Mediasavodxonlik nima va u nima uçun kerak?

Oxirgi paytda savodxonlik sözi media bilan barobar qöllanilayotganiga guvoh bölyapmiz. Mediasavodxonlik özi nima va u bizga nima uçun kerak?

Hozirgi kunda eng köp vaqtimizni telefon, internet va ijtimoiy tarmoqlarda ötkazamiz. Har kuni yuzlab videolar, suratlar va reklamalarni köramiz. Ammo ularning hammasi ham töğri bölmasligi mumkin. Baʼzilari haqiqat, baʼzilari esa yolğon yoki çalğituvçi bölişi mumkin. Mediasavodxonlik deb xabar, video, reklama, blog, post va rasmlarni töğri tuşuniş, xavfsiz foydalaniş va tanqidiy tahlil qila oliş könikmasiga aytiladi. Oddiy qilib aytganda, “Kördim — işonmadim — tekşirdim — keyin xulosa qildim” degan yondaşuvdir.

Mediasavodxonlik bizga nimani örgatadi? Avvalo, har qanday axborotni tekşirişni. Öqiyotgan yoki maʼlumot olayotgan manbalarni taqqoslaşni. Media tilini tuşunişni, yaʼni reklama, manipulyatsiya kabi tuşunçalarga ega bölişni. Tomoşa qilayotgan video-kontentlarning maqsadi va kimlarga foyda keltirişini anglaşni. Şaxsiy maʼlumotlarni himoya qila olişni, firibgarlikdan saqlanişni hamda kontent yaratiş madaniyatini örganişni.

Nega mediasavodxonlik muhim? Çunki bugungi kunda internetda “fake” (yolğon) maʼlumotlar köp, rost bilan yolğonni ajrata oliş zarur. Ijtimoiy tarmoqlar manipulyatsiyasini anglaş va boşqara biliş muhim. Reklamalarning ongga taʼsiridan himoyalaniş kerak. U jamiyatning katta-kiçik aʼzolariga öz fikrini boşqarişni örgatadi. Aynan şuning uçun bugun mediasavodxonlik har birimiz uçun zarur bilim manbai hisoblanadi. Zero, mediasavodxonlik — bugungi axborot dunyosida öz fikriga ega böliş va aldovlardan himoyalaniş yölidir.

Darmonjon RUSTAMOVA,

Özbekiston Milliy universiteti talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan