Böri oralagan qörğon
U böriga yolvordi…
Çingiz AYTMATOV
Hayotingizda bir bora bölsa-da, böriga duç kelganmisiz? Men bir marta uçratdim. Ertak va afsonalarda yirtqiç, berahm deya taʼriflangan, bolajonlarimizning multfilmlarida esa quyondan doim aldanib qoladigan börini zanjirga boğlangan aftoda holda kördim.
Sarğimtil tusli, quloqlari dikraygan, dumi uzun. Özi çöponlarning itidek keladi, ammo uning közlariga boqib, vujudimda ajabtovur titroqmi, hayajonmi uyğondi.
Döstim Alişerning uyida ötirgan edik. Köça tarafdan öğlining: “Ota, böri, böri!” degan ovozi keldi. Taşqariga çiqdik. Darvoza yonida baland böyli yigit boğlangan börisi bilan turibdi. Döstim böri yetaklagan yigitni hovlisiga boşlab, avval uyini, söngra mollari va qöylari qişlaydigan qamovga kiritib aylantirib çiqdi-da, çöntagidagi pulini sanamasdan uzatib, rahmat aytgança kuzatib qöydi.
Darvoqe, men kelganimda ovozi olamni buzgan döstimning ovçarka iti qayerda deb qarasak, beçora muloyim tortib, ğaram ortida pisib yotgan ekan.
Keksalardan eşitganlarim yodimga tuşdi. Börining devi böladi, u oddiy jonzot emas, ilohiy… Börining közlarida vajohat va tilsimot yaşiringan. Yoşi uluğ kişilar birorta jömard odam haqida gap ketsa, “böridek edi, ortiga burilib qaramasdi”, deya sözlaydilar.
Yoxud farzandlari turmaganlar çaqaloğini irim qilib böridan aylantirib olişgan, öğil bölsa Böriboy, qiz bölsa Böritoş deb turkona ism berişgan.
Qöşnimizning töyi edi. Notaniş bir yigit iymanibgina bir çekkada ötiribdi. Şunda mahalla oqsoqoli Ötagan bobo haligi yigitni imlab çaqirdi va dedi:
— Hoy, Şodiyorboy, axir siz jiyansiz, nega şumşayib ötiribsiz? Jiyan toğaning uyiga kelsa, böri oralagandek böladi, deyişgan maşoyixlar. Tezda boring-da, anovi mehmonlarga qarang, — deb aytgani yodimga tuşdi.
Böriga adaş bölgan kişilarning hayotda çapani, töğrisöz va qaysar feʼl-atvorga molik ekanligini körganman, buning sir-sinoati qayda ekan, qolaversa, Alpomişning otasini ham Boyböri deb ataşmaganmi?..
Döstimdan xatti-harakatlari sababini sörayman.
— Ey, oşna, bilmaysizmi, böri oralagan qörğonga Allohning inoyati bilan, albatta, baraka inarkan, böri örlagan toğu daşt serfayz, obod böladi, balo-qazolar ariydi. Rosti, avvallari men ham bunday udumlarga ahamiyat bermasdim. Bir traktorçi tanişim bor. Beçoraning neça yillardan buyon boşi taşviş-qayğudan çiqmasdi.
Bir telejka somonga toğlik ovçidan böri bolasini olib keldi va parvarişladi. Bilasizmi, öşa kundan boşlab uning uyiga baraka, işiga unum, omad kelaverdi.
Har yili qisir qolib kuydiradigan sigiri uçta buzoq tuğdi, qöy-eçkilari egiz bolaladi, qança döxtir va tabiblarga körsatib, davo topolmagan kasalmand ayoli oyoqqa turib ketdi. Farzand körolmay dardi içida yurgan tönğiçining xotini qöçqordek öğil tuğdi, kenjasi nufuzli öquv maskanining talabasi böldi, ikki qizini uzatdi. Bu yoğini eşiting, yigirma beş sotix tomorqasidan tonnalab kartoşka, sabzi-piyoz olib, pulning tagida qoldi. Eng qiziği, har kuni buzilib xunob qiladigan traktori töxtamay çopadi, — dedi qölidagi piyolani menga uzatarkan. — Özi saxovatli, faqir-beçoralarga kömak berib yuradi, eng ibratli tomoni, keça özining kim bölganini unutgani yöq.
Şu tobda rahmatli Rasul çöpon aytgan bir voqea yodimga tuşdi:
— Yoz oylari edi, jamoa xöjaligining qöylarini toqqa haydadik. Öt-ölan tizzaga keladi. Kayfiyatimiz çoğ, boş çöpon Meyli bobo bilan arçaning soyasida çoy içayotgan edik, itlar bezovta hura boşladi. Qarasak, öngirning ustida ikkita böri turibdi.
Men miltiqqa qöl çözgan edim, hamrohim töxta işorasini qildi-da, dedi:
— Rasulboy uka, şoşmang, bilsangiz, bu dunyoda barça narsaning hisob-kitobi bor, börilar özlarining nasibasini, haqini sörab kelişibdi. Axir toğ ularniki-da. Boring-da, yötalib yurgan sovliqni uşlab, qirga taşlab keling, şunda qarzdan qutulamiz, bölmasa, boşimiz baloga qoladi.
Men Meyli boboning aytganini bajardim, şundan söng börilar qayta bizni bezovta qilişmadi.
Kimdir aytuvdi, hayvon örgatuvçilar barça jondorlarni qölga örgatar ekanlar, ammo börilarni böysundirib bölmaskan. Bu ğaroyib jonzotlar özlariga nisbatan şafqatsiz bölib, oyoği şikast yesa, tişlari bilan uzib taşlasa-da, öz qavmlariga ğoyat sadoqatli bölib, oçlikdan sillasi qurisa ham, böri börini ğajimas ekan.
Ha, qadim turkiy ajdodlarimiz bayroğu tamğalariga bekorga böri suratini çizişmagan ekan-da. Çunki börilar bizga begona emas, u ham ona tabiatning farzandi, möʼjizasidir.
Örolboy QOBIL,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
