Eng katta mukofot — qutqarilgan hayot
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida öt öçiruvçi-qutqaruvçi bölib işlayotgan Rustam Hayitov faoliyatiga çizgilar
Yonğinga qarşi odatda bir kişi kirmaydi. Unga qutqaruvçilar doim halqa singari birgalikda bostirib kiradi. Aslida ham har bir kasbiy muvaffaqiyat — jamoaviy birdamlik mahsuli. Bugungi qahramonimiz — 1-darajali serjant Rustam Hayitov FVV tizimida işlayotganiga 24 yil böldi. Bu bir navqiron yigitning yoşi bilan barobar muddat. Çorak asr vaqt mobaynida usta qutqaruvçi 10 ga yaqin qutqaruv turlarida, xususan, katta yonğinlarda, çuqurlikka tuşib ketgan, çöqqilarda adaşib qolgan, liftda qolib ketgan odamlarga yordam berişda, uy eşigi qulflanib, içkarida qarovsiz qolgan bolalar qutqaruvida va yana köplab favqulodda vaziyatlarda iştirok etgan. Bugun öttizga yaqin şogirdlariga kasb mahoratini örgatib, yelkama-yelka işlab kelayotgan qahramonimizni suhbatga çorladik.
Mohir qutqaruvçi Rustam Hayitov 1981 yil Toşkent viloyati, Toşkent tumanida tuğilgan. 24 yil mobaynida mingga yaqin turli xil çaqiruvlarda faol iştirok etgan. Ayni paytda Toşkent şahar, Yunusobod tumanida joylaşgan 16-qutqaruv qismida yonğin öçiruvçi-qutqaruvçi sifatida öz faoliyatini davom ettirib, yoşlarga kasbiy mahoratlarini örgatib kelmoqda.
Qişda yuz beradigan yonğinlardagi vaziyat boşqa fasllarnikidan bir qadar qiyin. Sababi olovga qarab suv separ ekan, yonğin öçiruvçilarning ust-boşi höl bölib, egnidagi 20-30 kilolik epikirovka yana bir qadar oğirlaşadi, sovuqda çiqqanida esa höl liboslar muzga aylanadi. Bu jarayon kişidan kasbiy mahoratdan taşqari, insoniy matonatni ham talab etişini şu holatdan ham kuzatiş mumkin.
— Şunday deysiz-u, ammo qutqaruvçi uçun faslning ahamiyati yöq. U har qanday mavsumda xavf bilan turli şaklda yuzlaşadi, — dedi suhbatdoşimiz Rustam Hayitov. — Masalan, bir voqeani eslaylik. Çinorotada podstansiya yonganida odamlar yuz metrgaça ham yaqin kela olmagan — harorat juda yuqori bölgan. Biz esa “tilsiz yov” öçoğiga tikka kirib borganmiz. Katta harorat içida, garçi egnimizda kislorod balloni bölsa-da, yonib ketiş, kuyiş, jarohat oliş yoki haddan taşqari issiq va tutunli havoda böğilib qoliş xavfi bizni ham qurşab olgan edi. Yaʼni biz heç qaçon heç bir jarayonda xavfdan xoli bölmaymiz. Şunga qaramay, har qanday xavf içiga tikka kiramiz. Öşa voqea sodir bölganida alangani öçirib, xavfni bartaraf etganimizdan söng uzoqroqda kuzatib turgan aholi qarsak çalib, olqişlar bilan qarşi olgan edi bizni. Xalqimizning eʼtiboridan çarçoqlar bir qadar unutilib ketgan.
Darhaqiqat, eʼtibor, xayrixohlik kişiga eng birinçi ruhiy quvvat beruvçi kuçdir. Ayniqsa, xalq eʼtirofi har qanday mukofotdan ham ustun, desak, mubolağa bölmaydi. Qolaversa, qutqaruv jarayoni bir kişilik iş emas. Bir kişi yöq bölsa ham, örni darhol seziladi. Çunki bu kasbda har bir mutaxassisning vazifasi muhim. Jamoaviy birdamlik ham insonga kuç berişi, qiyin vaziyatlarda töğri qaror qabul qilişiga kömak berişi şubhasiz.
— Albatta, jamoa ham oiladay gap. Unda har bir kişi zanjirning halqasi kabi bir-biriga boğliq. Bu, ayniqsa, katta kölamli yonğinlarda seziladi, — deya öz fikrini bayon qildi qahramonimiz. — Şayxontohur tumani, Kohota köçasida yaqinda katta yonğin yuz berdi. Yuz kvadrat maydon alanga içida qoldi. Yonğin 5 soat içida bartaraf etildi. Beş soat deganimdan ham bilişingiz mumkin yonğinning qay darajada yirik bölganini. Ammo şunday katta yonğinda ham jamoamiz bilan birdam holda xavfni bartaraf etdik.
Qutqaruvçining quroli özi bilan — tezkorlik, şaylik, mahorat. Har kuni xavf bilan yuzlaşadigan qutqaruvçilarga, avvalo, qutqarilgan insonning minnatdor nigohi taskin beradi.
— Şaxsan men avval xavf ostidagi inson, safdoşlarim, söngra özim ham xavf içidan omon çiqqanimga sevinaman, — dedi suhbatdoşimiz. — Yanayam teranroq anglaşingiz uçun bir voqeani aytib beray. Kunlardan bir kun Olmazor tumanida perikis vodorod havoga sizib çiqib ketgani haqida şoşilinç xabar kelib tuşdi. Biz zudlik bilan işlab çiqariş korxonasiga yetib bordik va maxsus iş qurollarimiz bilan havoni zaharli moddadan bartaraf qilişga kirişdik. Ertalab 11 larda çaqiruv kelib tuşgan bölsa, keyingi kun tong sahar 6 gaça xavfni bartaraf qiliş bilan kuraşganmiz. Kimyoviy xavf yonğindan ham yomon. U şu qadar sezilmay zararlaydiki, baʼzan eng mustahkam epikirovka ham himoya qilolmay qolişi mumkin. Öşa kuni ham korxona içida yurar ekanmiz, nogahon etigimning yarmi erib ketganini sezib, oyoğim suvga öxşaş allanima ustida turganini his qilib qoldim. Darhol özimni panaga olib, xavfsizlik çoralarini kördim. Garçi katta kölamli xatar bölsa-da, öşa kuni hamma, şu jumladan, özim ham soğ-omon qolganimdan sevinganman.
Darhaqiqat, falokat oyoq ostida. U kutilmaganda yuz beradiki, bunday paytda kişi baʼzan töğri qaror qila olmay, kalovlanib qolişi mumkin. Bu esa özining, mol-mulkining, qolaversa, yaqinlarining xavf ostida qoliş ehtimolini oşirişi heç gap emas. Şuning uçun xatarning zarraça uçquni sezilsa, darhol qutqaruvçilarga murojaat qiliş lozim. Qutqaruvçilar nafaqat xatar paytida, balki odatiy kunlarda ham muhofazaga şay. Bunda ular aholi turar-joy manzillarida, taʼlim muassasalarida, korxona va taşkilotlarda profilaktik tadbirlar olib boradi. Qahramonimiz ham qutqaruv işlaridan taşqari, mana şunday profilaktik tadbirlarda ham faol. Favqulodda vaziyatlarga şay hududlarda talafot kam bölişi haqida köp bor eşitgansiz. Bu naqlga har mavsumda rioya qiliş xalq muhofazasi uçun muhim sanaladi. Usta qutqaruvçi bu kabi tadbirlar nafaqat aholining, balki qutqaruvçilarning ham şaylik darajasini oşiradi, bilim va tajribalarini mustahkamlaydi, deb hisoblaydi.
— Men şu paytgaça sira intervyu bermaganman jurnalistlarga. Birinçi marta siz bilan suhbatlaşişim. Ammo suhbat mobaynida his qilyapman — aytadigan gap köp ekan. Qanday mukofotlar olgansiz, degan savolingizga javobim: bugungaça hududlardagi Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi tomonidan taşakkurnomalar olganman. Biz uçun eng katta mukofot — qutqarilgan hayot va minnatdor nigohlar. Qutqaruvlardan söng bir ölimdan qoldim deb ayrim odamlar pul beradi bizga, lekin olmaymiz. Ularning mana şu sevinçi, duosi bizga yetarli, — deya suhbatni yakunladi qahramonimiz.
Aslida, qutqaruvçilar bilan suhbatlar heç qaçon yakun topmaydi. Har bir qutqaruvçining öz hikoyasi bor va bu hikoyalar tillardan-tillarga köçib yuraveradi. Xalq muhofazasiga bel boğlagan insonlar safi ortar ekan, bizning suhbatlarimiz ham davom etaveradi…
Yulduz ÖRMONOVA,
jurnalist.
