Jasoratli şarhlovçi

Radioning “Axborot” informatsion dasturlari öz nomi bilan aholini eng sönggi yangiliklardan xabardor qilib turuvçi muhim vositadir. Ayniqsa, XX asrning ikkinçi yarmida radioeşittirişlar millionlab muxlislarning eʼtiborini qozondi. Tinglovçilar uning yangiliklari va ohanrabo kuy-qöşiqlari bilan birga, eşittirişlar berilişini sabrsizlik bilan kutişar edi. Radiojurnalistlarning mavqei ham şunga yaraşa baland bölgan. Ayniqsa, axborotçilar elga tanilib qolgan edilar. Ularga yigirma tört soatlik vaqt ham kamlik qilardi. Apil-tapil nonuşta qilib, radioga yetib kelişar, asalarilardek yangiliklar sodir böladigan maskanlarga qanot qoqişardi. Tuşlikka yaqin reportyorga yozilgan reportaj, suhbat, intervyular, xabarlari bilan tahririyatga qaytişardi. Kamina tayyor bölgan eşittirişlarni saralaşga tuşar edim. Xullas, “Axborot”da tinim yöq. Xodimlarning saʼy-harakatlarini körib, quvonaman, minnatdorçiligimni aytaman. Kezi kelganda beğaraz talabçanlik bilan tanbeh berardim.

1983 yilning Navröz bayramiga tayyorgarlik avj olgan kunlarning birida “mumkinmi?” deya xonamga bir yigit kirib keldi. Efirga beriladigan axborotning navbatdagi soni materiallarini közdan keçirayotgan edim. Imo-işora bilan mehmonni ötirişga undadim. Navbatçi muharrir esa yonimda sukut saqlab turardi, eʼtirozlarim bölsa, öz fikrini maʼqullaşni bilar edi. Bu jarayonlar tugagaç, uzr sörab mehmonga yuzlandim. Istarali, qora qoş, buğdoy rang, oçiq çehrali bu yigitni qayerdadir körgandayman.

— Keçirasiz, ukam, işimiz şunaqa. Siz Xorazmdanmisiz?

— Yöq, Toşkentdan, Katta Qanğli mahallasida tuğilib ösganman.

— Men malaka oşirişga Xorazm radiosidan kelganlardan bölsangiz kerak, deb öylabman.

— Bir tomondan, töğri topdingiz, ustoz, — deya özini batafsilroq taniştira boşladi u. — Toşkent davlat universitetining tarix fakultetini tugatib, şu yerda öqituvçi bölib qoldim. Lekin öquvçilik davrimdan “lektor”likni yaxşi körardim. Maşhur diktor, Özbekistonda xizmat körsatgan artist, qaynoğam Farhod Bobojonov televideniyega boşlab kelganlar. Yaqindan boşlab Erkin aka Hayitboyev, Ahmadjon aka Meliboyev olib borayotgan “Bugun olamda nima gap?” körsatuvida gohida qatnaşib turibman. Ism-familiyam Qobilbek Karimbekov.

— E-e, böldi, böldi, sizni telekörsatuvda körgan ekanman, — dedim-da, maqsadga ötdik.

— Radioda “Xalqaro hayot” bölimi taşkil etilgani uluğ iş bölibdi. Özingiz aytganingizday, endi xalqaro mavzudagi eşittirişlar bir qöldan ötadi. Qolaversa, yangi nomlar ham tuğiladi, — dedi mamnun.

Men esa: “Sizga öxşaganlarni”, deya hazil qildim. Mehmon ham tabassum bilan: “Qanotlaringizga olsalaringiz, albatta, elga tanilgan şarhlovçilar safi yana bittaga köpayadi, ustoz”, deya böş kelmadi.

— Yaxşi niyat — yarim davlat. Aytganingiz kelsin! Yoş kelsa işga, deganlariday, dastlab “Xalqaro kundalik”ning tayyorlaniş jarayonlari bilan tanişib, maʼqul bölsa, işga kirişaverasiz”, dedim.

— Rostini aytsam, radioga birinçi qadamim…

— Qobilbek, sizni tuşunaman. Musulmonçilik asta-sekin, biz ham darhol “radioçi” bölib qolmaganmiz. Eng muhimi, odamda kasbiga qiziqiş kuçli bölsa, öz niyatiga yetadi. Rejissyorimiz Rustamjon Qurbonov yaxşi mutaxassis. Televideniyeda ham işlagan. Sizni göyo bulbul qilib qöyadi, — deya könglini kötardim. Uning qalbida tuygan tuyğularini oçiq aytmasa ham könglim sezib turardi.

…Oradan köp vaqt ötmadi. Haftaning har bir kuniga bir şarhlovçini masʼul qilib qöyiş orqali “Kundalik”ning qiziqarli bölişiga erişdik. Dastlabki oylarda 10 daqiqadan boşlangan “Xalqaro kundalik” 20 daqiqaga, keyinçalik yarim soatga yetkazildi. Qobilbekning qiziquvçanligi, eng muhimi, iqtidori kuçliligi tufayli tez orada tinglovçilarning eʼtirofini qozona boşladi. Buning uçun tinimsiz izlandi. Vaqt topib, maşhur söz ustasi Qodir Maxsumov hamda Telman Yöldoşev, Davron Zunnunovlardan saboq oldi. “Kundalik”ni Yer kurrasining turli maskanlarida sodir bölayotgan voqea-xabarlar bilan boyitib bordi. Kezi kelganda, baholi-qudrat kamina ham hamkorlik qilib, radiotinglovçilar uçun hali maʼlum bölmagan yangiliklarni topişda öşa davr markaziy gazetalari materiallaridan foydalaniş mumkinligini taʼkidlab turdim. Kamina boşlagan işlarimdan könglim tölsa, yana bir yangilik qiliş odatimga aylangan edi. Xotirjamlik, beparvolik feʼl-atvorimga mutlaqo zid narsaki, bu haqda nokamtarlik bölsa-da, zikr etmoqni lozim topdim.

Tahririyatimizning umumiy işlari har tomonlama eʼtirof etilayotgan kunlarda yaqin maslakdoşimga aylanib qolgan Qobilbekka yana bir dastur taşkil etiş niyatim borligini bildirdim. U ham bölsa, bir soatlik “Xalqaro panorama” dasturini tayyorlaş va uni töğridan-töğri efirga uzatiş edi. Bu haqda söz oçişim bilan navqiron şarhlovçi quvonçdan örnidan turib ketdi, fikrimni qöllab-quvvatladi. Hamkorlikda tayyorgarlik köra boşladik. Efir vaqti, alohida rejissyor, studiya, qalam haqi masalalarini hal etiş maşaqqat bilan amalga oşdi. Dasturga tinglovçilar eʼtiborini jalb etuvçi jozibali çorlov tayyorlandi.

“Kengaşli töy tarqamas” maqoliga amal qilib işlaşimiz tufayli mazkur dastur ilk eşittirişidanoq radiotinglovçilarga manzur böla boşladi. Bu orada maqtov sözlari ham, kamçiliklarimiz haqida bahslaşuvlar ham böldi. Ayniqsa, haftasiga bir marotaba efirga uzatilayotgan bu “panorama”ni kamina bilan Qobilbek ikkalamiz erkin tarzda olib borişimiz baʼzi fikri ojiz kimsalarning ğaşiga tekkanini ham sezdik. “Axborot”ning boş muharriri kimning erkatoyi?” degan gap-sözlar bolalagan edi. Çunki eslatib ötiş örinliki, şu davrga qadar radioeşittirişlar faqat diktorlar tomonidan olib borilar edi. Kamina gap-sözlar, uydirmalar bölişini azaldan bilardim. Lekin “karvon” ötişiga ham qarab turmadik, beparvo bölmadik. Aksinça, eşittirişlar har tomonlama qiziqarli bölişiga harakat qildik, tinmay izlandik. Biroq qattiq-qattiq gap-sözlarga, örinsiz uydirmalarga hali duç kelmagan Qobilbekda hadiksiraş, çöçiş borligi sezilib turardi. Öşa davrda radioni göyo özlari kaşf qilib, göyo otasining merosi bölib qolganday, bosar-tusarini bilmaydigan baʼzi “allomalar” — aççiq bölsa ham aytişga töğri keladiki, uç-tört yosumanlar jamoatning haroratini “ölçab” turganday pinhona iş tutişardi. “Nima, ana şunday eşittirişlar tayyorlaş özimizdagilarning ham qöllaridan keladi-ku”, deguvçi hasadçilar borligi aniq gap. Kaminaga öxşaş qaysar, yangilik istovçilar esa: “Şunça yillar ötyapti, nega biz qöl urgan yangiça eşittirişlar tayyorlanmadi?” deya muxoliflarning oğziga urardik-da, yana yoşlarga öz fikrlarimizni singdirişga urinardik va maqsadga erişardik.

— Qobilbek, Sizning kamolotga erişişingizga işonaman. Lekin tinimsiz izlaniş, önqir-çönqir yöllarni bosib ötiş, eng muhimi, maşaqqatli mehnat zahmatlaridan çöçimang. Sabrli hamda bardoşli böling! Har qanday yangilik “qurbonsiz” amalga oşmasligini ham esdan çiqarmaslik kerak, — deya uzoqdan misollar keltirib, unga taskin bergan vaqtlarimiz ham bölgan.

Şukrki, hamkorlikdagi işlarimiz besamar bölmadi. U qisqa vaqt içida arzirli tajriba töpladi, biyron va yoqimli tili, istarali çehrasi, mazmunli va barakali ijodi bilan tinglovçilar eʼtiborini qozona bordi. Şu bilan birga dorulfununda domlalik qilib, televideniye körsatuvlarida ham öz örnini topdi. Milliy universitetda tarix fanidan öqituvçi bölib faoliyat olib borganligiga qaramay, xalqaro şarhlovçilik ustunlik qildi. Nihoyat, 1993 yili Milliy teleradiokompaniyaga “Siyosiy şarhlovçi” lavozimiga qabul qilinib, katta va jöşqin jamoaga eş-qöş bölib ketdi, nazarimda, u öz maqsadiga erişganday tuyuldi. Maşhur voiz Erkin Hayitboyev, Ahmadjon Meliboyev, Tursun Qoratoyev, Nasriddin Muhammadiyev va boşqa ustozlar bilan “Bugun olamda nima gap?”, “Siyosiy şarhlovçilar davrasida”, “Sörang — javob beramiz” kabi körsatuvlar tayyorlaşda faol qatnaşdi. Keyinçalik “Tinçlik qadri”, “Xarita”, “Siyosiy portretga çizgilar”, “Asr sadosi”, “Şarhlovçi minbari” singari teletomoşabinlarning eʼtiborini qozongan körsatuvlar tayyorlaşga erişdi. Qobilbek bu bilan milliy televideniyemizda jurnalistikaning yirik janri — şarh janri paydo bölişiga katta hissa qöşdi, Özbekiston televideniyesini yuksakroq poğonaga kötardi, nazarimda.

Qobilbek Karimbekov şarhlovçilik faoliyati davomida Yaponiya, Fransiya, Çexiya va Slovakiya singari önlab xorijiy davlatlarga qilingan rasmiy safarlar haqida rango-rang hujjatli körsatuvlar tayyorladi.

— Mustaqil davlatlar hamkorligiga aʼzo bölgan respublikalar rahbarlarining uçraşuvlari töğrisida tayyorlagan turkum körsatuvlarim ijodiy faoliyatimda muhim örin tutadi, — dedi faxr bilan Qobilbek. — Ayniqsa, 1994 yilning 14 aprelida bölgan voqea heç qaçon yodimdan çiqmasa kerak. MDHga aʼzo mamlakatlar uçraşuviga ketayotgan edik. Aeroportda safar oldidan rahmatli Islom Abduğaniyeviç bilan eng yaqin uçraşuvim hamda samimiy suhbat qurgan kunlarimdan biri bölgan. Dastlab intervyu olgan bölsam, safardan qaytişda samolyotning özidayoq uçraşuv natijalari haqidagi mamnun fikrlarini yozib olişga muvaffaq böldim. Suhbat söngida u kişi kaminaning körsatuvlariga yuqori baho berib: “Yanada dadilroq böling, jöşqinlikdan tuşmang”, — degan sözlari qalbimni quvontirdi.

Darhaqiqat, Qobilbekka  1996 yildan 1997 yilga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida boş konsultant bölib işlaş nasib etdi. Bu katta idorada işlab, boy tajriba töpladi, siyosiy tafakkur va tuşunçasi yanada kengaydi. Boy tajriba bilan Milliy teleradiokompaniyada Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşi qoşidagi “Maʼnaviyat tarğibotçisi” öquv markazida, Abdulla Avloniy nomidagi Respublika xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markaziy institutida masʼul lavozimlarda faoliyat olib bordi. Şu bilan bir qatorda, ayni kunlarda ham Mudofaa vazirligi hamda Içki işlar vazirligining bölinmalarida, mahallalarda “Maʼrifat darslari”ni olib bormoqda.

Jasoratli şarhlovçining salkam yarim asrlik mehnat faoliyati davomida turli gazetalarda 300 dan ziyod, jurnallarda 50 dan ortiq, ilmiy töplamlarda 70 ga yaqin maqolalari, 30 ga yaqin ilmiy taqrizlari, Rossiya, Germaniya, Qozoğiston va boşqa qator xorijiy davlatlarning jurnallarida maqolalari çop etildi.

Qobilbek serfarzand, fayzli oilada ösib-ulğaydi. Uning padari buzrukvori rahmatli Töxtabek aka asli boğbon — Zangiota tumanidagi Katta Qanğli dahasida istiqomat qilib, rafiqalari Bibijon aya bilan 10 nafar farzandni voyaga yetkazişdi. Otaxon Ikkinçi jahon uruşi janggohlarida qatnaşib, Toşkentga nogiron bölib qaytadi. Farzandlar tarbiyasi, ularni boqiş, kiyintiriş yumuşlari bilan qiyin ahvolda turmuş keçirayotgan Bibijon ayaga yordam bera boşlaydi, mahallada özi ötqazgan dov-daraxtlarni parvarişlaydi. Ota 7 farzanddan söng dunyoga kelgan Qobilbekning ziyrakligidan, bolalikdan boşlab kitob şaydosi ekanligidan zavqlanib: “Kelajakda bundan katta odam çiqadi, Alloh panohida asrasin”, deya olqişlab qöyardi. Maktabdagi öqişlaridan doimo xabardor bölib, öğlining dastlabki öqituvçilari — Özbekiston xalq öqituvçisi Mavlonbek Pölatbekov, tarix va geografiya fani öqituvçilari Töra aka Tölaganov, Ergaş aka Kamolov bilan muloqotda bölib turar, ularning Qobilbek haqidagi iliq gaplaridan köngli quvonçga tölardi.

— Murğak qalbimga çöğ solgan bunday muallimlardan toabad minnatdorman, ularning ögitlari tufayli tarix fanini örganişga bölgan havasim oşgan, — dedi Qobilbek faxr bilan. — Maktabdagi qiziqişim kaminani Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning tarix fakulteti xalqaro munosabatlar bölimida öqişga yetakladi. Universitetni imtiyozli diplom bilan bitirib, şu yerda öqituvçi bölib qoldim. Bu orada radioning “Sönggi axborot” tahririyati tizimida “Xalqaro hayot” bölimi taşkil etildi. Bu bölim şarhlovçilikda baland parvoz qilişimga katta imkon berdi. Radioning sir-asrorlarini şu yerda örgandim. Radioning mehr-oqibatli jurnalistlari, mohir diktorlari, rejissyorlari va hatto operator qizlarimizdan çeksiz minnatdorman. Garduni osmon ostida ğaddorlar bölişini, bundaylarga samarali ijodiy işlarim bilan qarşi turişni ham şu dargohdagi möʼtabar ustozlardan örgandim. Çala-çulpa şarh, maqolalar yozganlarni ham kördim. Ulardan ham tegişli xulosa çiqarişni bildim, Allohga şukr.

…Qobilbek Karimbekovning radioga ilk qadam qöyganiga ham 45 yildan oşdi. Şu yillar davomida qança suvlar oqib ötdi. Siyosat ham, tuzum ham özgardi. Baxtimizga uluğ neʼmat — Mustaqillik nasib etdi. Şu yillar alğov-dalğovlari Qobilbekni ham obdan çarxladi. Sevgan kasbi tufayli yer yuzining deyarli uçdan bir qismini köriş nasib etdi.

Alloh yaratgan yoruğ dunyoda qadr topiş, el oldida obrö-eʼtibor qozoniş, özidan yaxşi nom oliş oson iş emas. Buning uçun odam özining rohatidan biroz keçişi, atrofdagilarning koriga yaraşi, savobli va xayrli işlarga boş-qoş bölişi, mehnatdan qoçmasligi zarur. Qahramonimiz şunga yaraşa ibratomuz işlarni hanuz davom ettirmoqda.

Padari buzrukvori Töxtabek ota boğ-roğlar yaratib, şirin-şarbat mevalari bilan mahalladoşlarini bahramand qilgan bölsa, Qobilbek minglab talabalarga saboq berdi. Munosib şogirdlar yetiştirdi. U doimo omma orasida bölib, maʼnaviyat va maʼrifat ulaşişga hissa qöşayotir. Turli taşkilotlar hamda mahallalarda ötkazilayotgan tadbirlarda mustaqillik yillarida yangi Özbekistonimizda sodir bölayotgan bunyodkorlik işlari, jannatmakon yurtimizning avvalgi va hozirgi yutuqlari haqida maʼruzalar bilan qatnaşişni kanda qilmaydi, doimo faol.

— Tarbiyaçining özi tarbiyalangan bölişi kerak, degan aqidaga amal qiladigan bölsak, ijodkorligi, bilimdonligi, aql-farosatliligi-yu yuksak did va madaniyati bilan ustozim Qobilbek domlamni namuna qilib aytgan bölardim, — dedi Xalq deputatlari Olmazor tuman kengaşining deputati, filologiya fanlari nomzodi Tölqin Eşbek. — Kamina ötgan asrning 80-yillarida ançagina murakkab tarix fanidan saboq olişimizda Qobilbek domlamiz ustozlik qilgan. Domla öşa davrdagi murakkab vaziyat, qizil imperiyaning siyosatiga unça taʼzim qilmagan. Bölgan va bölayotgan voqea-hodisalarni körib kelganiday, zavq-şavq bilan dadil söylayverar, bizni öziga rom qilib olardi. Ustozning radio va televideniyeda olib borgan suhbatlarida ham öşa jöşqinlik, kamtarlik, hazil-mutoyiba jilolanib turardi.

— YUNESKO akademigi, sözamol jurnalist mehnat faoliyati davomida axborot vositalarida köplab şarhlovçilar kamol topişiga munosib hissa qöşdi. Quddus Aʼzamov, Tölqin Pölatov, Farhod Hojiyev, Madamin Safarov, Xayrulla Nuriddinov, Ikrom Çoriyev, Ğofir Jamolov, Sobir Turdiyev singari jurnalistlar Qobilbek Karimbekovdan örnak olib, uning nomini hurmat va ehtirom bilan tilga olişadi. Ular ham televideniyeda obdan çiniqib, endilikda ustozlik maqomiga erişganlar.

Ular: “Hammada ham uçramaydigan noyob zukkolik va zakiylikka yöğrilgan kamtarlik uçun sizga doim taʼzimdamiz. Şijoat, dadillik, jasorat, quvnoqlik sizni heç qaçon tark etmasin!” — degan iliq va samimiy dil izhorlarini qayta-qayta takrorlaşadi.

Beozor va beğubor inson Qobilbek Karimbekovning jurnalistlik hamda voizlik xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib kelinmoqda, köplab mukofotlarga sazovor bölmoqda.

1996 yilda “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi ğolibi, 2001 yili “Şuhrat” medali, 2022 yili “Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni, 2016 yilda Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Qobilbek ota-onasi singari oilaparvar, bolajon inson. U turmuş örtoği Gulandonxon bilan umrguzaronlik qilib, beş farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazişdi.

Öz kasbiga eʼtiqod qöyib, xalqimiz va davlatimiz eʼtirofiga sazovor bölgan ijodkor hamkasb döstimizga mustahkam soğliq va barkamollik tilaymiz.

Abdusamad ISOQOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan