Egri yölning oxiri voy…
Bu hayotda nopok yöl bilan boylik orttirişni öziga “kasb” qilib olganlar ham uçraydi. Bir söz bilan aytganda firibgarlik.
Xususan, Toşkent şahrida yaşovçi X.Q. muqaddam bosqinçilik, tovlamaçilik, öğrilik jinoyatini sodir etganligi uçun ozodlikdan mahrum etilgan edi. Biroq u bu gal özgalarni aldaganligi uçun yana sudlandi. Gap şundaki, H.Q. ötgan yili 6 sentyabr kuni poytaxtimizning Olmazor tumanida joylaşgan Talabalar şaharçasida bir fuqaroni aldaydi.
Öşa kunlari F.H. “Spark” avtomaşinasini taʼmirlab, sotiş uçun bozorga olib çiqadi. Şunda unga bozorda avtomaşina oldi-sotdisi bilan şuğullanadigan tanişlar telefon qilib, xaridor borligini aytişadi. F.H. xaridor bilan uçraşiş uçun Talabalar şaharçasidagi notarial idoraga boradi. U xaridor X.Q. bilan maşinani 7 300 AQŞ dollariga savdolaşadi. Xaridor bölib tölaş şarti bilan boşlanişiga 1000 AQŞ dollari va pulning qolgan qismini 30 oy davomida har oyda 250 AQŞ dollaridan beradigan böladi. Sotuvçi “Spark”ni sotiş huquqisiz faqatgina boşqariş huquqi bilan işonçnoma qilib beradi. Şu örinda jabrlanuvçining suddagi körsatmasini keltirsak:
— Özaro savdolaşişimizdan keyin X.Q. maşinani haydab ketdi. Pul berişi kerak bölgan vaqtda esa telefon qilsam, javob bermadi, turli bahonalar bilan meni aldab yurdi. Keyin bilsam, maşinani begona fuqaroga sotib yuborgan ekan. Aldanganligimni bilganimdan keyin huquq organlariga murojaat qildim. Hozirda X.Q. tomonidan menga yetkazilgan moddiy zarar töliq qoplangan. Unga nisbatan heç qanday daʼvom yöq.
X.Q.ning qarmoğiga ilinganlardan yana birining suddagi körsatmasi:
— Ötgan yili dekabr oyida avtomaşina sotib oliş uçun Sergelidagi bozorga bordik, – dedi jabrlanuvçi Yu.D. — Bozorda Bahodir ismli maşina oldi-sotdisi bilan şuğullanadigan şaxs “Spark” rusumli avtomaşinani körsatib, X.Q. bilan taniştirdi. Şunda biz maşina egasiga boşlanğiç tölov sifatida 1 400 AQŞ dollari berişga va har oyda 400 AQŞ dollaridan 13 oy davomida ijara pulini tölaşga kelişdik. Puli töliq tölangaç, u menga “Spark”ni rasmiylaştirib beradigan böldi. Öşa kuni işonçnoma qilib bering, deganimda, u: “Bugun notarius işlamaydi, ertaga hammasini qilib beraman”, dedi. Keyin bilsam, u firibgar ekan…
Yaqinda beş marta sudlangan X.Q.ning jinoiy işi sudda körib çiqildi. Unga nisbatan jazo turi va miqdorini tayinlaşda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, uning şaxsi, şuningdek, u jazoni ötaş davrida ğaraz niyatda yana yangi jinoyatni sodir qilganligi oğirlaştiruvçi holat deb baholandi. Şunday qilib, X.Q. uzil-kesil 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jinoyat kodeksining tegişli moddasiga asosan X.Q. öta xavfli retsidivist deb topildi.
Agarda X.Q. töğri yöldan yurib, halol mehnat qilganida, boşiga bunday kunlar tuşmasdi. 18 yoşida jinoyatga qöl urib, mazmunsiz hayot keçirgan bu yigitning qismati hammamizni öylantiradi. Nega u egri yöldan yurdi? Uning bu ahvolga tuşişiga nimalar sabab böldi ekan?..
Bahodir QAYUMOV,
Jinoyat işlari böyiça
Yakkasaroy tuman sudining sudyasi.
