G'azallar
Zahiriddin Muhammad Bobur
Yor yuzumni ko'rub dardu g'amim bilsa kerak,
Yuz ko'rub dardu g'amim chorasini qilsa kerak.
Ey sabo, jonu ko'ngulni o'zining chun qildi,
Ko'ngli birla degasen, joni uchun kelsa kerak.
Vaslini ne qilayin, g'ayrdin ayrilmadi hech,
Yor vasli menga, u ag'yordin ayrilsa kerak.
Vaslining qadrini chun bilmadi
bu telba ko'ngul,
Hajrining tiyg'i aning yuragini tilsa kerak.
Shukr, Boburni bilurmen, degan ermish ul oy,
Lojaram, bandalarin shohlari bilsa kerak.
* * *
Keldi ul vaqtki, boshimni olib ketgaymen,
Olam ichra oyog'im yetganicha yitgaymen.
Istaram o'zni aziz elga ko'runmasliktin,
Necha o'zumni ulus ko'zida xor etgaymen.
Xalq yuz javr ila ishlar buyurur, kosh elning
Ne yuzin ko'rgamenu ne so'zin eshitgaymen.
Har sori borsa bu devona ko'ngul, ayb etma,
O'yla devona emaskim, ani berkitgaymen.
Dema Boburga, netarsen, bosh olib ketmak ne?
Tengrining xosti mundoq esa, men netgaymen.
