Qişloq osmonidagi yulduzlar

Jomboyning mahobatli Ğöbdintoğ yaqqol körinib turadigan tarafida Sarqipçoq degan qişloq bor. Yuz yillarki, havolari soz, yon-atrofi daraxtzor, daştlaridan doim turfa gulu giyohlar isi anqib turadigan bu xuştabiat göşa kindik qonim tökilgan joy. Har gal borganimda havosidan töyib-töyib nafas olaman, mayin şabadalaridan jonim yayraydi, hovlilardagi rayhonlar hidi dimoğimga xuş yoqadi. Ayniqsa, qişloqning oqşomlari yanada gözal, yirik-yirik yulduzlar şundoqqina tepamda çaraqlab turadi. Xuddiki qora baxmal ustiga behisob tillarang çuçmomalar soçilib ketganday! Bu manzara şundayki, bir bor körsang yana soğinasan, öz tarovati bilan uzoq vaqtgaça köz öngingdan ketmay turaveradi…

Goho öylab qolaman. Nega şahar osmonida yulduzlar yarqirab körinmaydi? Tikilib qarasang, göyoki juda xira nur soçayotganday tuyuladi. Olimlarning tadqiqot natijalarini öqigaç, şu savolimga javob topgandek bölaman. “Katta köçalarda tinimsiz qatnab turgan transport vositalaridan ajralayotgan zaharli çiqindilar tufayli biz nafas olayotgan atmosfera havosi anorganik moddalar (yaʼni mis, rux, volfram, margimuş, simob) bilan tobora ifloslanmoqda”.

Darhaqiqat, ekologik buzilişlar haqida qayta-qayta gapiriladi. Biroq yon-atrofga biz tomonimizdan yetkazilayotgan ozorlar salomatligimiz yomonlaşayotganiga sabab bölmayotganmikin, aslida? Qarang-a, biz ona deb bilguvçi tabiatning öz içki dunyosi, nozik qonuniyatlari bor…

Masalan, baliqköz degan öt haqida köpçilik eşitmagan. Özi yomğirlar çetlab ötadigan sahroda ösadi. Lekin gulbarglari va poyasiga şunçalik köp suv yiğar ekanki, uni qayerdan olganiga ajablanasiz. Saksovullarga yaşiringan möʼjizani ham aytay. Ular erta köklamda gullab uruğ yiğadi, söng jazirama issiqda uruğlari nobud bölmasligi uçun gulkosalarini yumib olarkan. Saratondan ötib olgaç, yana oçilib uruğlarini voyaga yetkazib, şu yöl bilan öz naslini davom ettirar ekan.

Rivoyat qilişlariça, qadimda Luqmoni hakim ösimliklar tilini yaxşi tuşunarkan. Uning yölida uçragan giyoh borki, hammasi uluğ hakimga özining şifo xususiyatlarini birma-bir sözlab berarkan. Bugungi kunda atrofimizni örab turgan yaşillik olami ham bizga nimalarnidir aytmoqçi bölayotgandir, balki…

DARAXT BIZNI “TINGLAYDI”

Young woman arms raised enjoying the fresh air in green forest

Olimlar fikriça, yaşillik dunyosida ham asab tizimi mavjud. “Daraxtlarning tanasi — orqa miya, butoqlari — yetmiş ikki ming asab torlari, barglari — öpkasidir”, deydi mutaxassislar. Ayniqsa, daraxt bilan inson örtasida uzviy aloqa borligini eşitmagandirsiz? Boğ içidagi daraxtlar odamning içki holatini his etişini-çi?

Kişi horğin va maʼyus qolganida bir zum daraxtga suyanib tursa, çarçoği ketib, vujudi kuçga töladi. Daraxt qançalik yöğon va baquvvat bölsa, uning quvvat manbai ham şunça kuçayaveradi.

Daraxt ekiş hamma zamonlarda ham xayrli iş hisoblangan. “Boburnoma”da yozilişiça, Zahiriddin Muhammad Boburdek uluğ hukmdor özi qarorgoh etgan joylarda daraxtzor bunyod qilib, suv yöllarini ötkaziş rejalarini tuzgan ekan!

Boğ va işkomlar içini oralaganda ğarq pişgan turfa mevalarni körib, tabiatning ajabtovur möʼjizasidan benihoya hayratga tuşadi, kişi. Olma va şaftolilar qirmizi, anorlar qip-qizil, husaynilar sap-sariq, anjirlar tillarang… Olxöri va kişmişlar xuddi siyohga botirib olingandek! Asosiysi, bu mevalar tarkibidagi turli vitaminlar va köplab foydali moddalar organizmimiz quvvatini tiklaşda eng kamyob dorilardan köra kuçliroq taʼsir körsatadi.

“Bir tup daraxt eksang, yuz yil meva terasan”, deganlar. Rivoyatda keltirilişiça, bir kişi yöldan ötib borayotsa, munkillab qolgan keksa otaxon nihollar ekayotgan ekan. Yölovçi salomlaşib, uning işlari bilan qiziqibdi. “Men şu joyni mevazor qilmoqçiman”, debdi otaxon.

— Yoşingiz ançaga borib qolibdi, qilayotgan bu işingiz nimasi? Axir bu nihollar ösib mevaga kirguniça siz bu dunyoda bormisiz, yöqmisiz…

— Bu işni özim uçun qilayotganim yöq. Bizdan keyingi avlod şu daraxtzor soyasida ötirib dam olsa, ğarq pişgan mevalaridan uzib yesa, tani-joni yayrasa, menga şu kifoya, — debdi otaxon.

Haligi yölovçi keksa odamning gaplaridan ajablanib, yelkasini qisganiça yölida davom etibdi. Oradan yillar ötib, öşa yölovçi yana şu tomonlarga kelib qolibdi. Ne köz bilan körsaki, bu yerda ulkan boğ barpo bölibdi, sersoya daraxtlar tagida yoş-yalanglar qizğin suhbat qurib ötirişibdi. Turli mevalar ğarq pişgan, boğ içidan asal hidi keladi. Yölovçi bir paytlar bu joyga nihollar ekayotgan nuroniy otaxonni eslabdi, iç-içidan uning dono gaplariga tan beribdi. “Bunday işda hikmat köp ekan, şuni har birimiz örganişimiz lozim”, debdi öz-öziga.

Daraxtlar yozda soya-salqinligi, kuzda meva berişidan taşqari, yil böyi bizni çang-ğuborlardan himoya qiladi. Olimlarning fikriça, bir tup daraxt 24 soat içida uç kişi uçun zarur bölgan kislorodni qaytarib berarkan. Bir gektardagi daraxtzor esa bir sutka davomida 230 kilogrammgaça hajmdagi karbonat angidridni öziga yutib, 200 kilogramm kislorod ajratadi. Bir gektardagi igna bargli daraxt bir yilda 40 tonnaga yaqin, yapaloq bargli daraxtlar esa 100 tonnaga yaqin havo çangini uşlab qoladi. Terakzorlar ham 300 kilogrammgaça bölgan hajmdagi çangni öziga yutadi.

Mutaxassislar fikriça, bir tup sada (gujum) daraxtining salqinligi önta sovitkiç quvvatiga teng ekan. Xalqimiz yonğoqni “Luqmon daraxti” deb ham atagan. Olimlar esa uni “havo fabrikasi” deyişadi. Negaki yonğoq nuraş (eroziya)ning oldini oladi, mikroiqlimni yaxşilab, turfa mikroblarga qiron keltiradi. Bu jihatdan arçalarning ham foydasi katta. Toğliklar fikriça, har bir arça bitta quduq bilan teng, u qişda qorni, yozda namni yaxşi saqlaydi.

Daraxtlarning şovqin-suronni kamaytiriş va atmosferaga kötarilayotgan zararli moddalarga tösqinlik qilişdagi örni ham beqiyos.

ZILOL SUVLARNI SOĞINIB…

Burungi zamonlarda suv olovdan ham köproq eʼzozlangan. Axir suv tanqis bölsa, tuproqda heç narsa unmaydi, hayot söna boşlaydi.

Tarixiy manbalarda keltirilişiça, Angliya qiroliçasi Yelizaveta XIV asrdayoq suvni çuçuklaştiruvçi eng arzon va qulay usulni topgan fuqaroga juda katta mukofot vaʼda qiladi. Oradan neça-neça asrlar ötib, fan-texnika yuksalişiga qaramasdan, bu mukofot haligaça öz egasini topmadi…

Maʼlumki, ona sayyoramizning 70 foizi suvdan iborat bölib, 1,4 milliard kvadrat kilometr suvning 97,5 foizi şör va umumiy suv hajmining atigi 2,5 foizini çuçuk suv (daryo, soy, köl va botqoqliklar), taşkil etadi. Ammo 2,5 foiz çuçuk suvning hammasiyam içişga yaroqli degani emas. Taxminan 1 foizi içişga yaroqli.

Olimlarning bugungi kundagi tadqiqotlari natijasiga köra, yer yuzida yaşovçi bir milliarddan ortiq odam toza içimlik suv bilan taʼminlanmagani tufayli oğir xastaliklarga duçor bölişmoqda.

Ertalab uydan çiqayotganda çiroqni öçirişni esdan çiqarmaymiz, lekin baʼzan vodoprovod jömragini yaxşilab berkitişni unutamiz. Gugurt çöpidek quvurdan tomçilayotgan suv kun davomida bir neça ön litrni taşkil etib, bekordan-bekorga oqavaga ketadi.

Dunyodagi juda köp boy mamlakatlar tabiiy resurslari tanqisligi bois, aksariyat hollarda toza içimlik suvini çetdan keltirişadi. Şu bois ular çinakam maʼnoda özlarini töla farovon his etolmaydi….

Maşhur okeanolog Jak Kusto: “Yer hammamizning umumiy uyimiz, suv esa uning qon tomiridir”, degan ekan.

Oqar suvlarga çiqindi taşlaş holatlari tez-tez uçrayotgani maʼlum. Bu hol hammani sergak torttirişi kerak, aslida. Çunki inson salomatligiga salbiy taʼsir etayotgan zararli omillarning 35-40 foizi suv tarkibining buzilişi bilan boğliq ekanligi allaqaçon aniqlangan. Şifokor olimlar aytişlariça, tarkibida nitratlari (zaharli moddalari) köp içimlik suvi qonimizdagi eritrotsitlarda kislorodga bölgan talabni yetarliça qondirolmaydi!..

Içimlik suvining toza yoki har xil keraksiz moddalar bilan qay darajada ifloslanganligini aniqlaşning eng oson va işonarli usuli ilk bor ibn Sino tomonidan taklif etilgan. Buning uçun bir xil idişdagi suvlarga alohida-alohida toza paxta bölagi taşlanadi. Keyin ulardagi suv bir xil meʼyordagi kuç taʼsirida siqib taşlanib, yana ölçanadi. Qaysi idişdan olingan paxta oğirlaşganligiga qarab aynan şu suv tarkibida yot moddalar köpligi va uning ikkinçisiga nisbatan isteʼmolga yaroqsizligi aniqlangan.

Har bir kişi kun davomida içimlik suvining aqalli bir litrini tejasa va behuda oqib ketişiga yöl qöymasa, uşbu saʼy-harakat tufayli mamlakatimiz böyiça neça-neça tonnalab toza suv isrof bölmasdan saqlab qolinar edi.

OLTINKÖZ VA TILLA QÖNĞIZLAR…

Oltinköz, xonqizi, tilla qönğiz kabi mitti jonivorlarning bugungi kunda kamayib ketayotganligiga olimlar tuproqning kimyoviy öğitlar bilan zararlanişini sabab qilib körsatişmoqda.

Qanotçalarini yoyganiça uçib-qönadigan xonqizini bilamiz. Yaqinda şu xonqizi qönğizlariga oid qiziq bir maʼlumotni eşitib qoldim. Havo sovib, izğirinli kunlar boşlanişi bilan xonqizilar gala-gala bölib uzoq adirlikka uçib borişarkan va bir-birlariga yopişib şu köyi muzlaşar ekan. Qiş adoğiga yetib, oftobli kunlar kelgaç, kattakon muz bölagi erib, xonqizilar bitta-bitta uçib çiqişarkan!

Endilikda foyda keltiruvçi xonqizilar bilan birgalikda daladagi zararkunandalarga qiron keltiradigan ayrim quşlar ham kamayib bormoqda ekan. Qarang, boyquş yozgi mavsumda mingtadan köp dala siçqonini tutib yeyişi natijasida bir tonnadan oşiq buğdoy saqlab qolinarkan. Qizilişton esa daraxtlarni kemiruvçi qurtlar bilan oziqlangani bois yuzlab daraxtlar kasallikka çalinmay navqironligiça qoladi.

Baʼzi davlatlarda foydali jonivorlarga ziyon yetkazadiganlarga maxsus jazo turlari bor. Masalan, Yaponiyada kimdir oddiy çuvalçangni şaxsiy maqsadda (aytaylik, baliq tutişda qarmoqqa iliş uçun) tuproqdan ajratib olsa, unga “tuproqning tabiiy holatiga zarar yetkazdi” degan ayb qöyilib, katta jarima tölaşga majbur qilinarkan. Yoxud birorta köp yillik giyohni tag-tomiri bilan yulib olgan kişiga xuddi şunday giyohdan yana ellik tup ekib köpaytirib beriş majburiyati yuklanadi.

Ming-ming yillar avval yaratilgan asarlarda ham tabiatdagi mavjudotlarni asrab-avaylaşga undovçi köplab voqealar bor. “Avesto” asarida keltirilişiça, qadimda yerni iflos qilgan va unga ziyon yetkazgan kişilarga 400 qamçi uriş jazosi belgilangan.

Ösimliklarni payhon qilgan odamlarga qadimda ayblarini yuviş uçun 10 ming tup xuşböy giyoh ekiş, minglab zararli haşarotlarni öldiriş buyurilgan.

Qönğizlar va quşlarning, aslida, öz vazifalari bor. Ularning aksariyati kasallik tarqatuvçi paşşalarni qiradi yoki daladagi ekinlarni yeb bitiradigan zararkunandalarni tutadi, şu jihatdan qişloq xöjaligiga katta naf keltiradi.

YUZ YILDA HAM YÖQOLMAYDIGAN PLASTIK

Qiziq tadqiqot…

Olimlarning taʼkidlaşiça, axlat qutisiga taşlanayotgan plastik idişlar (asosan, baklajkalar) oftob nuri va bakteriyalar taʼsirida deyarli parçalanmaydi.

Eng yomoni şundaki, plastik idişlar axlat qutisida yotganda ulardagi xlor birikmalari buğlanib atmosferaga çiqadi, quyoş nurlari tekkaç, undan xlor atomlari ajraladi. Xlor esa azon qatlamini yemiruvçi kimyoviy moddalardan biri.

Yer yuzi aholisi yil davomida milliardlab dona polietilen paketdan foydalanar ekan. Polietilen va plastik çiqindilarning atrof-muhitga çiqarib taşlanişi oqibatida har yili millionlab quşlar, dengiz sutemizuvçilari va baliqlar nobud bölayotganini mutaxassis olimlar taʼkidlaşadi.

Rivoyatlarga köra, bir mamlakat podşosi oğir dardga çalinadi. Turli joylardan kelgan maşhur tabiblar ham uning kasaliga davo topa olişmaydi. Şunda podşo ğazablanib, kimki uni tuzata olmasa, jamiki tabiblarni qattiq jazolaşini aytadi. Tabiblar davo istab boş qotiradilar, tabiblikdan xabari bor barça odamlarni bir joyga yiğişadi. Toğu toşlarda qöy boqib yuradigan bir çöpon podşoning siniqqan yuziga sinçiklab qarab: “Men sizni davolaşga urinib körmoqçiman”, deydi va buning uçun qirq kun muhlat söraydi. Çöpon podşoni tabiat qöynida köproq sayr qilişga, şifobaxş giyohlar qöşilgan çöponlar taomidan yeb, toğdagi buloqlar suvidan töyib-töyib içişga köndiradi. Bu hol podşo uçun har kungi odatga aylanadi. Qirqinçi kunga kelib podşo özini soğlom his etayotganini aytadi. Uning yuzlari tiniq, gavdasi ham tetik edi. Podşo salomatligi yaxşilanganining sababini bilişga qiziqadi. Şunda çöpon: “Siz hamişa saroyda taşvişlar içida yaşab, tabiatdan uzoqlaşgansiz, men sizni tabiatga yaqinlaştirdim, u sizni davolab tuzatdi”, dedi.

Aslida, tabiat biz uçun hamma şart-şaroitni yaratib qöygan. Uning bağrida özimizni soğlom va xotirjam his qilamiz, xuddi onamiz quçoğida yayragan kabi orom olamiz, zavqlanamiz.

Lekin bizning ham majburiyatlarimiz bor. Yaʼni, ona tabiatni sevib-ardoqlaşga, gulu giyohdan tortib mitti jonivorlargaça — hamma-hammasiga şafqat va mehr körsatişga hamişa burçlimiz. Şuni unutmasak bölgani.

Gulçehra JAMILOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan