Namangan haqiqati” gazetamizni naşr etiş töxtab qolmasin. U — kuçli ğoyaviy qurolimiz. Tuman gazetalarining obunasiga ham qarab qöyinglar”, deya masʼullarga topşiriq berdi. Ana şundan söng viloyatda obuna masalasida hukm surayotgan sukunat barham topdi. Nafaqat viloyat, balki respublika hamda tumanlarning gazetalariga obuna siyosati va kunlik sörov boşlandi. Natija şuki, bugun birgina “Namangan haqiqati” gazetasi qariyb 10 ming nusxada çop etilyapti. Viloyatdagi boşqa naşrlar adadi ham ötgan yillardagiga nisbatan sezilarli darajada oşgan.

Ammo bugun faqat muassisning kömagigagina umid qiliş bilan çeklanib qolgan gazetalarning muharrirlari yanglişadi. Ijodiy jamoa ham öz naşrining mavqeini oşiriş, hokimlikning çinakam ğoyaviy quroliga aylanişi haqida qayğurişi şart. Bu borada “Namangan haqiqati” gazetasi boş muharriri Xurşidbek Fayziyev faoliyati hamkasblarimizga örnak bölgulik.

Uning qalami “Namangan sadosi”, “Maʼrifat gulşani”, “Xalq irodasi” singari naşrlarda çarxlangan. U namanganlik taniqli jurnalist Komiljon Fayziyevning farzandi. Yangi lavozimdagi faoliyatini davr talab qilayotgan darajada şaştu şijoat, izlaniş va taşabbuskorlik bilan boşladi. Eng avvalo, tahririyatda xodimlar uçun işlaş şaroitlarini yaxşilaşga eʼtibor qaratdi. Mutaxassislar sifat tarkibini yoş, yangilikka intiluvçan jurnalistlar bilan boyitdi. Tahririyat iqtisodiy bazasini mustahkamlaş maqsadida marketing bölimini taşkil etdi. Ijodiy hamda moliya-iqtisod va obuna bölimlari faoliyat yurita boşlaşi naşrning mazmun va körk jihatdan tubdan özgarişiga sabab bölmoqda. Avvalgidek 8 sahifa emas, 24 sahifada naşr etiş yölga qöyilgani gazetaning geografiyasi, janrlar rang-barangligi, öqişliligi har qaçongidan oşişida muhim omil bölyapti.

Gazetxonlar, qolaversa, keng jamoatçilik olqişiga sazovor bölayotgan yangi-yangi ijodiy loyihalar amaliyotga joriy etilayotgani ham eʼtiborga molik. Ana şunday ruknlardan biri “Muharrir hokim huzurida” deb nomlangan.

Loyiha doirasidagi ilk qöş sahifa “Rivojlaniş manzarasi” rukni ostida “Uyçi tumani yangi taraqqiyot bosqiçida” sarlavhasi bilan yoritildi. Tuman hokimi Muzaffar Abdullayev muharrirning Prezidentimiz Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasida belgilab bergan ustuvor yönalişlardan kelib çiqqan holda tuman infratuzilmasini rivojlantiriş, taʼlim sohasi taraqqiyoti, tadbirkorlik, turizm, energetika va xizmat körsatiş sohalaridagi tub islohotlar, aholi bilan oçiq muloqot, mahalla instituti, jamoatçilik nazorati, xalq qabuli va sayyor qabullar orqali fuqarolar murojaatlarini körib çiqiş böyiça bergan savollariga aniq misollar keltirgan holda batafsil javob qaytargan. Ularni öqigan muştariy tumanda amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorlik islohotlari, turli loyiha va farovonlik dasturlaridan közlangan asosiy maqsadlarni töla anglaşi aniq.

Namangan tumani hokimi Sadritdin Möminov bilan ötkazilgan suhbat tafsilotlari esa qöş sahifaga joylangan. Undan aholi bandligini taʼminlaş orqali işsizlikni kamaytiriş, mehnat migratsiyasi bilan boğliq masalalarni hal etiş, tomorqadan samarali foydalaniş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, “qizil toifa”ga kiruvçi mahallalarni “sariq”qa ötkaziş, investitsiya jozibadorligini oşirişga xizmat qiluvçi yirik işlab çiqaruvçi sanoat korxonalari haqida maʼlumot olasiz. Avstriya davlati delegatsiyasining Namangan tumaniga taşrifidan közda tutilgan maqsadlar, kambağallikni qisqartiriş, 2026 yilga möljallangan rejalar va muammolarni yaşirmasdan oçiq aytiş, ularga yeçim topiş yölida birgalikda harakat qiliş bugungi islohotlar davrining asosiy talablari ekanligi mufassal aks ettirilgan.

Yangi Namangan, Yangiqörğon, Norin tumanlari hokimlari bilan bölgan savol-javoblar tafsilotlari ham bugungi fayziyob hayot, xalq xöjaligi turli sohalari fidoyilarining jöşqin mehnat faoliyati aks ettirilgan suratlar bilan tölaqonli yoritilganligi tahsinga loyiq.

Bu loyiha — har taraflama manfaatli. Eng avvalo, nafaqat “Namangan haqiqati”, umuman, jamiyatda gazeta ham, muharrir ham borligini ifodalaydi.

Viloyatimizdagi şahar va tumanlar hokimlarini vaqtli naşrlarning jurnalistlari bilan muloqot qilişga vaqt topiş va suhbatlaşiş madaniyatini örgatadi.

Şahar va tumanlarning umumiy hayoti, keçasi, buguni va ertasi aynan hokimlar nuqtai nazari bilan mufassal oçiqlanib, gazetada batafsil yoritiladi.

Bu viloyat hokimligi naşrining şahar va tumanlar yöqlamasi, şuning barobarida yangi muharrirning hokimlar bilan yuzma-yuz tanişuvi vazifasini ötamoqda.

Tabiiyki, bu ikki tomonlama uzviy aloqa örnatilişiga xizmat qiladi.

Eng muhimi, gazeta obunasi yaxşilanişi bilan birgalikda Namanganimizning barça hududlarida ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda qilinayotgan işlar va keng kölamli islohotlarning borişi tezkor yoritilib, ommaga yetkazilişiga, xalqimizga motivatsiya bağişlaşga xizmat qiladi.

Bizningça, hokimlar bilan suhbatda öşa şahar yoki tuman hokimligining gazetasi muharriri ham iştirok etsa, nur ustiga aʼlo nur bölardi. Negaki hamkasblarimiz orasida öz hokimi bilan yelkama-yelka turiş bir yoqda tursin, hatto uçraşmaydigan, yiğilişlarda qatnaşmaydiganlari ham bor. Bu loyiha ularga ham foydali bölarmidi?

— Avvalo, Prezidentimiz va viloyatimiz hokimi tomonidan ommaviy axborot vositalarining oçiqlik, şaffoflik va xolislik prinsiplari asosida faoliyat yuritişiga doimiy eʼtibor qaratilayotgani, amaliy qöllab-quvvatlanayotgani biz uçun katta imkoniyat va masʼuliyatdir. Ana şu işonçdan samarali foydalanib, jipslik, taşabbuskorlik, hamjihatlik va oşkoralik ruhida iş olib boriş barçamizning ustuvor vazifamiz bölişi şubhasiz, — dedi “Namangan haqiqati” gazetasi boş muharriri Xurşidbek Fayziyev. — Rahbarlar va OAV örtasida uzviy hamkorlik yölga qöyilgan joyda axborot siyosatida barqarorlik, işonç va tizimlilik qaror topadi. Masʼullar bilan oçiq muloqotlar, jurnalistlar bilan doimiy aloqalar nafaqat jamoatçilikni xolis axborot bilan taʼminlaydi, balki joylardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqqa töğri yetkazişga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, bugun tuman hokimliklarining naşrlarida ham yangilaniş, uyğoniş va ijodiy faollik yaqqol sezilmoqda. Bu jarayonni yanada kuçaytiriş, mahalliy gazetalar muharrirlarini ham uşbu loyihalarga faol jalb etiş orqali umumiy axborot makonimiz sifatini yanada yuksaltirişga erişiş mumkin.

Viloyatimiz rahbariyatining saʼy-harakatlari samarasida xalqaro darajadagi festivallar, anjumanlar, yirik tadbirlar va salmoqli loyihalar izçil amalga oşirilib, barça sohalarda barqaror rivojlaniş kuzatilmoqda. Ana şu yutuq va yangilanişlarni keng jamoatçilikka xolis va tezkor yetkaziş, aholi kayfiyati va ijtimoiy ruhiyatida ijobiy aks ettirişda ommaviy axborot vositalari vakillarining ham masʼuliyatli vazifamiz bor, albatta.

— Muloqotlarda axborot xizmati rahbarlarining ham faol iştirok etayotgani samaradorlikni oşirmoqda. Tajriba almaşuvi, özaro qöllab-quvvatlaş va yagona axborot makonini şakllantiriş imkoniyatlari yanada kengaymoqda, — dedi suhbatdoşimiz. — Şu yölda hamkorlik va hamjihatlikda iş olib borişga tayyormiz.

Boş muharrir bu loyihani viloyatdagi boşqarmalar, yirik taşkilot, korxonalar hamda oliy taʼlim maskanlarida ham amalga oşirişni rejalaştirgani ayni muddaodir.

“Namangan haqiqati”ning deyarli har sonidan joy olayotgan “Namanganda II uyğoniş davri”, “Ortga qaytmas islohotlar”, “Poytaxtdagi namanganliklar”, “Raqamlar ortidagi hayot”, “Işonç va şaraf”, “Islohotlar tayançi” singari maxsus sahifa hamda ruknlar ostidagi materiallar muştariyni beixtiyor öziga çorlaşi aniq.

“Sport olamida”, “Javobi izlangan savollar”, “Mitti hikoyalar” deb nomlangan köngil­oçar sahifalar esa öquvçilar eʼtiboriga muttasil ravişda havola etilayotganligi, tabiiyki, öquvçiga maʼnaviy oziq bağişlayotgani tabiiy. Qolaversa, bunday materiallar doimiy berib borilişi obunaçilar safi kengayişida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bir voqea esimdan çiqmaydi. Mingbuloq tumani hokimi Tohirjon Rapiqov gazeta adadini 10 mingtaga yetkazişni rejalaştirgandi. 9500 nusxaga yetganida, u viloyat hokimi örinbosari vazifasiga tayinlandi. Kunlarning birida tumanga taşrifi çoğida salom-alikdan söng: “Aka, uzr, vaʼdamning ustidan çiqolmadim”, — deya qöllarini yelkamga qöygandi. Bu haqiqiy insongarçilik, yuksak maʼnaviyat belgisi. Koşkiydi, bugungi muassislarimiz ham u singari bölişsa…

Yuqorida taʼkidlaganimdek, gazeta taqdiri muassis bilan muharrirga boğliq, ayniqsa, viloyat, şahar va tuman hokimlariga. Tumanimiz hokimi Ahrorbek Mansurov taʼbiri bilan aytganda, eng avvalo rahbaru mutaxassislarni gazeta öqişga, tahririyatlar bilan hamkor bölişga örgatişimiz kerak. Bu borada “Namangan haqiqati” gazetasi tajribasini keng ommalaştiriş zarur.

Ötgan yarim asr davomidagi tajribalarimdan kelib çiqib, “Gazeta taqdiri — muassis bilan muharrirga ham boğliq” degan qatʼiy bir fikrga kelganman.

Qosimjon AKBAROV,

Mingbuloq tumani

“Mingbuloq” gazetasi muharriri,

“Şuhrat” medali sohibi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan