Pista çaqar baliqlar
Falak tusi özgardi. Bu guldurakka işora edi. Osmon ravoqlari qattiq gumburladi. Hayot nafasi ufurgan toğlar bu ovozdan qalqib ketdi. Çaqmoq çaqib, momoguldurak bölib ötganday, toğlar içini gumburlatib yubordi.
Rosti, huru ğilmonlar girdo girdini örab olgan Nurotaning faxri bölmiş çaşmadan bir yoruğ nur kötariladi. Uni köriş hammaga nasib etavermaydi. Menga qolsa, bu çaşmani oltin toj, undan sizib çiqayotgan buloq suvini oltin kosaga tuşayotgan oy yoruğiga, baliqlarni esa tirik gullarga mengzagan bölardim.
Çaşma böyiga erta tongda yetib keldim. Maqsad, çaşmadan osmonu falakka kötarilayotgan hovurni, mahalliy aholi tili bilan aytganda, “Olloh nuri”ni körib, zavqlaniş edi. Garçand quyoş yotoğidan endigina boş kötarayotgan bölsa-da, “Olloh nuri” közdan yitgandi. Attang, keç qolibman, dedim afsuslanib. Ammo ortiqça çiraniş befoyda edi.
Buloq suvga limmo-lim. Qirğoqlaridagi qoqigul va boşqa turfa çeçaklar sariq boşlarini asta-sekin kötarib, bulutlar ortidan körinayotgan, jamol oçayotgan şamsga intizor köz tutadilar. Şu mahal qoğoz xaltaçamdagi suvi qoçgan non xayolimga keldi. Uvatib baliqlarga taşladim. Ular ğuj-ğuj töplanib, rizq-nasibaning “çangini çiqara” boşladilar. Bundan qalbim taskin topdi. Özimça, baliqlar ham, quşlar ham möʼjizaviy jonivorlardan bölsa kerak deb qöydim. Hayratimni, holatimni göyo sezgandek, baliqlar bunga javoban özlarining nozik harakatlari, badanlaridan tovlanayotgan ranglari bilan suv yuzida emin-erkin, bamaylixotir raqsga tuşardilar. Buloq suvi şifobaxş. Nega deganda yer osti suvlari turli jinslar orasidan sizib ötayotganda toğ jinslarini maʼlum miqdorda eritadi, yaʼni öziga oladi. Binobarin, uning harorati yozda ham, qişda ham ön beş darajadan pastlamaydi. Buloq suvi hidsiz, rangsiz, toza, musaffo. Asabni tinçlantiruvçi xususiyatga ega. U köpgina kasalliklarga davo, ayniqsa, quturiş kasalligiga yöliqqanlarni tezda soğaytiradi. Alhol, buloq tubida ğujğon öynab, u yoqdan bu yoqqa suzib yurgan baliqlarni gözallik timsollariga qiyos qilsak yanglişmagan bölamiz. Aytgança, el bu baliqlarni “qora baliq” yoki “marinka” baliqlar degan özgaça nom bilan ataydi. Rangi, tusi xuddi tundek qora. Zahar töplaydigan pardasi, uvuldiriqlari ham ataylab qilganday zulukday qora rangga moyil. Bu möʼjizagina emas, balki möʼjizalar möʼjizasi. Tabiatda “qora baliq”ning özi yöqolib ketib, kamyoblaşgan bölsa, uning töğrisida qanaqa gap bölişi mumkin degan fikrga borişingiz turgan gap. Şu örinda bir voqeani eslamaslikning sira iloji yöq. Bundan qirq yilça burun Rossiyaning allaqaysi şahridan bir öris yigit Nurotaga keladi. U dastlab Nurota ziyoratida böladi, qadim tuproqlarni kezadi. Ittifoqo, u Nurbuloqda suzib yurgan baliqlarni köradi-yu, birdan közi öynab ketadi. Miyasini suvda suzib yurgan baliqlarni uşlab, qovurdoq qiliş fikri band qiladi. Tanişlari unga buning iloji yöqligini, baliqlarni isteʼmol qiliş xavfli ekanini aytişadi. Biroq nafs qutqusiga asir bölgan kimsa tanişlari közini şamğalat etib, ön beş-yigirmataça baliqni tutadi. Söngra ularni tozalab, qizib turgan qozonga soladi. Haş-paş degunça baliq qovuriladi. Dasturxonga tortilgan taomni paqqos tuşira boşlaydi. Bir-ikki bölak baliqni yutgaç, iştahasi yanada oçiladi. Ammo oradan yarim soatdan söng, ahvoli yomonlaşadi. U vafot etadi. Xullas kalom, biz taʼriflagan baliqlarni ilgarilari sehrli deb tanovul etmagan bölsalar, öris yigitga öxşab bunga işonmay, heç balo urmaydi deb isteʼmol qilganlar hayot bilan erta xayrlaşganlar. Şu voqeadan keyin odamlar baliqlarning karomatli ekanligiga çippa-çin işonganlar.
Uluğvor, mahobatli toğlarning yuragi, qalbi bölmiş — Nurbuloq… U keça-yu kunduz bir maromda, jimirlaganiça munis oqadi. U hovuçidan tutqazgan obihayot, tiriklik suvi boğu roğlarni, baxmal vodiylarni, oromijon qişloqlarni yayratib yaşnatadi. Ğuj-ğuj baliqlarni öz qöynida gard yuqtirmay asraydi, avaylaydi.
Nurbuloq böyida uzoq qolib, baliqlar harakatini qiziqiş ila kuzatdim. Faqirning bu holati qovun paykaliga qöyilgan, söppayib turgan qarotqiga juda ham öxşardi. Buni qarang, tabiat özining şafqatli, ajoyib va gözallik taratuvçi qöllari ila vujudga keltirgan ekan-a bu kabi ğaroyibotlarni! Baliqlar tip-tiniq buloq tubida bemalol, emin-erkin öynab, suzib yuribdilar. Behisob darajada nozik, çiroyli, ğiz-ğiz etib harakatdan tinmaydilar. Taşqarida bitta yoruğlik, yaʼni yaqinlaşib kelayotgan faslning keçki, ertalabki yorqin yoğdulari hukmron edi. Ayniqsa, tongda baliqlar oqquşdek yorqin beğuborligi, topqirligi, nafis şitirlovçi ovozi ila maftun etadi, behisob şodlantiradi kişini. Men bularni körib bir joyda muqim ötirolmasdim. Zilol suvli buloq, unda suzib, közni quvontiradigan fariştamonand baliqlar tağin öziga tortardi. Havo gözal tovuşlarga töliq. Anglaşimça, öşa gözallikni körmoq uçun musaffo xayol va bokira idrok talab etiladi. Yuzimdan hayrat arimay, buloq böyida baliqlarni kuzatar ekanman, ularning bittasida qiziq bir belgini, halqani körib qoldim. Va darhol bu halqa, belgi kimning taşabbusi va saʼy-harakati ila boğlanganini payqadim. Baliqqa boğlangan halqalar uni bu yerdan öttiz çaqirim naridagi Ğazğon dahasidagi buloq “fuqarosi” ekanligini dalillaydi. Ötgan asrning yigirmançi yillaridan boşlab odamlar baliqlarga şunday halqa boğlab qöyar edilar. Nazarimda, ular ön sakkiz va öttiz olti çaqirim naridagi olis va maşaqqatli yölni oppa-osongina, qiynalmay bosa olardilar. Darvoqe, sinçkovlik bilan tiniq suvning sokin tubiga termulsangiz noxuş öylar, xayollar sizni tark etadi, ruhingiz quş qanotiday yengillaşib qoladi. Simobday yaltillayotgan şaffof suvning osti sumalakday qaynagani-qaynagan. Qum yuzidagi qoramtir hoşiyalar ming xil şaklda çiziladi. Aytişlariça, eng pokdil, halol, toza insonlarga biz taʼriflagan sirli nur körinar emiş. Kamina ariq içida ğuj-ğuj suzib yurgan, raqqosadek harakatlanayotgan marinka baliqlarni nozanin dilbarning qirq kokiliga öxşatgim keldi.
Ha, tabiat işiga qoyil qolasan. Bölmasa, baliqning pista çaqişiga heç kim işonmagan bölardi. …Ayol öğilçasi bilan buloq yoqalab sayr qilib yurardi. Qarasam, ular sal enkayib turganiça kaftidagi pistalarni oz-ozdan suv yuziga soça boşladilar. Bolakay bundan battar zavqlanar, tinmay qiqirlardi. Şu çoğ ğuj-ğuj baliqlar galasi suv yuzida paydo böldi. Ular bolakay taşlagan pistalarni haş-paş degunça çaqib taşladilar. Söngra “Pista pöçoğini bu yerda qoldirib bölmaydi”, degan maʼnoda yuzaga çiqardi. Çindan ham bunga befarq, şunçaki qarab bölmasdi. Qiziqişim ustun kelib, men ham kaftimdagi pistalarni suv yuziga soçib yubordim. Suv tiniqlaşib, birdan yana pistaçaqar baliqlar tödasi hoziru nozir böldilar. Suv tezob oquvçan bölgani uçun pista pöçoqlari obihayot bilan şaharga çiqib ketarkan. Oçiği, pista çaqib, ajoyib, ğoyat antiqa tomoşa körsatayotgan baliqlarga tikilib, möʼjiza-ku deyişingiz turgan gap. Qolaversa, ular suvning sofligi, billurdek tiniqligini taʼminlaşni ham qoyilmaqom uddalar ekanlar.
Ustiga belgi qöyilgan bir baliqni Nurota çaşmasidan qöyib yuborişganda, öşa baliq Dehibalanddagi buloqdan çiqqanligini aytişadi. Aytgança, u ortidan ön ikki çoğli şirmohi baliqni ham boşlab kelgan ekan. Bundan çiqdi, Dehibalanddagi uçta va Nurotadagi mavjud buloqlarni boğlab turuvçi yer osti yöli mavjud ekan-da? Rostdan ham elning bu gapida haqiqat uçqunlari mavjudday.
…Toğ bağridan sizib çiqayotgan Nurbuloq… Ana şu buloq içida ğujğon öynayotgan baliqlar çunonam hayratimni oşiradi. Garçand dunyoda buloqlar son-sanoqsiz, serob bölsa ham, ammo ularning hammasida bunday baliqlarni uçrata olmaysiz. Şu tobda qodir tabiatning özi sizni adoqsiz, intihosiz savollarga ğarq etadi.
Aslida purviqor va mahobatli toğlar silsilasida qönim topgan buloqlardan biri — Nurbuloq, yaʼni nur taratuvçi çaşmadir. Tarkibida oltin, kumuş zarraçalari mavjud şifobaxş çaşma suvi odamlar köziga möʼjiza bölib köringan. Toğ etagidan şivirlarini yutib, jimib oqayotgan çaşma, hayratimga sabab bölgan baliqlarga tikilib, uzoq öylarga toldim. Suvga termulganim sayin sehrgar, jilvagar dunyo oğuşiga ğarq bölaman. Sehrli va öta çiroyli baliqlarning harakatlari ayriça, özgaça. Ular xuddi baxmal monand tovlanadilar. Çaşma oqişi, baliqlar suzişi Nurota vohasining gözalligiga qöyilgan haykal edi göyo!
Uluğbek JUMAYEV.
