Köngli qattiqlik bilan kelmagay mehru şaraf
Suyundik MUSTAFO
Muallif haqida:
Suyundik MUSTAFO (Mustafoyev) 1950 yil Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Çaşma qişloğida tuğilgan. 1972 yilda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Özbekiston milliy pedagogika universiteti)ning özbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.
Iş faoliyatini Nurota tumanidagi 10-maktabda boşlagan. Tumandagi “Nurnoma” gazetasi tahririyatida, Navoiy viloyati televideniyesida va Toşkent şahridagi “Sano-standart” naşriyotida mehnat qilgan.
Köplab şeʼriy va nasriy kitoblari naşr etilgan.
Ijodkor Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Vatandin yaxşi yor yöqdir
Vatandin yaxşi yor yöqdir, demuş oqil, bu hikmatdir.
Kimiki anglamiş haq rost muhabbatdin muhabbatdir.
Çaman boğlar aro tanho bir gulşanki tengsiz maʼvo,
Fido bölsa aqli raso muhabbatdin muhabbatdir.
Ona diyor bağri böston, olamaro gul, guliston,
Havas etsa jumla jahon muhabbatdin muhabbatdir.
Oftob guvoh, zamin ogoh, moziyi bor mangu sado,
Har ibtido, har intiho muhabbatdin muhabbatdir.
Bunda yaşar alpomişlar, olamni qamrab olqişlar,
Bahorga aylangan qişlar muhabbatdin muhabbatdir.
Aytsam ado bölmas doston, ziyo soçar ilmu irfon,
Nisb dunyoga Sohibqiron muhabbatdin muhabbatdir.
Istiqloli nurli dunyo, rahnamosi uluğ daryo,
Bor olamni etmiş şaydo muhabbatdin muhabbatdir.
Ey Suyundik, yayra, şod böl, diyoringdan aylan, örgil,
Bu gulşanda har bir bulbul muhabbatdin muhabbatdir.
Bölmasa
Olimu doniş bölurmi, sözida hikmat bölmasa,
Sohibi davlat bölurmi, özida himmat bölmasa.
Savlatu kelbat ila har kim erurmi pahlavon,
Gar kuraş maydonida quvvat, matonat bölmasa.
Har maqomu nağmaning aslida afsun bölur,
Oqibat misdir işi, siru sinoat bölmasa.
Izhori til birla har kim et emas, tirnoq emas,
Gar könglining qatida taftu harorat bölmasa.
Bir kelib bir ketguvçi omad misoli seldurur,
Hoydan kelgan huyga ketgay mislida mehnat bölmasa.
Köngli qattiq kimsadin kutmagil aslo samar,
Ibtido ne, intiho dilda harorat bölmasa.
Har peşayu har maqomda aytganing bori bekor,
Der Suyundik, javharingda iymon salomat bölmasa.
Oçilmagay
Besababdin besabab baxtu yöl oçilmagay,
Besababdin besabab qulfi dil oçilmagay.
Qasdu jon aylab talab ozor uçun tiş qayrasang,
Bir kuni yetsa puşaymon köngil guli oçilmagay.
Ey jigar, har maʼnida göl bölmagin, qul bölmagin,
Kelsa omad hansirab, gohi öng, gohi söl bölmagin.
Ertada nedir nasib, bugunni ölçov anglama,
Toşga tegmay gohi boş aql közi oçilmagay.
Kim kelib, kim ketmadi, nom qoldi-yu, jon qolmadi,
Desa bölmas ul söznikim, sultonda armon qolmadi.
Dil ozordan el bezordir, köhna haqiqatdir azal,
Qulf tuşsa köngilgakim, zangdir yöli oçilmagay.
Har qaçon yodingda tut otang uyining tarzini,
Singdir jon quloğingga, onaning malham sasini.
Tortsalar özni nari, begonadek jigarlaring,
Taʼnayu daşnom sabab, izzat dili oçilmagay.
Aytdilar pandu nasihat, qança donoyu oqil,
Döst bilan obod uying, muhtaramdir bu naql.
Qilça bölsa kim xatosi filça taʼrif aylasang,
Holingga hamroz bölib, köpning qöli oçilmagay.
Ey Suyundik, söz çözmagil, kimsalar daşnom etar,
Möljalga tegsa yetib, kim birlari toş ham otar.
Maʼqulu xuş körganlar, döstu yoriga eslatar,
Dilga dildoş bölmasa, dil daftari oçilmagay.
Vaqtinçalik
Jismu jon boqiy emasdir, umru xayol vaqtinçalik,
Mubtalo bölma safoga, hasbu hol vaqtinçalik.
Töymagan köz töymagay, gar tuproq töldirmasa,
Uçma mansabu amalga, bardor-bardor vaqtinçalik.
Har maʼnida misli tulki ağyorlardan böl nari,
Könglingga toş otğuvçi bedodlardan böl nari.
Qadringga yetmasdan aslo mehru muruvvat kutmagin,
Aylagil sabru toqatkim yöğu bor vaqtinçalik.
Donişu hikmat talabsan, zahmatin zimmangga ol,
Rahnamo ustoz talabsan, pandini köksingga sol.
Öqimoq birla uqmoqlik kelmasin aslo malol,
Tört muça sobit emas, ham nisor vaqtinçalik.
Kimsalar köz-köz qilurlar mavqeyu ikromini,
Omadu baxt deb bilurlar maişat, oromini.
Soyasida soyalab bir nomdorning nomini,
Soyalar bölgay sabil, ilmu amal vaqtinçalik.
Taʼma birla heç qaçon dilingni pora aylama,
Oldi-berding foş bölib, yuzingni qora aylama.
Hiylai nayrang bilan özingni dono aylama,
Nuqsu nuqson birla topgan amvol vaqtinçalik.
Kasbu kor aylab dilingdan bölgil azizu muhtaram,
Sohibi tujjor bölib, top haloldin bu — karam.
Öğri-kazzoblik ila bölma bir kun muttaham,
Harom-harişli molu davlat vaqtinçalik.
Der Suyundik, ahli doniş nafsiga qul bölmağay,
Sotmagay, sotilmagay, goh öngu goh söl bölmağay.
Nomusu orli bölar, nafsiga heç qul bölmağay,
Şul erur mangu haqiqat, amal-taqal vaqtinçalik.
Yongay
Saning vasfingni yod etsam, umid içra azob yongay,
Visoling vasliga taşna közim içra qaroq yongay.
Tunu kunimda yöq orom, içu taşimda yöq marom,
Boru zorim bayon etsam, ohim içra firoq yongay.
Kimiga dil oçib sörmay, bilmaganim bilolmaslar,
Alam olti bölib nogoh, savol içra söroq yongay.
Bölib-bölmas aytur ağyor, bölolmasman anga guftor,
Nadomatdan çekib ozor, qoşlar içra qaboq yongay.
Umid bir yon, sukut bir yon, taqdir işin bilib bölmas,
Turfa xayol, turfa öyda sohil içra qirğoq yongay.
Layli birla Majnun holi, derlar oşiqlik timsoli,
Alar kimu men kimdirman, sirlar içra saboq yongay.
Ey, Suyundik, umidsizlik, yodingda tut, şayton işi,
Haqdin nuri imdot yetsa, köngil içra çiroq yongay.
Borodur
Bir-birini quvlaşib kunlar ötib borodur,
Sirlarini sirlaşib tunlar ötib borodur.
Tong otaru kun botar közni oçib yumgunça,
Xirgoyisi xirillab umr bitib borodur.
Tutqiç bermay xayollar, oşib-toşib savollar,
Alik kutgan salomlar dilni sitib borodur.
Köngilga gul ekmoqqa xohiş boru amal yöq,
Hayron bölib hayrati karvon ketib borodur.
Haqligiga talaşib yoqa vayron qançalar,
Ğanim bölsa xaridor döstlar sotib borodur.
Ey Suyundik, ogoh böl, umr behud tökilmay,
Fursatni boy berganlar yoqa tutib borodur.
Bilgil
Dilimni bilmasang, bilgil, menga asling latofatdir,
Ajab xulqu xayolingga jamoling çun mukofotdir.
Na qildim axtarib raʼno, özing tamomi böstonsan,
Namozşomgul etar tasdiq, har tong holi xijolatdir.
Böyingki anbaru muşkdir, huri ğilmon havas aylar,
Mastu behuş etur atri, bamisli böyi jannatdir.
Şamsu qamar toqi kökda, osmonimda oyu kun san,
Könglim ravşanligi şundan, menga oliy inoyatdir.
Xayol aylab visolingni közimni xoblar tark etmuş,
Bölib Bahromning qurdoşi, tunu kunim hikoyatdir.
Maşrab holiga tuşibman, ikki olamga siğmasman,
Nazora etmasang armon ikki dunyo qiyomatdir.
Umidimdir sani vasling, abasdir özgasi, ey yor,
Suyundik zoru muştoğing, bu baxt unga saodatdir.
Paydo
Agar holingga mağrursan, bölur xulqda havo paydo,
Kibr erur kori abas, qilur har dam xato paydo.
Özingni osmona çoğlab, özgani qadri past bilsang,
Sodir bölğay malomatlar, bölur ortdan balo paydo.
Şaytoniy hasad birlan, bölma laʼnatga mubtalo,
Misli Qobil öz-özingdin bölğusi qazo paydo.
Qança ersa zöru zaring, tarozida kirdikoring,
Kişi molini yebsanki, qilar bir kun jazo paydo.
Yetdim demay kök toqiga, yer çohidan xabardor böl,
Qorun umridan ol ulgi, qilar bir kun nizo paydo.
Özingni avliyo bilma, hikmat koniga yetdim deb,
Boş kötarsa ahli tuproq bölar çeksiz ğavğo paydo.
Oyoq ostidayu zamin, içu taşi ganjina pok,
Ey Suyundik, uşbu ibrat etsin senda sado paydo.
Yöqlamas
Bu tiriklik şevasida muşkulni oson yöqlamas,
Haq sözing böğzingda bölsa, rostingni yolğon yöqlamas.
Har murodu maqsadingda özgaga etma jabr,
Tegsa qarğiş gar nişonga anda Luqmon yöqlamas.
Mard esang etgil vafo, bölma quruq köngil furuş,
Öylama, bir kun kelib taʼnayu daşnom yöqlamas.
Nokasu nodon bilan bölsang agar sirdoş, yaqin,
Aqrabo qoçgay yiroq, xeşu qadrdon yöqlamas.
Donayu tanho sanab, bölma özingga mahliyo,
Oqibat yolğiz qolursan, nomingni inson yöqlamas.
Köngli qattiqlik bilan kelmagay mehru şaraf,
Lutfu ehson yetmasa, nomingni mehmon yöqlamas.
Ey Suyundik, bilmasa qadringni gar döst tutganing,
Keç agar sulton esa, söngida armon yöqlamas.

