Firibgar qizga hukm öqildi

Keçgaça tört burçak “Paynet” budkasida ötirib mijozlariga xizmat qilgan Oysara keçqurun uyiga keldi-da, apil-tapil ovqat tay­yorlab, tamaddi qilgaç, uxlab qoldi. Tun. Allamahal. Tong otgunça ança vaqt bor. Tong otişini erta sezuvçi xörozlar hali qiçqirganiça yöq. Şu mahal negadir u uyğonib ketdi. Keçki payt tovadagi issiq yoğga kolbasani taşlab qovurib yegani uçunmi, çanqagan edi. Oşxonaga borib, suv içdi-da, yana joyiga kirib yotgaç, birpasda qotib uxlab qoldi.

Şu uxlaş asnosida u şirin tuş köribdi. Tuşida işxonasida emiş. Mijozlari köp emiş. Qarasa, oxiri yöqdek tizilib, “menikini oling, menikini oling” deguvçilarning soni köpayaveribdi. U berilib işlab, har-har zamonda peşonasidagi terni römolçasi bilan artib qöyaveribdi. Yonidagi quti mijozlar bergan pullarga tölib ketganidan, keyingi tuşganlarini ikkinçi qutiga solaveribdi. Keçgaça bu idiş ham pulga tölibdi. Birinçi qutidagisini sanab topşirib, boşqasini özi bilan uyiga olib ketibdi. Borib sanasa, ançagina pul bölibdi.

“Oysara, Oysara” deb onasi çaqiravermasa, hali yana qança qutidagi pullarni tuşida sanardi. Onasining ovozidan uyğonib ketdi. Qarasa, boşida onasi: “Quyoş çiqib ketdi, işga bormaysanmi?” — deb turibdi.

U örnidan turib, bet-qölini yuvdi-da, bir piyola çoyni apil-tapil iça sola, sumkasini olib, işga jönadi. Işxonasi — ixçamgina “Paynet” xona. U yöl-yölakay keçagi tuşini öylab ketdi. Rostdan ham har kuni tuşayotgan pullarning çöği möldan-möl, köpayib borayotir.

Oxiri öylay-öylay, “Öyçining öyi bitgunça tavakkalçining işi bitibdi” degan naql esiga tuşdi. Çunki soliqni hamma tölaydi. “Naqd pul körinişida tölaydiganlar “temir yöl”dek töppa-töğri menga kelayotir”, — deya öylab, keçagi tuşini öngiga aylantirdi-qöydi. Öziyam ertalabdan keçgaça odamlarning oqimi töxtamadi.

Kimdir uy-joyi, yer-mulk soliği uçun beş yuz ming, yana kimdir bir million söm, boşqa biri qarindoşining yer-mulk, uy-joy soliği uçun töqqiz yuz ming, xullas, har kuni şunday körinişda soliq tölovçilarning oxiri yöqdek kelaverar edi.

Ular mol-mulk, yer soliğini töladik deb erkin nafas olib yuraverişdi. “Paynet”çi Oysara ham özi bilganiça tuşini öngiga aylantirib yuraverdi.

Har kuni şu hol. Qançadir kirim köringani uçun idoradagilar ham, soliqdagilar ham bori şu bölsa kerak-da, degan xayol bilan yuraverişdi. Oylar oylarni quvdi, yillar oşa yillar kelaverdi. Qaçonki soliq tölovçilarning uyiga: “Soliqdan qarzdorsiz, zudlik bilan tölang”, — degan xabar bormaganida, bu “pul yiğiş operatsiyasi” hali yana davom etaverişi tayin edi.

Soliqdagilar qarzdorlarning uzundan-uzun röyxatini tuzib çiqişdi. Hammasiga maxsus idora orqali xabar ham yöllaşdi.

Şundan söng haligi aldanib qolgan odamlar soliq idorasi tomon oqib kelaverdi. Ularning soni kun sayin oşib, bir yuz yetmiş bir nafarga yetdi. Idoraga kelgan erkagu ayollar qölidagi “Paynet” çeklarining bari soxta bölib çiqdi.

Bir yuz beş million tört yuz oltmiş töqqiz ming sömni ikkinçi qutiga solib uyiga olib kelgan, hali turmuşga çiqişga ham ulgurmagan Oysara esa “şum xabar”ni eşitgaç, juftakni rostlagan edi.

U berkinmoqçi bölib, pana-pastqam joylarda ham yurdi. Aytişlariça, maşina sotib olişga ham ulgurgan ekan.

Qidiruv uzoqqa çözilmadi. Oysara Qöldoşeva qölga tuşgaç, unga siçqonning ini ming tanga böldi. Soliq tölab qutuldik deganlar bilan yuzlaştirildi. U aybini tan olişga majbur böldi. “Oldim, yutdim”,  dedi-yu jim qoldi.

Xullas, firibgar qizga sud hukmi öqildi.

Nafsi hakalak otgan Oysara Qöldoşeva gul umrini panjara ortida ötkazadigan böldi.

Tölqin ABDIRAIMOV,

jinoyat işlari böyiça

Şörçi tuman sudi raisi.

Çori QORAQULOV,

sud maslahatçisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan