Qişloq va suv xöjaligi uçun muhandis kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş masalalari körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 mart kuni qişloq va suv xöjaligi uçun muhandis kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Köp sohalarda ilm real hayotdan uzoqlaşib ketgani, qişloq va suv xöjaligida ham ayrim yirik loyihalarni amalga oşirişda ilmiy asoslaş va ekspertizaga yetarliça eʼtibor qaratilmayotgani, olimlar hamda tadqiqotçilarning salohiyatidan töliq foydalanilmayotgani qayd etildi. Natijada baʼzi loyihalar kutilgan samarani bermayotgani taʼkidlandi.
Hozirgi kunda “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida 11 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, 7 ta fakultet, 37 ta kafedra va 38 ta taʼlim yönalişi faoliyat yuritmoqda. Bitiruvçilarning bandlik darajasi 93 foizni taşkil etadi. Universitetda xorijlik talabalar va professor-öqituvçilarning soni ham izçil oşib bormoqda.
Şu bilan birga, muhandis kadrlarni tayyorlaşda nazariya va amaliyot uyğunligini taʼminlaş maqsadida dual taʼlim tizimini keng joriy etiş zarurligi körsatib ötildi.
Taklif etilgan yangi tizimga köra, talabalar 4 kun nazariy bilim oladi, 2 kun işlab çiqariş korxonalarida haq tölanadigan amaliyot ötaydi. Jumladan, suv xöjaligi yönalişida suvni tejaş va suğorişni samarali taşkil etiş, gidrotexnika hamda gidroenergetika sohasida kanallarni betonlaş, smeta tuziş va kiçik gidroelektr stansiyalar qurilişida iştirok etiş, qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş yönalişida texnikalarni tayyorlaş va hosilni yiğiştiriş işlarida qatnaşiş imkoniyati yaratiladi.
Mamlakatimiz suv resurslarining katta qismi transçegaraviy manbalarga boğliqligi körsatib ötildi. Şu bois, suv resurslari sohasida diplomat kadrlarni tayyorlaş muhim strategik vazifalardan biri ekani taʼkidlandi.
Universitetda taşkil etilgan “Xalqaro suv diplomatiyasi” magistratura dasturini kengaytiriş va davlat granti asosidagi qabul örinlarini köpaytiriş taklifi maʼqullandi. Bu dastur orqali qöşni davlatlar uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş közda tutilgan.
Taqdimotda universitetning ilmiy-innovatsion salohiyatini kuçaytirişga qaratilgan yangi taşabbuslar ham maʼlum qilindi. Xususan, dronlardan foydalanib, ekin maydonlarini monitoring qiliş, hosildorlikni prognozlaştiriş, zararkunandalarga qarşi kuraşiş kabi xizmatlarni, kosmik monitoring maʼlumotlari asosida ilmiy tavsiyalar işlab çiqişni yölga qöyiş rejalaştirilgan.
Şu maqsadda universitetda dronlarni boşqarişga öqitiş kurslari joriy etiladi, kosmik tadqiqotlar va sunʼiy yöldoşlar laboratoriyasi, kompleks ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari taşkil etiladi.
Bundan taşqari, universitetda raqamli boşqaruv va KPI tizimlarini joriy etiş, taʼlimning uzluksiz “maktab – texnikum – universitet – işlab çiqariş” zanjiri asosida kadrlar tayyorlaş tizimini şakllantiriş böyiça rejalar ham maʼlum qilindi.
Taqdimot yakunida davlatimiz rahbari qişloq va suv xöjaligi sohalari uçun muhandis kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, ilm-fan va amaliyot uyğunligini taʼminlaş hamda ilğor texnologiyalarni keng joriy etiş böyiça mutasaddilarga tegişli körsatmalar berdi.
ÖzA.
