Baxti bekam şifokor
Muqaddas Rahimovaga hozirgi iş joyidan berilgan tavsifnomadagi ikki-uçta gapda uning butun hayoti mazmuni mujassamlaşgan: “Oliy toifali 50 yillik mehnat malakasiga ega şifokor-allergolog…”. Albatta, şifokorlarning olamşumul xizmati har qanday taʼrif-tavsiflarsiz ham katta-kiçikka maʼlum. Qiziq tomoni yana şundaki, bugungi şaroitda “allergiya, allergolog” degan sözlar ham tez-tez takrorlanib turadi, lof bölmasa, 10-15 odamdan birining işi vraç-allergologga tuşib turibdi. Ana şunday köpçilikning eʼtiboridagi kasbda yarim asr benuqson işlaş, hatto sohada eʼtibor qozonişning özi tahsinga loyiq. Ortda qolgan yillar, şubhasiz, maqsad yölidagi intilişlar, izlanişlar, öqib-örganiş va harakatlar ortidagi quvonç hamda zahmatlar bilan ötgan.
Muqaddasxon Örta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti (hozirgi Toşkent davlat tibbiyot universiteti)dagi tahsilni tugatib, Toşkent şahridagi 18-poliklinikasida uçastka şifokori sifatida iş boşladi. Şubhasizki, hali köp narsa maʼlum emas edi. Öz sohasini yaxşi körgan yoş mutaxassis yugurib-yelib işladi, kasbiga sadoqatini ilk davrlardayoq namoyiş qildi. Uning harakatçanligi, vazifasiga masʼuliyat bilan yondaşişi hamkasblarining eʼtiborini qozondi.
Albatta, Muqaddasxon biror sohada muvaffaqiyatga erişiş uçun sidqidildan mehnat qiliş lozimligini, ustozlar yöl-yöriğiga amal qilib, ularning mehrini qozoniş keyingi faoliyatda yutuqlar kaliti bölişini yaxşi bilardi. Şuning uçun u işga erta kelib, keç ketdi, öziga murojaat qilganlar, işi tuşganlarga şifokor sifatida dardiga malham bölişga intildi. Şunday fazilatlar unga obrö keltirdi, köpçilikning duosi uni yangi muvaffaqiyatlarga ruhlantirdi. Yoş mutaxassisning intiluvçanligi, öz kasbiga sadoqatini sezgan jamoa uni köp ötmay, allergologiya böyiça klinik ordinaturaga öqişga yubordi. Bu tahsil uning amaliyotda orttirgan tajribalarini nazariy bilimlar bilan yana ham kuçaytirişga yöl oçdi, taʼbir joiz bölsa, tanlagan sohasining yetuk mutaxassisi darajasiga erişişini taʼminladi.
Ustozlar işonç bildirib, öqiş tugagaç, 1980 yilda yangi taşkil etilgan respublika ilmiy ixtisoslaşgan allergologiya markaziga işga yuborişdi. Şu joy uning uçun butun faoliyati keçgan dargoh bölib qoldi. “Daraxt bir joyda kökaradi”, deganlaridek, 42 yil şu joyda xizmat qildi. Albatta, bir muassasada uzluksiz va nuqsonsiz xizmat qilişning özi Muqaddas Rahimovaning kasbiga qançalik fidoyiligini va hurmat-eʼtibor qozonganini körsatib turibdi. Şu yillar davomida oddiy şifokorlikdan markazning konsultativ poliklinikasi mudirligi lavozimigaça kötarildi. Hozirgi kunda ham oliy toifali şifokor-allergolog vazifasida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Ortda qolgan yillar mazmunli keçgan umrdan sözlaydi. Muqaddas Rahimova mehnat faoliyatida özini yuqori malakali mutaxassis, jonkuyar şifokor va mohir taşkilotçi sifatida namoyon etdi. U respublikadagi allergolog-şifokorlar va hamşiralarning malakasini hamda ularning tajribalarini oşirişga kömaklaşiş bilan birgalikda tumanlarga çiqib, joylardagi tibbiyot xodimlariga amaliy yordam körsatişga ham boş-qoş bölgan. Sanitariya aviatsiyasi tarkibidagi şifokorlar bilan birgalikda Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlarga muntazam taşrif buyurib, bemorlarga tezkor tibbiy yordam körsatişda ham faol iştirok etdi. Şuningdek, Toşkent davlat tibbiyot instituti (hozirda universitet)ning klinik allergologiya kursida 6-bosqiç talabalariga maʼruzalar öqib, amaliy maşğulotlar olib bordi. Uning rahbarligida poliklinika xodimlarining malakasini oşiriş işlari yuqori darajada yölga qöyilgan.
Yuqori malaka va katta mehnat tajribasiga ega bölgan şifokor hamişa öz malakasini oşiriş ustida tinmay harakat qildi. Barça viloyatlardan kelgan bemorlarni Markaz qoşidagi “Allergiya va astma maktabi”da maxsus dastur asosida öqitib, ularning öz bemorlari dardlariga samarali davo topişlariga kömaklaşadi. Natijada respublika böyiça astma va allergiya kasalliklari bilan oğrigan bemorlar tomonidan kasallik varaqasidan foydalaniş darajasi 45 foizga, şifoxonalarda qayta yotib davolaniş körsatkiçi 55 foizga kamaygan.
U öz amaliy faoliyatini ilmiy izlanişlar bilan qöşib olib bordi. 50 ga yaqin ilmiy, tarğibot maqolalari xorijiy va mamlakatimizda çop etiladigan nufuzli naşrlarda eʼlon qilingan. Uning “Allergik kasallikli bemorlarning dispanser kuzatuvi”, “Allergiya va astma maktabi tajribasi” singari risolalari tibbiyot xodimlari tomonidan uslubiy qöllanma sifatida foydalanilmoqda. Muqaddas Rahimova “Bolalar va kattalarda bronxial astma kasalligini davolaş va profilaktika çoralari” respublika milliy dasturining mualliflaridan biri hisoblanadi.
Fidoyi ayol, tajribali şifokor öz sohasida faol taşkilotçi hamda jonkuyar jamoatçi hamdir: Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi qoşidagi allergolog va dermatologlar attestatsiya hayʼati kotibasi, Özbekiston allergologiya-pulmonologiya assotsiatsiyasi aʼzosi, şu bilan bir qatorda Respublika allergologlar va immunologlar jamiyati aʼzosi sifatida samarali faoliyat körsatib keldi. U Markaz xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida ham köp yillar xotin-qizlar faoliyatining yuqori darajada taşkil etilişida jonbozlik körsatdi. Markazda yölga qöyilgan “Ustoz-şogird” anʼanalariga köra köplab klinik ordinatorlarga kasb sirlarini örgatişda murabbiylik qilib kelmoqda.
Albatta, samarali va fidokorona mehnat beiz ketmaydi. Muqaddas Rahimova köplab insonlarning dardiga darmon böldi, ularning mehrini qozondi. Bir neça bor Soğliqni saqlaş vazirligining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandi. 1999 yilda esa Prezident farmoniga köra “Şuhrat” medali bilan mukofotlandi. 2021 yilda “Soğliqni saqlaş vazirligi aʼloçisi” kökrak nişoni sohibasiga aylandi.
Zahmatkaş şifokor va namunali oila bekasi Muqaddas Rahimova ikki nafar farzandni tarbiyalab, ularni munosib kişilar sifatida jamiyatimizga qöşdi. Bugungi kunda önga yaqin nabiralar davrasida fidokorona mehnatining naşidasini surib, baxtli umr keçirmoqda. Baxtingiz bekam bölsin Muqaddas opa, Yaratganning Özi el salomatligi yölidagi ezgu işlaringiz ajrini ziyoda qilsin.
Köpaysin ALIYEVA,
jurnalist.
