Sözlarida vatan suratlanar…

Öşanda “Saodat” jurnaliga ilk işga kelgan kunlarim edi. Buxorodan bir hunarmand ayol haqida maqola yoziş rejasi borligi bois viloyat muxbiriga qönğiroq qildim, göşakni yoş bir ayol oldi. Salomga alik olarkanman, göyo özimni katta jurnalist öyladim çoği, rahbarning topşiriği haqida hijjalab tuşuntirdim. U tomondan ortiqça savollarsiz: “Ertaga maqola qölingizda böladi”, —  degan javob böldi. Yana özimça öylanib qoldim, nahotki hunarmand haqida bir kunda maqola tayyorlab bölsa, axir qahramon topib, u haqida yaxşilab örganib, keyin yozmaydimi? Bu uçun esa kamida uç-tört kun vaqt ketmaydimi?

Yöq, öylaganimdek bölmadi, ertasiga maqola tayyorligi haqida xabar berdi Maxfirat Atoyeva.

— Bunça tez yozdingiz? — degan savolimga opa quyidagiça javob berdi:

— Feruzaxon, ellik yildan ziyod vaqt mobaynida qölimda qalam bilan Buxoro elining aziz insonlari haqida maqolalar yozaman. Bu qadim yurtning siz aytayotgan hunarmand-u tadbirkorlari, ustozlari, şifokor-u mirişkorlari — barça-barçasining hayot yöli menga kaftdek ravşan.

Qolaversa, siz topşiriq aytayotgan oningizdayoq kim haqida yozişni rejalaştirib böldim. Boisi, bilasiz, Buxoro — hunarmandlar yurti. Tuni bilan maqolaning xomaki varianti-yu savollarini yozdim, tuşgaça suhbat qildim. Mana, iş kuni yakunlanmay maqolani tamomlab, sizga yubordim, — dedilar samimiy ohangda.

Keyin bilsam, rahbar bekorga topşiriqni ularga aytmagan ekan, sababi katta tajribasi bor va tezkor yoza oladigan bu inson “Saodat” jurnalining ustozlari qatorida ekan. Ovozi va muomalasidan yoş bir qizga qiyoslagan Maxfirat Atoyeva onam qatori uluğ yoşdagi ayol bölib, men tuğilgan yili Romitan tumani hokimligining “Romitannoma” gazetasida muxbirlikni boşlagan ekan. Bu haqida bilgaç, rosti, özimdan uyalib ketdim.

Qahramonimiz 1956 yilning 18 yanvarida Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Garanşo qişloğida oddiy xizmatçi oilasida tavallud topgan.

Maxfirat Atoyeva Buxoro davlat universiteti özbek filologiyasi fakultetini tamomlagaç, mehnat faoliyatini tuman radiosida suxandonlikdan boşladi. Oradan bir yil ötib, ustozlar maslahati bilan tuman gazetasida muxbir sifatida iş faoliyatini davom ettiradi. Keyinçalik esa bölim mudiri, boş muharrir örinbosari vazifalarida samarali xizmat qiladi.

Buxoroi şarifda özining alohida taşrif qoğoziga ega bölgan Maxfirat Atoyeva Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoşlar” radiosining Buxoro va Navoiy viloyatlari muxbiri, viloyat teleradiosida muharrir hamda “Romitannoma” gazetasi boş muharriri vazifasida işlab kelmoqda. Uyğoq qalbli jurnalistning yuzlab muammoli lavha, oçerk, publitsistik maqolalari samimiyati, teran tahlillari, dolzarb mavzulari bilan özbek jurnalistikasining rivojiga ulkan hissa bölib qöşilgani şubhasiz. “Soğinç”, “Onamga öxşagan odamlar”, “Köngilga taşrif”, “Romitanning ayoli”, “Yurtim şamoli” kabi şeʼriy kitoblari muxlislar könglidan joy olgan.

Maxfirat Atoyeva ijtimoiy faol, taşkilotçi va taşabbuskor rahbar va xalq deputatlari tuman kengaşi deputati sifatida tuman ijtimoiy-siyosiy hayotida ham öz sözi va öz ovoziga ega şaxs bölib, xalq dardi bilan yaşab kelmoqda.

Ular umr yöldoşi, faxriy muallim Ubaydullo aka bilan qöşa qarib, birgalikda ikki qiz va bir öğilni kamolga yetkazişdi, qizlarni turmuşga uzatişdi. Tönğiçi Mahfuzaxon Buxoro tumanidagi 18-maktab direktori, örtançasi Dilfuzaxon tajribali muallima, Angliyadagi Oksford universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan, oltita tilni mukammal biladigan öğli Umidjon hozirda “Loçin” Özbekiston – Xitoy qöşma korxonasi boş menejeri. Kelini Gözaloy ilmiy iş bilan band. Opaning oldi nevaralari allaqaçon nufuzli oliy taʼlim maskanlarida tahsil olişmoqda. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi, “Saodat” jurnalining Buxoro viloyati muxbiri Maxfirat Atoyeva bu yil muborak 70 yoşni qarşi oldi. Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasining “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni sohibasi, Qozoğiston Yozuvçilar uyuşmasining “Abay” mukofoti sovrindori, 1-darajali “Mehnat faxriysi”, “Maʼnaviyat tarğibotçisi” bölgan qahramonimizning bu yil “Özbekiston kirar tuşimga” saylanmasi naşrdan çiqdi.

Feruza ORIPOVA,

“Saodat” jurnali boş muharriri örinbosari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan