Suv ostidagi qutqaruvçilar
yoki ğavvos-xaloskorlar haqida hikoya
Yonğin qutqaruvçilari haqida köp eşitganmiz. Suv ostida qidiruv-qutqaruv işlarini olib boruvçi qutqaruvçilar haqida-çi? Ularni qay darajada bilamiz? Maxsus tayyorgarlikdan ötgan bunday mutaxassislar, yaʼni ğavvoslar eng murakkab qidiruv-qutqaruv işlaridan birini amalga oşiruvçi kasb egalaridir. Çunki ular qişin-yozin soatlab, baʼzan kunlab suv ostida xizmat qilişiga töğri kelişi mumkin. Bugungi qahramonimiz — 25 yildan buyon FVV tizimida namunali işlab kelayotgan ğavvos-qutqaruvçi Muzaffar Urazov.
Suvdan qutqaruv guruhi komandiri, yöriqçi-qutqaruvçi Muzaffar Urazov 1977 yili Guliston tumanida tuğilgan. 2000 yilda FVV tizimidagi ğavvoslarni boşlanğiç könikmalarga tayyorlovçi maxsus maşğulotlarda bilimlarini mustahkamlab, tizimga ğavvos-qutqaruvçi sifatida işga kiradi.
Qahramonimiz dastlab Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi ğavvoslik stansiyasida öz faoliyatini boşlagan. Bugungaça mana şu vazifada namunali işlab kelmoqda. Öylab qarasangiz, 25 yil kiçik muddat emas. Bir navqiron yigitning yoşiga teng vaqt. Bu vaqt oraliğida, kasb tili bilan aytganda, işga şu qadar şönğiganki, şunça yil ötib ketganini sezmay ham qolganini taʼkidlaydi suhbatdoşimiz. Kasbiy faoliyatiga doir voqealar haqida söz borganida, u qay birini hikoya qilişni bilmay şoşib qoldi. Albatta, axir qutqaruvçilarning hikoyalari köp.
Muzaffar Urazov ilk iş yillarini xotirlar ekan, bir voqeani faxr bilan esga oladi. Yoş qutqaruvçining ilk faoliyat kunlarining birida “Döstlik” hududida joylaşgan kanalda 14 yoşli bola 7-8 metr atrofidagi balandlikdan sakrab, suzişni yaxşi bilmaganligi sababli çökib ketgani haqida xabar kelib tuşadi. Qutqaruvçining öz vaqtida manzilga yetib borib qutqargani hamda tez tibbiy kömak bergani sababli ösmir yigit tirik qolgan. Bu yigitça qahramonimiz qutqargan ilk odam böldi…
Xalqimiz savobtalab, bir-biriga yordam berişni ham insoniy burç, ham xayrli iş deb bilguvçi xalq. Odamlarni biror xavf-xatardan qutqariş butun boşli kasbingizga aylansa, bundan ortiq şaraf bölmasa kerak.
Ğavvos-qutqaruvçi Muzaffar Urazovning bolaligidan suzişga iştiyoqi baland bölgan. Harbiy xizmat yillarida desantçi bölgan qahramonimiz balandlikdan pastga “şönğişdan” zavq olgan va bu qiziqişlari uni ğavvos-qutqaruvçi bölişga yetaklagan. Bugungaça 40 dan ortiq insonning hayotini qutqargan, yuzga yaqin insonlarni suv ostidan olib çiqqan, jamoaviy qutqaruvlari ham talaygina.
— Mening yutuqlarim bir menga tegişli emas, biz jamoaviy işlaymiz, demakki, muvaffaqiyatlarimiz ham jamoaniki. Yöriqçi-qutqaruvçi bölsam ham baʼzan yoşlardan yangi tajribalar örganaman. Qolaversa, suvga şönğir ekansiz, sizni şerigingiz signal orqali nazorat qilib turadi. Demak, har bir muvaffaqiyat suvga tuşgan odamgagina tegişli emas, butun jamoaga taalluqli, — dedi u.
Bu kasb egalarining faoliyatini örganar ekanman, dastlab ularga doir videoroliklarni tomoşa qildim. Ğavvos maxsus iş qurollari bilan hisoblaganda örtaça 30-40 kilolik yuk bilan suv ostiga şönğir ekan. Suv ostida esa turli xil ötkir tiğli narsalar qutqaruvçiga jarohat yetkazişi heç gap emas. Şunday murakkab iş ustalari — suv qahramonlari şogirdlariga qanday tavsiyalar beradi?
— Bugun guruhimda 15 nafar navqiron yigit işlaydi. Har birini şogirdim deb ayta olaman. Ularga eng avvalo ruhiy barqarorlik va halol böliş kerakligini uqtiraman. Masalan, suvga tuşgandan keyin baʼzan qattiq qörquvdan ğavvos közini yumib olişi, suv ostini yaxşi tekşirmay yuzaga qaytib çiqişi mumkin. Işini taşlab ketmoqçi bölganlar ham uçragan. Bunday ruhiy taranglik vaziyatlarida bir insonni (mayli, u tirik qolgan yoki halok bölgan bölsin) yaqinlariga topib beriş juda katta savobli iş ekanini eslatib, yangi kelganlarga ruhiy dalda berişga, ularni kuçlantirişga harakat qilaman.
Maʼlumotlarga qaraganda, ğavvoslar safi bittaga kamaysa, şu bir kişining örni uçun örtaça 20-25 nomzoddan faqat bir nafari saralab olinadi. Bu ham bölsa kasb maşaqqatiga çidamliligi va albatta, ruhiy barqarorligiga qarab belgilanadi. Bundan taşqari, ğavvos bir sutka mobaynida örtaça 7-8 soatgaça suvda qidiruv-qutqaruv işlarini olib borişi mumkin. Körinib turibdiki, kasb maşaqqati köringanidan körayam ança oğirroq. Şunga qaramay, mana şu kasbda uzoq yillar namunali işlab, şogirdlar tayyorlab kelayotgan qutqaruvçilar borligi eʼtirofga loyiq.
— Bugun özimning öğlim ham ğavvos. Bir guruhda yonma-yon işlaymiz. Baʼzan men undan, baʼzan u mendan nimanidir örganamiz, bir-birimizga dalda beramiz, yordam beramiz. Murakkab va xavfli bölişiga qaramay, yoşlarimiz orasida ğavvoslik kasbi ommalaşib borayotganidan biz faqat xursandmiz. Axir insonlar hayotini saqlab qolişdek şarafli burçdan kim ham sevinmaydi?
Yulduz ÖRMONOVA,
jurnalist.
