Yurt qadriga yetmoq uçun
yoxud Orol böyiga safar
“Yo daryo böyida tuğil, yo temir yöl böyida”. Bu iborani qaçon eşitganim esimda yöq. Ammo yoşi uluğlar şunday deyişar edi. Öylab körsam, bu gap bejiz aytilmagan. Odamlar azaldan doimo suv bor joyga intilgani, daryolar, soylar qirğoğida qönim topişgani sir emas. Temir yöllar, umuman, yöllar insonlar idroki va qudrati bilan yaratilgan daryolar kabi madaniyat taşiydi, olis manzillarga yangilik eltadi, uzoqni yaqin qiladi, odamlarni bir-biri bilan boğlaydi…
Daryo öz qirğoqlarini gurkuragan maysalar, öt-ölanlarga burkagani kabi, temir yöl böylarida ham taraqqiyot kamol topib boradi. Har köringan farovonlik belgisida toş bilan temirdan iborat temir yölning, umuman, yöllarning örni juda katta.
Safar qilişning ham zavqi özgaça. Zero, yöllar yurt taraqqiyotining közgusidir. Qolaversa, Vatanni anglaş özlikni anglaş demak. Vatandan uzoqda bölgan paytlarimda, könglimdan ötgan eng katta şukronalik bu: yaxşiyam Özbekistonda tuğilganim, degan uluğ tuyğuni anglab yetganim bölsa kerak.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tavsiyasiga köra Orolböyi bilan yaqindan tanişiş, yangi mavzular ustida izlaniş bahonasida ijodiy safarga otlandik. Orol haqidagi bir neçta hujjatli filmlar, spektakllarni körib, u haqdagi maʼlumotlarni öqib, nazariy tuşunçalarimni boyitdim. Bu diyorga yangi köz bilan qaraş uçun uşbu safar muhim edi. Maʼlumki, Orolning öndan töqqiz qismi qurib, bir qismi qolgan, xolos. Bir paytlar qirğoği ulkan tölqinlarni öziga zörğa böysundirgan ulkan ummon örnida bugun odamzodning tabiatga bölgan yovuz munosabati tufayli yangi şörxok Orolqum çöli paydo bölgan. Bu açinarli manzarani körişning özi naqadar oğir ekanini şu yerga kelib yanada tiyranroq his qildim.
Kemalar qabristoni… Axir bundan atigi 60-70 yil avval ham bu kemalar ulkan dengiz bağrida suzgan, Orol dengizidan minglab tonna baliqlar ovlangan emasmidi? Sobiq ittifoqning kaltabin siyosati tufayli butun boşli dengiz qurib bitdi. Orolni milliardlab tonna tuz barxanlari egalladi. Bir hovuç dengiz kölmaklaridagi şörlangan suvda yangi jonzotlar köpaygani va boşqa eşitganlarimni öz közim bilan körgani bu yerlarga kelişni ançadan buyon öylar edim.
Orolböyiga poyezdda borsangiz, deyarli bir kunlik yöl. Şimoldagi oxirgi temir yöl bekati Qönğirotda joylaşgan. Bu uzundan-uzun yöl Prezidentimiz taşabbusi bilan yana ham uzaytirilmoqda. Ayni kunlarda Qirğiziston va unga çegaradoş davlatlarni boğlaydigan olamşumul temir yöl qurilişi işlari davom etmoqda.
Temir yöl vagonining kupesiga joylaşib olgaç, xuşmuomala bort kuzatuvçilari yölovçilarni avvaliga issiq çoy va şirinlik bilan siylaşdi.
Yaxşi safar — ijodkorga qanot, yangi ilhom manbai. Beş soatlik Qizilqum çöllaridagi yölda telefonlarda aloqa yöqligiga köpçilik yölovçilar könikkan. Ammo men esa göyo yaxşi yöldoşsiz qolgandayman. Ayrim madaniyati past yölovçilarning özlarini tutişi taʼbni xira qilganini eʼtiborga olmaslikka harakat qilib borardim.
Poyezd vagonlari bir maromda boradi, deb bölmaydi. Baʼzi yöllardagi burilmalarda vagon xuddi ağdarilib ketayotganday tuyuladi.
Nazarimda, çölni ham Xudo siylaganday. Çeksiz qum barxanlariaro ösgan turonğil, jinğil, saksovul, qoraöroq, böyon, qamiş, yantoq va boşqa ösimliklarga nigoh tuşadi. Yöl-yölakay simyoğoçlar xuddi qölini silkib siz bilan xayrlaşayotganday…
Oxirgi poyezd bekati — Qönğirot şahri. Sof turkiy sözlar köp uçraydigan bu manzilni şamollar şahri deb nomlasa böladi. Negaki, bu yerda tinimsiz izğirin, şamol esib turarkan.
Xullas, dastlab Qönğirotdagi soda işlab çiqariş zavodida böldik. Elobod şaharçasidagi uşbu korxona öttiz yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda işlab çiqarilayotgan asosiy sanoat mahsuloti — kalsinatsiyalangan soda yengil sanoat, sellyuloza va qoğoz sanoatida işlatiladigan asosiy kimyoviy mahsulot, şuningdek, şişa, silikagel, yuviş vositalari, issiqlik elektr stansiyalarini suv bilan tozalaş, qozonxonalar va boşqa işlab çiqarişda qöllaniladigan noyob xomaşyo.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, mahalliy xomaşyoni kompleks qayta işlaşga jalb qiliş; import örnini bosuvçi kimyoviy mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil etiş, xalq xöjaligi tarmoqlarining kalsinatsiyalangan sodaga bölgan ehtiyojlarini qondiriş maqsadida taşkil etilgan Qönğirot soda zavodi Markaziy Osiyoda yagonadir.
Orol dengizi tarixi muzeyida ham böldik. Bu maskan Möynoqdagi bir neçta muzeylar içida antiqa eksponatlari, tabiiy koloriti bilan ajralib turadi. U 1984 yilda taşkil etilgan. Möynoqning eng çekka qişloğida joylaşgan.
Ayni paytda muzey kolleksiyasida Orol dengizi hayoti va tarixi, şuningdek, asosan, baliqçilik bilan şuğullanuvçi mahalliy aholi hayotini aks ettiruvçi ikki yuzdan ortiq turli-tuman eksponatlar mavjud.
Xususan, kolleksiyada Orolböyi hududlarining ösimlik va hayvonot dunyosidan namunalarni, Orol dengizining ilgarigi hayoti tasvirlangan turli fotosuratlarni körib, entikib ketasan kişi.
Rassomlarning isteʼdodli qöllari bilan Orol dengizining tanazzulini aks ettiruvçi taʼsirli suratlari yuraklarni yanada oğritadi. Xususan, “Dengiz ketdi”, “Qumdagi kemalar” deb nomlangan kartinalarda rassomlar qurib borayotgan Orol dengizini aynan şunday kompozitsiyalarda körganlar va öşa körinişni özlari çizgan kartinalarga köçirişga muvaffaq bölganlar.
Bu yerdagi baliqçilik zavodlarida öndan ortiq xildagi konserva mahsulotlari işlab çiqariş öşa davrda naqadar rivojlanganligi sayohatçining köz öngida gavdalanadi. Çiğanoqlar körgazmasiga qaragan odam himoya qobiği bölmiş pallalarning şaklidan ajablanadi.
Beixtiyor qiziqiş bilan muzey xodimiga savol ila yuzlandim: u yuraksimon çiğanoqni taʼriflab berdi. Keyin zebrasimon çiğanoqlar haqidagi maʼlumotni qöşimça qildi. Hozirda Orol dengizidagi kuçli şörlaniş bunday mayda jonzotlarga qirğin keltirgan. Ammo Orol atrofidagi aholi dengizning qayta tölişiga umid qilib yaşamoqda. Orolning qaytişiga işonişmoqda.
Dengizning çekinişi va şörlanişi maʼlum turdagi hayvonlar qirilişi bilan birga boşqa şörga çidamli hayvonlar köpayişiga sabab bölgan. Qisqiçbaqasimonlar oilasiga kiruvçi artemiya ana şunday jonzotlar toifasidan. Bu jonzot mahalliy aholi tilida “qurt” deb nomlanadi. Uni ovlaşni çeklaş borasida qarorlar qabul qilinganidan köpçilikning xabari bor. Artemiya akvarium baliqlariga yaxşi ozuqa bölgani uçun juda eksportbop. Şu bilan birga, artemiya farmakologiya va meditsinada ham foydalanilgani uçun uning xaridori köp ekan.
Safarim davomida gazetçi, quruvçi, harbiy xizmatçi, öqituvçi, kirakaş singari kasb vakillari bilan suhbatlaşdim. Ularga Markaziy Osiyoning suv sohasidagi rejalari va muammolariga xalqaro hamjamiyat eʼtibor qaratayotgani, Orol dengizi havzasida ekologik xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş global miqyosdagi ötkir muammo bölib turganligi haqidagi fikrlarimni bildirdim.
Albatta, suv muammosi Özbekistonda ham xavotirli bölib turibdi. Orolböyidagi ekologik va ijtimoiy vaziyatni yaxşilaş böyiça keng kölamli işlar olib borilayotgani köngilga taskin beradi.
Keyingi yillarda Prezidentimizning taşabbusi bilan Orol dengizining qurigan tubida ikki million gektardan ortiq maydonda örmonzorlar yaratiş, tuzga tölgan qumlarda yaşab qoladigan turli xil ösimliklarni barpo qiliş işlari davom ettirilmoqda. Bu juda katta ahamiyatga ega. Birinçi navbatda, Orolda yana yovvoyi tabiatni paydo qiliş tuz barxanlari köçişining oldini oliş, Orol ekologiyasini imkon qadar yaxşilaşga xizmat qiladi. Negaki, qum böronlariga qarşi ekilgan saksovullar, qamişlar, şörlanişning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar, zamonaviy suğoriş tizimlari, bu zamindagi ekologik halokatning yanada yomonlaşib ketişiga yöl qöymaydi.
Orol fojiasi — bugun nafaqat Qoraqalpoq elining, Özbekistonning, balki butun dunyoning ulkan muammosidir. Bu yerdagi vaziyat şu qadar ulkanki, odamzod yöl qöygan xatosini önglaşning özi bölmaydi. Ammo şu narsani aytiş joizki, butun Qoraqalpoğistonda, Qönğirotda, Möynoqda röyobga çiqarilayotgan islohotlar, bunyodkorliklarni körib, odam taskin topadi. Bu zaminda yaşab, umrguzaronlik qilayotgan vatandoşlarimizning matonati, şijoatiga qoyil qolmasdan iloj yöq. Çunki ular Orol farzandlaridir.
Özbektoş TÖRAXONLI,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
