Navbatlar muammosiga yeçim bormi?

Sönggi yillarda mamlakatimizda bank tizimi faoliyatini yuksaltiriş, mijozlarga qulay şart-şaroit yaratiş böyiça qator islohotlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotning joriy etilişi mijozlarning işini yengillaştirdi.

Biroq ayrim holatlarda, ayniqsa, çekka tumanlarda joylaşgan bank filiallarida xizmat körsatiş sifati va tezligida muammolar haligaça bartaraf etilmayapti.

Masalan, oyim nafaqa yoşidalar. Şunday bölsa-da, tinib-tinçimaydilar. Zero, faqat nafaqa bilan rözğor tebratiş oson emas. Şuning uçun doimo şirin pişiriqlar ­tayyorlab sotadilar.

Bir kuni köproq buyurtma bölib qoldi. Mahalladan imtiyozli kredit oliş uçun tavsiyanoma berişdi. Şuni oliş uçun Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi “Xalq banki”ga bordik. Tumonat odam töplangan ekan, ança turib qoldik. Bitta kassa işlayotgan ekan. Biz, yiğilganlar: “Bir kişi ulgurmayapti, bunday iş jarayonida mijozlar ertangi kunga ham qolib ketadi”, deya iş boşqaruvçiga murojaat qilsak, boşqa imkoniyati yöqligini bildirişdi. “Bölmasa, özingiz çiqib işlang!” dedi navbat kutiş joniga tekkanlardan biri. Boşqaruvçi ham odam yetişmasligidan jahli çiqib turgan ekan, şekilli, qöpol javob qaytardi.

Aholining aksariyati özining kundalik yoki muhim moliyaviy işlarini bajariş uçun ertalabdan işidan yoki öqişidan ruxsat olib, yoş ona bölsa, bolalarini taşlab, bankka keladi. Ammo ayrim bank filiallarida kadrlar yetişmasligi, kassalarning yetarli emasligi yoki texnik nosozliklar tufayli birgina xodim bir vaqtning özida önlab mijozlarga xizmat körsatişga majbur böladi. Natijada uzun navbatlar tufayli odamlarning qimmatli vaqti isrof böladi, işlari bitmasdan, ertangi kunini ham şu işni hal qiliş uçun yöqotmoqda.

Bundan taşqari, yöl haqi, vaqt va mehnatning bekor sarflanişi iqtisodiy jihatdan ham zararli hisoblanadi va bunga hammaning ham imkoniyati yöq.

Bizningça, muammo hududlarda banklarning teng rivojlanmaganligi, mavjud kadrlar sonining aholi ehtiyojiga mutanosib emasligi yoki eʼtiborsizligi tufaylidir.

Bank kassalari sonini aholining talabidan kelib çiqib köpaytiriş, uzrli sabablarga köra xodim işga kelmaganida, örnini zaxira kadrlar bilan töldiriş, işga masʼuliyat ila yondaşiş hissini kuçaytiriş, mijozlarga yaxşi muomalada bölib, muammosi hal qilinişini taʼminlaş bank masʼullarining muhim vazifasi bölişi lozim.

Şu bois bank mutasaddilari jarayonga alohida eʼtibor berib, muammoni bartaraf etiş yöllarini izlaşlari kerak. Har bir mijoz bank xizmatidan köngli tölib, xursand bölib çiqib ketişini taʼminlaş davr talabi emasmi?

Kredit olişga tavsiya berayotgan mahalla uşbu işlarni onlayn tarzda bitkazişga yordam bersa, maqsadga muvofiq bölardi. Çunki qişloq joylarda kompyuter va internet hammadayam yöq. Mahallada esa bunday imkoniyat mavjud. Şu iş bilan şuğullanadigan mutaxassis ham bor. Axir bank xizmatlari sifatini yanada oşiriş aholi işonçini mustahkamlaydigan omillardan biridir.

Marjona MUSTAFOYEVA,

Özbekiston davlat jahon

tillari universitetining

xalqaro jurnalistika fakulteti

1-bosqiç talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan