Keksa kişini tunagan talonçi
Örta maktabni bir amallab bitirgan Raşid tengqurlari qatori biron öqişga ham hujjat topşirmadi. Kuni köçada ötadigan böldi.
“Oğirning ustidan, yengilning ostidan”, deganlaridek, uni-buni aldab tört-beş söm topib, kunni keç qilib uyiga kirib boradigan böldi. Ota-onasi: “Öğlim, biron iş topib işlasang bölmaydimi?” deb söraganda: “Men ham har kuni iş qidirib yuribman-da”, derdi. Uning yolğon gapiga uydagilari işonib yuraverdi.
Qayerda odamlar gavjum bölsa, Raşid şu yerda hoziru nozir bölib, kissavurlikni maşq qilib yurdi. Bir-ikki kişining sumkasini ham kovlaşga ulgurdi. U joyini tez-tez almaştirib turardi. Goh Denovda bölsa, gohida Şörçida çöntak kovlar edi.
Bir kuni mahalla idorasi oldida bir töda odamlar töplanib turganiga közi tuşdi. Yaqinroq borib qarasa, nafaqa puli tarqatilayotgan ekan. Ança vaqt payt poylab, oxiri bir keksa kişining pul olib hamyoniga solib çiqqanini kördi. Haligi otaxon uyi tomon yayov ketdi. Raşid ham keksa kişining ortidan tuşdi. Nihoyat, ovloq joyga borganda, otaxonning qölidagi hamyonni tortib oldi-yu, ortiga qarab qoçdi. Beçora otaxon: “Dod, pulimni olib qoçdi!” degança baqirdi, ammo heç kim eşitmadi. Pulidan ayrilgan kişi içki işlar bölimiga borib, bölgan voqeani aytdi. Tezkor guruh darhol qidiruvga çiqdi. Bu vaqtda Raşid özini pana joyga olgan edi.
U hamyondagi pullarni çöntagiga solib, bozorga bordi. Avval oşxonaga kirib qornini töyğazdi, söng bozordan u-bu narsani xarid qilib uyiga jönadi. Bozorlikni körgan onasi: “Iş topdingmi, bolam?”, dedi quvonib. “Ha, ona, bugun bir iş qilib, ozroq pul işlab, bozorlik qildim”, deb yolğon gaplari bilan ona beçorani işontirdi.
Qinğir işning qiyiği köpga çözilmadi. Közi olazarak bölib turgan yigitning qiyofasi jabrlanuvçi otaxon taʼriflagan öğriga juda öxşaşligi içki işlar xodimida şubha uyğotdi. Sekin borib, uning bilagidan mahkam uşlab çetga tortdi. Sörab-suriştirib: “Ötgan kuni sen bir otaxonni tunab ketibsan”, deganida, yigitning peşonasidan sovuq ter çiqib ketdi.
Tergov jarayonida: “Ha, ahmoqlik qildim, meni şayton yöldan urdi. Boşqa bunday qilmayman”, deb qilmişini böyniga oldi. Ha, aytgança, haligi otaxon 81 yoşli Qurbon Murotov ekan. U kişiga talonçi Raşid Mamadiyev olib qoçgan pullar tiyinigaça qaytarildi. Ota-onasi öğlining sudlanayotganidan xabar topib, uning qilmişi uçun otaxondan keçirim sörab, pulini qaytardi. Sud 18 yoşga kirar-kirmas talonçilik qilgan Raşid Mamadiyevga tegişli jazo tayinladi.
Abdurahmon EŞMUROTOV,
Jinoyat işlari böyiça Şörçi tuman sudi xodimi.
Çori QORAQULOV,
jurnalist.
