Sevgi va muhabbatga oşufta köngil
(Iqtidorli şoir Muhiddin Omon ijodiga bir nazar)
Özbek şoirlarining keyingi yillardagi ijodiga nazar taşlaydigan bölsak, turli ohangdagi va öziga xos uslubda yaratilayotgan şeʼrlar namunalarining guvohi böliş mumkin. Katta avlod vakillari, örta avlod va yoşlar ham baravar ijod qilib, şeʼriyat muxlislarining eʼtirofiga sazovor bölyaptilar. Bunga respublikamiz markaziy gazetalari, jurnallarida bosilib çiqayotgan şeʼrlar va şeʼriy töplamlar bilan taniş bölgan şeʼriyat şaydolarining fikrlari asos böla oladi, deyiş mumkin.
Bugun şeʼrlari tahliliga qöl urişga uringanimiz — şoir Muhiddin Omon örta avlod vakili bölib, serqirra ijodkorlar sirasiga kiradi.
Şoir Muhiddin Omon… Bu öziga xos ovoz sohibi adabiyot maydoniga ötgan asrning 80-yillarida Çori Avaz, Ravşan Fayz, Aʼzam Öktam, Abduvali Qutbiddin, Çorşaʼm kabi tengdoş şoirlar bilan birga qadam qöydi. Aytiş kerak, u öşa paytlardagi Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning özbek filologiyasi fakultetida öqib yurgan kezlarida namunali xulqi, yaxşi öqişi, endigina boşlagan ijodi bilan taniqli adabiyotşunos ustozlar va tengdoşlari eʼtiboriga tuşgan va bulardan ruhlanib, “oltin davr”dayoq ança-munça şeʼrlar yozib, qoğozlarni qoralaşga ulgurgan edi.
Muhiddin Omon şeʼrlarida vatanparvarlik, elu yurt koriga yaraş, ona zaminga sadoqat singari keçinmalar tuyğularning içki tovlanişlari tarzida ifodalanadi. Ötgan yillar davomida uning qator şeʼrlari töplam bölib, öquvçilar qöliga yetib bordi.
Muhiddin Omon öziga xos ovozga ega, kamtar, tabiatan sokin şoir. Uning har bir şeʼridan yangi maʼno topiş mumkin. Özi şeʼr degani şunday bölişi kerak, aslida. Mana, qariyb qirq yil içida şoirning “Köngil darbozasi”, “Tole fasli”, “Munavvar soğinç”, “Örtamizda işqning gulşani”, bolalar uçun “Dakan xöroz va uning jöjalari”, “Soğlomjon alifbosi”, “39 topişmoq”, “Zehni aʼlo, tili burro”, “Buyumlar tilga kirsa” nomli kitoblari nufuzli naşriyotlarda çop etildi va undan minglab öqirmanlar bahramand bölişdi. Ona tabiat, işq-muhabbat, sadoqatu xiyonat, umr hikmati, sodda va betakror bolalik öy-xayollari şoir Muhiddin Omonning sevimli mavzulari hisoblanadi. Mana bu satrlarni öqib köraylik:
Sölim qişloq. Sukunat. Oqşom,
Kökda yulduz sayr etgan mahal.
Umr şarhin etkazib davom,
Oy bermoqda samoga sayqal.
Çiroyli taşbeh, şunday emasmi? Uşbu satrlarni şoirning “Qişloq keçasi” şeʼridan oldik. Şeʼr qahramonining his-tuyğulari juda samimiy, öziga xos tarzda ifoda etilgan. Şeʼrni mutolaa qilarkansiz, köz oldingizda sirli sukunatga çömgan sölim qişloq, uning yaşil boğlari, mevalarga burkangan daraxtlari, bir tomonda sukunatni buzib, şarqirab oqayotgan şöx soy gavdalanadi. Haqiqatan, ajoyib manzara. Beixtiyor yoşlik davrlaringiz, yoz kunlari qişloq köçalarida bilqillab yotgan issiq tuproqni bosib, huv qirga örlaşingiz, tabiatning ajoyib manzaralaridan közingiz quvongani yodga tuşadi. Çindan ham şoir tabiatning betakror möʼjizakorligini his qila olgan, şu bilan birga, atrof-muhitni ham jonli, öziga xos tarzda şeʼrga sola olgan. Uşbu satrlar bunga dalil böla oladi:
Hovuz böyi çordona qurib,
Gurunglaşar daraxtlar bedor.
Rayhonlarning atrin şopirib,
Boda kabi yel etar nisor.
Çigirtkalar “ğijjag”in olib,
Kuy boşlaydi uzundan-uzoq.
Yamoq tönin ostiga olib,
Mudramoqqa tutinar qişloq.
Taʼkidlaşni istardik, Muhiddin Omon şeʼrlarida ona tabiat öziga xos jilvalanadi va qişloq manzaralarini köz öngingizda şundoqqina gavdalantira oladi. Yuqoridagi keltirgan misolimizda qişloq keçasi manzarasi, çigirtkalarning galma-gal “ğijjag”ini çalişi, yamoq tönni ostiga olib yotiş kabi tasvirlar — bularning barçasi bir zum bölsa-da, öqirmanning yoşlik xotirotlarini qayta jonlantiradi, qalbida ajoyib his-tuyğularni jöş urdiradi beixtiyor.
Şoirning “Qişloq”, “Ota makonim”, “Qoronğu tun xayollari”, “Eson botir afsonasi”, “Iştiboh” kabi şeʼrlarida ham ona qişloq, tabiatning ajoyib lavhalari juda ajoyib tarzda aks etganki, bular orqali köz oldimizda jonajon Vatan timsoli gavdalantiriladi.
Aytib ötilgan şeʼrlarda lirik qahramonning tuğilib, voyaga yetgan ona qişloği, şular timsolida Vatanga bölgan muhabbati, eʼtiqod va sadoqati şundoqqina körinib turibdi, desak, mubolağa bölmaydi.
Kitobdan joy olgan “Onamga maktub”, “Bahor soğinçi”, “Qorlar erib borar”, “Bahor naşidasi” şeʼrlari öquvçi qalbiga ajoyib tuyğular uyğotib, mehr, muhabbat, bahorning ayni kunlaridagidek gözal tarovatini tarannum etadi.
Guli safsar haqida köpçilik biladi, lekin guli savsan qanday gul ekan? Muhiddin Omonning töplamdan joy olgan “Guli savsan” şeʼri ğoyat taʼsirli yozilganining guvohi bölasiz:
Sen kimsan, qaydasan, qaçon kelasan,
Qaysi boğ, qay gulzor erur maskaning?
Yetmiş yil intizor, mijja qoqmasdan,
Men seni kutaman, Guli savsanim!
Sen qayda yuribsan?
Şeʼrda ğamginlik hamda mahzunlik kayfiyati aks etib turgan bölsa-da, satrlardagi öziga xos ramz, nimagadir işora öquvçini beixtiyor çuqur öyga toldiradi.
Salmoqli, yetti fasldan iborat etib tartiblangan “Örtamizda işqning gulxani” kitobidan joy olgan köplab şeʼrlar iqtidorli şoir M.Omonning yorqin isteʼdodini özida aks ettirib turibdi, desak, bu kitobni öqiganlar bunga yana bir bor amin bölişadi.
Bir kitobda öqib qolganim — taniqli adabiyotşunos olim Nöʼmon Rahimjonov şoirning “Gödak közlarimda qotib qolgan oh, Murğak sözlarimda yaşiringan mung” deb boşlanadigan şeʼrini tahlil qilar ekan: “Samimiy keçinmalar ona tuproq bilan qondoşlik aloqalarini anglatadi. Uşbu ezgu tuyğular — tansiq tuşunçalar tomdan taraşa tuşgandek qöqqisdan paydo bölgan emas. Ularni tuğilib ösgan-ungan qişloği tarbiyalagan, könglida ardoqlab kamol toptirgan. Taxi buzilmagan, ezgin keçinmalar talqinidan möl-möl fikr-muşohadalar sizib çiqadi. Va ular ötkinçi emas, fasllar, yillar keçsa-da, eskirmaydi, qadri sönmaydi, susaymaydi”. Ajoyib taşbehlar, albatta.
“Muhabbat soğinçi” kitobining sözboşisida “Inson bir umr ezgulik, baxt-saodatini soğinib, ularga intilib yaşaydi. Eng gözal şeʼrlar ham soğinçdan hayotga keladi. Modomiki, qalbingizda yaxşilik, xayru saxovat soğinçi uyğoq ekan, demak, dilingiz ravşan, niyatingiz pok, nigohlaringiz nekbindir”, deb yozilgan. Taʼkidlaş kerak, şoirning “Munavvar soğinç” şeʼriy majmuasidan bahramand bölgaç, şunday rangin va sohir tuyğularni his qilasiz. Ayniqsa, kitobxonda M.Omonning “Umr ötar”, “Otamning nasihati”, “Könglim”, “Yana bahor haqida”, “Rayhona”, “Muhabbat otaşdan yaralgan” şeʼrlari juda yaxşi taassurot qoldiradi.
Endi şoirning sonetlari haqida. Kitobdan joy olgan sonetlar çuqur maʼnosi, mazmuni bilan tahsinga loyiq. “Ozurlardan ozurda siynam”, “Kam yaşadim, zabun yaşadim”, “O, qançalar bokira, maʼsum”, “Işq olovdir, yonar betutun” deb boşlanadigan sonetlarda çin sevgi, vafo, muhabbat öziga xos tarzda madh etilgan.
Öziga xos uslubga ega şoir Muhiddin Omonning “Kuz sonatasi” töplamidan uning keyingi yillarda yozgan şeʼrlari, latif manzumalari joy olgan. Şeʼrlar ona Vatan, sevgi, muhabbat, döstlik, insoniylikka bağişlangan.
Töplamdagi şeʼrlar bilan tanişgaç, kişida şoir kuz faslida tuğilganmikin, degan tasavvur ham hosil böladi, çunki töplamda “Kuz sonatasi”, “Kuzgi boğ va qizğaldoq haqida ballada”, “Kuz oylari”, “Kuz manzaralari” şeʼrlari ehtiros bilan bitilgan.
Öziga xos çiroyli dizaynda çop etilgan kitobçadan joy olgan “Döstlik haqida”, “Suratingni körib…”, “Sening mehring bilan”, “Közimda qoldi” şeʼrlari zör zavq bilan öqiladi.
Muhiddin Omonning törtliklarida ham çuqur maʼno-mazmun jo etilgan. Şulardan namuna keltirsak, maqsadga muvofiq böladi.
Bu olam omonat, bir karvonsaroy,
Ul agar osmondir, biz — ötkinçi Oy.
Şuni anglar bölsang, ey gumroh odam,
Neçun talaşasan obrö, mansab, joy?
Yana bir ibratli törtlik:
Qiziq holat köpdir bir kam dunyoda,
Kim noqis aqlda, kimdir ziyoda.
Lekin meni doim hayron qilgani,
Nodonlar otliqdir, odil piyoda.
Muhiddin Omonning bolalar adabiyotidagi izlanişlari ham eʼtiborga loyiq. U topişmoqlar, tez aytişlar tarzidagi şeʼrlarida ibratli tarbiyaviy fikrlari bilan yoşlar maʼnaviyatini boyitişga, intellektual östirişga xizmat qilyapti, desak, töğri böladi. Kuzatişlardan maʼlum bölyaptiki, bolajonlar tilidan ajoyib, çiroyli satrlar bitayotgan şoir kelajak avlod vakillari adabiyoti rivojiga munosib hissa qöşib kelyapti.
Bola va uning içki dunyosi haqida yoziş, uni işonçli tarzda oçib beriş — şunçaki oson iş emas. Aytiş kerak, keyingi avlod bolajonlarning sevimli yozuvçi va şoirlari Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmat, Xudoyberdi Töxtaboyev, Tursunboy Adaşboyev, Anvar Obidjon, Kavsar Turdiyeva kabilarning asarlarini öqib, ulğayişgan.
M.Omonning “Soğlomjon alifbosi” töplamidan joy olgan şeʼrlarni öqib, yangiça, öziga xos ohangni his qiliş mumkin. Alifbomizning har bir harfiga bağişlangan şeʼrlar juda qiziqarli va nihoyatda topib yozilgan. Ularning zamirida juda katta maʼno yotibdi, desak, mubolağa qilmagan bölamiz.
Mana bu törtlikni öqib köraylik:
“A” harfiga bağişlangan tört qator şeʼr:
Arğamçi — oddiy arqon,
Ovunçoqdir qadrdon.
Quvnab sakraymiz har dam,
Bölamiz çaqqon, bardam.
Endi “M” harfiga taʼrif:
Mohir mergan töğri otar
Mudom nişonni.
Tiyrakligi, ziyrakligi
Baxş etar şonni.
Körgan qoyil qolar doim,
“Balli, mergan”, — der.
“Öz işiga çin yurakdan
Mehrin bergan”, — deb.
Şoir “B” harfiga ham öziga xos taʼrif bergan:
Bilsangiz, öyinlar möl,
Baridan zör basketbol.
Garçi töpda öyingiz,
Ösaverar böyingiz.
Şoirning “P” harfiga bergan taʼrifidan beixtiyor yurak hapriqadi, qalbingizda yurt iftixori, ğurur jöş uradi:
“Polvonlar, hoy polvonlar,
Eldan olqiş olganlar,
Qudratingiz siri ne?”
Sörar hayron qolganlar.
Polvonlar der: — Kuç berar,
Ona diyor tuproği,
Hilpirab tursa agar
Dilda Vatan bayroği.
Yurtning şaʼni, dovruğin deb,
Tuşsa agar maydonga.
Ğoliblik joyi nasib,
Bölar öşa polvonda.
Katta-yu kiçik mobil telefondan közini uzolmay qolgan bir davrda ijodkor uçun hozirgi bolalarning köngliga yöl topiş, diqqatini jalb etiş oson keçmasligi ham bor gap. Muhiddin Omonning kiçik yoşdagi bolalarga möljallab yozilgan “Buyumlar tilga kirsa…” şeʼrlar töplamidagi namunalar bolajonlarga juda maʼqul bölişi tabiiy. Töplamdan joy olgan şeʼrlarda oşxona jihozlari sözlaydi. Şeʼriy kitobda bolajonlar atrofidagi barça buyumlar, uskuna hamda jihozlarning tilidan quvnoq, şu bilan birga, öziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega şeʼrlar berilgan.
Masalan, “Qozon nima deydi?”
Oila aʼzolarin
Rizqining men bekasi.
Oşxona jihozlarin
Özimman malikasi.
Ismim taratmas jarang,
Ammo qilar işim zör.
Gapimga işonmasang,
Mensiz palov damlab kör!
Goh dilim etib xufton,
“Qora qozon” deydilar.
Ammo pişirsam taom,
Maqtab-maqtab yeydilar.
Kapgirni ham eşitib köraylik:
Kimlar kular aftimdan,
Kimdir ataydi dastgir.
Doim oçiq kaftimdan,
Bilinglar, ismim kapgir.
Moşkiçiri ham şovla,
Yoki siz suygan palov.
Pişirmoq bölsa hamma,
Menga qöl çözar darrov.
Demang şunçaki asbob,
Öxşasam belkurakka.
Oşpaz uçun eng yaqin
Mix bölaman yurakka.
Sançqining gaplariga ham quloq tutsak:
Kim aytibdi sançqini,
Ovröpadan kelgan deb.
Asli Şarq farzandiman,
Ajdodim çöka-qöş çop.
“Eslab, Xitoy, Tayvanni”,
Özim ham huzurlangum.
Sizga tutib lağmonni,
Işimdan ğururlangum.
Töplamdagi “Qoşiq”, “Çoynak bilan piyola”, “Öqlov”, “Elak”, “Tova”, “Oşpiçoq” ham özini çiroyli taʼriflagan.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş hamda kitob tarğibotiga alohida eʼtibor qaratib kelinayotgani, yurtimizda “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari ötkazilayotgani, bu — kitobga, maʼnaviyat va maʼrifatga, kelajakka eʼtibor degani. Kitobxonlikni ommalaştiriş, ayniqsa, yoşlarimizning fikri, ongi, tafakkurini yuksaltiriş — bugungi kunning ham talabi, ham ehtiyoji hisoblanadi.
Muhiddin Omonning jahon adabiyoti, şuningdek, qardoş xalqlar adabiyoti vakillari ijodidan qilgan tarjimalari ham eʼtiborga molik. Uning “Örtamizda işqning gulxani” deb nomlangan kitobidagi şeʼrlari, jahon mumtoz adabiyoti va qardoş xalqlar vakillari şeʼriyatining buyuk söz sanʼatkorlari ijodidan özbek tiliga ögirgan şeʼru ğazallaridan namunalarni öqib, juda katta taassurotlar oliş mumkin.
Yana bir mulohaza, Muhiddin Omonning ijodida muhim örin tutadigan tarjimalari alohida örganiş va tadqiqot uçun mavzu bölişini taʼkidlaşni istar edik. Çunki uni jahon mumtoz adabiyoti vakillari, xususan, Angliya, Portugaliya, Gollandiya, Latviya, Ozarbayjon hamda Armaniston şeʼriyatining buyuk söz sanʼatkorlari ijodidan şeʼr va ğazallarini özbek tiliga ajoyib tarzda ögirgan tarjimon sifatida öziga xos öringa ega, desak, mubolağa qilmagan bölamiz.
Yusuf HAMDAMOV,
filologiya fanlari doktori.
