Tuğilmasdan sotilgan çaqaloq

Ança vaqtdan buyon xufiyona uçraşib yurgan Azizaning Tölqin bilan turmuş qurişga köngli bor edi. Ammo yuborilgan sovçilarga uning ota-onasi: “Tölqin tuturiqsiz bola, qizimga töğri kelmaydi”, deb rozilik berişmadi. Tölqin: “Faqat seni deganman”, deya Azizani işontirib, ikkovi birgalikda uylaridan — Oltinsoy tumanidan boşqa joyga qoçib ketişga köndirdi. Ular Şörçi şahrida istiqomat qiluvçi Asiya degan bir tatar ayolning uyida qönim topişdi — ijarada turişga kelişişdi.

“Biz er-xotinmiz, şaharga işga joylaşdik, siznikida yaşab turaylik”, deya tatar ayolni işontirişdi. Ammo köp vaqt ötmasdan, işsiz yurgani uçun iqtisodiy jihatdan oğir ahvolga tuşib qolgan Tölqin Azizaga dabdurustdan:

— Meni kutib ötirma, bu yoğiga öz kuningni özing köraver, — dedi-yu, mardikorçilik qiliş uçun Rossiyaga jönab ketdi.

Aziza turgan joyida taraşadek qotib qoldi. Na Oltinsoyga — ota-onasining uyiga bora oladi, na boşqa qarindoş-uruğinikiga. “Ota-ona roziligisiz uydan qoçib ketgan özboşimça qizning jazosi şu! Battar böl!..” deya özini özi qarğab-qarğab, boşi oqqan tomonga çiqib ketdi. Yöl-yölakay Uzun tumanida yaşaydigan Muhabbat ismli ayol bilan tanişib, butun dardini unga tökib soldi.

— Senga juda qiyin bölibdi-da, — deya Muhabbat unga açindi va yupatişga çora topdi. — Jarqörğonga boraylik. Şarofat degan tanişim bor. Uning oşxonasiga işga joylab qöyaman. Ham işlaysan, ham yaşaşga joy qilib berişadi.

Avtobusdan tuşib oşxonaga borişgaç, Muhabbat içkariga “Şara” deb ovoz berdi. Taniş ovozni eşitişi bilanoq içkaridan çiqqan ayol: “Iya, Muxa! Seni qanday şamol uçirdi?” deb u bilan apoq-çapoq tarzda körişdi.

— Şara, koroçe, şu qizni taşlab, eri Rossiyaga “çizib” yuboribdi. Köryapsanmi, homilador ekan. Biror yengilroq iş topib berib, qaraşib turgin, savob böladi, — deb Azizani unga topşirdi-da, özi qaytib ketdi.

— Oşxona özingiznikimi? — deya boşpana topilganidan xursandçiligini yaşirolmay söradi Aziza Şarofatdan.

— Yöq. Oşxona Sayyora degan ayolniki, biz erim Muzaffar bilan uni ijaraga olib işlatyapmiz.

Aziza şu kuniyoq işga kirişib ketdi. Qisqa vaqtda Şarofat bilan opa-singildek bölib qoldi. Ammo bir hafta ötgaç, muloyimgina köringan Şarofat har xil qiliqlar körsatib, Azizani öz noğorasiga öynatişga urindi. Aslida, u pixini yorgan ayyor ayol ekanini Aziza payqagandi. Oşxona içkarisidagi xonalardan birini fohişabozlarga ajratib qöygan ayyor ayol qöşmaçilikni kasb qilib olgan ekan. U Azizani ham, homiladorligiga qaramasdan, şu jirkanç maqsadi yölida majburlab, qurbon qildi. U qöl ostida işlaydiganlarni ham “mijoz”lariga pullab, daromad topardi.

Iflos yöl bilan pul topişni kasb qilib olgan Şarofat özidan 10 yoş kiçik bölgan Muzaffarni törga ilintirib, unga tegib olgandi. Öta şafqatsiz, oçköz ayol hattoki oy-kuni yaqinlaşayotgan Azizaning beli, qorni oğriganiga ham açinmasdan, uni kosa-tovoq yuvişga majburlar, urib-turtib işlatardi. Eng dahşatlisi esa, mast-alast, qöpol “mijoz”lar quçoğiga ikkiqat Azizani zörlab kiritardi. Beçora Aziza zor-zor yiğlasa-da, uning iltijolariga parvo ham qilmasdi.

Bir kuni u Şarofat eri bilan birga uning tuğilajak farzandini sotib, uy qurmoqçi bölayotganini eşitib qoldi. Dardini kimga aytişni bilmay, azoblanib yurgan kunlarining birida Aziza ovqatlanişga kelgan bir ayol bilan suhbati soz kelib, unga dilidagilarni tökib soldi: “Hali tuğilmagan bolamni er-xotin tortib olib, sotmoqçi bölişyapti”, dedi. Undan yordam sörayotgan paytida Şarofat Azizani çaqirib ketib, yana “haligi xona”ga kiritib yubordi.

Aziza ança vaqtdan söng yiğlab çiqib kelganida, boyagi dardlaşgan ayol hali ham çoy içib ötirgan ekan. U özini “Zebo” deb taniştirdi, Xöja qişloğida yaşaşini, Jarqörğondagi somsaxonalardan birida işlaşini aytib: “Vaqt topib boring, dardlaşib turamiz”, dedi.

Bir neça kundan söng Zeboning özi Azizani qidirib oşxonaga keldi. Keç bölib qolgani uçun uyiga ketolmasdan, Azizaning yonida yotib qoldi. Uning butun dardini tinglab, juda açindi. Qanday bölmasin, unga yordam berişni köngliga tukkan Zebo bir kuni Sariosiyodagi tanişinikiga borganida, Azizaning taqdiri töğrisida dugonasiga gapirib berib, maslahat söradi.

— Beçora qizga rosa jabr bölibdi-da. Unga qanday yordam bersak bölar ekan? — deya Zeboning tanişlari Muborak Şaripova va Gulçehra Qöziyeva öyga tolişdi.

— Tuğilajak farzandini sotadigan bölsa, uni özimiz olib, söngra onasiga qaytarsak ham savobga qolardik, — deyişdi ular. — Yoki organga xabar berganimiz maʼqulmikan?

Xullas, puxta reja tuzildi. Zebo Jarqörğonga qaytişi bilanoq Şarofatga uçraşdi.

— Bir xolamga farzand kerak edi. Qayerdan çaqaloq topişni bilmay yuribdi. Mabodo siz şu haqda biron-bir xabar eşitgan bölsangiz… — deya Zebo gap boşlagan edi, Şarofat darhol:

— Zebojon, çaqaloq ikki-uç kunda hal böladi. Manavi Aziza çaqaloq tuğadi, uning boradigan joyi ham yöq. Xolangizga bemalol xabar qilavering, — dedi.

Şu zahoti Zebo Sariosiyodagi tanişiga qönğiroq qildi. Muborak bilan Gulçehra ertasi kuniyoq Jarqörğonga keladigan bölişdi.

Ertalab Jarqörğon şoh bekati yonidagi köprik ustida Şarofat bilan Zebo mehmonlarni kutib oldi.

— Yo, Mubo, özingmisan? Guli ham bor-ku! — deya quvonib ketdi Şarofat. — Zebo aytgan sizlarmi hali?

Mehmonlar ham hayajonda edi:

— Şara, uçraşuvimizni qaragin-a!

Zeboni qörquv bosdi: “Nahotki ular avvaldan taniş bölişsa?..”

Uçraşuvdan söng töğri oşxonaga kirib, stol atrofida ötirişdi. Aroqning tozasidan oçildi, çaqçaqlaşib ötirişdi.

— Çaqaloq hozirça tuğilgani yöq. Bir neça kundan söng u dunyoga keladi, bu yoğini kelişib qöyaveraylik, — dedi Şarofat. — Eng muhimi, u begona bölmayapti.

— Mayli, öğil bölsa, yetti million, qiz bölsa, beş million söm sanayman, — dedi Muborak, — yaxşi bilasan, farzandga zorman.

— Şu bilan qutulmoqçimisan? Suyunçisiga bitta katta qöy ham berasan! Eringni çöpon deb eşitganman… — dadil gapirdi Şarofat.

Muborak rozi böldi: “Bitta qöy bölsa, böpti-da. Xabaringni keçiktirma, kutamiz!”

Bu orada Azizaning közi yoridi. Qiz tuğildi. Şarofat telefon orqali xaridor ayollar bilan boğlandi.

— Azizaning pasporti yöq, guvohnomasi Şörçidagi Asiya opaning qölida ekan. Uning yaşaş joyi — Oltinsoy tuman qişloq fuqarolar yiğinidan ham maʼlumotnoma kerak ekan.

— Taksi tayyor, — deyişdi ayollar, — faqat özingiz birga yöl boşlab borsangiz bölgani.

Bungaça Zebo Usmonova, Muborak Şaripova, Gulçehra Qöziyeva viloyat içki işlar boşqarmasiga maʼlumot berib qöyişgandi. Huquqiy idoradagilar özlarining xodimi — Anvar ismli yigitni kirakaş qilib yuborişdi.

Ayollar taksida Oltinsoy va Şörçiga borib, maʼlumotnoma hamda guvohnomani olib qaytişdi. Öşa kuniyoq Aziza bilan qizçasini ham tuğuruqxonadan çiqarib, töppa-töğri Jarqörğondagi tandir kabob oşxonasiga kirib borişdi. Dasturxonga tandir göşt, aroq va boşqa noz-neʼmatlar tortildi. Bir piyola çoydan söng Anvar maşinadan pul solingan salafan xaltaçani kötarib keldi.

— Mana, içida roppa-rosa 5 million söm pul bor.

— Bu bilan qutulmaysizlar. Hujjatlar, tuğuruq xarajatlariga 500 ming söm, yana bitta qöyni olib keling, — deya oyoq tirab turib oldi Şarofat Röziyeva va uning eri Muzaffar Hazratqulov. — Ungaça maşinaning hujjatlarini garov tariqasida berib ketasiz, deb talab qöydi.

— Hujjatlar yölda kerak böladi. Menga işoning, opajon, tilxat yozib beraman, çin sözim, — deya “yalindi” Muborak.

Er-xotin biroz yumşab, pullarni sanab olişdi. Muştipar onani zor qaqşatgan Şarofat çaqaloqni Muborakka olib berdi. Xuddi şu mahal viloyat IIBB tezkor guruhi va jinoyat qidiruv bölimi xodimlari vijdonsiz er-xotinni jinoyat ustida qölga olişdi.

1969 yilda tuğilgan Şarofat Röziyeva va 1978 yilda tuğilgan, Loyqand mahallasida röyxatda turib, Oqqörğon mahallasida yaşovçi Muzaffar Hazratqulov sud hukmiga köra, qilmişlariga yaraşa jazoga tortildi.

Şerali QODIROV,

Jinoyat işlari böyiça

Şörçi tuman sudi sudyasi,

Çori QORAQULOV,

tuman sudi xalq maslahatçisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan