“Özbekistonda ajdodlar merosiga hurmat yuksak darajada”

Turkiyaning Anqara şahrida buyuk şoir Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligiga bağişlangan anjumanlarda bu eʼtirof alohida taʼkidlandi

Boş kotib sim qoqdi

Telefonim jiringlab qoldi. Kötardim. Taniş ovoz. “Ğayratbek, jaqsimisiz? Men Sulton Rayevman. Yonimda Şavkatjon Ortiqov ötiribdi, bilasiz, u TURKSOYning Özbekiston böyiça vakili. 9 fevral kuni gözal Toşkentning Adiblar xiyobonida Alişer Navoiy otamizning tuğilgan kuniga bağişlab ötkazilgan anjumanlar ovozasi Turkiyaga ham yetib keldi. Toşkentda boşlangan katta adabiyot bayramini Turkiyada – Anqarada ham davom ettirsak, nima deysizlar? Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi şu xayrli işga boş-qoş bölsa… Menga qolsa, bu tadbirni keçiktirmasligimiz kerak. Şu anjuman bilan boğliq barça yumuş va masalalarni Şavkatjon bilan birgalikda kelişib olsangizlar”.

Yaşirib nima qildim, Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti – TURKSOYning Boş kotibi, Qirğiz xalq yozuvçisi, “Kelajak poydevori” ­xalqaro mukofoti sohibi Sulton Rayevning dillarni yoruğ qiladigan uşbu taşabbusi bizga ham quvonç, ham ğayrat-şijoat bağişladi.

Bu yoruğ mujdani Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq şoiri, senator Sirojiddin Sayyidga yetkazdik. Bu taklif ustozimiz tomonidan ham qöllab-quvvatlandi…

Maqsad ezgu bölsa, murod ham tez hosil bölar ekan. Qutluğ niyatni amalga oşiriş maqsadida ­Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti – ­TURKSOY, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Özbekiston Respublikasining Turkiyadagi elçixonasi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Turkiya Yozuvçilar uyuşmasi va Anqara ijtimoiy fanlar universiteti hamkorlikda tadbirlarga tayyorgarlik işlarini boşlab yubordik.

Komil işonç ila aytaman: özbek – ona xalqimiz buyuk xalqdir. U jahon tamadduniga beqiyos hissa qöşgan alloma, şoir, adib va uluğ mutafakkir zotlarni bergan millatdir. Jahon ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va sanʼatida öçmas iz qoldirgan uluğ ajdodlarimizning har birlari Özbekistonning şonu şavkatini, özbek xalqi dovruğini yetti iqlimga yoyganlar va yoymoqdalar. Fikrlarimizning tasdiği ölaroq, muhaddis bobolarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, qomusiy allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, ilm-fan sohalaridagi olimlarimiz Mirzo Uluğbek, Al-Farğoniy, Al-Xorazmiy, tasavvuf ulamolari Hazrat Bahouddin Naqşbandiy, Xoja Ahror, uluğ adiblar Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi xalqimizning buyuk farzandlari nomlarini eslaşning özi kifoya.

Barçamizga maʼlum, “tengdoşi Pomiru oqsoç Tyonşon” (Erkin Vohidov – Ğ.M) bölgan özbek xalqining buyuk farzandi Alişer Navoiy nafaqat turkiy dunyo, balki başariyat şoiridir.

Şubhasiz, buyuk şoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alişer ­Navoiyning bebaho adabiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida muhim örin tutadi. Uluğ mutafakkir şoir öz asarlari orqali yuksak umuminsoniy ğoyalarni ilgari surgan, ona tilimizning beqiyos söz boyligi va mislsiz ifoda imkoniyatlarini butun körku jozibasi bilan körsatib bergan. Şu bois hazrat bobomiz dunyodagi millionlab asl söz va hikmat ixlosmandlari qalbidan munosib örin egalladi va egallab kelmoqda.

Keyingi yillarda Amir Nizomiddin Alişer Navoiyning boy va serqirra merosini har tomonlama çuqur örganiş, uning ölmas asarlarini yurtimizda va çet ellarda tarğib qiliş, xotirasini abadiylaştiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, şoir tuğilgan sana har yili yurtimizda va xorijiy davlatlarda keng nişonlanib, “şeʼr ahli aro jahongir” (Abdulla Oripov – Ğ.M) bölgan söz sanʼatkori ijodiga yuksak hurmat va ehtirom körsatilmoqda. Şu maʼnoda Anqaradagi anjumanlar ham haqiqiy maʼnoda “Majolis-un nafois” böldi, desak mubolağa bölmas.

Möʼjaz emas, möʼjiza kutubxona

Biz  Osiyo va Yevropa mintaqalari bir-biriga qöl bergan yurt sari uçdik. Uçoğimiz ertalab Turkiya poytaxti Anqara şahriga qöndi. Maqsadimiz Alişer Navoiy bobomiz tavalludining 585 yilligiga bağişlangan anjumanlarda iştirok etiş.

Ijodiy jamoamiz rahbari Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid. Jamoa tarkibida Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim, navoiyşunos olim, akademik Şuhrat Sirojiddinov, taniqli adabiyotşunos olimlar Nurboy Jabbor, Nafas Şodmon, Maqsud Asadov, Şahlo Hojiyeva hamda kamina va yangi manzaralar, yangi qiyofalarni qadam-baqadam tasvirga olib borayotgan televideniye xodimlari bor.

Biz, eng avval, Turkiya Xalq kutubxonasida böldik. Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan taşabbusi bilan bunyod etilgan Xalq kutubxonasi oçilişiga bağişlangan tantanali tadbirda iştirok etgan edi. Bu mahobatli inşoot maydoni 125 ming kvadrat metrdan iborat. Ön bir qavatli bino markazida katta gumbaz. Eng katta öquv zali “Jahonnoma” deb ataladi. U yerda dunyoning yuzdan ortiq davlatlaridan keltirilgan kitoblar tartib bilan terib qöyilgan. Aylana şakldagi öquv zali gumbazida Qurʼoni karimning Alaq surasi 4-5-oyatlari mazmuni: “U insonga qalam bilan yozişni va bilmagan narsasini örgatgan zotdir” degan yozuvlar bitilgan. Zalning 16 ta ustuni bölib, ular turkiy xalqlarning tarixiy ildizlariga ramziy işoradir.

Muhtaşam kutubxonada kitobxon uçun barça şaroit va imkoniyatlar muhayyo. Öqiş zallari, qadimiy qölyozmalarni restavratsiya qiliş laboratoriyasi, arxiv majmuasi, körgazmalar va bolalar maydonçalari, avtoturargohlar, körkam xiyobonlar, dam oliş xonalari, taomxona va qahvaxonalar… Xullas, hamma-hammasi mavjud. Kutubxona boşliği Ayxan Tuğlu: “Hozirda beş yarim milliondan ortiq bosma manbaga egamiz. Kutubxonamiz borgan sari boyib bormoqda. Ayniqsa, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan mingta kitob tuhfa qiliş qarorlaringiz şu kunlarning eng yaxşi xuşxabari böldi. Buning uçun, albatta, katta rahmat. Yana bir maʼlumot, kutubxona bir vaqtning özida beş ming öquvçini qabul qila oladi. Biz kitobxonlarimizni har kuni çoy, qahva, yengil taomlar bilan mehmon qilamiz”, – deya tölib-toşib sözladi.

Kutubxona sayohati hayratimizga hayrat, zavqimizga zavq qöşdi. Barçamiz Özbekiston rahbari sovğa qilgan kitoblarni körişga oşiqardik. Niyatimizni közlarimizdan anglagan kutubxona boşliği Ayxan Tuğlu bizni öşa tomonga boşladi. Prezidentimiz tomonidan tuhfa qilingan dunyoda öta noyob bölgan “Usmon Mushafi”ning xattotlarimiz tomonidan köçirilgan nusxasi, Jaloliddin Rumiyning maşhur “Masnaviy” asari hamda Abu Bakr ar-Roziyning “Kasalliklar tarixi” asari qölyozmalarining faksimile nusxalari, “Alişer Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari” nomli kitob-albom, Yunus Emro şeʼrlarining özbek tiliga tarjimasi jamlangan “Ölmas köngul” deb nomlangan javohirlarni körib, quvondik. Keyin biz ham kutubxonaga yangi kitoblar – Oybek, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Anvar Obidjonlarning “Tanlangan asarlar”i, adib Xayriddin Sultonning “Yaldo keçasi” hamda özimizning kitoblarimizni hadya qildik.

Öz navbatida Anqaradagi Xalq kutubxonasi xodimlariga mamlakatimizda kitob va kitobxonlikka berilayotgan eʼtibor, bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli işlar haqida gapirib berdik. Ayniqsa, Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Yangi Toşkentda qariyb 4 gektar maydonda Özbekiston Milliy kutubxonasining yangi binosi barpo etilayotganligi bilan boğliq xabarimiz mezbonlarni qiziqtirib qöydi. Milliy kutubxonamizning yangi binosi milliy meʼmorçilik anʼanalari va zamonaviy arxitektura yeçimlarini uyğunlaştirgan holda loyihalaştirilgan. Tört qavatli inşootning umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ziyod bölib, bir vaqtning özida 1 ming 420 nafar kitobxonga xizmat körsatadi.

Majmua köp tarmoqli bölib, xalqaro va milliy yirik kutubxonalarning elektron bazalariga onlayn ulaniş imkoni, közi ojiz kitobxonlarga maxsus öqiş va tadqiqot olib boriş uçun barça şaroitlar yaratiladi. Şuningdek, taşrif buyuruvçilar uçun 300 örinli qahvaxona, galereya, yengil sport öyinlari maydonçalari va dam oliş hududlari barpo qilinadi.

Prezidentimiz, ilm-fan va maʼnaviyatga sarmoya kiritgan davlatning iqtisodiy salohiyati ham barqaror va yuqori böladi, degan mazmundagi fikrlarni köp taʼkidlaydilar. Hikoyamizga diqqat qilib, quloq berib turgan mezbonlar “mamlakatingizda barpo etilayotgan uşbu kutubxonaning dovruği, dunyoning eng maşhur kutubxonalari donği kabi, butun olamga taralsin”, deb niyat bildirdilar.

Yonimizda, qalbimizda

Alişer Navoiyning haykali ilk bora qaysi xorij davlatida örnatilganini bilasizmi? Ha, topdingiz! 1968 yilda Qirğizistonning Öş şahrida. Özbekiston  mustaqillikni qölga kiritganidan keyin uluğ ajdodimizga bölgan ehtirom haddi aʼlosiga yetdi. 2002 yili Moskvada, 2004 yili Tokioda, 2008 yili Bokuda, 2017 yili Şanxayda, 2018 yili Duşanbeda, 2019 yili Minskda, 2021 yili Seulda, 2023 yili Ostonada Alişer Navoiyga yodgorliklar örnatildi. Nazarimda, bu haykallar faqatgina uluğ ajdodimizga bölgan hurmat va eʼzoz bölib qolmay, balki buyuk xalqimiz va Vatanimizga körsatilgan eʼtibor va ehtirom namunasi hamdir.

Yana ham quvonçlisi, har yili fevral oyida bobomiz haykali örnatilgan şaharlarda  adabiy-maʼrifiy tadbirlar bölib ötadi. Uluğ şoir haykali poyiga gullar qöyiladi. Ğazallar va ijodkor qalamiga mansub aşʼorlar qöşiq qilib kuylanadi.

2024 yildan buyon Anqarada ana şunday anjumanlar anʼana tusini oldi. Darvoqe, Anqara şahri Keçiören tumanidagi Alişer Navoiy haykali mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi tantanalari doirasida oçilgan.

Anqara şahrida Alişer Navoiyning 585 yilligi tamomila özgaça nişonlandi. Tadbirlar Alişer Navoiy haykali poyiga gul qöyiş marosimidan boşlandi. Adabiy yiğinda Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti – TURKSOY Boş kotibiyati, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi, Anqara şahri Keçiören tumani hokimiyati vakillari, Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Turkmanistondan taşrif buyurgan navoiyşunos olimlar, taniqli şoir va yozuvçilar iştirok etdi. Sözga çiqqanlar Navoiyning bemisl ijodiy va ilmiy merosi xususida söz yuritdilar. Şoirlar hazratga bağişlangan şeʼrlaridan öqib berdilar. Sölim boğ bağrida qad rostlab turgan bobomiz siymosiga boqib, xayolimda ul zotning şu satrlari takrorlandi:

Sözda, Navoiy, ne desang çin degil,

Rost navo nağmaga tahsin degil.

Oradan salkam olti asr vaqt ötdi. Bir qaraganda, Navoiy uzoq ötmişda qolganday tuyuladi. Ammo şoirning gavhar sözlari, sadafdek satrlari fikringizni inkor etadi. Va beixtiyor, yöq, Navoiy ötmişda emas, yonimizda, qalbimizda, bizning zamondoşimiz, deb yuborganingizni özingiz ham sezmay qolasiz. Yana bir eʼtiborli jihati, olti yuz yil naridagi zamondoşimiz bugun barçamizni bir manzilda jamlab, bizga tinçlik, birdamlik, yakdillik, ezgulik, insoniylik, Vatanu millatparvarlikdan saboq berib turibdi.

Ehtirom va eʼzoz

Alişer Navoiy haykali poyidagi tadbir yana bir qutluğ anjumanga ulanib ketdi. Turkiyaning Anqara şahrida joylaşgan Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti – TURKSOY Boş qarorgohida buyuk şoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Mir Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Alişer Navoiy – turkiy adabiyotning buyuk namoyandasi” mavzusida xalqaro anjuman ötkazildi.

Tadbirda Qozoğistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Yerkebulan Sapiyev, Turkmanistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Mekan Işanguliyev, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq şoiri Sirojiddin Sayyid, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinov, Anqara ijtimoiy fanlar universiteti rektori, Turkiya Yozuvçilar uyuşmasi raisi Muso Kozim Arijon, TURKSOY Yozuvçilar uyuşmasi raisi Uluğbek Eşdavlat, Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim, şuningdek, Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Turkmanistondan kelgan navoiyşunos olimlar, taniqli şoir va yozuvçilar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari qatnaşdi.

Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi – Spiçrayteri, Özbekiston xalq yozuvçisi Xayriddin Sultonovning anjuman iştirokçilariga yöllagan videotabrigi namoyiş etildi.

Videotabrikda, jumladan, şunday sözlar yangradi: “Buyuk bobomiz Alişer Navoiyning “Degonimni ulusqa marğub et”, yaʼni ijodimni xalqqa manzur qilgin, degan orzusi, mana, 585 yildirki, ijobat bölib kelmoqda. Hazrat Navoiy şaxsiyati va asarlarining tengsiz sehri va jozibasi, kuç-qudrati bor. Bu daho sanʼatkor asarlarini neça yuz yillar davomida millionlab insonlar öqib, bahra olib keladilar va ular qaysi millat va elat vakillari bölmasinlar, dunyoning qaysi burçida yaşamasinlar, özlarini öylantirayotgan, qiynayotgan savollarga öz davrining maʼnaviy va ruhiy muammolariga Navoiy ijodidan javob topa oladilar”. Videotabrikda bildirilgan fikrlar tadbirda sözga çiqqanlar tomonidan ham alohida eʼtirof etildi. Zero, bu fikrlar Alişer Navoiy ijodining mazmun-mohiyatini anglaşda mutaxassislarga ham, oddiy kitobxonlar uçun ham ­dasturilamal bölib xizmat qiladi.

TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev maʼruzasi davomida: “Özbekistonda ajdodlar merosiga hurmat, uni asrab-avaylaşga bölgan eʼtibor juda yuksak darajada. Faqat olimlar, akademiklar emas, balki yoşlar ham Navoiyni, Boburni yaxşi biladi. Ularning şeʼrlari, ğazallarini yoddan aytadi. Bu juda muhim. Bu – Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning adabiyotga, madaniyatga, kitobxonlikka qaratayotgan yuksak eʼtibori natijasidir”, – deya alohida taʼkidladi. Sulton Rayev öz fikrlarini şunday davom ettirdi: “Özbekiston tarixda ikki Buyuk Renessansga asos solgan. Hozir Uçinçi Renessansga poydevor qöyiş uçun harakat qilin­yapti. Heç şubha yöqki, Uçinçi Renessans uçun aynan Navoiy merosi muhim asos bölib xizmat qiladi. Alişer Navoiy asarlari badiiy, falsafiy, ilmiy jihatdan mukammal asarlargina emas, balki ongimizga kuç-quvvat beradigan, insonlarni, ellarni, xalqlarni bir-biriga birlaştiradigan maʼnaviy makon hamdir”.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid öz maʼruzasida mamlakatimizda maʼnaviyat va maʼrifatni rivojlantirişga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan Turkiy davlatlar taşkiloti doirasida taʼsis etilgan Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofotning ahamiyati haqida söz yuritdi. Jumladan, Sirojiddin Sayyid: “Biz Navoiyni yod etar ekanmiz, aslida öz umumiy xotiramizni, umumiy vijdonimiz va umumiy kelajagimizni yodga olamiz”, – dedi. Söng Alişer Navoiy ğazalidan ilhomlanib bitilgan “Közung ne balo…” nomli muxammasini öqib berdi.

Özbekiston xalq şoiri Usmon Azimning “Axir, Navoiy bor, Navoiy bordir” şeʼri ötirganlarning ong-şuuriga nur bağişladi. Şundan söng Yildirim Boyazid universiteti professori, doktor Funda Toprak, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi professori, doktor Saodat Şihiyeva, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori örinbosari, professor, filologiya fanlari doktori Maqsud Asadov, qirğizistonlik professor Jidiger Saalayev, TURKSOY Yozuvçilar uyuşmasi raisi Uluğbek Eşdavlat, Anqara universiteti til, tarix va geografiya fakulteti professori, doktor Berdi Sariyev Alişer Navoiy ijodining turkiy dunyo adabiyotiga taʼsiri va bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bayon qildilar.

Anjuman doirasida turkiy dunyo madaniyati va adabiyoti rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh ziyolilar TURKSOY tomonidan mukofotlandi. Xususan, Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim va akademik Şuhrat Sirojiddinov TURKSOYning Oltin medali, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov TURKSOY medali bilan taqdirlandi.

Yetti iqlim xaridori

Anqara ijtimoiy fanlar universitetida “Alişer Navoiy va turkiy dunyo” mavzusida ilmiy anjuman ötkazildi. Anjuman TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid, Özbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Ilhom Haydarov hamda Anqara ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor Muso Kozim Arijonning kiriş sözlari va samimiy tilaklari bilan boşlandi hamda ikki şöʼbaga bölingan holda öz işini davom ettirdi. Birinçi sessiyaga professor Bilol Çakiji, ikkinçisiga professor Selçuk Joşkun raislik qildi. Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Turkmanistondan kelgan soha mutaxassislari, olimlar va yozuvçilar Navoiy şaxsiyati, qaraşlari va turkiy dunyo tafakkuriga qöşgan hissasi haqida atrofliça söz yuritdilar.

Xususan, filologiya fanlari doktori, professor Nafas Şodmonov, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professori, doktor Veli Savaş Yelok, filologiya fanlari doktori Şahlo Hojiyeva va boşqalar Navoiy merosining ahamiyati va turkiy dunyodagi örni haqida söz yuritişdi.

Turkiyaning Anqara şahrida bölib ötgan bu tadbirlarni kuzatib, yana xayolimdan uluğ şoirning “Sabʼai sayyor” dostonidagi quyidagi misralari ötdi:

 

Degonimni ulusqa marğub et!

Yozğonimni köngulga mahbub et!

         

Tilga lafzini noguzir ayla,

Jonğa nazmini dilpazir ayla!..

 

Xalqqa zebi torak ayla ani!

Öquğonğa muborak ayla ani!

 

Yetti aflokni anga yor et!

Yetti iqlim elin xaridor et!

 

Körib turibmiz, hazratning aşʼori nafaqat turkiy dunyo, balki yetti iqlim elini öziga xaridor etib kelmoqda. Işonçimiz komil, uluğ bobomizning merosi yana köp asrlar mobaynida insoniyatni kamolot sari yetaklayveradi.

Ikki dengiz birlaşganda

Turkiya safarining yana bir esda qoladigan jihati haqida töxtalib ötmasam bölmaydi. Bizning köp yillik orzularimiz uşaldi. Özbekistondan borgan ijodiy jamoaga Könyo şahrida Mavlono Jaloliddin Rumiy va Şams Tabriziy hazratlari yotgan tabarruk maskanni ziyorat qiliş nasib etdi. Men bu muborak zotlar haqida köp eşitganman, öqiganman. Masalan, Şamsiddin Aflokiyning “Manoqib ul-orifiyn”, Mavlono Jomiyning “Nafahot ul-uns”, Alişer Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarlarida ğoyat ibratli sözlar bor. Mavlono Jaloliddin Muhammad Rumiy-Balxiy hijriy 604 yil robiʼul-avval oyining 6-kuni (milodiy 1207 yil 30 sentyabrda) Balx şahrida dunyoga kelganlari aytilgan.

Atoqli şoir va tarjimon Mirzo Kenjabekning “Jaloliddin Rumiy saboqlari” maqolasida şunday maʼlumotlar bor: “U zot amirul-möʼminin – hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu avlodidandir. Otasi Bahouddin Valad Xuroson podşohi Alouddin Muhammad Xorazmşoh qizining farzandi hisoblanadi. Bahouddin Valad şariat va tariqat ilmlarida kamolga yetgaç, hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maʼno olamida u zotga Sultonul-ulamo – olimlar sultoni deb nom beradilar. Bu hol boşqa zotlarga ham tuş orqali bildiriladi. Hazrati Jaloliddin ana şunday şarafli oilada dunyoga keladilar.

Hazrati Jaloliddin Muhammadning kamol topmoğida bir neça aziz siymolarning nazar va xizmatlari bor. Bulardan boşida u zotning otalari “Sultonul-ulamo” – Bahouddin Valaddan boşlab, Sayyid Burhonuddin Muhaqqiq Termiziy, şayx Fariduddin Attor, şayx Şamsi Tabriziygaça davom etadi. Xususan, şayx Şamsi Tabriziy Mavlono hayotida ğoyat muhim örin tutgan sevikli siymodir. Hazrati Mavlono Şamsi Tabriziyni topgunlariça boşqa bir umrni, undan keyin boşqa bir umrni yaşadilar. Könyo şahrida bu ikki zot uçraşgan joy “Majmaʼul-bahrayn” – “Ikki dengiz birlaşgan joy” deb atalgan”.

Bir rivoyat bor: Şamsi Tabriziy aytadi: “Haq taologa yolvorib: “Meni avliyolaring qatoriga qöşgil va ularga birodar aylagil!” deb köp iltijo qilar edim. Tuşimda menga: “Seni bir valiyga birodar qilgaymiz!” deyildi. Men esa: “Ul valiy zot qayerda?” dedim. Bu tuşdan keyin menga uç marta ketma-ket: “Sen istagan valiy Rum diyoridadir!” deyildi. Ular, rivoyatda aytilgani kabi, Rumda diydorlaşadilar. Şu ikki uluğ avliyoning uçraşgan joyini “ikki dengiz birlaşgan joy” deyişadi.

Bizni şahar böylab olib yurgan mezbon tilidan bol tomib Könyoni taʼriflaydi: “Şahrimizning hududi Yevropaning 11 mamlakatidan ham katta. Aholisi böyiça Turkiyada oltinçi örinda turadi. Könyo payğambarlar şahri. Bu yerda olti nafar payğambarning ravzasi bor. Yana Könyo “avliyolar şahri” ham deyiladi. Negaki,  bu zamin köplab avliyolar, şoiru adiblarning beşigini tebratgan. Turkiyaga kelayotgan sayyohlarning juda köp qismi aynan şu qutluğ tuproqni ziyorat etiş istagi bilan Turkiyaga kelişadi”.

Ana şunga öxşaş maʼlumotlar bizning qalbimizda Mavlono Jaloliddin Rumiy va Şams Tabriziy hazratlariga muhabbat paydo qilgan. Şukur, şu uluğlarni ziyorat qiliş nasib etdi.

Milliy ğurur ramzi

Turkiya safari çoğida yana bir bor amin böldimki, Alişer Navoiy jahon adabiyotining uluğ siymolaridan biri, şoir, mutafakkir va davlat arbobi, turkiy madaniyat taraqqiyotida buriliş yasagan, millatimizning milliy ğururi ramziga aylangan buyuk zotdir. Hazratning merosi xalqimizning milliy, badiiy tafakkuri, madaniyati tarixida butun bir davrni taşkil etadi. Söz mulkining sultoni nurli qalami ila yaratgan bezavol adabiy meros zamon va makonlar oşa abadul-abad yaşayveradi. Ezgulikka, yaxşilikka intilgan ellar va yurtlar bilan hamnafas, hamqadam boraveradi.

Ğayrat MAJID.

Toşkent – Anqara – Könyo – Toşkent.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan