Odamlar nima der ekan?
yoxud ijtimoiy bosim haqida mulohaza
“Reels” aylanadi. Rang-barang mavzular, hayratga soluvçi kadrlar keti uzilmaydi. Har kim öz dunyoqaraşi, öz hayotidan kelib çiqib video ulaşadi. Mana bu öquvçi yoş böla turib, “IELTS” sertifikatini olibdi, boşqasi oilasi bilan xorijga sayohatga ketibdi, yana biri haşamatli restoranda. Hozirgi davrning öziga xos haqiqatiga aylangan hodisa: kimning hayoti haqida bilmoqçi bölsangiz, ijtimoiy tarmoqlarga kirsangiz kifoya. Men ham özimça öylayman: “Qaçon “Reels” olaman? Qaçon xorijga safar qilaman? Qaçon öşa imkoniyatlar menga ham nasib qiladi?” Keyin ustozlarimning sözlari yodimga tuşadi: “Hayotingizdagi har bir mayda detallarni ham ommaga havola qilavermang. Sizda bor narsa boşqalarda bölmasligi mumkin”. Biz öylagandan ham köproq jamiyat bosimi ostida yaşaymiz. Çunki ijtimoiy bosim heç qaçon “men keldim” deb eşik qoqmaydi: u eng mayda odatlarimiz, qarorlarimiz, hatto xohişlarimiz orasida sekin-asta ösib boradi.
Inson tabiatan taqlidga moyil. Odamlar nimani kiydi, qayerga bordi, nimalarga qiziqdi — bilmagan holda bu bizning tanlovlarimizga ham taʼsir qiladi. Bu ijtimoiy bosimning eng nozik körinişlaridan biri ekanini sezamiz. Inson özini köpinça boşqalarning bahosi, fikri va qiyoslari orqali köradi. Bugun esa bu jarayon ayniqsa tezlaşdi. Odamlar orasidagi farq kuçaygani sari soliştiriş ham ortdi. Kimdir boşqalar kiygan kiyimga qiziqadi, kimdir ularning sayohatlariga havas qiladi, kimdir esa “men ham şunday bölişim kerak” degan içki majburiyatni his qiladi. Bu bosimni kuçaytirayotgan eng katta maydon — ijtimoiy tarmoqlar. “Instagram”, “Tiktok”, “Facebook” va boşqa platformalarda odamlar hayotining faqat eng yorqin, eng jiloli qismlarini joylaşadi: bayramlar, çiroyli fotosessiyalar, oilaviy yiğilişlar, bezatilgan dasturxonlar, sertifikatlar, yutuqlar, sayohatlar… Ammo kamera orqasidagi mehnat, çarçoq, içki kuraşlar, yiği, xatolar — haqiqiy hayot körinmaydi. Kuzatuvçilar ongida bunday ideal lavhalar “real hayotning meʼyori”ga aylanadi. Va ular özini şu suratlar bilan soliştira boşlaydi. Xavotirli savollar köpayadi: “Nega men ham şunday yaşamayapman?”, “Menda nimadir yetişmayaptimi?”, “Nega boşqalar mendan köra baxtliroq körinadi?” Bu savollar odamning içki tinçini yemirib boradi, boriga şukr qilişni unutib qöyadi. Öz yutuqlarini körmaydi, faqat yetişmayotgan tomonlarini ölçab yuradi.
Ijtimoiy bosim öqiş jarayonida, işxonada, mahallada, hatto taniş-bilişlar orasidagi muloqotlarda ham namoyon böladi. Masalan, talabalik davrida “u qaysi grantni oldi?”, “boşqalar qaysi kursga qatnayapti?”, “qaysi işga joylaşdi?” kabi savollar bexosdan soliştirişga undaydi. Iş muhitida ham şunday: kimdir kimlargadir ergaşib kiyinişga, boşqalarning iş uslubiga taqlid qilişga yoki özini majburlab “meʼyor”ga moslaştirişga urinadi. Mahallada esa kimning farzandi neçançi örinni oldi, kimning uyi qanday taʼmirlandi, kimning maşinasi yangiroq – bularning barçasi bilib-bilmay inson içki bosimini kuçaytiradi. Tanişlar orasidagi suhbatlarda esa baʼzan moddiy taqqoslaş, mavqeni soliştiriş yoki yutuqlarni körsatişga intiliş holatlari körinmas bosim manbai bölib xizmat qiladi. Eng açinarlisi, odam köpinça bunday bosimni taşqaridan emas, özining içidan sezadi. Çunki jamiyatning “kerak”, “şart”, “boşqalar şunday qiladi” degan yozilmagan qoidalari insonning qarorlarini sezdirmasdan boşqarib boradi. Natijada inson öz xohişini emas, atrofning kutganini bajarişga moyillaşadi.
Ijtimoiy bosimning eng köp uçraydigan va eng kuçli körinişlaridan biri – bu “odamlar men haqimda nima der ekan?” degan içki qörquvdir. Inson köpinça kiygan kiyimini, qilgan harakatini, aytgan sözini, hatto qadam taşlaş usulini ham boşqalarning bahosi orqali baholay boşlaydi. Bu holat qançalik oddiy tuyilmasin, aslida, juda çuqur içki zöriqişni yuzaga keltiradi. Baʼzan odam kiyimini tanlarkan, öziga yoqqanidan köra, boşqalarga qanday körinişini öylaydi; biror tadbirga borar ekan, qulaylikdan köra “mos böladimi?” degan öy ustun keladi; biror qaror qabul qilar ekan, içki xohişidan oldin atrofdagilarning mulohazasini ölçaydi. Bu esa insonni öz hayotining yölovçisiga emas, tomoşabinning nigohida yaşaydigan aktyorga aylantiradi. Odamlar nima der ekan, degan fikr özi sezmagan holda kundalik hayotning barça qatlamiga singib boradi va insonning erkinligini çeklaydi. Aslida esa heç kim boşqalar haqida öylaganimizçalik köp öylamaydi – har kimning özi bilan ovora bölib yaşaydigan taşvişlari yetarli.
Ijtimoiy bosimning eng xavfli jihati şundaki, odam asta-sekin öz haqiqiy “men”ini yöqotadi. Masalan, bir bola yoki qiz döstlari orasida “trendda böliş” talabi kuçli bölgani sababli özi istamagan holda qimmat telefon olişga majbur böladi. Aslida oddiy, yaxşi va hamyonbop telefondan ham yetarliça foydalaniş mumkin bölsa-da, atrofdagilarning “şunaqa telefon bölmasa, zamondan orqada qolasan” degan gaplari uni qarzga botişga ham rozi qiladi. Bu nafaqat moliyaviy bosim, balki psixologik çarçoq ham olib keladi.
Mutaxassislar taʼkidlaşiça, ortiqça taqqoslaş ruhiy salomatlikka eng katta zarbalardan biridir. Çunki inson soliştiriş jarayonida, odatda, özidan yuqoridagilarni ölçovga qöyadi va özini pastroq baholay boşlaydi. Bu esa öziga bölgan işonçning kamayişi, içki noaniqlik, taşviş holatlari va ruhiy çarçoqqa olib keladi. Serial va filmlarda körsatiladigan mukammal oila, haşamatli hayot, vaqtning hamişa quvonçga töla tasviri — bularning barçasi real hayotdan yiroq. Ammo köpçilik buni unutadi va öz hayotini ana şu “sunʼiy ideal” bilan ölçay boşlaydi. Natija esa bitta: odam öz hayotidan mamnun bölolmaydi.
Baʼzan ijtimoiy bosim odamni rivojlantirişga, özini tartibga solişga va özining tan olmagan imkoniyatlarini oçişga undaydi. Masalan, sinfda yoki guruhda hamma ingliz tilini örganayotgani, kurslarga qatnayotgani yoki sertifikat olayotgani odamni harakatga keltirişi mumkin. U aslida “keyinroq boşlasam ham böladi” deb yurgan bölsa-da, boşqalarning mehnati uni ruhlantiradi va özida şijoat topib öqiy boşlaydi. Ijtimoiy bosim baʼzan insonni masʼuliyatli bölişga örgatadi. Bir harakatçan yoki hayotga iştiyoqi baland, mehnat qilişdan, izlanişdan tap tortmaydigan insonlarni körganimizda, ularning energiyasi bizga ijtimoiy bosim sifatida aks etadi. Hayotimizda har narsaning yaxşi va yomon, salbiy va ijobiy tomonlari bölgani singari ijtimoiy bosimning ham har ikkala taʼsiri inson hayotiga uzviy ravişda öz kuçini körsataveradi.
Baʼzan u odamni ilhomlantiruvçi, rivojga undovçi kuçga ham aylanişi mumkin. Masalan, ilm izlaydigan, mehnati bilan muvaffaqiyatga erişgan, soğlom turmuş tarzini tanlagan insonlar boşqalarni ham öziga ergaştiradi. Bunday holatda bosim emas — turtki yuzaga keladi. Ijtimoiy bosimdan qoçib bölmaydi. Biz jamiyat içida yaşaymiz va tabiiyki, uning signallarini qabul qilamiz. Lekin eng muhim jihat — bu signallarni ongli qabul qiliş. Inson öz qadriyatlarini aniq bilsa, yölini boşqalarniki bilan emas, keçagi özi bilan soliştirsa, hayotining ritmi boşqalarnikiga öxşaş bölişi şart emasligini tuşunsa, bosim kuç emas, vositaga aylanadi.
Ijtimoiy bosim hayotimizning ajralmas qismi bölişi mumkin, ammo heç qaçon bizni boşqaruvçi kuçga aylanmasligi kerak.
Farangiz ABRUYEVA,
Özbekiston jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti talabasi.
