Ma'muriyatchi ijodkor bo'la oladimi?
Ma'muriyatchi buyruq beradi, eski zamonda stol urib, baqir-chaqir qilar edi!
Hozir-chi? Xonaga kirganning qo'lidagi qog'oziga ishora qilib: “Tashlab keting, ko'rib qo'yaman”, deydi.
Ertasiga qog'ozni qaytarib, “tuzatib keling”, deb ba'zi joylarini chizib beradi!
Xodim hech narsa tushunmaydi…
Ijodkor ijod bog'iga kirib sayr qiladi: o'y-fikrlari — maqolami, she'rmi, pamflet, essemi, biror asarining bo'lagini yozib, rohat, qoniqishdan yengil tortadi.
G'oyadan xulosa: yaxshi danak chaqilsa, mag'zi shirin chiqadi. Ba'zan danagi achchiqlari ham uchrab turadi. Ulardan — ma'muriyatchidan hech qachon ijodkor chiqmaydi!
Yana qaydam, bugun qat'iy bir narsa deyish ham qiyin…
Yashin XO'JAYEV