“Jör böladi şovullab AMU…”
Özbekiston xalq şoiri Şukrullo Orol dengizi fojiasi haqida öz vaqtida kuyunçaklik bilan yozgan edi
Özbekiston xalq şoiri, Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Şukrullo (1921-2020) Toşkent pedagogika bilim yurtini tugatgaç, yöllanma bilan Qoraqalpoğistonga yuborildi. Öşa paytdagi olis Qönğirot tumanidagi birdan-bir Orjonikidze (hozirgi 39-son) nomidagi örta maktabda işlaş uning çekiga tuşdi. Bu yerda u öquvçilarga özbek tili va adabiyoti fanidan 1938-1939 öquv yilida dars berdi, ilk şeʼrlari ham şu yerda yozildi.
Bunday deyişga boisimiz şuki, Şukrulloning uç jildlik saylanmalarining birinçi jildidagi (Toşkent – 1981) 1938-1940 yillarga oid ijod namunalari qoraqalpoq diyoridagi yozilgan şeʼrlar bilan boşlangan. Bu uning dastlabki şeʼriy maşqlarini Toşkentda bitganligini inkor etmaydi, lekin kitob saylanma bölgandan keyin şeʼrlarining saralanib saylanib kiritilişi ham tabiiy hol-ku, albatta.
Otliq yurilsa, Amudaryo Qönğirot şahridan bir soatlik yöl. Şukrulloning qoraqalpoq diyori gözalligini körib, maftun bölib yozgan ilk şeʼrlaridan biri ham Amudaryoga bağişlangan. U yozadi:
Amu qirğoğiga boş qöyganiça
Yastanmişdir yam-yaşil örmon.
Quşlar sayrar to töyguniça
Dilrabo kuy taratib har yon.
Jör böladi şovullab Amu…
Köpiklari misli oqquşdek.
Qanot qoqar oyning nurida
Oqin daryo oqin kumuşdek…
Şukrulloning respublikamiz vaqtli naşrlarida turli yillarda eʼlon qilingan davr va zamon haqidagi adabiy-falsafiy maqolalari jamlangan öziga xos majmua “Qasosli dunyo” (Toşkent – 1994) kitobidan “Dengizda bir tun” maqolasi ham örin olgan. Quyida kuyunçaklik bilan yozilgan maqoladan parça keltiramiz:
“Keyingi yillarda kanallar qaziş, sunʼiy köllar, dengizlar yaratiş ommaviy tusga kirib ketdi. Esimda, 1939 yilda “Komsomol” kölini qazidik. Şu kiçkina kölni bunyod qiliş ham toşkentliklar uçun katta quvonç böldi. Şu yillar pedagogika institutida talaba vaqtimiz “Kattaqörğon” hovuzini qazişda iştirok etdik. Bu ham öşa davrda respublika böylab katta tantana böldi. Xullas, xalqimiz yöqdan bor qilgan, obod qilgan. Barbod qilgan emas. Kiçkinagina sunʼiy köl yaratiş şunçalik tantana, şunçalik quvonç keltirgan. Yaratuvçi xalq degan nom olganmiz!
Endi köz oldimizda kiçkina bir köl emas, dunyo xaritasiga kirgan öz tarixiga ega bölgan, xalqimizning rizq-rözi manbai Oroldek dengizning qurişi, bu mahalladagi hovuzning, kiçik kölning qurişi emas-ku axir! Bu bitta özbek xalqining emas, million-million xalqlarning taqdiri bilan boğliq-ku! Dengiz barbod bölişi qança-qança odamlarning xonavayron bölişi, hayotimizning körki bölgan parranda-yu darrandaning halokati-ku! Asrlar böyi avlod-ajdodimiz obod qilib, rizq-nasibasini topib kelgan ekin, boğ-roğlardan, tarixiy yodgorliklardan mahrum bölişi bilan teng-ku!
Töqaylarida yölbarslar ökirgan, örmonlarida son-sanoqsiz quşlar sayragan, tongdan oqşomgaça baliqçilar qöşiği yangragan Özbekistonning emas, Örta Osiyoning közgusi bölgan Orol tölqinlarining erka tebranişlarida kema bilan Toşkentga yöl olganman.
Asta-asta çökdi, şönğidi quyoş,
Mayda tölqinlarga kömildi dengiz.
Şafaqdan ufqning bari qizargaç,
Husnin köz-köz qilib balqidi oy-qiz.
Paroxod boradi tun qöynin yorib,
Közga körinadi faqat osmon, suv.
Yarim keça böldi, oy yoruğ — sahar,
Şodlikdan közlarga kelmaydi uyqu.
Hamon döstlar bilan şirin suhbatlar
Dengiz tölqinidek olar edi avj.
Zavqlaringga yana zavq qöşadi
Ilk sahar kökida yulduz urib mavj.
Kökdagi yulduzlar — soçilgan tanga,
Bir-bir terilgandek bitdi, kamaydi.
Dengiz qirğoğida yongan alanga
Kabi quyoş çiqib, alvon nur yoğdi.
Qani endi Orolning orombaxş u tölqinlari körki, qani endi u husni qöşiqlar?! Nahotki Orol haqida kuylangan qöşiqlar, dostonlar, kelajak uçun afsona bölib qolsa? Yöq, bu mumkin emas!
Hayotda inson qudrati ojizlik qiladigan ofatlar böladi. Çaqmoq, zilzila, vulqon otilişi. Ammo Orolning qurişi bu insonning ojizligi emas, bu beşafqatlik! Nönoqligi! Masʼuliyatsizlik yoki qörqoqlik oqibatimi? Sababi nimada edi?
Oşkora fikr aytişga hamma ham jurʼat etolmasdi. Köp masalalar ayrim rahbar taşkilotlarning buyruqlari bilan hal qilinardi. Töğri fikr bildirganligi uçun, jon kuydirib gapirgani uçun jabr çekkanlar ham böldi.
Orolni saqlaşni keçiktirib bölmaydi. Uzundan-uzoq maslahatlaşiş, majlisbozliklarning payti emas. Orol masalasi nogahon tuşgan yonğin bilan barobar…”
Maqola hassos şoir Şukrullo tomonidan 1988 yili yozilgan. Unda “töğri fikr bildirgani uçun, jon kuydirib gapirgani uçun jabr çekkanlar ham böldi” satrlari bor. Biz hozir bilyapmizki, öşa vaqtlar Şukrulloga ham maʼlum darajada taʼqib-tazyiq ötkazilgan ekan.
Şukrullo yozgan maqoladan keyin ham köp yillar Orolni saqlaş daʼvosida uzundan-uzoq maslahatlaşiş — majlisbozliklar davom etdi. Lekin bular dengizning tiklanişiga zarraça naf keltirmadi. Ğişt qolipdan köçgan, Orolni yöqotib bölgan edik.
Nihoyat, respublikamizga Şavkat Mirziyoyev Prezident bölib saylangaç, tub burilişlar boşlandi. Suğoriladigan yerlardan ozgina orttirilgan suv Orolga yuborilgani bilan yutoqqan şör qumda izsiz ketişi hisobga olinib, eng avvalo, mavjud tabiiy köllarni töldiriş, baliqçilikni rivojlantiriş, dengiz tubidan kötarilgan zaharli çang-tözonlarning ayançli oqibatini kamaytiriş nazarda tutildi. Olamşumul voqea esa endilikda baʼzi bir ilmiy adabiyotlarda Orolqum deb nomlanayotgan dengizning qurigan tubida million-million gektar sahroni saksovulzorga va boşqa tur şörga çidamli har qanday ösimliklarga aylantirişdek qudratli xalq harakati — jasorati böldi. Uning taşabbuskori elim deb, xalqim deb yonib yaşayotgan uluğ qalb egasi Prezidentimiz edi, albatta.
Orolning qurigan tubi bir neça yillardan keyin yaylovga, töqayzorga aylanadi, çorvaçilik rivojlanadi, bu xalqimiz uçun möl göşt-sut va jun mahsulotlari manbai degani emasmi?! Bu parranda-darrandalarning unib-urçişiga, köpayişiga ham asos.
Köngilga taskin beradigan jihati şundaki, umrining oxirlarida bölsa ham xalqimizning sevikli şoiri Şukrullo Orolböyi mintaqasida Yurtboşimiz taşabbuslari bilan bunyod etilayotgan yangi hayot, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning dastlabki amaliy natijalarini öz közi bilan kördi. Işonçimiz komilki, u bundan benihoya şodlangan, quvongan edi…
Jabborbergan ŞOMURODOV,
Özbekiston Respublikasi
xalq taʼlimi aʼloçisi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi
Qönğirot tumani.
