Namangan şahar hokimi qamoqqa olindi

image description

Namangan şahar hokimi va poyabzal işlab çiqaruvçi masʼuliyati çeklangan jamiyat rahbari özaro til biriktirib, quriliş sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqarodan şahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylaşgan maʼnan eskirgan turar-joy binolari örniga köp qavatli uy barpo etiş huquqini olib beriş va moliyalaştiriş evaziga 60 ming AQŞ dollari talab qilişadi.

Ötkazilgan tezkor tadbirda dastlab MÇJ rahbari uşbu söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, şahar hokimi özining yana bir işonçli odami bölgan – hokimlikning devonxona mudiri orqali MÇJ rahbaridan 60 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.

Hozirda Namangan şahar hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan unga va devonxona mudiriga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.

Manba: platformauzb

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan