Ijod nuri dunyoni tutsin!

yoki Zominda körişgunça…

Çiroq öçdi. Oğzidagi luqmasi halqumiga tiqilgan şerigimiz piyoladagi bir höplam çoyini içdimi-yöqmi, stolga qöydi.

— Ana, — dedi çöziqroq ohangda dasturxon atrofida ötirganlardan biri.

Kafedagi çiroq öçgan bölsa-da, qalb çiroği hanuz yoniq edi çoği, ijodkorlar barimiz gapning ketini uzmadik. Suhbatimiz avjiga çiqdi, şeʼrdan nari-beri ötib, öqiş, iş, hayotning mayda, ammo muhim nuqtalarigaça kirib bordik.

Birdan xona yorişdi.

Yangi tuğilgan boladek, yoruğlikdan hammaning közi qamaşdi.

— Yuzma-yuz körib gaplaşib, ovqatlaniş qanday yaxşi! — dedi şoira opalardan biri, ovozida allaneçuk soğinç va işonç qorişiq edi. — Men doim yaqinlarim davrasida gurunglaşib ovqatlanişni maʼqul köraman.

Dili diliga, tili tiliga yaqin insonlar bilan bir davrada ijodning siyratidan sirlaşişga nima yetsin! Çiroq yana ikki-uç bora öçib yondi.

— Har narsada hikmat bor, — dedi yana kimdir sokin, ammo qatʼiy ohangda. — Çiroq ham bir neʼmat ekanligi bejiz emas, kitob öqişda ham, nazm-u nasrda ham qöl keladi. U ijod yölimizdagi ramziy ifoda — nur, yoruğlik. Har narsaning suratidan emas, siyratidan xulosa çiqariş lozim.

Ijod haqida söz borar ekan, ustoz Mahmud Toirning: “ Menda isteʼdod yöq deb öylaş uçun ham insonda isteʼdod bölmoği kerak”, deganlari, aslida, har inson ham böy-u bastiga, köz-u qoşiga qöşib isteʼdodni ham öziga egiz qilib olganini anglatsa ajabmas.

Ana şu suhbatlar, ana şu içki izlanişlar, aslida, oddiy bir keçaning parçasi emas edi. Bu — katta bir adabiy maktabning, katta bir ruhiy jarayonning içidagi lahzalar edi. Negaki, ayni kunlarda mamlakatimiz böylab respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari hududiy saralaş bosqiçlari qizğin davom etmoqda. Biz guvoh bölgan öşa samimiy davra ham ana şu jarayonning bir bölagi edi.

Xususan, Toşkent viloyati Nurafşon şahrida Toşkent va Sirdaryo viloyatlaridan taşrif buyurgan 22 nafar yoş ijodkor iştirokida uşbu nufuzli anjumanning hududiy bosqiçi bölib ötdi. Bu yerda yoş ijodkorlar öz iqtidorlarini nazm, nasr, bolalar adabiyoti, badiiy publitsistika, tarjima, adabiy tanqid va dramaturgiya kabi yönalişlarda sinovdan ötkazdi. Har bir çiqiş ortida bir izlaniş, har bir satr ortida bir yurak urişi sezilib turardi.

Seminarni Özbekiston xalq şoiri Mahmud Toir olib bordi. Ustozlarning samimiy va teran mulohazalari yoşlar uçun nafaqat baho, balki yöl-yöriq, ruhiy tayanç vazifasini ötadi. Tadbirda viloyat hokimi örinbosari Nilufar Normirzayeva iştirok etib, yoş ijodkorlarni samimiy qutladi. Bu eʼtibor va rağbat esa ularning ijod yölidagi işonçini yanada mustahkamladi. Seminar davomida yoş ijodkorlar nafaqat öz asarlarini namoyiş etdilar, balki bir-birining ijodidan ham çinakam bahramand böldilar. Har bir öqilgan şeʼr, har bir tinglangan hikoya yoki bildirilgan mulohaza boşqa bir iştirokçi uçun yangi bir qaraş, yangi bir savol yoki ilhom manbaiga aylandi. Bu jarayonda ijodkorlar özlarini boşqalarning nigohi orqali körişni, asarlariga çetdan baho berişni ham örgandilar.

Ayniqsa, oçiq va samimiy muhokamalar davomida har bir iştirokçi öz ijodiga nisbatan şaxsiy xulosalar çiqardi. Kimdir özida hali sayqallanişi kerak bölgan jihatlarni anglab yetdi, yana kimdir öz yönalişida yanada qatʼiyroq davom etiş zarurligini his qildi. Eng muhimi esa, bu seminar ijodkorlarga nafaqat boşqalarni tinglaşni, balki öz içki ovozini ham eşitişni örgatdi.

Şu bois, Zomin seminari nafaqat isteʼdodlar sinovi, balki özini anglaş, öz ustida işlaş va ijodiy kamolot sari taşlangan muhim qadam sifatida har bir iştirokçi xotirasida çuqur iz qoldirgani aniq. Öşa keçadagi çiroqning öçib-yonişi bejiz emas edi göyo. Çunki Zomin seminari — bu faqat sahnadagi çiqişlar emas, bu — qoronğida ham yonib turgan qalblar, söz orqali bir-birini topgan ruhlar, içki çiroğini yoqa boşlagan isteʼdodlar maktabidir. “ZOMIN-2026” saralaş bosqiçiga berilgan start esa ana şunday yoruğ qalblarning yanada köproq çaraqlaşidan darak beradi.

Balki… eng kuçli asarlar aynan şunday davralarda, hatto çiroq öçgan lahzalarda, qalb çiroği yonib turgan paytda tuğilsa kerak.

Farangiz ABRUYEVA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan