FOZILMON

Sintob qişloği yuz, yuz ellik metr yuksaklikda, yaʼni tik qoya ustida qönim top­gan. Orqa tarafi qoyaga tirgak tirab qurilgan. Sinçiklab qarasangiz, arkni yodga soladi. Mahobatli, salobatli toğlar qurşovidagi, soy böylab ketgan bu qişloqning gözalligiga, çiroyiga taʼrif yöq. Köngilda hassos tabiat yaratgan ana şu maʼvoni köriş mayli tuğildi. Toşkentdan uç-tört tanişlar bilan yölga tuşdik. Niyatimiz — toğning orombaxş havosidan simiriş, göşa va manzaralaridan zavq oliş edi.

“Saptiva” önqir-çönqir yöldan oldinga bosadi. Nurota – Foriş yölida maşinalar siyrak. Ahyon-ahyonda pritsep ulagan “Kamaz”lar uçraydi. Bunga yölning abgorligi sababdir. Yana kim biladi deysiz. Xullas, ana şu katta yöldan beş çaqirim içkariladik. Birdan toşdan yönib tiklangan uy tomlari közga taşlandi. Şunda toğbegi uqtira ketdi:

— Soy yoqalab ketgan katta yölakdan ön, ön beş çaqirimgaça maşina siljiy oladi, xolos. Undan u yoğiga ulov borolmaydi. Faqatgina söqmoq yölgina xuş kelibsiz, marhamat deya qarşilaydi. Yöldan eşak, xaçir yura oladi. Beminnat dastyorlar heç qanday mintaqmay, tixirlik qilmay sizni manzilga yetkazadi. Sintobdan ön sakkiz çaqirim naridagi Fozilmon köli Navoiy şahridan bir yuz sakson, Nurotadan bir yuz yigirma çaqirim olisda, dengiz sathidan bir ming olti yuz qirq tört metr yuksaklikda… Kölni mahalliy aholi “Sentobköl” deb ham ataşadi. Umuman, Sintob qişloğiga kölni köriş ilinjida uzoq yurtlardan, hatto Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya singari mamlakatlardan ham sayyohlar taşrif buyuradi. Ular bir eşakni ellik mingdan bir yuz ellik ming sömgaça ijaraga oladilar. Sal bölmasa aytiş yodimdan kötarilibdi. Qişloqning söqmoq intiho topgan joyidan najot maskani – Nurota qöriqxonasi boşlanadi.

Oq-sariqdan kelgan, yuzlari löppi, uzunçoq, qoş-közlari qop-qora va biroz rangpar kişi eʼtiborimni tortdi. Tanişdik. Ismi Safar bölib, çorvador ekan. Bilsam, toğ odamlari çuçmal, silliq gaplarni yoqtirmas ekanlar. Çindan ham, toğliklarning böy-basti-yu, öktam çehrasi odamga mağrur, dadil boqadi.

— Mehmon, qadamingizga gul bitsin. Bizning qişloq tili Sadriddin Ayniy tiliga yaqin. Ehtimol, eşitgandirsiz? Rivoyatda aytilişiça, Sintob ahlining yarmi buxorolik, yarmi sintobdan tarqagan emiş. Şuning uçun qişloqning etnik qatlami azaldan tojik tilida sözlaşadi. Odamlari menga öxşaş, — dedi Safar oğa.

Dunyo taşvişlari çekingan, menga begonadek edi. Ammo qalbim behad xuşnud, şod edi. Xayollarga çömdim. Uzoq-uzoqlardagi toğlarga, kengliklarga köz yugurtirdim. Ajabtovur holat. Nega endi Sintob yaylovidagi moviy köl va Sintob sathi sap-sariq rangda ekan-a? Ular xuddi quyoş nurida jilolanayotgan simobga öxşaydi.

— Ha mehmon. Xayol daryosiga ğarq bölib qoldingiz?

— Özim, şunçaki. Bu yerlarning tarixi, keçmişi haqida boş qotirayotgandim.

— Sizni Sintob qişloğining tarixi qiziqtirayotirmi? Unda quloq tuting.

Bilganlarimni sözlayman. Sintobliklarning kelib çiqişi qadim zamonlarda qiş­loqqa bostirib kelgan yoğiyning aholini bitta qöymay qirib taşlaşi bilan boğliq voqeaga borib taqaladi. Aytişlariça, qirğin çoğida baxtli tasodif tufayli bir muştipar ayol Hasan va Zuhra ismli egizak farzandlari bilan tirik qoladi. Duşman ularni payqamagan. Yoru qadrdonlaridan ajragan ayol ikki gödagini olib, qişloqni tark etadi. U söqmoq yölning çetiga kelib töxtaydi. Bir nafas dam oladi, közyoşini artadi. Taqdiri azal yoziğiga könikadi. Söngra xuddi şu joyda çayla tikib, umrguzaronlik qila boşlaydi. Tirikçiligi binoyidek ötib turadi. Ammo bir kuni xilvat göşada ovçi paydo böladi. Dastlab uni körib ona va bolalari qörqib ketadilar. Biroq yigitning yonidagi singlisiga közi tuşgan ona ança tinçlanadi. Tez orada ular til topişib, inoqlaşadilar. Bir kuni ayol ovçiga maslahat soladi: “Muhtaram ovçi, hayotda inson yolğiz, tanho yaşaşi mumkin emas. Agar gapimga röyxuşlik bildirsangiz, singlingizni öğlimga olib beray. Qizimni özingizga yostiqdoş qila qoling. Keyingi hayot yölingizni u bilan boğlang”.

Bu jöyali taklif ovçiga maʼqul keladi. Şu tariqa Sintob qişloğida hayot şami porlabdi. Bu ikki oiladan önta oila vujudga kelibdi. Ana şu oilalar köpayib, ildiz otib, keyinçalik uruğlarga bölingan ekan. Hozirga kelib har bir uruğning öz qabristoni bor.

…Atrof qoraya boşladi. Tun zulmati bosgan dunyo birdan qoronğilikka çulğandi. Çipor toş­lar uyumi közga vahimali körindi. Qayerlardadir böri öqtin-öqtin ğingşimoqda. Osmon qaʼridan ketma-ket yulduz uçdi. Şu kuni qişloqda tunab qoldik. Ertasiga ajoyib, xilvat göşalarni oralab, tabiatni tomoşa qilib, odamlar bilan çaqçaqlaşib Fozilmon köli qaydasan deya yölga tuşdik. Ostimizda eşak. Söqmoq yöl böylab toğbegi oldinda ketardi. Unga izma-iz men va hamrohlarim borardik. Toğbegi manglayi oq, qolgan joylari qora otda edi. Tik qoyalar aro ming bir buralib osmonu falakka örlagan yolğizoyoq bu söqmoq yölda har xil jonivorlarning tezaklari bilan birga onda-sonda ot, eşak, xaçir taqalari ham uçrab qolardi. Baʼzan kutilmaganda biz yölovçilarning oyoğimiz tagidan, boş oralaridan qarğasimon zağça, tomoği sariq çumçuq, bigiz tumşuqlar, kakliklar pir-pir uçib, osmonga kötarilardi.

“Çuh!” Toğbegi otining jilovini siltadi. Bizni ham qiçabroq yurişga undadi. Ostimdagi hangi yörğa edi. Töqimning ayi­­li mahkam tortilgan. Xötik yölni yaxşi bilar ekan. Şu boisdan xilaçöpni niqtaşga hojat qolmadi. Baʼzida oyoqlar munkib-munkib ketadi. Şaharda yurib xom bölib qolganimni ilğadim. Yöl qaltis, tor, öydim-çuqur. Pastlikka qarasang, yuraging orqaga tortib ketadi.

Sintob yaylovi. U Fozilmon toğlari etagida. Öşa manzilga çiqib boriş, u yerdagi kölni tomoşa etiş fikri xayolimni band etgan. Ming yillik yonğoq daraxtlarining yer bağriga qarab, egilib ösgan şoxlari, qişloq örtasidagi qörğon xarobalari göyo toşlarda bitilmagan, aytilmagan, buyuk tarix sirlarini qatiga yaşirganday. Bir-biridan yuqori, baland devorlar qoraygan qalʼaga öxşab ketadi. Özimça bu manzilni “toş şaharça”ga taqqosladim. Yuksak toğlar orasida, orqa tarafi kunçiqarga qarab baland qoyaga tirkab barpo etilgan bu qişloq uylarini ona tabiat yomon közlardan pana etib yaratganday göyo!

Ustiga-ustak, biz turgan manzilni oldingi tomonidan ham, orqa tarafidan ham tik qoyalar qurşagan. Buni qarang, söqmoqdan bitta-bittalab yurilar ekan. Yonğoqzor, bodomzor, dölana va pista daraxtlari soy yoqalab izma-iz taʼqib etib, kuzatib boradi. Beqaror şamol daraxtlar boşini ohista silaganday böladi. Qişloq uylari tugab, soy ham ança pastda qoldi. Ayni şu yerda Çavaksoy ayqirib Sintobsoyga qöşiladi. Katta suvlik vujud­­ga keladi. Tik qoyalar bağirlab ketgan yölda odam siyrak. Toqqa örmalaganimiz sari söqmoq beş-oltita yönalişga bölinib ketadi. Buni körib dong qotdik. Biz yaqin tik söqmoqni tanladik. Har holda tabiatning hayratomuz manzarasini köriş istagidan çekinmadik. Burilaş çoğida albatta, çöqqi qarşi oladi. Ehtiyot bölinmasa, ağdarilib ketiş heç gap emas. Şu boisdan sezgirlik va huşyorlikni yöqotmadik. Nihoyat, balandga kötarilib boruvçi ön beş çaqirimlik Sintob söqmoği yaylovga tutaşgan joyga yetib bordik. Öziyam bu yerga kelgunça naq qirqta toğ va qirqta jarlikdan ötgandek edik. Quvonçimiz çeksiz edi. Tekis, bepoyon yaylov uzra salqin şabboda yuzga ufurdi. Köm-kök maysalar bilan qoplangan kengliklarda son-sanoqsiz qöy-qözi, eçki-uloq, sigirlar poda-poda bölib ötlab yuribdi. Tağin tekislik böylab piça yurdik. Köl Fozilmon toği, deb ataluvçi çöqqi pastida ekan. Köl yuzidagi suv ötlari… Ular bir qaraganda kulrang tölqinlarni eslatadi. Suvi tiniq, roşiga kelib urilib, ajib manzarani hosil etadi. Yam-yaşil ötlar, qaddi-basti tik, adl, töda-töda qamişlar katta suvlikning qoq örtasidan “mana men”, deya qad kerib turibdi. Gurkiragan bayroqdek hilpirab, tovuş çiqaradi. Şundoqqina moviy kölning şarq tomoniga yurdik. Va öşa yoğini sekin aylanib ötdik. Şundoqqina kölga suv quyadigan buloqça ustidan çiqib qolibmiz. Suvi çuçuk, muzdek. Tişni zirillatadi. Kölga suv yomğir va qor, buloqlardan yiğiladi. Uzunligi uç yuz metr, eni ellik metrça… Çuqurligi bir yarim metrga yetadi.

Atrofga razm soldim. Hov ana baland toğ çöqqisidan otlar uyuri suvlagani tuşib kelayapti. Ayğir ortidan ön çoğliça biya ergaşgan. Toyçalar şataloq otib, töpolon kötaradi. Şu mahal ayğir uzun qilib kişnadi. Bu uning öziça tödani ortda qolmasdan intizomga amal qil deb ogohlantirgani bölsa kerak. Ularning yollari tillo rangda. Quyoş nurida tovlanadi. Osmonda bulutlar laşkari kezinadi. Goh u yoqqa, goh bu yoqqa qarab suzadi. Falak toqida burgut qanot silkitmoqda. Osmon podşosini körgan quşlar özini pana-pastqamga uradi. Yerda yumronqoziq qoziqdek tik turibdi.

Köl içkarisiga kirgan yilqilar uyuri suvlagaç, çözib kişnadilar. Söngra özlarini sovuq suvga otdilar. Tanlari yayradi. Bu hol ön beş daqiqagaça takrorlandi. Otlar yollaridagi suvlarni silkitdilar-da, ğolib askarlardek boşlarini mağrur kötarib yaylovlar tomon yörtib ketdilar. Şu ketişda, Fozilmon kölidan suvlagan yilqilar uyuri Oqtoqqa borib tunar ekanlar.

Toğ boşidagi bu ğaroyib tekis yaylovda uyurlar serob, bisyor bölsa kerakki, begona eşak, xaçir va yilqini köribmi; hidini sezibmi yoxud dirillaşini eşitibmi, öqtin-öqtin kişnaşadilar. Önlab botmon joyni egallagan qoramtir kölga quyoş şuʼlasi boriça yoyilgandek edi. Qurbaqalar tinmay vaqillaşardi. Baʼzan yaqin, baʼzan uzoqdan çiyaböri, tulki, şoqol, qaşqirlar ulirdilar. Garçand kunduz bölsa-da, bu yuksaklikdan Sintob, Moj­rum, Öxum, uning öng tomonidagi son-sanoqsiz Foriş qişloqlari aniq-tiniq körinardi. Moviy köl jamol oçadi. Unda köplab ördak, ğoz va oqquşlar, şirmohi baliqlar emin-erkin suzişmoqda.

Yodimga oqtoğlik yilqiboqarlardan eşitgan bir rivoyat tuşdi. Yilqilar özlari tunaydigan Oqtoğni xuş köradilar. Nega deganda, bu köz ilğamas yuksaklik, xilvat göşa ularga tinç, xotirjam, osoyişta, halovatli hordiqni tortiq etadi. Faqatgina kun yoyilib, quyoş zarrin nurlarini soçgandagina Sintob yaylovida hozir böladilar. Suvga qongaç tağin Oqtoğga ravona böladilar. Aytgança, Oqtoğ ustida ham xuddi şunday yaylov bor böyiça yastanib yotadi. Bir qaraganda, Nurota toğ tizmalarining bir çekkasidagi tizma toğning ikkinçi bir tarafdagisi bilan boğlanişiga sira işonging kelmaydi. Ammo bu rivoyat zamirida haqiqat uçqunlari borday. Qolaversa, yilqilar uyuri uçun kengliklar jonning huzuri. Negaki, ular adoqsiz, intihosiz kenglik­larda ötlaşni, ozodlikni, erkinlik ruhini yoqtirib keladilar. Yilqilar toğ qöriqçilari hamdirlar. Tağin bir gap. Bu yaylovlardagi otlar uyuri Hazrat Alining duldulidan tarqagan emiş göyo! Şuning uçun ularga zotli ot deb qaraladi. Bunga işonmay bölmaydi.

Novvotrang qoyalar, mağrur çöqqilar. Ular orasiga xoldek yaraşib tuşgan çeksiz, intihosiz yaylov. Yaylov örtasidagi bepoyon, moviy tusli köl. Gözal tabiatli oşyon. Osmonu falakda bir-birini quvib, huzurbaxş onlarni his etayotgan bahaybat qarçiğaylar… Mahobatli toğ uçidagi Fozilmon köliga uzoq tikilib qoldim. Yonğoq soyasi mağribga qiyaladi. Atrofda bir şaklda ösib yotgan, zoğasa, irğiy, zaranglar orasidan goh kötarilib, goh ğoyib bölib soy çopadi. Barglari yirik-yirik şakarak, uçi ğözanikiga öxşaş, ammo tikonli ğözaboş, mayda-mayda, nafis yaproqli çakanda, yalpizni eslatuvçi kiyik ötlarga damba-dam duç kelaverdik. Siyrak tumanlar oqiştob tov­lanadi. Ohaktoşli qoyalar, ular uzra uçib yurgan burgutlar bu joylarni batamom öziniki qilib olgandi. Oh, munday suyuk manzaralarni tuşingdayam köriş mahol! Beş quloçça yuksaklikdan tuşayotgan oppoq şarşara! Şu ovloq, munis joyga zap yaraşgan. Oçiği, bunday körkam, bunday bahavo joylar tabiatda unçalik ham köp uçramaydi.

Yuksakdagi qorga çulğangan çöqqida lola bargagiday şuʼla soçilib turardi. Bu – quyoş nurlari edi. Yaqinday köringan, aslida heç qanday tirik jon yeta olmaydigan ufq aylanasida göyo nur daryosi vujudga kelgandi. Qoramtir osmonga tuşib çiqqan tumonat yulduzlar aniq-tiniq körina boşladi. Darvoqe, çeksiz va intihosiz yaylovlar örtasidagi köl qönim topgan manzil kiçik Fozilmon toği deb ataladi. Katta Fozilmonni “Hayotboşi” yoxud oddiygina “Fozilmon” deb ataydilar. Fozilmon köli yuqorida aytilganidek, dengiz sathidan bir ming olti yuz ellik metr balandlikda vujudga kelgan. Kölga faqatgina bittagina çaşma suv quyadi. Qişda suv yuzi qalin muz bilan qoplanadi. Unda çömiliş tavsiya etilmaydi. Sathida osmon aksini (ayniqsa, yulduzlarning juda noyob holatini) kuzatiş mumkin.

Lojuvard toğ tepasidagi afsonaviy tekisliklarni közdan keçirdik. Sirli kenglik­larni va şoşqin soylarni kezib, Beşbarmoq çöqqisiga çiqdik. Bu qaltis, gözal oşyondan tizma toğlar etagidan boşlanib, qozoq ovullariga qadar tutaşib ketgan sahro osmon yangliğ tubsiz va zangor körinadi. Bu şaffof joydan zavq olib, Sintob qişloğiga ena boş­ladik…

Uluğbek JUMAYEV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan