Söz ham şifo

Nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va protezlaş milliy markazining asab kasalliklari bölimi rahbari, tajribali şifokor Çaros MAMATXONOVA va uşbu Markazning fidoyi xodimlari haqida söz

Nogironlar kasalxonasi xalq tilida poytaxtdagi “Qaziçilar” mahallasi deyiladigan göşada joylaşgan. Töliq nomi: Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va protezlaş milliy markazi.

Içkariga kirişingiz bilanoq nogironlik aravaçasida ketayotgan yoki hassa suyanib borayotgan bemorlarga közingiz tuşadi. Vraçu hamşiralar u yoqdan-bu yoqqa şoşadilar. Ular amalga oşirayotgan işlaridan mamnundirlar. Çunki hazrat Alişer Navoiy aytganiday:

Kimki bir köngli buzuğning xotirin şod aylagay,

Onça borkim, Kaʼba vayron bölsa obod aylagay.

Yaʼni kimki qiynalib turgan bir odamni quvontirsa, Kaʼbani obod qilganning darajasiga yetadi. Ha, şifokorlar mehnati aynan şunday taʼrifga munosib.

— Bu kasalxonaga ön beş yildan beri kelaman, — dedi poytaxtning Kökça dahasida yaşovçi Abduğaffor Qodirov. — Xuddi vraçu hamşiradan tortib, massajçi, oşpaz, farroşlargaça “Bemorlarga şirin muomalada böling” deya buyruq berib qöyilgandek. Hamma xuşmuomala. Qarang, asab xastaliklari bölimida qattiqroq tovuşdagi söz eşitilmaydi. Bölimga tajribali vraç Çaros Mamatxonova rahbarlik qilmoqda. Çarosni ançadan beri taniyman. Öz kasbiga mehr asnosida qaraydi. Mudom ilmini oşirib boradi. Tinmay izlanadi. U Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Avstriya kabi mamlakatlardagi anjumanlarda qatnaşib, davolaşning yangidan-yangi usullarini örganib keldi. Fizioterapiya xonalariga kirib köring: turli zamonaviy tibbiy jihozlar işlab turibdi. Hayratingiz çandon oşadi. Bölimdagi hamşiralarning ham barçasini taniyman. Öz kasbining ustasidirlar. Mana, oşpaz Vazira. Agarda bemorlarning biror nafari oşxonaga kirmasa, xonasiga borib sababini suriştiradi. “Xonangizga ovqat olib kelaymi?” deydi. Hamşiralar ham nihoyatda şirinsuxan.

Stendlardagi suratlarni tomoşa qilamiz. Çaros Mamatxonovaning turli anjumanlardagi iştiroki töğrisida hikoya qiladi bu suratlar. Ayniqsa, yapon mutaxassisi bilan surati gözal çiqqan. Özi yaponlar juda eʼtiborli, nazokatli xalq. Stend pastida nimalardir töşab qöyilgan. Sörasak, oyoq nuqtalarini massaj qiladigan şolçalar ekan. Kördikki, koridorning har qariçi soğliq uçun xizmat qilarkan.

Yana bir bemor Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidan kelgan Qahramon Mengliyev. U tuman hokimi yordamçisi bölgan ekan.

— Birdan insultga çalindim. Kafeda döstlar bilan tamaddi qilayotgandik. Çap qölim yöqolib qolgandek böldi. Paypaslay boşladim. “Nima axtaryapsan?” dedi bir döstim. “Qölimni…”. “Örnida turibdi-ku?!”. Şundan söng yugur-yugur boşlandi. Odamni vahima bosadi-da… Xullas, çap tarafdan falaj böldim. Yaxşiyamki, şu kasalxona bor ekan. Oltinçi marotaba kelişim. Lof emas: bunday şifo maskanini topiş qiyin. Hamşiralarni aytmaysizmi? Ukol urganda sezmaysiz hatto. Oğritmaydi demoqçiman-da…Mana, hamşira Tursungul Bahromova. Öz işining ustasi. Barçasi şirinsuxan.

Yettinçi palataga vraç kirib keldi — Nasiba Yusupova. Har bir bemordan hol-ahvol söradi. Dori-darmonlarni tavsiya qildi. Unga murojaat qildik. “Keyingi davrlarda insult xastaligi köpayib ketdi. Buning sababi nimada?”. “Qon bosimining muntazam ravişda kötarilib turişining salbiy oqibatlari bor. Şuningdek, doimiy stress ham insultga olib boradi. Harakat, tinmay harakat qiliş lozim. Şunda qon tomirlarda normal aylanadi. Ajdodlarimiz qişloqdan qişloqqa, hatto şaharlargaça poyi-piyoda borganlar. Yoz oylarida erta tongdanoq oyoqyalang yurganlar. Oyoqda muhim nuqtalar mavjud. Şu yerga tegib, “zaryad” olgan. Binobarin, ajdodlarimiz insult neligini bilgan emaslar. Suv, xususan, toza suv içilganda qon suyuladi. Hozir daryo suvlarini kim içadi? Heç kim. Ota-bobolarimiz esa daryoning musaffo minerallarga boy suvlaridan isteʼmol qilganlar. Ona tabiatdan qançalik uzoqlaşsak, xastalik ehtimoli şunçalik yuqori böladi”.

Haqiqatan ham keyingi davrlarda texnika rivojlanib, maşinalar köpayib ketdi. Köpçilikning tagida maşina. Yöllarda oyoqyalang yurgan kişini körsak, “jinnimikan yo?” deb hayron qolamiz.

Yöriqçi Ulmon Qayumova bilan tanişdik. Avval “Gulmon” deb eşitibmiz. “Ulmon, — dedi u. — Ulmonoy. Oilada ketma-ket qiz tuğilavergan. Keyingisi öğil bölsin, degan niyatda şu ismni qöyganlar. Söng öğil tuğilgan”. Gurungimiz öz-özidan qovuşib ketdi.

— Odamning badanida, hattoki ong ostida ham nuqtalar böladi. Ana şu nuqtalarga tegilsa, mahorat asnosida qözğatilsa, ijobiy tarafga özgarişni payqaysiz. Massaj-uqalaş negizida şu hunar yotadi. Nuqtalarni ilğab taʼsir ötkaziş usuli, ayniqsa, Yaponiyada keng miqyosda ravnaq topgan. Men şifoxonaga hamkorlik asnosida kelgan yapon massajçilaridan köp narsalarni örgandim. Hujayralarga tuz yiğilsa, badan qotadi. Mohir massajçi şundoq holatdan bemorni çiqaradi. Umuman olganda, jismoniy harakatlar vositasida qonni suyultiriş mumkin. Qoni suyuq kişi xastaliklarga çalinmaydi. Sportning köpgina turlari, jumladan, futbol badan nuqtalari harakati uçun nihoyatda foydali.

— Futbolga qiziqasizmi?

— Ha. Ayniqsa, hamyurtimiz Abduqodir Husanov öyinlarini körsam zavqlanaman. U “Mançester Siti” klubida öynaydi. Yetuk himoyaçi. Gvardiolaning şogirdi. Yigirma bir yoşida dunyoga tanildi. Faxrlanamiz, albatta. Futbolning soğliqqa taʼsiri beqiyos.

Öylab qarasak, söz ham soğliqqa şifo ekan. Mazkur dargohning asab kasalliklari bölimida yoqimli muhit hukm surib turibdi. Bu yerga barça viloyatlardan, hatto qöşni mamlakatlardan najot izlab kelişadi. Ğamgin yuzlarda şodlik alomatlari porlaşiga vraçlar, hamşiralar, massajçilar astoydil işonadilar. Çunki ular kasb-korlarini sevadilar.

Asab xastaliklari bölimi mudiri Çaros Mamatxonovaning xorijiy davlatlar, xususan, Yaponiyadagi hamkasblari bilan aloqa boğlagani ibratli iş bölibdi.

Professor Bahodir Karim “Yaponiyada yetti kun” nomli kitobida yaponlarning ruhan xotirjamligi töğrisida töxtalgan: “Darvoqe, bu dargoh özbek adabiyoti, xususan, jadidlar ijodi bilan jiddiy şuğullanib kelayotgan professor Hisao Komatsuning iş joyi. Komatsu barça turkiy tillarni, jumladan, özbek tilini ham biladi. Özbekistonda bölib ötgan anjumanlarda, jadidçilik konferensiyalarida maʼruzalari bilan qatnaşib keladi. Fitrat ijodi böyiça yaxşi mutaxassis. “Uç jadid va özgargan dunyo” nomli maqolasida Ismoil Gaspirinskiy, Abduraşid Ibrohim, Abdurauf Fitrat ijodini tadqiq qildi. Özbek töylarini taqqoslagan maqolasi ham bor — “Jadid”da bosildi. Qiziği, muallif öşa maqolasini Erkin Vohidovning hazilnamo “Nega yapon yuz yil yaşar?” şeʼri bilan tugatibdi. Mana öşa şeʼr:

 

Nega yapon yuz yil yaşaru

Özbek bunça yoşga bormaydi?

Çunki yapon bizdek qoronği

Sahar turib töyga bormaydi.

 

Taʼziyada el közi uçun

Ming kişilik ziyofat qurmas.

Hayiti yöq, bel boğlab uç kun

Şamday qotib köçada turmas.

 

Garçi bizdan yuz bor farovon,

Garçi bizdan yuz karra töqdir.

Töy xarjida yuzta boy yapon

Bir kambağal özbekça yöqdir.

 

Bu sözimni yaponga aytsam,

Dedi battar qisib közini:

– Yapon bundoq yaşolmas heç ham,

Xarakari qilar özini.

 

Bundan olimning jadidlar zamonida kötarilgan muammolar bilan birga zamonaviy özbek adabiyotidan ham boxabarligi körinadi” (Bahodir Karim. “Yaponiyada yetti kun”. Toşkent, 2026 yil. 4-5-betlar).

Nogironlar şifoxonasi vraçlaridan biri: “Yaponlardan örganiş kerak yaşaşni. Ularda ruhiy xotirjamlik bor. Yeyiş-içişdayam tejamkor. Eng muhim jihati şundaki, ular şirin söz aytişga va şirin sözni eşitişga odatlanganlar. Şuning uçun ham yaponlarda insult kam uçraydi”, dedi. Haq gap. Çunonçi, Çaros Mamatxonova rahbarligidagi bölim serquyoş Özbekistonimizda insult xastaligini bartaraf etiş yölida tinmay izlanmoqdalar.

Bahrom RÖZIMUHAMMAD.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan