Ilmiy salohiyat va tibbiy taraqqiyot

 Andijon davlat tibbiyot institutidagi zamonaviy taʼlim tizimi haqida

Mamlakatimizda barça sohalar qatori soğliqni saqlaş tizimi ham izçil rivojlanib, zamonaviy talablar asosida yangilanib bormoqda. Yangi Özbekiston taraqqiyotida aholining salomatligini mustahkamlaş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş hamda malakali kadrlar tayyorlaş eng muhim vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.

Ana şunday ulkan va masʼuliyatli jarayonda Andijon davlat tibbiyot instituti özining boy tajribasi, ilmiy salohiyati va zamonaviy taʼlim tizimi bilan alohida örin tutadi. Ötgan yetmiş yil davomida institut nafaqat respublikamiz, balki xalqaro miqyosda ham minglab malakali şifokorlar va tibbiyot mutaxassislarini tayyorlab, soğliqni saqlaş tizimi rivojiga munosib hissa qöşib kelmoqda.

2025 yilda institutimizning 70 yillik yubileyi keng nişonlandi. Uşbu sana nafaqat tarixiy sana, balki institut jamoasi erişgan yutuqlarni sarhisob qiliş va kelajak istiqbollarini belgilaş uçun ham muhim bosqiç böldi.

Bugungi kunda institutda 12 ming nafardan ortiq mahalliy va xorijiy talabalar tahsil olmoqda. Ularga 953 nafar professor-öqituvçi saboq bermoqda. Ularning orasida 66 nafar fan doktori va 279 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi.

Ilmiy faoliyat ham izçil rivojlanmoqda. Xususan, 2025 yil davomida institutda 8 ta “DSc” va 44 ta “PhD” dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Bu esa institutda ilmiy izlanişlar, innovatsion tadqiqotlar va yangi ilmiy maktablar şakllanib borayotganini yaqqol körsatadi.

Taʼlim jarayonida esa nazariya va amaliyot uyğunligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Institutda öquv maşğulotlari 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy asosda taşkil etilgan. Talabalar klinik bazalarda real tibbiy jarayonlarda iştirok etib, öz bilim va könikmalarini mustahkamlab bormoqda.

Bugungi kunda institut 115 ta xorijiy tibbiyot universitetlari, ilmiy markazlar va klinikalar bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöygan. Bu hamkorliklar ilmiy tajriba almaşiş, akademik mobillik va zamonaviy tibbiyot texnologiyalarini örganişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2025 yilda 57 nafar professor-öqituvçi Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, Ozarbayjon, Qirğiziston, Qozoğiston va Xitoyning yetakçi tibbiyot muassasalarida malaka oşirib qaytdi.

Şuningdek, akademik mobillik dasturlari doirasida öqituvçilarimiz Qozoğiston, Ozarbayjon va Rossiya davlatlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan tajriba almaşdilar. Xorijiy mutaxassislar esa institutimizga taşrif buyurib, talabalar uçun mahorat darslari va maʼruzalar ötkazib kelmoqda.

Ötgan yil institut tarixida yana bir muhim yutuq bilan muhrlandi. Institutning bir qator magistratura yönalişlari “The Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care” (ECAQA) (Oliy taʼlim va soğliqni saqlaş sohasida akkreditatsiya va sifatni taʼminlaş böyiça Yevroosiyo markazi) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli ötkazildi.

Jumladan, akuşerlik va ginekologiya, tibbiy radiologiya, kardiologiya, umumiy onkologiya hamda umumiy xirurgiya yönalişlari xalqaro standartlarga mosligi tasdiqlandi.

Akkreditatsiya 2026 yil 29 yanvardan 2031 yil 28 yanvargaça bölgan muddatga berildi.

Bundan taşqari, institut “World Federation for Medical Education” (WFME) (Butunjahon tibbiy taʼlim Federatsiyasi) tomonidan akkreditatsiyadan ötgan tibbiyot oliy taʼlim muassasasi sifatida tan olindi. Akkreditatsiya natijalari “DEQAR” hamda “DAQAR” xalqaro sifat bazalariga joylaştirildi.

Bu yutuqlar institutda taʼlim sifati xalqaro standartlarga töliq mos ekanini tasdiqlaydi.

Institut professor-öqituvçilari viloyat aholisining salomatligini mustahkamlaşda ham faol iştirok etib kelmoqda.

Andijon viloyatining 17 ta şahar va tumanlariga institutning 34 ta klinik kafedralari biriktirildi. 132 nafar professor-öqituvçi 160 ta birlamçi tibbiyot muassasalariga amaliy yordam körsatiş uçun masʼul etib tayinlandi.

Yil davomida ötkazilgan 114 marotaba çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar natijasida 614 ming nafardan ortiq aholi tibbiy xizmat bilan qamrab olindi.

Şuningdek, 154 ta yuqori texnologik operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Bu esa hududlarda tibbiy xizmat sifati sezilarli darajada oşib borayotganini körsatadi.

Institut talabalari ham respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar, olimpiadalar va tanlovlarda faol iştirok etib, yuksak natijalarga erişmoqda.

Bir qator talabalar Prezident davlat stipendiyasi, Islom Karimov hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalariga sazovor böldi. Şuningdek, talabalarimiz Qozoğiston, Rossiya va Slovakiya kabi davlatlarda ötkazilgan xalqaro konferensiya va olimpiadalarda faxrli örinlarni qölga kiritdi. Bu yutuqlar yoşlarning ilm-fan va tibbiyotga bölgan qiziqişi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Institutda taʼlim jarayoni bilan bir qatorda talabalar maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasiga ham katta eʼtibor qaratilmoqda.

Buyuk mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bağişlangan viloyat tadbirlarida institut talabalari faol qatnaşib, teatr sahnalari va adabiy çiqişlar bilan tomoşabinlar eʼtirofiga sazovor böldi.

Şuningdek, institut talaba-yoşlaridan iborat jamoa “Yurtim qadriyatlari” körik-tanlovining hududiy bosqiçida ğoliblikni qölga kiritdi.

Tibbiyot sohasi vakillari, ayniqsa, atrof-muhit obodligiga ham befarq emas. Ular ona tabiatni asrab-avaylaşda doimiy tarzda faollik körsatib, turli xayrli aksiyalarda iştirok etmoqda. Qolaversa, yaqinlaşib kelayotgan Navröz — umumxalq bayramiga ham tayyorgarliklar avj pallada davom etmoqda. Unda manzillar obod qilinib, rang-barang gullar va daraxt köçatlari ekilmoqda.

Şunday boy tarixga ega Andijon davlat tibbiyot instituti bugungi kunda nafaqat taʼlim maskani, balki ilm-fan, innovatsiya va tibbiyot taraqqiyotining muhim markaziga aylangan.

Kelgusida ham institut jamoasi zamonaviy taʼlim texnologiyalari, xalqaro hamkorlik va ilmiy izlanişlar asosida faoliyatini yanada rivojlantirib, yurtimiz uçun fidoyi, bilimli va malakali şifokorlar tayyorlaş yölida xizmat qilişda davom etadi.

Madamin MADAZIMOV,

Andijon davlat tibbiyot

instituti rektori,

professor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan