Toğlarni uyqudan uyğotib qaytdim!

Sayyora SAMANDAR

Muallif haqida:

Sayyora Samandar 1968 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Şoiraning “Sizga aytolmagan sözlarim”,  “Könglum”, “…Va yana bahor”, “Ozodlikdek baxt yöqdir”, “Faqat işq”, “Mening haqiqatlarim”, “Matonatli Maryam qissasi”, “Mening Otam” nomli esse-xotira kitoblari naşr etilgan.

2025 yilda Ozarbayjonda “Oşiqlarga salom ayting” nomli şeʼriy töplami naşr etilgan.

2022 yilda “Şuhrat” medaliga sazovor bölgan.

(Gruziya daftari. Sairme ilhomlari)

* * *

Toğlar, nega jimsiz?

Daraxtlar?

Uyqu vaqti tamom!

MEN KELDIM!!!

 

* * *

Toğlar jimjit.

Atrof sukunat.

Toşlar göyo buyuk qayğuda.

Bulutlarga boşini qöyib,

Daraxtlar ham beğam uyquda.

 

Şunça sokin böladimi toğ

Qalbda vulqon otayotgan payt?

Oğuşiga çökib oromning,

Halovatga topilarmi vaqt?

 

Bildim, şoir kelmagan bunga,

Bu yerlarga kelmagan heç dard.

Daraxtlarni bir-bir silkitib,

Men toğlarni uyğotişim şart!

 

* * *

Daraxt bölmoq baxtdir heç yöqsa,

Bir yaxşilik naqddir heç yöqsa,

Yaşaş uçun vaqtdir heç yöqsa,

Dilim, yaşil yaproqqa aylan!

 

Umr — toğda esgan bir şamol,

Fursat ham yöq bermoqqa savol,

Vujudingga yetmasdan zavol,

Vatan degan bayroqqa aylan!

 

* * *

Toğda kezgan jayronim,

Goho dili vayronim,

Menday joni arzonim,

Seni olib ketaymi?

 

Majnuntolday xam damim,

Şodon damim, ğam damim,

Bölar eding hamdamim,

Seni olib ketaymi?

 

Dilim lola bölgaydir,

Jonim jola bölgaydir,

Haqqa nolam bölgaydir,

Seni olib ketaymi?

 

Yiğlab qolma izimdan,

Köz yoş solma izimdan,

Qarab tolma izimdan,

Seni olib ketaymi?

Yurgil, dilni titarmiz,

Köngil aro yitarmiz…

Ötli şeʼrlar bitarmiz,

Seni olib ketaymi?

 

Seni olib ketaymi?..

 

* yitmoq-yöqolmoq, adaşmoq

 

* * *

Jaholat zahrini kesgunça,

Johilning qahrini kesgunça,

Zang bosgan kişanni yeçgunça,

Toğlarni bağrimdan bermasman!

 

Irmoqlar daryosin topgunça,

Toşlarga urilib, çopgunça,

Ğaflatning közini yopgunça,

Toğlarni bağrimdan bermasman!

 

Oftobni boşimga qöygunça,

Köksimga işq sözin öygunça,

Bu zamin to Sözdan töygunça,

Toğlarni bağrimdan bermasman!

 

* * *

Bu toğlar bir menga zormidi,

Meningsiz notavon, xormidi,

Daraxtlar böyniga dormidi,

Men bilan toğ böldi bu toğlar.

 

Boşida römoli olmidi,

Bağrida qayğusi xolmidi,

Endi ham armoni qoldimi?

Men bilan toğ böldi bu toğlar.

 

Izimdan ergaşib ketguday,

Soçimga ilaşib ketguday,

Poyimni bir tavof etguday,

Men bilan toğ böldi bu toğlar!

 

* * *

Közlaring nedin nam demanglar,

Dilingda nedin ğam demanglar,

Könglungda nimang kam demanglar,

Şu toğlar zavqiga zordirman.

 

Tangaday kun tuşmas toğlarga,

Yumuş yöq qarğalar, zoğlarga,

Şifo bor alamlar, doğlarga,

Men asli osmonga yordirman.

 

Toşlarning ohiga eş böldim,

Xarsanglar dodiga eş böldim,

Bulutday çayqaldim, o, töldim,

Demak, men dunyoda bordirman!

 

* * *

Nigohim kökdadir.

Vujudim kökda,

Köksimga ulkan bir toğ kirdi göyo.

Ikki yelkam uzra köm-kök, yam-yaşil

Ikki daraxt ösib çiqdi, yo Xudo!

 

Peşonamdan öpdi samo ohista,

Közlarimga botdi yoruğ yulduzlar.

Mening özim haqda sözlay boşladi

Yuragimga çuqur botgan ildizlar!

 

* * *

Bağrida buloqlar köz oçgan,

Vasfida irmoqlar söz oçgan,

Tuproqda söqmoqlar yuz oçgan,

Kitobdir har toşi, Sairme.

 

Ranglarning nomini talaşgan,

Oşiqlar jonini talaşgan,

Gurjining şonini talaşgan,

Yo közi, yo qoşi Sairme.

 

Gullarning böyida adaşgan,

Köngilning köyida adaşgan,

Muhabbat öyida adaşgan,

Ohuning köz yoşi Sairme.

 

* * *

Yozingni yiğlamay kuzatgil,

Bağringni tiğlamay kuzatgil,

Dilingni dilimga uzatgil,

Biz kuzdan ötarmiz şon bilan.

 

Yomğirlar yelkangdan ezganda,

Yuraging bulutdan bezganda,

Çaqmoqlar joningni uzganda,

Biz kuzdan ötarmiz şon bilan.

 

Sen bunda, men unda yonarmiz,

Kunduzda ham tunda yonarmiz,

Işq qayda — biz şunda yonarmiz,

Biz kuzdan ötarmiz şon bilan.

 

Azim toğ! Dunyo şu. Yodga sol,

Xazonlar faslini qarşi ol,

Yoz ötdi. Kuzlarda yaxşi qol,

Biz kuzdan ötarmiz şon bilan!

 

* * *

Çiqmas sira yomğir alamdan,

Dilim içra tomadi çak-çak.

Böğzim aro maydonga tuşar,

Sözlar safga tizilib lak-lak.

 

Osmon aytar ğamgin qöşiğin,

Ariqlarning toşadi dardi.

Buloqlarning közlari giryon,

Daraxtlarning oşadi dardi.

 

Höl böladi jiqqa yuragim,

Istiğfor aytadi tinmasdan.

Men tutgan soyabon zor yiğlar,

Könglimni olişni bilmasdan.

 

* * *

Közlaring bir lahza yummagil,

Daraxtday uyğoq böl, uxlama.

Yiqilsang, osmonga yiqilgil,

Tuproqqa qulama, qulama.

 

Boşingni osmonga qöy, yuksal,

Uyğoqni osmon ham biladi.

Kördingmi, daraxtlar tun böyi

Tik turib ibodat qiladi.

 

* * *

Jismingga bir olov örmalar,

Ummonlar bilmaydi öçirib.

Yaxşiyam, o, qanday ulkan baxt! —

Vatanni bölmaydi köçirib.

 

Omonat joningni hovuçlab,

Tipirlar çap tomon kuraging.

Notekis uradi… oğriydi…

Vatanni soğingan yuraging.

 

* * *

Toğlarda adaşgan kiyigim,

Köksi ming sadpora kuyugim,

Oh, maning soddadil suyugim,

Közlari hayronam, hayronam,

Yuragi vayronam, vayronam.

 

Yölingdan qaşqirlar çiqsa goh,

Böğzingdan otilsa ötli oh,

Özlarin tortgaydir öşal çoh,

Ğambodam, ğambodam, ğambodam,

Dilporam, dilporam, dilporam.

 

Toşlardan toşlarga urilsang,

Tizzangdan qon sizib surilsang,

 

 

Dod solib qaytadan tirilsang,

Oh, joni ovvoram, ovvoram,

Beçoram, beçoram, beçoram.

 

Yiğlama, yelkangga tegsa öq,

Yiqilma, qaddingni egsa öq,

Yaxşiga omonlik yöqdir, yöq…

Oh maning, sayronam, sayronam,

Sayyoram, sayyoram, sayyoram…

 

Közlari giryonam, giryonam,

Oh, maning jayronam, jayronam…

 

* * *

Toğlarning bağriga lolalar ekdim,

Toşlarning yuzidan artdim gardlarni.

Buloqlar közini tozalab qöydim,

Soylarga oqizdim dardlarni.

 

Bulutlar çokiga çeçaklar taqdim,

Quyoşning yöliga tikladim narvon.

Zarrin nurlarini hovuç-hovuçlab,

Zamin uzra yoyib çiqdim bearmon.

 

Daraxtlar şovullab kuylay boşladi,

Yonib şeʼrlar aytdim, yonib söz aytdim.

Poyida şeʼr öqib takror va takror,

Toğlarni uyqudan uyğotib qaytdim!

 

2025 yil 28 avgust – 6 sentyabr,

Gruziya.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan